Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“AQSHda hech qaysi prezident biror urushni hal qilmagan. Ularning ko‘pchiligi urush boshlagan, ammo tugata olmagan”, dedi Tramp


@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev:

"Kasaba uyushmalarining korxona va tashkilotlarda mehnat huquqlarini himoya qilishdagi jonbozligi alohida e’tirofga sazovor".


@daryo_live
Bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga tomon ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 21-2 daraja bo‘ladi.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Afg‘onistondan Buxoroga kontrabanda qilingan narkotik moddaning aylanmasiga chek qo‘yildi.

Uchinchi shaxslar tomonidan Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan Buxoro viloyatiga yetkazib berilgan 45 kg giyohvandlik vositasi O‘zbekiston hududidan tranzit sifatida olib o‘tilishi kerak bo‘lgan.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangihayot tumanida talaba yigit qarovsiz qolgan bolani qutqarib qoldi.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev:

Biz erishayotgan natijalarda 8 millionga yaqin a’zoga ega, eng xalqchil va katta nodavlat tashkiloti bo‘lgan kasaba uyushmalarining munosib hissasi bor.


@daryo_live
"Onang tanlagan" — Oq uy matbuot kotibi jurnalistning savoliga keskin javob berdi

Oq uy matbuot kotibi Karolin Levitt HuffPost muxbirining Rossiya va AQSh prezidentlari o‘rtasidagi bo‘lajak uchrashuv uchun nega aynan Budapesht tanlangani haqidagi savoliga keskin javob qaytardi.

Muzokaralar o‘tkaziladigan joy sifatida Vengriya poytaxtini kim taklif qilganini so‘ragan jurnalist Levitt tomonidan “Onang tanlagan”, degan javobni eshitdi, deb yozadi HuffPost.

@daryo_live
O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari kelayotgani aniqlandi.

2025-yilning yanvar-avgust oylarida jami 287,7 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

• Afg‘oniston — 267 879 nafar
• Tojikiston — 14 648 nafar
• Turkmaniston — 2 235 nafar
• Rossiya — 585 nafar
• Turkiya — 392 nafar
• Qozog‘iston — 373 nafar
• Boshqa davlatlar — 1 635 nafar.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qamchiq dovonida xandaqqa tushib ketgan avtomashina va uning haydovchisi chiqarib olindi.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

@daryo_live
Toshkentning Beshyog‘och dahasida jamoat avtobusi va bir nechta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Hodisa oqibatida tirbandlik yuzaga kelgan. Jarohat olganlar bor yoki yo‘qligi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

*Foto obunachimizdan kelgan.

@daryo_live
Inflyatsiya 8 foizgacha pasaydi: Markaziy bank sentyabr tahlilini e’lon qildi

Oziq-ovqat mahsulotlarining 68 foizi narxi oshgan, 32 foizi arzonlashgan. Nooziq-ovqat mahsulotlarining 86 foizi qimmatlashgan, 14 foizi arzonlashgan. Xizmatlar sohasida esa 90 foiz narxlar oshgan, 10 foizida pasayish kuzatilgan.

@daryo_live
Samarqandda 7 kishi halok bo‘lgan portlash sababchilari 7 yilga qamaldi

Holat yuzasidan sud ishi yakunlandi. Viloyat gaz ta’minoti korxonasidan qariyb 6 milliard so‘m portlash oqibatida zarar ko‘rgan fuqarolar foydasiga undirilishi belgilandi.

@daryo_live
Surxondaryoda o‘qituvchi o‘quvchini urib, yelkasini sindirgani aytilmoqda

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat nazoratga olinganini ma’lum qildi.

@daryo_live
Tramp Zelenskiyga “Tomahawk” raketalarini berishni rad etdi

Zelenskiy AQSH prezidenti bilan uchrashuvdan so‘ng “Tomahawk” raketalari yetkazib berilishiga umid qilayotganini aytgandi.

@daryo_live
Bangladesh aeroportida katta yong’in: barcha reyslar bekor qilindi

Hodisa bugun, 18-oktyabr kuni poytaxt Dakadagi aeroportlaridan birida yuz bergan. Yong‘in aeroportning yukxona hududida mahalliy vaqt bilan soat 14:30 lar atrofida alanga olgan. Voqea joyiga 36 ta o‘t o‘chiruvchi bo‘linma jalb qilingan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xitoyda samolyot bortida yong‘in kelib chiqdi

Hodisa Xanjou shahridan Seulga parvoz qilayotgan samolyotda yuz bergan. Yo‘lovchilardan birining sumkasi ichidagi batareya o‘z-o‘zidan alanga olgan. Shu sabab, samolyot Shanxay shahriga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan.

@daryo_live
AQSHda Trampga qarshi namoyish boshlandi

Mamlakatning deyarli barcha shtatlarida 18-oktyabr kuni aholi miting uyushtirmoqda. Namoyishlarni ba’zi Yevropa shaharlari, jumladan, Rim, Madrid va Berlin ham qo‘llab-quvvatlamoqda.

“Prezident o‘zini mutlaq hokim deb hisoblaydi. Ammo mamlakatimizda qirollar bo‘lmagan. Biz zo‘ravonlik, korrupsiya hamda tartibsizlikka qarshi kurashdan to‘xtamaymiz”, deyiladi namoyish harakati saytida.


@daryo_live
2025/10/22 14:47:30
Back to Top
HTML Embed Code: