Telegram Web Link
Sudandagi Xartum aeroporti ikki yillik tanaffusdan so‘ng, qayta ishga tushdi. Muassasa 2023-yil aprel oyida Sudan armiyasi va Tezkor yordam kuchlari muxolif guruhi o‘rtasida urush boshlanganidan keyin yopilgan edi.

@daryo_live
Qashqadaryoda 19 yoshli taksichi yigit mashinasiga o‘tirgan qizning qarindoshlari tomonidan kaltaklandi.

Mazkur holat yuzasidan ayni paytda huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari tomonidan tergov hamda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
G‘azo sektori Jabaliya shahrida Isroil istilosidan qolgan ulkan vayronagarchilik.

@daryo_live
Ekskavator gaz quvuriga shikast yetkazishi oqibatida Bektemir va Yuqori Chirchiq tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatildi.

@daryo_live
“Haj va Umra yagona portali” ishga tushirildi

Talabgor fuqaro 2 xil usulda ya’ni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali www.my.gov.uz va www.haj-umra.gov.uz sayti orqali elektron navbatga yozilishi mumkin.

@daryo_live
O‘zbekistonda “yashil” energiya ishlab chiqarish 9 mlrd kVt·soatga yetdi

Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu hajmdagi “yashil” energiya ishlab chiqarilishi natijasida:

🔹2,73 milliard kub metr tabiiy gaz tejalgan;
🔹4 million tonna zararli moddalarning atmosferaga chiqishi oldi olingan.

@daryo_live
❗️Prezidentning tegishli farmonlari bilan:

Sardorbek Ulug’bekovich Umurzakov Prezident Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan administratsiya bosh inspektori lavozimidan ozod etildi;

Alisher Paygamov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezident Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.

@daryo_live
Farg‘onada to‘xtab turgan Nexia-2 yonib ketdi. Yong‘in FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa sababi va zarari aniqlanmoqda.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQSH sharqiy Tinch okeani hududida qayiqqa zarba berdi. Ta’kidlanishicha, qayiq
giyohvand moddalar tashishda gumon qilingan. Bu Qo‘shma Shtatlarning xalqaro suv maydonida sakkizinchi qayiqni yo‘q qilishidir.

@daryo_live
Tramp ma’muriyati AQSH dasturiy ta’minoti yordamida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga, noutbuklardan tortib reaktiv dvigatellargacha — yangi eksport cheklovlarini qo‘llashni ko’rib chiqmoqda.

@daryo_live
AQSH Rossiyaning “Rosneft” va “Lukoyl” kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSHning yangi sanksiyalari “Rosneft”ning 28 ta sho‘ba korxonasi va “Lukoyl”ning 6 ta sho‘ba korxonasiga nisbatan qo‘llaniladi.

Shu bilan birga, cheklovlar “Rosneft” va “Lukoyl” kompaniyalari 50 foizdan ortiq ulushga ega bo‘lgan tuzilmalarga ham tatbiq etiladi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hindiston prezidenti Draupadi Murmu bo‘lgan vertolyot yangi quyilgan betonga botib qoldi

Politsiya va yong‘in-qutqaruv xizmati xodimlari birgalikda vertolyotni itarishga majbur bo‘lgan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tramp Putin bilan uchrashuvni bekor qildi

“Biz prezident Putin bilan uchrashuvni bekor qildik. Nazarimda, biz borishimiz kerak bo‘lgan nuqtaga bora olmasdik. Ammo kelajakda buni albatta amalga oshiramiz”, dedi AQSH rahbari.


@daryo_live
O‘zbekistonda narxni sun’iy oshirib, keyin arzonlashtirib chegirma sifatida ko‘rsatish taqiqlandi

Chegirmada ko‘rsatilgan, chegirma narxgacha bo‘lgan narx (qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan tashqari) chegirma e’lon qilingunga qadar oxirgi 30 kundagi eng past narx bo‘lishi shart.

@daryo_live
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari to‘qqiz oyda 13,9 mlrd dollarga yetdi

Bu koʻrsatkich 2024-yil yanvar-sentyabrdagiga qaraganda 2,7 mlrd dollarga (24 foizga) koʻp.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tramp Tomahawk raketalaridan foydalanishni o‘rganishga kamida 6 oydan 1 yilgacha vaqt ketishini aytdi

“Ular juda murakkab. Shuning uchun ‘Tomahawk’ faqat bitta holatda uchiriladi — agar biz o‘zimiz undan foydalansak, biz esa bunday qilmaymiz. U juda kuchli qurol. Biz qanday ishlatishni bilamiz va boshqalarni bunga o‘rgatmoqchi emasmiz”, dedi Tramp.


Zelenskiy avvalroq Tomahawk raketalarini berish so‘roviga Tramp “ha” yoki “yo‘q deb javob bermaganini aytgandi.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Jinoiy javobgarlik bor: “O‘zenergoinspeksiya” gaz nasoslari o‘rnatuvchilarni ogohlantirdi

Inspeksiya gaz bosimini su’niy ravishda oshirish maqsadida bunday qurilmalarni o‘rnatish taqiqlanganini eslatib, jarima solinishini bildirdi.

“Unutmang! Gaz nasos qurilmalaridan foydalanish yong‘in xavsizlik qoidalariga va baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin”, deya ogohlikka chaqirdi inspeksiya matbuot xizmati.


@daryo_live
O‘zbekiston AES qurilishini nazorat qilish uchun Italiyaning Ansaldo xoldingi jalb qilishi mumkin

Xolding kompaniyalarini O‘zbekistonda AES qurilishi loyihasini amalga oshirishni nazorat qilish, shuningdek, samarali yordamchi yechimlarni ishlab chiqish uchun texnik maslahatchilar sifatida jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

@daryo_live
Dushanbeda tilanchilik va sehrgarlik bilan shug‘ullangan xorijliklar qo‘lga olindi

Ular qaysi davlatdan kelgani ochiqlanmagan. Mazkur shaxslarga nisbatan zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, ular Tojikistondan chiqarib yuborilgan.

@daryo_live
2025/10/25 18:52:07
Back to Top
HTML Embed Code: