Telegram Web Link
Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

Ta’til 9-noyabrga qadar davom etadi. II chorak darslari 2025-yil 10-noyabrdan boshlanadi.

@daryo_live
O‘zbekistonda avtomaktabni bitirganlarga yagona namunadagi elektron guvohnoma beriladi

Bunday guvohnomalar imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga o‘quv tashkiloti tomonidan beriladi. Buning uchun yig‘im undirilmaydi.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Toshkentda 3-sinf bolasini 9-sinf o‘quvchisi kaltaklagani rad etildi Bolakay haqorat qilib velosipedda qochib ketmoqchi bo‘lganida 9-sinf o‘quvchisi velosipedning orqa g‘ildiragiga oyog‘i bilan tepgan. Oqibatda 3-sinf o‘quvchisi yuz qismi bilan yiqilib tan…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda 3-sinf bolasi qanday qilib jarohat olgani aks etgan video e‘lon qilindi

Bolakay haqorat qilib velosipedda qochib ketmoqchi bo‘lganida 9-sinf o‘quvchisi velosipedning orqa g‘ildiragiga oyog‘i bilan tepgan. Oqibatda bola yuzi bilan yiqilgan.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2025-yil 14-oktyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Oksford universitetida o‘zbekshunoslik dasturining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi.

Oksford universiteti Buyuk Britaniyada “Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari” fakulteti doirasida o‘zbek va qadimgi o‘zbek (chig‘atoy) tillarini o‘qitishni joriy etgan birinchi va yagona universitet bo‘ldi.

“Ko‘p yillar davomida O‘zbekiston yopiq mamlakat edi. Bugun u har qachongidanda ochiq — fan, texnologiyalar, taraqqiyot va eng muhimi, muloqot uchun ochiq”, dedi Mirziyoyeva.


Ayollarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, oilaviy zo‘ravonlikni jinoyat deb e’tirof etish tashabbuslarini ilgari surish yo‘lidagi namunali rahbarligi uchun Saida Mirziyoyeva Oksford universiteti mukofoti bilan taqdirlandi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Hech kim tezak qilmay qoʻydi” — Qumqoʻrgʻon tumani hokimi

Surxondaryo viloyatining Qumqoʻrgʻon tumani hokimi Anvar Normamatov qishga tezak qilib yigʻib qoʻyishga chaqirdi.

“Tezak chalmalarni yigʻib, bosib qishda ikkita tashlab qoʻysa boʻladiku”, degan u oʻz soʻzida.


@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tramp Nobel mukofotini olishdan umidini uzmadi

“Menimcha, hech bir prezident kamida bitta urushni to‘xtatmagan. Men sakkiz oy ichida 8 ta urushni to‘xtatdim. Nobel mukofotini oldimmi? Yo‘q. Siz bunga ishona olasizmi?.. Lekin taxminimcha, kelasi yil yaxshiroq bo‘ladi. Bilasizmi, men uchun nima muhim? Men, ehtimol, yuz millionlab odamlarning hayotini saqlab qoldim”, dedi AQSH prezidenti.


@daryo_live
Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya parlamenti Jamoatlar palatasi spikeri Lindsi Xoyl bilan uchrashdi

“Markaziy Osiyo bo‘yicha Umumpartiyaviy guruhning tashkil etilishi Buyuk Britaniya va mintaqamiz mamlakatlari parlamentlari o‘rtasidagi muloqot uchun asos bo‘lishiga ishonch bildirildi. Biz guruh delegatsiyasini O‘zbekistonda qabul qilishga tayyormiz”, deb yozdi Prezident administratsiyasi rahbari.


@daryo_live
O‘zbekistonda dollar kursi bir necha kunlik ko‘tarilishdan so‘ng yana tushdi

🇺🇸 dollar 12 160,99 soʻm (-72,68)
🇪🇺 yevro 14 178,50 soʻm (-55,38)
🇷🇺 rubl 153,92 soʻm (-0,92)

@daryo_live
Toshkent markazida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.

Taras Shevchenko ko‘chasida gastronomik-ko‘ngilochar festival o‘tkazilishi munosabati bilan:

🚧 Taras Shevchenko ko‘chasining Fidokor ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi kesishmasigacha,
🚧 Sayyid Baraka ko‘chasining Oybek ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qism 16-oktyabr soat 16:00 dan 20-oktyabr soat 07:00 gacha barcha transport vositalari harakati uchun yopiladi.

@daryo_live
Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya bosh vazirining investitsiyalar bo‘yicha maslahatchisi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilingan.

“Erishilgan kelishuvlar mamlakatlarimiz farovonligi yoʻlida yangi amaliy tashabbuslar va uzoq muddatli sheriklik uchun asos boʻlib xizmat qilishiga ishonaman”, deb yozdi prezident administratsiyasi rahbari.


@daryo_live
Yaman husiylari general-mayori Muhammad Abdul Karim al-G‘amariy vafot etgani e’lon qilindi.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya parlamenti Jamoatlar palatasi spikeri Lindsi Xoyl bilan uchrashdi.

@daryo_live
Tramp bugun Putin bilan telefon orqali muloqot qilishi rejalashtirilgan.

Axiosga ko‘ra, AQSH prezidenti Ukrainadagi urushni muhokama qilmoqchi. Ayni paytda, Tramp ertaga, 17-oktyabr kuni Oq uyda Zelenskiyni qabul qilishi kutilmoqda.

@daryo_live
Toshkentda 95 gektar bo‘sh yer topilib, auksionga chiqarildi

Prezident kosmik monitoring orqali yangi iqtisodiy imkoniyatlarni aniqlash yuzasidan takliflar taqdimotida bu yil yana 8 ta hududda, kelgusi yilda barcha tuman markazlarida o‘rganishlarni oxiriga yetkazish vazifasini qo‘ydi.

@daryo_live
O‘zbekistonda tibbiy radioizotoplar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

2027-yil boshiga qadar zamonaviy siklotron majmuasini ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu yadro tibbiyotida saraton, yurak-qon tomir va autoimmun kasalliklarni diagnostika va davolashda qo‘llaniladigan keng turdagi radionuklidlarni ishlab chiqarish imkonini beradi.

@daryo_live
Pokiston, agar Afg‘oniston uning shartlarini qabul qilsa, “Tolibon” bilan muzokaraga tayyorligini ma’lum qildi.

@daryo_live
Saudiyadan O‘zbekistonga yil boshidan beri 900 mln dollar o‘zlashtirildi

Hozirda mamlakatda Saudiyali kapitali ishtirokidagi 27 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Umumiy qiymati 27,2 milliard dollarga teng 56 ta qo‘shma investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

@daryo_live
Toshkentda mahallalarni obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilashga 1 trln so‘m ajratiladi

Shavkat Mirziyoyevga poytaxtni kompleks rivojlantirish, sanoat va transport infratuzilmasini yaxshilash masalalari yuzasidan axborot berildi.

Unda Shota Rustaveli ko‘chasidagi tajribadan kelib chiqib, “BRT” tizimi (Bus rapid transit) asosida yana 10 ta ko‘chada shunday qurilish ishlari boshlanishi xabar qilindi.

@daryo_live
Saudiya Arabistonida Haj–2026 mavsumi uchun yangi tartib joriy etildi

Endilikda har bir ziyoratchiga “Nusuk” platformasi orqali olingan tibbiy sog‘lomlik to‘g‘risidagi guvohnoma taqdim etilgan taqdirda haj vizasi rasmiylashtiriladi.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi tegishli idoralarga ziyoratchilarni sinchkovlik bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda haj safariga borishga jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni aniqlash majburiyatini yukladi.

@daryo_live
Tramp Vengriyada Putin bilan uchrashuv o‘tkazishini ma’lum qildi.

@daryo_live
2025/10/23 04:55:13
Back to Top
HTML Embed Code: