Telegram Web Link
🌤Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 18-23 daraja, tog‘li hududlarda 12-17 daraja bo‘ladi — “O‘zgidromet”

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Argentinada parlament saylovlarida ishtirok etayotgan nomzod jonli efirda vafot etdi

66 yoshli Ernan Damiani debatlar davomida yurak xurujiga uchragan. Shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Navoiyda tuman FVB boshlig‘i, Toshkentda ikki advokat qamoqqa olindi

Qiziltepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i 3 ming dollar, poytaxtdagi advokatlar esa 14 ming dollar pora olgan. Surxondaryoda Majburiy ijro bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari va davlat ijrochisiga ham jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

@daryo_live
Buxoro, Navoiy viloyatlarida 19-oktyabr kuni chang-to‘zon kuzatilishi mumkin

“Mazkur hududlarda istiqomat qiluvchi aholi hamda mehmonlardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz. Ochiq havodagi faoliyatlarini qisqartirishlari, xonadan tashqariga chiqqanda niqob taqishlari kerak”, deyiladi “O‘zgidromet” ogohlantirishida.


@daryo_live
Netanyaxu 2026-yil noyabr oyidagi saylovlarda bosh vazir lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yishini va g‘alaba qozonishiga ishonishini aytdi.

@daryo_live
Putin Tramp bilan muloqotda Donetsk viloyatini talab qildi — Washington Post

“Donetsk viloyati evaziga Rossiya prezidenti Zaporojye va Xerson viloyatlarining bosib olinmagan qismlariga da’volaridan voz kechishga tayyorligini bildirgan”, deyiladi xabarda.


@daryo_live
O‘zbekistonda ishsizlikni kambag‘allik sababi sifatida ko‘rsatgan oilalar ulushi kamaydi

“Mahallabay” tizimi joriy etilgandan ikki yil o‘tib, ishsizlikni kambag‘allik sababi sifatida ko‘rsatgan oilalar ulushi 31 foizdan 24 foizga tushgan. Kambag‘allikni kasb yoki ta’lim yo‘qligi bilan bog‘laganlar ulushi 36 foizdan 18 foizga kamaygan. Shuningdek, oilada nogironligi bo‘lgan shaxs mavjudligi kambag‘allik omili sifatida 18 foizdan 9 foizga pasaygan.

@daryo_live
AQSHda Trampning siyosatiga qarshi namoyishlar ko‘cha to‘qnashuvlariga aylanib ketdi

Politsiya ko‘zni yoshlantiruvchi gaz va bo‘yoqli qurollardan foydalanmoqda. Tramp namoyishlarga munosabat sifatida ijtimoiy tarmoqqa video joyladi. Sun’iy intellekt yaratgan videoda Tramp jangovar samolyotdan namoyishchilar ustiga ”loy sachratayotgani” tasvirlangan.

Shuningdek, AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens ham video eʻlon qildi. Unda toj kiygan Tramp oldida demokratlar tiz cho‘kib turgani aks etgan.

@daryo_live
O‘zbekistonda 9 oyda 50 mingdan ortiq er-xotin ajrashish uchun sudga ariza berdi

Sudlarda nikohdan ajratish bo‘yicha 52 507 ta ish ko‘rib chiqilgan. Shundan:
🔹27 578 tasida nikohlar bekor qilingan,
🔹18 430 tasi bo‘yicha er-xotinlarni ajratish rad etilgan,
🔹4 658 ta ish ko‘rmasdan qoldirilgan,
🔹1 841 ta da’vo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.

@daryo_live
️Isroil HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish rejimini jiddiy buzganini aytib, bunga javoban G‘azo sektoriga zarbalar berdi.

@daryo_live
O‘zbekistonda kredit reklamalarida uni olish oqibatlari haqida ogohlantiriladi

Bu aholining moliyaviy xabardorligini oshirish, ongli qarz olish madaniyatini shakllantirish hamda ortiqcha qarz yukining oldini olishga qaratilgan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Parijdagi Luvr muzeyida oʻgʻrilik

Napoleonga tegishli zargarlik buyumlari oʻgʻirlandi. Hozirda jinoyatchilar qidirilmoqda, muzey esa vaqtincha yopilgan.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Yangihayot tumanida talaba yigit qarovsiz qolgan bolani qutqarib qoldi. @daryo_live
Vazir Toshkentda yosh bolaning “balkon”dan tushib ketishidan asrab qolgan talabani taqdirladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri uning mardligi va fidoyiligini e’tirof etib, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘asini topshirgan.

@daryo_live
O‘zbekistondagi barcha vokzallar, stansiyalar nomlari davlat tili qoidalariga moslashtiriladi

Hukumat qarori bilan 320 ta vokzal, stansiya va razyezd nomlari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishi ta’minlanadi.

@daryo_live
Isroil HAMASga qarshi 4 ta to‘dani qurollantirmoqda – Sky News

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, ularning bari Isroil nazoratidagi hududlarda himoyalangan.

@daryo_live
2025/10/25 01:05:29
Back to Top
HTML Embed Code: