Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Uzoq yillar davomida Oʻzbekiston global investorlar tomonidan jiddiy qiziqish bildirilmaydigan davlat edi. Lekin u davrlar oʻtib ketdi”Saida Mirziyoyeva.

@daryo_live
Pokistonning Kobul shahriga uyushtirgan aviahujumi oqibatida 5 kishi halok bo‘lgani xabar qilinmoqda.

Yana 40 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Rasmiylar 48 soatga o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olgan.

@daryo_live
Urganchda xitoylik shifokorlar ishtirokida 318 nafar bemorda katarakta operatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

@daryo_live
Samarqandda 18 kg kumushni 21 ming dollarga sotayotganlar ushlandi

Musodara qilingan kumushning umumiy qiymati 502 million 344 ming so‘mni tashkil qiladi. Qimmatbaho metallning kelib chiqish manbasini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Siz O‘zbekistonni har bir kompaniya va davlat uchun eng yaxshi investitsiya maskaniga aylantirdingiz” — Saudiya kompaniyasi raisi Shavkat Mirziyoyevni e’tirof etdi

Saudiya Arabistoni ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan O‘zbekiston so‘nggi 8 yilda amalga oshirgan ishlarni boshqa mamlakatlar asrlar davomida bajara olmasligini ta’kidladi.

@daryo_live
Bugun kunduzi harorat 25-30 daraja, tog‘li hududlarda 18-23 daraja bo‘ladi — “O‘zgidromet”

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tramp hozirda AQSH Xitoy bilan savdo urushi holatida ekanini aytdi.

@daryo_live
O‘zbekistonda beshta davlat ishtirokida yirik harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

“Birlik” deb nomlangan qo‘shma mashg‘ulotlarda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon harbiylari ishtirok etadi. Ushbu davlatlar mudofaa vazirlarining birinchi uchrashuvi ham bo‘lib o‘tadi.

@daryo_live
Migrant oilalar soni qisqaradi: Putin yangi migratsiya siyosatini tasdiqladi

U 2030-yilgacha amal qiladi va migrantlar soni ortishini nazarda tutadi. Biroq maktabga qatnamaydigan migrant bolalar soni kamayadi, migrantlarning ishlamaydigan va o‘qimaydigan oila a’zolarining Rossiyada yashashi cheklanadi.

2030-yilgacha Rossiyada noqonuniy yashayotgan xorijliklar sonini kamaytirish, ular ishtirokidagi jinoyatchilik darajasini pasaytirish va Rossiya oliy o‘quv yurtlarida chet ellik talabalar ulushini oshirish rejalashtirilgan.

@daryo_live
🇰🇷🇺🇿 Koreyada mavsumiy ishchilar dasturi qayta tiklandi

2021-yilda O‘zbekiston Koreyaga E-8 vizasi orqali ishchi yuborgan ilk davlat bo‘lgandi. Biroq, ayrim ishchilar 5 oylik shartnoma muddati yakunlangach ham vatanga qaytmagani sababli, ushbu viza dasturi Koreya tomonidan to‘xtatilgandi.

@daryo_live
Toshkent viloyatida 3,5 tonnaga yaqin eshak va qoramol suyaklari topildi

Yuk mashina toʻla qoplarga solingan suyaklar Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi chiqindixonalardan yigʻib olib kelingani aytilmoqda.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryoda ish so‘ragan ayolga jinsiy aloqa taklif qilgan maktab direktori ishdan olindi

U Ko‘kdala tumanidagi 17-maktab direktori bo‘lgan. Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi pedagog maqomiga dog‘ tushiruvchi bu holatni qoraladi.

@daryo_live
O‘zbekiston pasportining dunyo reytingidagi o‘rni pastladi

Henley Passport’ning oktyabrdagi indeksida O‘zbekiston pasporti 82-o‘rinni egalladi. Mamlakat fuqarolari 61 ta mamlakatga vizasiz borishi mumkin.

Sentyabr oyida esa O‘zbekiston pasporti 72-o‘rinda bo‘lgan, o‘shanda 62 ta davlatga vizasiz kirish mumkin edi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣 Tramp Putinga ukrainaliklar va rossiyaliklarni o‘ldirishni to‘xtatishni maslahat berdi.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha bitim imzolandi

Unga ko‘ra, Janubiy Koreyaning Incheon International Airport Corporation korporatsiyasi yo‘lovchi va yuk terminallarini qurish va boshqarish, shu jumladan yerga xizmat ko‘rsatish uchun javobgar bo‘ladi.

@daryo_live
Saida Mirziyoyeva Oksford universitetidan mukofot qabul qildi

“Universitetdan prezidentimiz rahbarligida O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va imkoniyatlarini kengaytirish borasida erishilgan yutuqlarning e’tirofi sifatida mukofot qabul qilganimdan xursandman”, deb yozdi Prezident administratsiyasi rahbari.


@daryo_live
2025/10/23 09:23:36
Back to Top
HTML Embed Code: