Telegram Web Link
Forwarded from Mirsabitov MG
Customer Service Specialists / Call Center Operators
Company:
Yellow Way
Salary: Based on experience, Discussed on interview 💰
Region: 📍Tashkent, Uzbekistan 🇺🇿
Read and Apply

Apply through the link: https://forms.gle/jrE9C8mWampj8fgB9
👍4🔥1👏1
Dengiz ortidan
Customer Service Specialists / Call Center Operators Company: Yellow Way Salary: Based on experience, Discussed on interview 💰 Region: 📍Tashkent, Uzbekistan 🇺🇿 Read and Apply Apply through the link: https://forms.gle/jrE9C8mWampj8fgB9
Nyu-Yorkdagi Oʻzbekiston bilan ishlaydigan joʻnatmalar va transportatsiya kompaniyasiga koll operatori kerak ekan.

Oʻzbek, rus, ingliz tillarini bilishi va mijozlarga xizmat koʻrsatishni qoyillatishi kerak ekan.
👍7👎6🔥1😁1
Forwarded from AyubRecords®
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu qish Oʻzbekiston uchun ancha noqulay keldi. Energetika tizimidagi inqiroz nafaqat tuman va qishloq aholisini, balki shaharliklarni ham ancha qiyin ahvolga solib qoʻydi. Tahlilchilar rejasiz qurilgan uylar va Citylar kollaps holatini yuzaga keltirganini aytishmoqda. Rejalashtirilmagan shaharsozlik nafaqat energetika tizimida, kanalizatsiya quvurlarida ham bir qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Asqarali Karimov Texas misolida shaharsozlik masalasiga toʻxtaldi. Undan tashqari 2023 yil kutilayotgan qurgʻoqchilik muammosi, suv haqida ham gaplashdik. Xullas, podkastda koʻtarilgan muammolar har birimizga tegishli, bilishimiz, ogoh boʻlishimiz kerak boʻlgan masalalar.

Tomosha qiling, yoqtiring, koʻproq odamga yetib borishi uchun doʻstlaringizga ham ulashing.

https://youtu.be/t0JGODREBy8
👍24🔥1
Forwarded from Saidaziz A’zamov
KONSTAning klipini bir necha marta koʻrib, ulashishdan avval oʻylanib yurdim.

Oila a’zolarim va atrofdagilarimdan munosabatlarini soʻradim.

Trekka KONSTAning oʻz hayotiy hikoyasi asos boʻlgan. U esa Rossiya bilan bogʻliq. Allaqachon koʻpchiligimiz sir emaski, Rossiyadagi “mehmon ishchilar”imiz turish-turmushi juda ogʻir. Buni qaysidir momentlarda Koreya va Turkiyada muhojir boʻlishga nisbatan ham aytish mumkin.

Toʻgʻrisi, oʻzim “Oʻzbekistonlik” loyihasiga jalb qilingan boʻlsam ham, hatto uning gʻoyasi 2019- yilda paydo boʻlganidan beri kuzatsam ham, klipga kichik e’tirozim bor: Sharif aka oʻzi ham bilganidek, oʻsha qiyinchiliklarga toʻla musofirchilikdan yorib chiqish goʻzal bir fantaziya, san’at asari uchun zoʻr gʻoya, ammo real vaziyatda buning iloji koʻp emas, hamma ham oxirigacha kurasholmaydi. Boz ustiga, katta peer pressure (atrofdagilarning bosimi) bor.

Lekin… Lekin men deyarli 3 yil Amerikada yashadim. Yuz minglab oʻzbeklar okean ortiga intilayotganining sabablaridan biri ham, nafsilamr gapni aytganda, bu u yerdagi osonchilikdir. Oyiga 2 ming dollar va undan koʻp orttiradigan yigitlar kuniga 8 soat ishlardi. Ammo doim zoʻr ovqatlanib, mashinalarda (hatto Lexus, BMW, Wolksvagen va Acuralarda) yurishga imkoniyat bor edi.

AQShda konsyumerizmga (iste’molga berilish) yoʻl ochilgan. Devayslar boʻyicha ham, kiyim-kechak boʻyicha ham oddiy taksi haydovchisi yoki ovqat tashuvchi bemalol pulni bebiliska sarflashi oson edi va buni koʻp oʻzimda va oʻzimga oʻxshagan immigrantlarda kuzatganman.

Men bu qoʻshiqni AQShdagi oʻzbekistonliklar eshitishi kerak deb oʻylayman. Ularning ozchilik boʻlmagan bir qismida, oʻzi umuman biz oʻzbeklarda, shunday odat borki, biz oʻzimizning katta imkoniyatlarimizga ishonmaymiz, oʻzimizni yerga uramiz, qisqa muddatda pul topishni oʻylab, katta ishlar qilishimizga asos boʻladigan yoshlik yillarimizni qurbon qilamiz.

“Amerika — imkoniyatlar mamlakati” deyilganda oyiga 10 ming dollar pul topish emas, millionlab dollarlik kompaniyalar qurish ham nazarda tutilishi mumkin. Oxirgi 32 yil ichida oʻzbekistonliklar AQShda birorta ham milliard dollarli (yakkashox) kompaniya bunyod qilmadi, deyarli hech bir transmilliy korporatsiyada global darajada rahbarlik lavozimiga koʻtarilmadi, AQShdagi TOP universitetlarda vatandoshlarimizning salmogʻi juda kam.

Hind, pokistonlik, mongoliyalik va xitoy millatiga mansub odamlar ichida yiliga 1 million dollar oladigan mutaxassislar bor, masalan. Mana bizdan hech qursa bitta odam loyiq boʻlgan imkoniyat! Bu pulni topish uchun oyiga 10 ming dollar topadigan trak haydovchisi 8,5 yil tinmay ishlashi kerak. Sogʻligʻi evaziga, katta ehtimol bilan.

Qoʻshiqdan 10ga yaqin iqtibos qoʻshishim mumkin edi, lekin qaysi birini tanlashga ham ikkilandim. Oʻzbekistonliklar hammasini uddalay oladi. “Sen oʻzbeksan, sening ishing shu” deb chegara qoʻyishlariga yoʻl qoʻyib bersak, “oʻzimizga ishonmasak, hech kim bizga ishonmaydi.”


https://youtu.be/EMDhqk8VHlE
🔥19👍116👎1😢1
Hammaga hayit muborak!
37👍18🔥2
Forwarded from Madina Nurman
Parijga bo’lgan sevgim so’nib, yangi muhabbat g’unchalari yuragim sarhadlarini fath etmoqda
😁138🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Маълумотларга кўра, жаҳоннинг QS ва Times Higher Education (THE) каби рейтинглари бўйича кучли юзталикка кирувчи билим юртларида ўзбекистонлик ёшлар сони жуда камчиликни ташкил этар экан. Биргина Британиянинг Оксфорд университетида бор-йўғи 5 нафар ўзбек ёшлари таҳсил олар экан.

Бироқ бу кўрсаткичлар Ўзбекистон ёшлари салоҳиятидан дарак бермайди.
Томирларида Ал-Хоразмий, Беруний, Форобий, Ибн Сино каби дунё тан олган алломаларнинг қони оқаётган ЎЗБЕКИСТОН ёшлари дунёнинг энг нуфузли олий таълим даргоҳларининг энг иқтидорли, энг фахрли талабалари қаторидан ўрин олишга қодир. Фақатгина бунинг учун уларга тўғри йўналтириш бериш, руҳлантириш ҳамда нималарга қодирлигига ишонтириш зарур.

2021 йил ёзида ташкил этилган ва шу вақтга қадар 2650 нафарнинг юрагига олов, шижоат уруғларини солган, яна минглаб ёшларнинг орзу ва умидига айланаётган “IBRAT Camp” оромгоҳининг навбатдаги мавсумига старт берилибди.
Бу йил оромгоҳда айнан жаҳоннинг ТОП университетларига қандай ўқишга кириш бўйича ўша таълим даргоҳларида таҳсил олган ва ўқиётган ёшларимиз мастер-класлар ўтказар экан.

Мен ушбу оромгоҳга боришни интиқлик билан кутаётган барча ёшларга куч-қувват ва шижоат, орзулари ушалиб, энг нуфузли университетлардан бизларга алангали саломларини йўллаб қолишларини тилайман.

@sanjarsaiduz
👍73
Forwarded from Muhrim / Муҳрим
Самарқанд ва Америка

2023 йил, 15 июнь. ДХХ томонидан Самарқандда икки фуқарони Мексика орқали Қўшма Штатларга юбориши учун 44 минг доллар талаб қилган шахс ушланди.

2023 йил, 29 май. Самарқандда фуқароларни 30 минг доллар эвазига АҚШга жўнатмоқчи бўлган эркак ушлангани айтилмоқда.

2023 йил, 7 апрель. Самарқандда фуқароларни 50 минг долларга АҚШга, 24 минг долларга Канадага юбормоқчи бўлганлар ушланди

2023 йил, 27 март. Самарқандда фуқароларни 24 минг доллар эвазига Канадага юборишда гумонланган аёл ушланди.

2023 йил, 10 февраль. Самарқандда АҚШга Европа орқали етказиб қўйишни ваъда қилган икки киши ушланди.

2023 йил, 9 февраль. Самарқандда яшовчи фуқарони учинчи давлат орқали 15 минг доллар эвазига АҚШга етказиб қўйишни ваъда қилган шахс ушланди.

2022 йил, 12 декабрь. Самарқандда Мексика орқали АҚШга олиб киришни ваъда қилганлар ушланди.

2022 йил, 30 ноябрь. Яна бир самарқандликка 25 минг доллар эвазига АҚШга юборишни ваъда қилишди.

2022 йил, 21 июнь. Самарқанд ва Тошкентда 40 минг доллар эвазига АҚШга юборишни ваъда қилган аёллар ушланди.

2022 йил, 27 апрель. Самарқандда 40 минг доллар эвазига Туркия ва Лотин Америкаси мамлакатлари орқали АҚШга юборишни ваъда қилган шахс ушланди.

2022 йил, 26 январь. Самарқандда ўзбекистонликларни 60 минг доллар эвазига Мексика орқали АҚШга юборишни ваъда қилган шахс ушланди.

2021 йил, 28 декабрь. Икки самарқандликни жами 60 минг доллар эвазига АҚШга юборишни ваъда қилган шахсларга ушланди.
😁10😢9👍5👎1👏1
Forwarded from Global Halal
Namanganda Islom moliyaviy xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi

Shavkat Mirziyoyev: "Namanganlik tadbirkorlar xususiy bank ochish tashabbusi bilan chiqsa, biz albatta ularni qo‘llab-quvvatlaymiz. Tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning muqobil tizimlari joriy qilinadi. Jumladan, Namanganda Islom moliyaviy xizmatlariga keng yo‘l ochib beriladi".

Telegram | Facebook | Instagram
👏16👍6😢1
Forwarded from Najot Ta'lim
Loyihangiz haqida kun.uz yozib chiqishini va bu uchun pul toʻlamaslikni xohlaysizmi?

🔑 Bo'lishi mumkin emas deysizmi? Albatta, imkoni bor. Marketingning PR va kommunikatsion strategiyalaridan to'g'ri foydalanish orqali eng yirik ommaviy axborot vositalari nazariga tusha olasiz.

🔥 "Gap isboti bilan" naqliga amal qilgan holda, "PR va kommunikatsiyada PESO modeli" mavzusidagi marketing bo'yicha tasavvurlaringizni yangi bosqichga olib chiquvchi master-klass tashkil etishga qaror qildik.

Master-klassga «Osmondagi bolalar» loyihasining yana bir spikeri bilan tashrif buyuradi. Mehmonimiz "ESGU" loyihasi asoschisi — Saidaziz A'zamov.

📅 Qachon: 16-dekabr, shanba, soat 10:30
🙋 Kim uchun: Barcha uchun ochiq
🙌 Qatnashish: Bepul
📍 Qayerda: «Najot Ta'lim», Chilonzor filialida

🔗 Ro'yxatdan o'tish

P. S. Ishonavering, bu galgi suhbat brending bo'yicha tasavvurlaringizni yangi bosqichga olib chiqadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10
“Такдирларнинг узвийлигини уйласанг, бас, юрагинг ортга тортиб кетади. Бу дунё, боя зикр этганимиздек, шу кадар кенг ва йллари шу кадар тигизки, айни хадсиз-у, тор хилкатни камрашга ожизлик киласан, шарт- та каламни синдириб оттинг келади. Кейин, сал туриб, уятни унутиб, кайтадан кулга оласан, максадни чек- лайсан, не-не такдирларни бир химо билан хисобдан чегириб ташлайсан-да, кулдан келгани шу булса на илож, бир-икки одамнинг н о м а амолини кораласам хам катта гап, дейсану яна когоз коралашга тушасан. Аммо кунгилнинг туб-тубида кенг ёзмок истаган канот- ларинг аслида чултоклигини
пайкаб турганинг ёмон, сен тушган йулнинг учию сен ахтарган манзилнинг шундоккина шарпаси сезилиб колгани ёмон.”

“Лолазор”дан
Мурод Муҳаммад Дўст
👍11🔥3
“Тақдирларнинг узвийлигини уйласанг, бас, юрагинг ортга тортиб кетади. Бу дунё, боя зикр этганимиздек, шу қадар кенг ва йўллари шу қадар тиғизки, айни ҳадсиз-у, тор ҳилқатни қамрашга ожизлик қиласан, шартта қаламни синдириб отгинг келади. Кейин, сал туриб, уятни унутиб, қайтадан қўлга оласан, мақсадни чеклайсан, не-не тақдирларни бир химо билан ҳисобдан чегириб ташлайсан-да, қўлдан келгани шу бўлса на илож, бир-икки одамнинг номаи аъмолини қораласам ҳам катта гап, дейсан у яна қоғоз қоралашга тушасан. Аммо кўнгилнинг туб-тубида кенг ёзмоқ истаган қанотларинг аслида чўлтоқлигини пайқаб турганинг ёмон, сен тушган йўлнинг учию сен ахтарган манзилнинг шундоққина шарпаси сезилиб қолгани ёмон”.
“Лолазор”дан
Мурод Муҳаммад Дўст

PDFdan koʻchirib, kanalga tashlagandim, q, gʻlari juvonmarg boʻlib ketgan ekan.

Bir akamiz tahrir qilib yozib yuboribdilar.
👍7
Forwarded from Temurbek Adhamov
Temurbek Adhamovga shaxsiy yordamchi bo'lish imkoniyati!

🎯 Siz «Najot Ta'lim» asoschisi va rahbari Temurbek Adhamovga shaxsiy yordamchi bo'lishingiz mumkin. Ish jarayonlarni tartiblashga va tizimlashtirishga qiziqadigan, ta'lim tizimi rivoji uchun o'z hissasini qo'shmoqchi bo'lgan va o'zini shu sohada ko'radigan yoshlarni ushbu ish o'rniga taklif qilamiz.

Talablar:
— To'liq kun davomida ishlay olish;
— Ingliz tilini kamida intermediate darajada bilish;
— Kompyuterdan erkin foydalana olish;
— 20-28 yosh oralig'ida bo'lish

Sinov muddati bir oyni tashkil etadi.

Shaxsiy yordamchi lavozimi uchun quyidagi havola orqali ariza topshirishingiz mumkin.

👉 Ariza yuborish
😁5👎21👍1😢1
Forwarded from Workmall XBA
TALABALAR UCHUN YEVROPADA WORK & TRAVEL

🇧🇬 IYUN, IYUL VA AVGUST OYLARIDA QORA DENGIZ BOʻYIDA!

VAKANSIYALAR:
🛎 Xona tozalovchi
👨‍🍳 Oshpaz yordamchisi
🤵🏻‍♂️ Restoran xizmatchisi
🍽 Ofitsiant

TALABLAR:
📁18-28 yoshda boʻlish;
📁rus yoki ingliz tilida erkin muloqot qila olish;
📁jismonan va ruhan sogʻlom boʻlish;
📁mehmonxonada ishlash tajribasi shart emas, ammo plyus.

💵 MAOSH: $800-$1000 turar-joy, uch mahal ovqat va boshqa bonuslar.

Work and Travel haqida BATAFSIL MA’LUMOT

👉Roʻyxatdan oʻtish
👉Konsultatsiya olish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Website | Instagram | Telegram
👍3
Tashkenthenge yoki daje Tashhenge
2025/10/27 09:59:56
Back to Top
HTML Embed Code: