Telegram Web Link
Darkor22 agentligining yuqoridagi sohalar bo‘yicha tashkil etilgan kurslarida tahsil olsangiz, o‘z sohangizni yanada chuqurroq o‘rganishingiz, yoki o‘zingizni qiziqtirgan yangi soha bo‘yicha bepul bilim olishingiz

Shuningdek, hech qanday sarf - xarajat va yugur-yugurlarsiz, doimiy kasbga va oylik maoshga ega bo‘lishingiz mumkin.

Biz O‘zbekistondagi nufuzli kompaniyalar orasida, o‘z o‘rniga ega bo‘lgan tashkilotlarga xizmat ko‘rsatamiz.

Istak bo‘lsa bas, imkoniyat har doim topiladi. Muhimi o‘z vaqtida undan foydalana bilishdir.

Kurslar bo‘yicha ko‘proq maʼlumot olish uchun

📱+998881092022 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling

Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
👍7🔥2👎1
Siz, albatta muvaffaqiyatga erisha olasiz. Qachonki...

O‘z yo‘lingizni to‘g‘ri tanlay olsangiz.

Avvallari ham aytganmiz. Hech qachon katta maosh yoki “Yog‘li” joylarni vada qilishsa, to‘ningizni shosha-pisha teskari kiyib chopavermang!

Birinchidan yuqori hajmda haq to‘lanadigan joyda ishlash uchun yaxshigina sabr-toqat fidoyilik va eng muhimi yetarli bilim va tajriba kerak bo‘ladi.

Ikkinchidan rahbariy lavozimlarda ishlay olish uchun boshqaruv mahorati kerak bo‘ladi.

Uchinchidan tanlagan kasbiga mehr qo‘ya olish kerak bo‘ladi.

To‘rtinchidan hali ham ish topa olmayotganlar Darkor22.uz veb saytidan ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi.

Nima bo‘lganda ham inson hayotida o‘z oldiga tayinli maqsad qo‘yishi va unga erishguncha harakatdan to‘xtamasligi kerak bo‘ladi.

Agar, o‘z kasbingizni to‘g‘ri tanlay olsangiz, ko‘plab dono insonlar aytgani kabi ishingiz siz uchun dam oladigan taʼtildek bo‘ladi.

😊 Maqolani so‘ngigacha o‘qib chiqqan bo‘lsangiz tashakkur. Qo‘shimcha fikr yoki biz keltirgan faktlarga qarshi mulohazalaringiz bo‘lsa izohlarda yozib qoldiring!

Bizni kuzatishda davom eting

📱
+998881092022 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling

Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
👍13🔥2
#qiziqarli
Telegrafchi XIX asrda hali telefon aloqasi ixtiro qilinmasdan avval, ikki mintaqa orasida xabar almashinuvini taʼminlagan mutaxassis.

🤫Ushbu mutaxassislarning maoshlari qabul qilgan xabar matnining harflari soniga ko‘ra yaxshigina narxda belgilangan.

Shuningdek, telegraf aloqasi sifati u qadar yaxshi bo‘lmaganligi sababli, bir mintaqadan yuborilgan xabar ikkinchi mintaqaning telegraf apparatiga kelib tushgan davrda matnlardagi so‘zlar orasida baʼzan harflar tushib qolar edi.

Telegrafchilardan ushbu xabarni tahrirlab so‘zlardagi tushib qolgan harflar o‘rnini to‘ldirib berish ham talab qilingan.

Agar xabarlar egalariga xatolar bilan yoki mazmun jihatdan o‘zgargan holatda yuborilsa telegrafchilar maoshidan jarima undirilgan.

🧐 Nima deb o‘ylaysiz, hozir telegrafchilar qayerda ishlaydi?

Ish izlayotgan bo‘lsangiz

📱
+998881092022 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling

Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
👍4😁1
Pareto qonuni haqida ko‘plarimiz eshitganmiz.

Ushbu qonuniyat 80 ga 20 usuli, yaʼni 20 %lik harakat va 80 %lik foyda deb ham ataladi. Undan ko‘plab maqsadlarda foydalanish mumkin.

🧑🏻‍🏫 Biz buni quyidagicha qo‘llab ko‘ramiz.

Ish beruvchi va nomzod o‘rtasidagi suhbat jarayoni avvalo korxona va tashkilot, keyingi o‘rinda nomzodning ham kelajagi uchun, ijobiy yoki salbiy tasir ko‘rsatishi mumkin.

☝🏻Demak, Pareto qonunidan foydalanadigan bo‘lsak, suhbat davomida 20 % gapir, 80 % eshit, qoidasiga amal qilish kerak.

Xo‘sh bunda nima yutamiz? deb so‘rashingiz mumkin. Aytishimiz mumkinki, ko‘pincha suhbat jarayonida bo‘rttirish holatlari yuz beradi.

Ish beruvchilar, baʼzan nomzodni kuchli mutaxassis sanab ushbu korxona, yoki tashkilotda uning istagiga mos shart-sharoitlarning barchasi mavjud deyishi, shuningdek, nomzod ham bunday ishni qo‘ldan boy berish ahmoqlik degan qarashlar bilan, ish beruvchi talabiga mos xislat, bilim va ko‘nikmalarning barchasini o‘zida mavjud deb aytib yuborish holatlari uchrab turadi.

🏃 Natijada, ish boshlangach, ikki taraf o‘rtasida o‘zaro ziddiyat kelib chiqishi va xodim endigina ishga moslashib olganda ketib qolish holatlari uchrashi mumkin. Bunda ko‘proq ish beruvchilar zarar ko‘radilar.

Shu sababli, muloqot davomida har ikki taraf ham imkon qadar qarshisidagi shaxsni 80 % tinglab (bu vaqtda aytmoqchi bo‘lgan gaplarini parallel holatda ongida qaytadan chuqur tahlil qilib olsa yana-da foydali), 20 % o‘zi haqida gapirsa, maqsadga muvofiq, bo‘ladi.

Shunda, ikki taraf ham o‘z imkoniyatlarini hisobga olgan holda muloqot qiladi va suhbat ikki taraf uchun ham win=win (yaʼni ikki taraf ham g‘olib) teoriyasi asosida hal bo‘ladi.

🤷🏻‍♂️ Balki, bu matinni o‘ta murakkab tilda yozgandirmiz, ammo o‘ylaymizki foydali maʼlumot bera oldik.

Tushunmagan bo‘lsangiz, qaytadan o‘qib chiqishingizni tavsiya etamiz! 😊

Bizdan yiroqlashmang

📱+998881092022 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va o'zingizga mos ishni oson toping!

Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
👍20😁1
IT endi Nurafshonda

Butun Toshkent viloyati boʻylab zamonaviy kasblarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarni Nurafshon shahriga taklif qilamiz.

"Darkor22" xususiy agentligi Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda
SMM;
Grafik dizayn;
Dasturlash va Moliya menejerligi (1C) kurslarini tashkil qildi.

"Darkor22" xususiy rekruiterlik agentligi kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan oʻquvchilarga davomiy ishga ega bo'lishiga koʻmaklashadi.

Aytgancha, kurslarimizda bepul oʻqishingiz ham mumkin, agar ...

Batafsil maʼlumot uchun:
☎️ +998946938070 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Oʻrinlar soni cheklangan, hoziroq kursga roʻyxatdan oʻting.

Bizga obuna boʻling.
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
👍62🔥1
Telegram bot orqali soʻrovnomani toʻldiring. Oʻzingizga mos ish toping.

@Darkor22_bot
Seysmologlar yer yuzida qachon zilzila bo‘lishini oldindan bilishadimi?

😉 Keling, oldin seysmologiya qanday fan va seysmologlar nima ish bilan shug‘ullanishini bilib olsak.

Seysmologiya - geofizikaning seysmik to‘lqinlarining Yer tubida tarqalishi, zilzilalar va ular bilan bog‘liq hodisalarni o‘rganadigan fan. Seysmologlar esa zilzila sabablari, tayyorgarligi va jarayonini o‘rganadigan, shuningdek ularning paydo bo‘lish manbalari, kuchi va chastotasini aniqlaydigan mutaxassis.

🤨 Xo‘sh, ular yer yuzasida zilzilalarni qachon bo‘lishini oldindan ayta oladimi?

Eng tog‘ri javob: Yo‘q.

🏞 Ammo zilzila bo‘lgan hududni, yerning ichki qismini o‘rganish natijasida taxminiy javoblarni bera oladi. Shuningdek, yerning ichki qismidagi seysmik to‘lqinlarni o‘rganib, hududning zilzilaga qanchalik moyilligini oldindan aniqlay oladi.

O‘zingizga munosib ish izlayotgan bo‘lsangiz, quyidagi havola orqali anketa to‘ldirib qo‘ying!

Siz uchun bo‘sh o‘rinlar ochilishi bilan operatorlarimiz aloqaga chiqadilar.

👇Qo‘shimcha savol yoki fikr mulohazalar uchun

📞 +998881092022 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling

Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
4
Assalomu alaykum hurmatli vatandoshlar!

Har birimizga hayotimiz farovonligi va tinchligi asosi bo’lgan Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun muborak bo’lsin!

Osmonimiz musaffoligi va sarhadlarimiz daxlsizligi bilan bir qatorda qadr-qiymatimiz timsoli bo’lgan bosh qomusimizda belgilanganidek doimo o’z haq-huquqlaringiz muhofazasida bo’lib yuring! Sizni chin qalbimizdan va jamoamiz nomidan muborakbod etamiz!
Hurmat ila Darkor22 agentligi!
👍72
#foydali_kontent

Ish topish va ishlash jarayonidagi biznes egasi va xodim oʻrtasidagi yuzaga keladigan muammolarga yechim topish va "Darkor22" xizmat sifatini oshirish maqsadida rasmiy botga "taklif, savol va shikoyatlar" boʻlimi qoʻshildi.

Bunda siz sohangizda boʻlayotgan muammolar, ish kirishdagi muammolar boʻyicha va taklif-shikoyatlaringizni bildirishingiz mumkin.

*Muammolarga yechim tajribali mutaxassislar tomonidan beriladi.

Bizni kuzatishda davom eting.
Taklif, savol va shikoyatlarni bildirishda yordamingizni ayamang.

@Darkor22_bot ga murojaat qiling.
👍3🔥1
"Darkor" ning hozirgi faoliyati bilan tanishtirish, savollarga batafsil javoblar, taklif va shikoyatlar bo'yicha ovozli chat tashkil qilsak qatnashasizmi?
Anonymous Poll
85%
Ha, yaxshi bo'lar edi.
15%
Yo'q, xabarim bor. Taklif-shikoyatlar yo'q.
👍5
2025/07/14 00:33:59
Back to Top
HTML Embed Code: