Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryoda 37 dona baliq ovlaganlar hayvonot dunyosiga 360 mln so‘mga yaqin zarar yetkazdi

Ovlangan baliqlarning 20 donasi “Kumush tovon” balig‘i, 3 donasi “Moy baliq” va 14 donasi “Ilonbosh” balig‘i bo‘lgan.

@daryo_live
Islandiyada ilk bor chivin aniqlandi

Mamlakat dunyodagi chivinlar uchramaydigan kam sonli hududlardan biri edi. Global iqlim isishi oqibatida Islandiya kabi sovuq o‘lkalarga ham hududga mansub bo‘lmagan mavjudotlar kirib bormoqda.

Islandiya Tabiatshunoslik instituti entomologi Matias Alfredsson yangilikni tasdiqlagan. Uning aytishicha, chivinlar Kyos mintaqasida topilgan. Hasharotlarni mahalliy tadqiqotchi aniqlab, institutga yuborgan. Ular uchta — 2 ta urg‘ochi va 1 ta erkak chivin bo‘lgan. Tekshiruvlarga ko‘ra, hasharotlar “culiseta annulata” turiga mansubligi tasdiqlangan.

@daryo_live
Sherzod Asadov O‘zbek tili bayramida prezidentning tabrigini o‘qib eshittirdi

Tabrikda so‘nggi sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida o‘zbek tili rivojida yangi davr boshlangani ta’kidlangan.

@daryo_live
FVVning asosiy vazifalari belgilandi:

🔹favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha kompleks choralarni amalga oshirish hamda mavjud kuch va vositalarning doimiy shayligini ta’minlash;
🔹fuqarolar muhofazasini tashkil etish va amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida aholiga o‘z vaqtida ogohlantirish va xabardor qilishni yo‘lga qo‘yish;
🔹yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan foydalanish va yo‘q qilish ishlarini muvofiqlashtirish, hamda bu borada belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.

@daryo_live
Tramp HAMASni “jilovlash” uchun G‘azoga xorijiy kuchlarni yubormoqchi

AQSH prezidenti Yaqin Sharqda bir nechta ittifoqchi davlatlar G‘azoga qo‘shin yuborishga tayyorligini bildirdi.
“Bir qancha ittifoqchilarimiz G‘azoga kirib, HAMASni jilovlashda yordam berishini bildirdi. Ammo men hali emas dedim. Chunki, hali ham umid bor — ehtimol HAMAS to‘g‘ri yo‘lni tanlar. Aks holda, uning taqdiri vahshiylik bilan yakunlanadi”, deb post qoldirgan Tramp Truth Social’dagi akkauntida.


@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Namanganda 4 bolasini mashinaning old o‘rindig‘ida olib ketgan ayolga chora ko‘rildi

“Xursand qilay bolachalarni deb, olib chiqib qo‘yibman. Asli xato qilibman. Endi xatoyimni inspektor aytganlaridan keyin tushundim. Bu holat qaytarilmaydi”, deydi ayol.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda Nexia-3 yuqori tezlikda Matizga urilib, kafega kirib ketdi

Nexia-3 rulida bo‘lgan bola avtomobilni uydan yashirincha olib chiqqan bo‘lgan. Holat yuzasidan mas’ul xodimlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

@daryo_live
Pokistonda 450 dan ortiq afg‘on migrant hibsga olindi

Politsiya Faysalobod shahrida 448 nafar, Islomobodda esa 17 nafar afg‘onni hibsga olgan. Ular vataniga deportatsiya qilinishi rejalashtirilmoqda.

Islomobod va Kobul o‘rtasidagi so‘nggi qurolli to‘qnashuvlardan so‘ng, Pokistonda afg‘onlarga qarshi keng ko‘lamli reyd boshlangan. Endilikda mamlakatda yashayotgan noqonuniy muhojirlarning hammasi chiqarilib yuboriladi.

@daryo_live
Bugun kunduzi harorat 23-28 daraja, tog‘li hududlarda 18-23 daraja bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi — “O‘zgidromet”

@daryo_live
Oltin narxi keskin tushib ketdi

Nyu York tovar birjasida (COMEX) 21-oktyabrdagi savdolar chog‘ida oltin narxi 6 foizdan ko‘proqqa tushdi. Shu tariqa bir troya unsiyasi uchun 4100 dollardan pastga tushdi. Bu oltin narxining 2013-yildan beri bir kunlik eng katta pasayishidir.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Toshkent viloyatida manzil-koloniyadan qochgan mahkum 3-sinf qizni zo‘rlagani aytilmoqda Rasmiylar u qamoqqa olinganini bildirdi. Mahkum nomusga tegish jinoyati uchun 16 yilga ozodlikdan mahrum etilib, jazo muddatini o‘tayotgan bo‘lgan. @daryo_live
Ohangaronda mahkum qochib ketgani ortidan hibsxona xodimlariga jinoyat ishi ochildi

IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining Markaziy tergov hibsxonasi tartibot bo‘limi safdori Sh.O. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 214-moddasi (davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ChatGPT ishlab chiqaruvchisi sun’iy intellektga ega ChatGPT Atlas brauzerini taqdim etdi

Brauzerdan foydalanayotganda yon paneldan ChatGPTni chiqarish mumkin. Brauzer xotirasi ChatGPTga siz tashrif buyurgan saytlarning kontekstini eslab qolish va kerak bo‘lganda unga qaytish imkonini beradi.

U kontentni umumlashtirish, tovarlarni taqqoslash yoki ma’lumotlarni tahlil qilishi mumkin. Bundan tashqari, ChatGPT yordamida oziq-ovqat buyurtma qiladi, pochtani saralaydi va boshqa oddiy ishlarni bajaradi.

@daryo_live
O‘zbekistonda oltin quymalar narxi pasaydi

22-oktyabr holatiga ko‘ra quymalar narxi quyidagicha belgilandi:

🔹5 gramm — 8 mln 326 ming so‘m;
🔹10 gramm — 16 mln 652 ming so‘m;
🔹20 gramm — 33 mln 305 ming so‘m;
🔹50 gramm — 83 mln 262 ming so‘m;
🔹100 gramm — 166 mln 523 ming so‘m.

@daryo_live
“Mening maktabim” doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi

22-oktyabrdan boshlab 2025/2026-o‘quv yili doirasida “Mening maktabim” loyihasining 1-bosqichi boshlandi. 1-bosqich doirasida 1, 2 va 4-toifaga kiritilgan 112 ta tumandagi 4 987 ta maktab ishtirok etadi (Ro‘yxat).

@daryo_live
Jizzaxdagi fitness-klubda qo‘lbola usulda dorilar ishlab chiqarilgani aniqlandi

Yashirin sexda ikki kishi turli xil dori vositalarini qo‘lbola usulda qadoqlash, taqsimlash va sotuvga tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgan. Ular dorilarni sotmoqchi bo‘lganida ushlangan.

@daryo_live
Dog’iston Ukraina dronlari hujumiga uchradi

Maxachqal’adagi “Dagnefteprodukt” hududida otishma va ikkita kuchli portlash ovozi eshitildi. Mahalliy hokimiyat allaqachon Dog‘iston Ukraina dronlari hujumiga uchragani haqida xabar bergan.

“Rosaviatsiya” Maxachqal’a aeroportida samolyotlarni qabul qilish va jo‘natish bo‘yicha vaqtinchalik cheklovlar joriy etilganini e’lon qildi.

@daryo_live
O‘zbekistonda ayrim vazirlik, qo‘mita va agentlikning tuman (shahar) bo‘linmalari hokimlik tuzilmasiga o‘tadi

2026-yil 1-yanvardan boshlab tajriba-sinov tariqasida 9 ta tashkilotning tuman (shahar) bo‘linmalari hokimlik tuzilmasiga o‘tkaziladi.

Maqsad — tuman (shahar) hokimliklarida boshqaruvning ixcham va natijadorlikka yo‘naltirilgan samarali tizimini yo‘lga qo‘yish.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oq uy maslahatchisi Jared Kushner G‘azoni qayta qurish faqat Isroil nazorati ostidagi hududlarda boshlanishini aytdi

U HAMAS nazorat qilayotgan hududlarga mablagʻ yoʻnaltirilmasligini aytdi. Gʻazo sektorini tiklashga taxminan 70 milliard dollar kerak boʻladi.

@daryo_live
2025/10/26 16:23:31
Back to Top
HTML Embed Code: