Telegram Web Link
Forwarded from Madina Nurman
Bugungi kunbotar o‘rtog‘im NazirMann ko‘zi bilan 😍😎
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥63😁2👍1
Forwarded from Uzbekistan’s club
🎙 Uzbekistan's club loyihalari AQSh mavsumining muhim yangiligi: Oʻzbekistonlik.Podcast

Oʻzbekistonlik.Podcast — iste’dodli va mehnatkash insonlar mamlakati boʻlgan Oʻzbekiston hamda mintaqayu dunyo taqdiriga oid eng muhim mavzular muhokamasi.

O‘zbekistonlik.Podcast loyihasining birinchi epizodida ilm-fan va texnologiyalar mavzusida suhbatlashdik.

Moderator — texnika fanlari doktori, Kasper, Patrick & Associates kompaniyasi texnik direktori, muhandis Asqarali Karimov.

Podkast mehmonlari — bir nechta IT bizneslar egasi Bobir Akilxanov hamda Kolumbiya Universiteti yordamchi professori Aziza Shonazarova.

Qahramonlarning qiziqarli karyera yo‘li hamda ularning mavzu yuzasidan fikrlari o‘rin olgan suhbatdan baxramand bo‘ling.

Podkast bosh homiysi — Uzum milliy raqamli ekotizimi.

O‘zbekistonlik.Podcast Apple Music, Amazon, Spotify kabi ommabop audioplatformalarda va hamkor telekanallarda ham mavjud.

Uzbekistan's Club oʻz tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun Yoshlar ishlari agentligiga, millatning yangi qiyofasini yaratishdagi ishonchli hamkorlari boʻlmish — Ucell uyali aloqa operatoriga, Chevrolet Uzbekistan avtomobil brendiga va “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasiga oʻz minnatdorchiligini izhor qiladi.
👍7
Tadbirkorlar shaxsiy brend haqida ko'p gapiryapti. Ha, imidj muhim bo'lib boryapti.

Lekin dunyoda minglab juda kerakli biznes loyihalar va ularning o'n minglab menejerlari, rahbarlari borki, biz u odamlarni har kuni Instagram'dan ko'ravermaymiz.

Men o'tgan haftalarda o'zim uchun Elyor aka Bozorov, Elmakon va Olcha.uz loyihalarini olib chiqqan navoiylik tadbirkor akamizni kashf qildim.

O'zimizda va xorijda yashayotgan hamda hikoyalari hali aytib ulgurilmagan insonlar haqida maqolalar chiqarishda davom etaman:

https://daryo.uz/2024/04/01/ozbekiston-bozori-zabt-etildi-endi-navbat-shtatlarga-marrani-baland-olgan-ozbek-tadbirkori-hikoyasi
🔥6👍41😁1
Yevropaga sayohatimiz davomida oʻzbekistonlik trakchi aka bilan koʻrishib qoldik.

Tanishib, ular bilan suhbat qilgan edik.

Tomosha qoling:

https://youtu.be/XIEDiwgAERk?si=NW8icghHo-nZfzt3
👍2🔥2
Forwarded from Saidaziz A’zamov
Bloomberg Originals'ning mana bu hujjatli filmida Xalqaro Mehnat Tashkiloti hisobotidan keltirilgan diagramma e'tiborimni tortdi.

Universitetga tayyorlanish va unda o'qishga qancha yillar, asab va umr ketadi, ammo mamlakat iqtisodiyoti shunday salohiyatli kadrlar uchun ish joylari yarata oladigan darajada rivojlanmagan bo'lsa...

Bloomberg e'lon qilgan maqolasiga "Hindistonlik yoshlar o‘qigan bo‘lsa, ishsiz bo‘lib qolish ehtimoli ko‘proq" deb sarlavha qo‘ygandi.

Men Germaniya Xalqaro Hamkorlik Tashkilotining ta'limga qaratilgan loyihasida milliy ekspert sifatida ishlayman. Ta'lim vazirligining bugun ofisimizga kelgan bir mutaxassisi har yili kamida 350 ming yosh oliy ta'limni bitirib chiqayotganini aytdi.

Bugun 1,5 millionga yaqin odam universitetlarda o'qiyapti va ulardan afsuski juda ozchiligi O‘zbekistonda, ham chet elda eng talabgir bo‘lib kelayotgan payvandchi, duradgor, elektrik, avtomexanik, tovarshunos yoki tikuvchi bo‘lishni orzu qilishi tabiiy.

Ular ketgazgan vaqtlari va sarflagan pullariga yarasha, ishga joylasha oladilarmi? Shuncha ish bormi o‘zi? Ya'ni shuncha... oliy ma'lumot talab qiladigan ish o‘rinlari bormi?

Agar ular universitetni bitirgach, mehnat bozorida ko‘p stajli barrista bo‘lib qolsalar (va gap yo‘q, shundan baxtli bo‘lsalar) shuning o‘ziga bir necha hafta o‘qib qo‘ya qolsalar bo‘lmasmidi?
👍5😢3🔥2😁1
Forwarded from Saidaziz A’zamov
Meros va yangi oʻzlik

Biz yashayotgan davr dunyo aholisining bir joydan ikkinchi joyda koʻchishlariga guvoh boʻladi. Xususan, janubdan shimolga, yanayam dangalrogʻi Global Janubdan Global Shimolga.

Albatta, bunga iqlim oʻzgarishi, urushlar va iqtisodiy notenglik sabab boʻladi hamda bu tabiiy.

Bugun Al-Jazeerada mana bu maqolani oʻqib qoldim: https://www.aljazeera.com/features/2024/9/8/koreans-in-uzbekistan-k-pop-and-a-brewing-cultural-clash

Oʻzbekistonda yashaydigan koreyslar (oʻzimizning koreyslar, ruscha gaplashadigan, ruscha ismli) tarixi va buguni haqida ekan. Inglizzabon mushtariylarga yangilikdir, ammo biz bilgan oʻsha oʻzimizning koreyslar haqida oʻzimizning gaplar.

Lekin maqolada bir koreys ayolning “Oʻzbekistonda yashasam ham oʻzbekcha bilmayman, koreys boʻlsam ham koreyscha gapirolmayman” degan gapini oʻqidim. Bu juda qiziq.

Ehtimol, koʻchishning oʻzi singari, koʻchishdan keyingi assimilyatsiya ham tabiiydir. Ammo immigrantlar oʻzlari koʻchib borgan yerlarga yangiliklar olib kirishi, madaniy almashinuv ikki tomonlamali boʻlishi muhim.

Masalan, Koryo saram (Oʻrta Osiyo koreyslari) bizning dasturxonimizga marinadlangan sabzi, kimchi va boshqa salatlarni olib kirgan. Bugun oʻzbekona bozorni koreys tuzlamalari rastasisiz tasavvur qilib boʻlmaydi.

Dunyo boʻylab tarqayotgan oʻzbeklar ham madaniyatimiz, turmush tarzimizning ayrim unsurlarini yangi vatanlariga olib kirishlarini koʻrish qiziq boʻlgan boʻlar edi.
3👍3
Forwarded from Temurbek Adhamov
Temurbek Adhamovga shaxsiy assistent bo'lish imkoniyati

🎯 Siz «Najot Ta'lim» asoschisi va rahbari Temurbek Adhamovga shaxsiy assistent bo'lishingiz mumkin. Ish jarayonlarni ichkaridan kuzatishni istagan, ta'lim tizimi rivoji uchun o'z hissasini qo'shmoqchi bo'lgan yoshlarni ushbu lavozimga taklif qilamiz.

Buning uchun siz:

- o'sishga intiluvchan;
- tahliliy va tanqidiy fikrlay oladigan;
- kompyuterdan yaxshi foydalana oluvchi;
- ingliz tilida erkin muloqot qila oladigan;
- 18-25 yosh orasida bo'lishingiz kerak.

Sinov muddati bir oyni tashkil etadi.

Shaxsiy assistent lavozimi uchun quyidagi havola orqali ariza topshirishingiz mumkin.

👉 Ariza yuborish
Forwarded from Vashington kundaligi
O'qishda barcha talabalar orasida eng yuqori bahoni siz olsangiz - hatto u 4 bo'lsa ham - albatta, xursand bo'lasiz. Lekin sizdan yuqoriroq ball to'plagan talaba bo'lsa, 5 ham tatimaydi.

A'lo baho bilan o'qishni bitirgan talaba ham norozi bo'ladi; agar u mamlakatdagi eng nufuzli kompaniyaga ishga kira olmasa.

Eng nufuzli kompaniyaga ishga joylashgan talaba ham norozi; chunki hamkasbi undan ko‘proq maosh oladi.

Kompaniyada eng yuqori maosh oladigan odam ham mamnun emas; chunki u o'z muvaffaqiyatini o'zidan puldorroq bo'lgan boshqa tanishlari bilan solishtirishni boshlaydi.

Buni amerikaliklar kalamush poygasi deb ataydi. Agar siz hayotda boshqalar bilan poyga o'ynasangiz, hech qachon baxtli bo‘la olmaysiz; chunki poygada har doim sizdan oldinda kimdir bo'ladi. Bu narsa hayotingizda bor narsalarni qadrlashga va qanoat qilishga yo'l qo'ymaydi.

Baxtli bo'lish uchun aslida ko'p narsa kerak emas...

@bmamadiev
👍115
Forwarded from Vashington kundaligi
Tasavvur qilamiz: 2124-yil kirib keldi. Roppa-rosa yuz yildan keyin. U payt shu matnni yozayotgan odam ham, uni o'qiyotgan odam ham bu dunyoda bo'lmaydi; yer ustida emas, ostida bo'ladi. Nafaqat siz, balki aka-ukalaringiz, yoru-birodarlaringiz ham bu dunyoni allaqachon tark etgan bo'ladi...

Biz umrimizning aksariyatini sarflab, misqollab yig'ib qurgan dang'illama uyimizda begonalar yashayotgan bo'ladi. Bizga tegishli neki bo'lsa (agar bo'lsa), hammasiga boshqalar egalik qiladi.

Qanchamiz bobomizning otasini yoki onasini taniymiz? Kimligi tugul, ismini eslay olamizmi?

Uyingizda balki avlodingiz yashar, lekin u sizning ismingizni bilmasa, demak, begona.

O'lganimizdan keyin, bizni uzog'i bilan bir necha yil eslashadi. Yana bir necha yil o'tib, ijtimoiy tarmoqlarni va telefonimiz xotiralarini to'ldirgan rasm va videolarimiz tarixning axlat qutisiga uloqtiriladi...

Biz hatto xotiralarda yashamaymiz. Chunki bizni tanigan odamlarning o'zi bu dunyoda bo'lmaydi.

Tirikchilik tashvishlaridan bir lahza tin olib, shular haqida o'ylasak, biz quvib yurgan maqsadlarimizning ko'pi qanchalik mayda va ahmoqona narsalar ekanini tushunamiz.

Mazmunli umr - bu odam o'lim to'shagida yotganda o'tgan hayotiga qarab afsus chekmaydigan umrdir.

G'arbda keksa odamlar eng ko'p nimadan afsuslanishi haqida qator tadqiqotlar o'tkazilgan. Ularning xulosalari bir-biriga o'xshash. Odamlar keksayganda, odatda, quyidagilardan afsus-nadomat chekar ekan.

1. Sevgan va yaqin insonlari, oilasi bilan yetarli vaqt o'tkazmaslik

Fakt shuki, 24 soatlik kunimizning aksariyati yo ishda yo ko'chada o'tadi. Uydagi vaqtimizning ham aksariyati ehtimol televizor (kompyuter) oldida yoki uyqu bilan o'tsa, ajab emas.

Odam o'lim to'shagida yotganda eng yaqin insonlari, do'stlari bilan ko'proq vaqt o'tkazmaganidan; ularga yetarli e'tibor va muruvvat ko'rsata olmaganidan afsuslanar ekan.

2. Risk qilishdan qo'rqib, orzulardan voz kechish

Orzularimiz ko'p (Faqat moddiy orzularni tushunmang). Ko'pincha, qo'limiz kaltalik qilib yoki shunchaki, tavakkal qilishdan qo'rqib, ulardan osongina voz kechib qo'ya qolamiz. Komfort zonamizdan chiqishni xohlamaymiz. Qarib-qartayib qolganimizda esa, essiz, yoshligimda, belimning quvvati borligida shu ishlarni qilmagan ekanman, deb nadomat chekar ekanmiz.

3. Sog'likning qadriga yetmaslik, nosog'lom turmush tarzi

Qarilik ham kasallikdek gap. Ko'pchilik nafaqaga chiqqanimda maza qilib dam olaman, deydi. Lekin umr bo'yi sog'ligiga yaxshi qaramagani uchun, nosog'lom turmush kechirgani uchun, nafaqa yoshiga yetar-yetmas, kasalliklardan arimay qoladi. Keyingi umr esa afsus-nadomat va dard-hasratlar bilan o'tadi...

4. Boshqalarga yordam bermaslik, xayrli ishlarni kam qilish

Odam qariganda, mendan nima ish qoldi; nimadir yaxshilik qildimmi, deb o'ylarkan. Demak, birovga yaxshilik qilish, yaxshi nom qoldirish imkoniyati ko'proq yoshlikda bo'lar ekan.

5. Bugun bilan yashamaslik

Aksariyatimiz uy uchun, mashina uchun pul yig'ish bilan ovoramiz. Dam olishga ulguraman; uyimni bitkazib olay, to'yimni o'tkazib olay, deb hayotimiz o'tib ketganini sezmay qolamiz. Dam olishni ortga surish, ko'p ishlash - keksayganda odam eng ko'p afsuslanadigan narsalardan biri ekan.

6. Boshqalar uchun yashash

Bu, ayniqsa, bizning xalqqa ko'proq xos. Odamlar nima deydi, deb ko'pincha o'zimiz xohlagandek yashay olmaymiz. Demak, aslida biz boshqalar uchun yashayapmiz. Menimcha, eng behuda va befoyda umr mana shunday hayot bo'lsa kerak.

Bu bitiklarni o'qiyotgan paytingiz to'rt muchangiz sog', iligingiz butunmi; demak, sizda hali imkoniyat bor.

Kelinglar, mazmunli umr kechiraylik...

@bmamadiev
🔥16👍21👏1
Forwarded from davletovuz
Президент қарори билар яқин истиқболда Тошкент шаҳрида жамоат транспорти устуворлигини ошириш бўйича бир қатор чора-тадбирлар таклиф этилмоқда:

Транспорт ва пиёдалар оқимларининг кесишиш нуқталари сонини камайтириш, алоҳида автобус йўлларини ташкил этиш орқали тезкор автобус йўналишлари (BRT) тизимини жорий этиш.

Чорраҳаларда автобусларнинг устувор ҳаракатини таъминлаш мақсадида йўлларни реконструкция қилиш.

Йўловчилар ва йўналишли таксиларнинг хавфсиз ва тўсиқсиз ҳаракатланишини ҳисобга олган ҳолда бекатларни реконструкция қилиш.

Зарур бўлганда, транспорт ўтиш жойларини ташкил этиш.

Ушбу вазифалар Тошкент шаҳри маҳаллий бюджети маблағлари ҳисобидан 2025 йил давомида амалга оширилиши керак.
🔥7👍4
Forwarded from Madina Nurman
Hech qachon o’zimni zo’r fotograf, deb bilmaganman. Fotografiya men uchun oylik to’lanadigan xobbi. Qanday ko’rsam shunday kadr olaman.

Fotografiya – nima demoqchi bo’lsam, shuni so’zsiz yetkazish vositasi. Rasm ba’zan so’zdan ham kuchliroq ekanligini isbotlaydigan unsur.

Siyosat – eng sevimli yo’nalishim.
Sport – eng zavqli yo’nalishim.
Street photo – eng qalbga yaqin yo’nalishim. Hammasi – fotografiya!

©️Maddy Norman
Forwarded from Madina Nurman
Hech qachon o’zimni zo’r fotograf, deb bilmaganman. Fotografiya men uchun oylik to’lanadigan xobbi. Qanday ko’rsam shunday kadr olaman.

Fotografiya – nima demoqchi bo’lsam, shuni so’zsiz yetkazish vositasi. Rasm ba’zan so’zdan ham kuchliroq ekanligini isbotlaydigan unsur.

Siyosat – eng sevimli yo’nalishim.
Sport – eng zavqli yo’nalishim.
Street photo – eng qalbga yaqin yo’nalishim. Hammasi – fotografiya!

©️Maddy Norman
5👍4
Matbuot kotibi: xolislik paradoksi

Oxirgi kunlar Amerikadagi xabarlar, media chiqish va reportajlarda ko‘zimga ajoyib bir shaxsiyat tashlanyapti. Uning ismi Kerolayn Levitt. AQSH Prezidenti Donald Trampning matbuot kotibi.

Oq Uyga kelgan eng yosh bosh voiz. 1997-yilda tug‘ilgan qiz AQSHdagi yirik media tashkilotlar vakillari, jurnalistlar oldida, menimcha, o‘z ishini "besh" bahoga uddalamoqda.

Uni bir so‘zni xato aytib yuborgani uchun nokompetent mutaxassisga, Trampga sodiqligi uchungina lavozimni egallagan tirranchaga va, eng qizig‘i, noxolisga chiqarishyapti.

Aslida matbuot kotiblari to‘liq xolis bo‘lishi, bo‘lib ham, siyosatda, bo‘lib ham, Oq Uyda deyarli imkonsiz, IMHO. Ular aslida bir yoqlamalikning nozik nuqtasini topa olgani uchun oylik olishadi.

Ko‘pincha biz ideallar haqida ko‘p o‘ylaymiz va gapiramiz, ammo gohida ular real hayotga to‘g‘ri kelmaydi. Biz ideallarga intilishimiz kerak, albatta, lekin Trampning qanday odam va prezidentligini bila turib, uning voizi matbuotparvar bo‘lishini kutish anoyilik. Va bekorchilik.)

O‘zbekiston voqeligida, fikri ojizimcha, matbuot kotiblarimizning Kerolayndan dadillik, so‘zomollik va ishonch bilan gapirish borasida o‘rganadiganlari ko‘p.

P.S. Matbuot kotiblari xolisroq bo‘lishining bir sharti — ular jurnalist bo‘lib ishlagan bo‘lishlaridadir. Avvallari jurnalistlar PR va "strategik kommunikatsiyalar"ga o‘tib ketsa, xafa bo‘lardim. Aslida, gapni aylantirishga usta yuristlar va tishi "spin doktorlik" bilan chiqqan qip-qizil PRchilar bunday lavozimlarga kelgandan ko‘ra tahririyatlarda ishlagan odam bu ishni qilgani yaxshiroq.

@dengizortidan
👍3👏3🔥21
O‘zbekistondagi 32 yoshli IT kompaniya

LinkedIn‘da rossiyaliklar tashkil qilgan media va iventlar kompaniyasi "Plus Forum"ning postiga ko‘zim tushdi.

Digital Kyrgyzstan 2025 degan yirik tadbirga O‘zbekistonning FIDO-BIZNES kompaniyasi bosh homiy bo‘lgani haqida yozilgan ekan.

Postda yozilishicha,
"FIDO-BIZNES" kompaniyasi 1993-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunga kelib, kompaniya O‘zbekiston bozorida axborot tizimlari va texnologik yechimlarning yirik ishlab chiquvchilari va yetkazib beruvchilaridan biriga aylandi.

Bugungi kunda kompaniya portfelida 56 ta patentlangan ishlanma va 1800 ta amalga oshirilgan loyiha mavjud. Kompaniyaning shtatida 300 dan ortiq xodim doimiy asosda ishlaydi. "FIDO-BIZNES" kompaniyasi quyidagi xalqaro kompaniyalarning hamkori hisoblanadi: Oracle, Microsoft, SWIFT, NetApp, VisionLabs, Salesforce (Tableau), Huawei, Hikvision, ОСМ Analitika, Luxms BI, Macroscop, Micro Focus VERTICA, DELL va Apple.

Ushbu kompaniya rahbariyati vakili bilan suhbatlashganimda Fido BIznesning ko‘plab qiziqarli loyihalari qatori 90-yillarda O‘zbekiston banklarini analogli telefon stansiyalari orqali bog‘lashgani haqida eshitib hayron qolgan edim.

Kompaniya nafaqat Qirg‘iziston, balki butun dunyoga kengayish salohiyatiga ega. Eng yaxshi muhandislar va loyiha menejerlari jalb qilinsa va global ko‘zqarash bo‘lsa bas.

@dengizortidan
👍91👏1😁1
O‘zbekistonda benzin narxi 1 galloni (3,7 litr) 3,75 dollar, ya‘ni litriga 1 dollardan.

Eronda 3,7 litr benzin 11 sentga tushadi. Bu litriga 4 sentdan ham kam.

https://www.voronoiapp.com/energy/-How-Much-Does-Everyone-Pay-for-Gas-Around-the-Globe-3990
😢9👍51
“Importniy” va nozikta’b bomjlar haqida

Bugun Kaliforniyadagi Fremont shahri (San Fransiskodan bir soatli yoʻl) millatvakillar kengashi uysizlarga yordam berishni ta’qiqlash uchun ovoz beribdi.

Mutaxassis va faollar juda keng tushuncha deb aytayotgan “yordam berish” (aiding and abetting) uchun jarima 1000 dollargacha deb belgilanyapti. Bu tartib 30 kunda kuchga kirishi kerak.

Gap shundaki, avvalroq yozganimdek, Amerikada uysizlar va uysizlik — uzoq vaqtdan beri yechilmayotgan va yechilishi ham dargumon boʻlgan muammo. Ham davlat, ham cherkov, ham odamlarning sadaqalari ular uchun osh-ovqat, kiyim, nasha va kontraseptik vositalar olib berishga yoʻnaltiriladi. Bir tomondan saxovatni cheklash yomon, boshqa tomondan bu boqimandalikka yoʻl ochadi, uysizlar sonini koʻpaytirishi ham mumkin (menda raqamlar va tadqiqot yoʻq, shunchaki IMHO).

Uysizlik — bu ayrim hollarda ilojsizlik emas, qarordir. Koʻpchilik uysizlar ongli ravishda, isyon qilibmi, shu hayot tarzini tanlaydi. Bir marta koʻchadagi bomjga non bersam, mensimay olmagan. Shunaqa ta’bi ham nozik ayrimlarining.

Bir necha oy oldin Oʻzbekistonda “importniy bomj” haqidagi videoni koʻrgandim. Keyin uyda aytib qolishdi: avvallari Sovet paytida rossiyalik bomjlar qahratonda Toshkentga kelishar, nisbatan issiqroq shaharda jon saqlab, cherkovlarda ovqatlanib, yana bahorda qaytib ketishar ekan. Importniy bomj degan gap oʻshandan qolgan boʻlsa ajabmas.

@dengizortidan
😁4👍2👏2
Forwarded from Saidaziz A’zamov
Biznikilar chetga ketishi yo‘qotishmi yoki imkoniyat?

Kecha Pivot shu haqda maqola tayyorlabdi. Bu O‘zbekiston uchun eng katta mavzulardan biri. Sababi YaIMning taxminan 15 foiziga teng pul jo‘natmalari. Yiliga 20 milliard (!) dollar jo‘natmaning o‘zi katta gap.

Pul jo‘natmalarini chetga surib turaylik

Armaniston, Filippin, Isroil, Livan va Hindiston kabi ko‘plab mamlakatlar misolida xorijdagi diasporalar savdo aloqalarida, ilg‘or tajribalarni vatanga olib kelishda, biznesni rivojlantirishda roli katta.

Faqat xorijdagi vatandoshlarimizga — xoh ular malaka talab qilmaydigan kasb-hunarlarni tutgan bo‘lsin, xoh katta-katta kompaniyalarda ishlasin — to‘g‘ri signal bera olishimiz kerak.

Kichik misol: vidik olib kelsangiz, boj yo‘q

1960-yillardan boshlab yuzlagan turklar Germaniya keta boshlagan, ko‘pchilikka ma‘lum, u yerda haligacha katta turk diasporasi bor. 1980-yillarda Turkiya hukumati o‘z vatandoshlariga Germaniyadan video magnitofonlar olib kirishda bojxona to‘lovlarini bekor qiladi.

Shu tufayli yuz minglab turk oilalari uyida kino ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa yangi bozor yaratib, Turkiyada mustaqil videofilmlar, seriallar va videoijara do‘konlari paydo bo‘lishiga turtki bergan. Natijada, turk kinosanoati rivojlangan.

Shunday bojsiz import siyosati boshqa tovarlar, xususan, tikuv mashinalari va boshqa jihozlarga ham qo‘llangan. Natijada Turkiyada sanoat rivojlangan.

Qaytsam, axir O‘zbekistonda hamma narsa dabdala-ku

Kecha San-Fransiskodan kelgan bir do‘stimiz bilan gaplashdik. U "O‘zbekistonda davlat ishlariga kirishda, biznes qilishda tanish-bilishchilik va korrupsiya elementlari ko‘p-ku" dedi. (So‘ramadiyam, aniq bilgandek aytdi, O‘zbekistondagi kompaniya va tashkilotlarning HR brendi bilan shug‘ullanuvchilarga mana katta "alert".)

Umumiyatla, ming afsus, u haq. Lekin aynan u kabi Kremniy vodiysidagi yirik IT kompaniyalarida ishlagan mutaxassislar uchun ko‘p tashkilot va kompaniyalarda meritokratiya (bilim va qobiliyat ustuvorligi) derazasi yetarlicha ochiq.

Ya'ni O‘zbekistonda nepotizm va korrupsiya bormi? Bor. Mutlaq hamma yerda va barcha sohalar-u lavozimlar kesimida shundaymi? Yo'q albatta. Hamma gap detallarda.

Hammasi dabdala emas-u, lekin

Chet eldagi eng tadbirkor, eng iste'dodli va tirishqoq o'zbekistonliklarning vatanga qaytishi uchun sharoit yaratish uchun ham ko'p narsa qilinishi kerak. Ularga bo‘lgan munosabat o‘zgarishi lozim. Mehnat huquqlari ta'minlanishi, insoniylik bo‘lishi zarur.

Xullas, diasporalarimiz — bitmas-tuganmas imkoniyat manbasi. Faqat undan foydalanishni o‘rganishimiz kerak.

O‘zbek baribir pul jo‘natadi, baribir vatanni sog‘inadi, katta ehtimol bilan baribir qaytadi.
👍3
Forwarded from Saidaziz A’zamov
#menbirazamatnibilaman

"Kosmos" haqida

O'tgan hafta Fransiya va Kanadadagi eng oldi laboratoriyalarda materialshunoslik bo'yicha ishlaydigan hamyurtimiz Nurzod aka Zakirov bilan ko'rishdik. Osh yedik Kamolonda. (Afsus rasmga tushmabmiz)

Nurzod aka fizik olim, muhandis. Men ularga: "Qani endi ko'proq yoshlar aniq va texnik fanlarga ko'proq qiziqsa... Mana siz shu sohadasiz, katta ishlar qilyapsiz, siz "Rocket Scientist"siz-da" dedim.

Ular kulib, “ha, oʻzi men ishlayotgan loyihalardan biri — Airbus kompaniyasi fazo kemalariga butlovchi qism ishlab chiqarish” dedilar.

Ya’ni rostan ham raketachi olim ekanlar.

Kecha bir tadbirda Amirbek Salimov degan yigitni koʻrib qoldim. Meni bir yil avval Fredrich Ebert fondi Toshkentda yosh liderlar uchun trening oʻtishga chaqirishgandi. Oʻshanda Amirbek ham auditoriyada boʻlgan, pritom eng faollaridan edi.

U hozir Germaniyada oʻqiyapti, nima yangiliklar desam, “Bonn Universitetida magistratura qilyapman, bir modulimiz doirasida NATO bosh qarorgohiga kirdim (diplomatik pasportsiz oʻsha yerga kirgan birinchi oʻzbekistonlik boʻpti), yana bir modulimizni nemis razvedkasida rahbar boʻlgan odam olib boryapti” deb javob berdi!

“Iye, Amirbek, bu kosmos-ku” desam, u: “aka, astro-siyosat” degan modulimiz ham bor deydi. Hozir tekshirdim rostan shunday mavzu bor ekan: “Global Power Shifts: International Aerospace Security and Defense, Astro-Politics”…
👍14🔥2
Forwarded from Saidaziz A’zamov
Ismlar va so'z o'yinlari

Adolatli bolalar

Bugun Alisher Sa'dullayev o'zining "Stenford kundaligi"da #SEPNotes (Stanford Executive Program konspektlari) rukni ostida navbatdagi postini joyladi. Sevimli professori Ilya Strebulaevdan venchur kapitali tarixiga oid "Haq to‘lash revolyutsiyasi" mavzusini yoritar ekan, u 1950-yillarga, Kremniy vodiysi shakllanishiga turtki bo'lgan voqeaga yuzlanadi.

Gap shundaki, Kremniy vodiysi ildizidagi umumiy kapitalizatsiyasi allaqachon trillion dollardan oshib ketgan kompaniyalarni Fairchild Semiconductors kompaniyasini o‘zlariga to‘lanayotgan haqni adolatsiz deb topib, tark etgan muhandislar barpo qilgan. Mauntin Vyu shahridagi muzey eksponatida ushbu sakkizta muhandisni hazillashib "Fairchildren" (Adolatli farzandlar) deb atashgan. Sakkiz muhandis haqini adolatsiz ado etgan kompaniya va uning asoschisining ismi "Fairchild" bo‘lgani bir kulgili tasodif chindan ham.

Apple kompaniyasida ishlagan Sam Sung

Kecha LinkedInda Sam Struan ismli yigit post qoldiribdi. U Business Insider va boshqa nashrlar e'lon qilgan maqolalarga ishora qilib, o‘z ismini o‘zgartirgani haqida hikoya qiladi.

Shotlandiyaliklarning mashhur ismi Struanni o‘ziga familiya qilib olgan Samning dastlabki familiyasi Sung bo‘lib, u Shotlandiya va Kanadada Apple kompaniyasida ishlagan. 2010-yillarda uning tashrif qog‘ozi internetda tarqalib, "Apple'da ishlaydigan Sam Sung" deb nomlangan mem paydo bo‘lgan ekan.

Jimmy Kimmel shousidagi "ismi jismiga mos"lar

Bunday ironiyali ismlar tarixda ham, bugungi kunda ham ko‘p uchragan. Masalan, kechagina Youtube‘da qo‘yilgan videoda Economix kanali muallifi Lehman Brothers‘ning 2008-yilgi inqirozga turtki bergan rahbari Dick Fuld (Fuld "fooled" (ya'ni aldagan yoki aldangan) so'zi bilan ohangdosh) ni "moliya tarixidagi eng двусмысленный ismga ega shaxs" deb ta'riflagandi.

Yana Jimmy Kimmel bir necha marta o‘z shoularida ismi jismiga, aniqrog‘i kasbiga mos odamlarni olib chiqqan (1, 2), vaqtingiz oshib toshib ketganida ko‘ring.)

Albatta, o‘zbeklarning ismlarida ham shunday so‘z o‘yinlari ko‘p topilsa kerak. Hozircha, faqat Munojat kuylab butun dunyo bo‘ylab minglab kilometr yo‘l bosib o‘tgan Munojat Yo‘lchiyeva xayolimga keldi xolos. ✌️

@azamov_com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
2025/10/27 13:37:57
Back to Top
HTML Embed Code: