Telegram Web Link
O‘zbekistonda lombardlarga ham islomiy moliya bilan shug‘ullanishga ruxsat berildi

Mikromoliya tashkilotlari bilan birga lombardlar va faktoring tashkilotlari quyidagi islomiy moliya xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin:

🔹islomiy ijara;
🔹muzoraba — foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish;
🔹murobaha — nasiya savdoga asoslangan moliyalashtirish;
🔹mushoraka — sherikchilik, ya’ni foyda va zararlarni taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish;
🔹salam — oldindan to‘lovga asoslangan moliyalashtirish.

@daryo_live
Luvr o‘g‘rilikdan keyin tashrif buyuruvchilar uchun qayta ochildi

Muzey 19-oktyabr kuni ertalab sodir bo‘lgan o‘g‘rilikdan so‘ng yopilgan edi. Muzeyning o‘g‘rilar tunab ketgan qimmatbaho buyumlar saqlangan qismi hamon tashrif buyuruvchilar uchun yopiq.

@daryo_live
Rossiya droni Xarkovdagi bolalar bogʻchasiga zarba berdi

Hujum oqibatida bir kishi halok boʻldi, yetti kishi jarohatlandi. Barcha bolalar evakuatsiya qilingan.

@daryo_live
Toshkentda sentyabrda uy-joy ijara narxi oshdi

Poytaxtdagi uy-joy ijara narxi bir kvadrat metr uchun o‘rtacha 8,5 dollarni tashkil etdi. Eng yuqori ijara narxlari poytaxtning Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida kuzatildi.

@daryo_live
O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi

🇺🇸 dollar 12 101,29 soʻm (+90,27)
🇪🇺 yevro 14 031,45 soʻm (+73,44)
🇷🇺 rubl 148,01 soʻm (-0,07)

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rossiyada Putin rahbarligida strategik yadroviy kuchlarning quruqlik, dengiz va aviatsiya tarkibiy qismlarini jalb qilgan holda mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

@daryo_live
Fargʻonada yer va mol-mulk soliqlari hisobiga 32,9 mlrd soʻm “Mahalla budjeti”ga yoʻnaltirildi

2025-yilning 1-oktyabr holatiga jismoniy shaxslarning turar joy obektlariga yanvar-sentyabr oylarida respublika boʻyicha 3,3 trln soʻm undirilgan.

@daryo_live
“Darband” postidagi tarozi Surxondaryo viloyat hokimining qarindoshiga tegishli ekani rad etildi

Hokimlik axborot xizmatining taʼkidlashicha, mazkur tarozi xususiy shaxsga emas, balki davlat korxonasiga tegishli boʻlib, u viloyat hokimining qarindoshiga aloqador ekani haqidagi maʼlumotlar mutlaqo asossiz va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shvetsiya va Ukraina o‘rtasida 150 tagacha Gripen qiruvchi samolyotini sotib olish bo‘yicha anglashuv xati imzolandi.

Bundan maqsad yaqin 10—15 yil ichida kuchli Ukraina harbiy-havo kuchlarini yaratish ekani ta’kidlandi.

@daryo_live
Sirdaryoda aliment to‘lashdan 3 yil qochib yurgan ota molxonadan topildi

U 2 nafar farzandi uchun 63 million so‘m miqdorida pulni to‘lamagan. Fuqaro 15 sutkaga qamaldi.

@daryo_live
Toshkentda 29 yoshli yigit avtoturargohda 61 yoshli erkakni kaltaklab qochib ketdi

Jabrlanuvchiga bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, o‘ng qosh sohasi shilingan jarohati tashxisi qo‘yilgan. Holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

@daryo_live
2025/10/26 09:41:42
Back to Top
HTML Embed Code: