Forwarded from Global Halal
15 июнь куни Ground Zero Kitob olami’да ишбилармон Зафар Ҳошимов билан нетворкинг кечаси ўтказилди. Унда Ҳошимов ESG (Environmental, Social, and Governance), яъни атроф-муҳит, ижтимоий ва бошқарув масъулияти ҳақида ёш мутахассис ва тадбиркорлар билан суҳбатлашди.
"ESG — қадриятлар устига қурилган мезонлардир. Диний қадриятларимиз бизга фойда, барака олиб келиши нуқтаи назардан ҳам тарбиямизда акс этган", деди у ижтимоий масъулиятнинг ислом динидаги кўриниши ҳақида гап бошлар экан. "Табиатни асраш исроф қилмасликда, ижтимоий масалалар ва инклюзивлик адолатпарварликда, корпоратив бошқарув эса бировнинг ҳақини адо этиш ва маслаҳат билан иш қилиш каби тушунчаларда мужассамлашади".
Korzinka асосчиси бизнесда ахлоқ масалаларини "ғалаба алгоритми" деб таърифлади.
Korzinka сўнгги йилларда экология, аёллар ҳимояси ва бошқарув самарасини ошириш бўйича фаол ишлаб, ЕТТБ ва ОТБ инвестицияларини жалб этган.
@globalhalal_uz

👍7🔥3❤1👎1
Amerikada o'sha-o'sha gaplar emish...
Floridiston kanalini yuritgich Abror aka Qodirov bilan kecha ikki soat gurunglashganmiz. Eshitganlarimdan xulosam shuki, Amerikada men ketganimdan beri ko'p narsa o'zgarmabdi:
- Qavhaxona, restoran va do'konlar haligacha ishchi qidiryapti. Abror akaning ishdan chiqib qahvaxonada o'tirish istaklariga 23:00da emas, 18:00dayoq berkilayotgan "Starbucks"lar putur yetkazyapti. Sababi oxirgi smenada ishlash uchun hech zog' yo'q. Oyliklar kam, ishsizlik nafaqalari ular bilan deyarli bir xil.
- O'zbeklar eyforiyada trak bizneslarini ochishda davom etyapti. Ammo ayrimlar ularni yurgiza olmay, kasod bo'lay-bo'lay deyishyapti va kattaroq trak kompaniyalar ularni sotib olyapti.
- Har qanday global voqealar AQSh iqtisodiyotining qon tomiri bo'lmish logistika sohasiga ta'sir o'tkazyapti. Ukrainadagi ahvol tufayli benzin oshishi, masalan, avval bir trak uchun bir to'liq bak benzin quyish narxini bir yarim barobarga qimmatlatib yuborgan. Xitoy-AQSh savdo urushi ham, boshqa istalgan hodisalar ham birinchi bo'lib trak sohasiga zarba bo'ladi.
- Amerikaliklar birinchi dunyo muammolari bilan band. Aynan nima misol bilan biz shuni ham gaplashdik? Buni eslolmadim.
Xullas, o'sha-o'sha gaplar.
Ammo shu gaplarni men Abror akaning o'z hayotlaridan misollar orqali, ularning gapirish uslublarining qiziqligidan miriqib eshitdim. Ular bir nechta mohirona yozilgan matn ko'rinishida Floridiston kanalida chiqishi mumkin edi. Biroq, tushunishimcha, chiqmaydi.
Uning sababini ham gaplashdik.
Shaxsiy kuzatuv va hikoyalar qiziqligi, o'yga toldirishi, mulohaza uchun ulashiladi. Abror akaning vaziyatlarida ular bir chetda qolib, ko'plab obunachilar Amerikaga ketish yo'llari haqidagi javobi qiyin savollarni va alaloqibat akamizdagi stressni ko'paytirgan xolos.
Borib-borib, "yozganimdan yozmaganim yaxshI" degan xulosaga kelib qolganlar. ) Nima ham derdim... Men ularni tushunaman.
@dengizortidan

Telegram
Floridiston
Nafaqat Amerika...
Twitter: Abror_Kodirov
Instagram: @abror_qodirov
Twitter: Abror_Kodirov
Instagram: @abror_qodirov
👍20❤2😁2👏1😢1
Forwarded from Saidaziz A’zamov
Youth Uzbekistan'ga intervyu berdik
Diplomatiyani bitirgan birodarimiz, yana boshqa ajoyib ijodkor yigitlar Qorasaroyda cho'tki studiya qilib o'tirib olishgan ekan. Shu yerga meni chaqirib intervyu qilishdi.
Studiya va undagi "gear"larni maqtab, to'ylarga ham chiqish-chiqmasligini so'ragandim, ular menga faqat korporativ va shaxsiy brend bilan shug'ullanishini aytdi.
To'g'risi, yigitlarning professionalizmiga qoyil qoldim. Odatda soatlab video ustida o'tirib, pauza va "eerrrmm...", "mhmmm"larni yo'qotib o'tiradigan montaj ustalarining ishiga munosib baho beravermaymiz.
Rahmat, Youth Uzbekistan. Rahmat, Muhammaddiyor
@azamov_com

YouTube
SAIDAZIZ A'ZAMOV: JURNALISTIKA, PR, TA'LIM HAMDA AQSH
Youth Uzbekistan YouTubeda siz uchun foydali suhbatlarni va qahramonlarni tanishtishni boshlamoqda. Bizning birinchi qahramonimiz Jurnalist, PR sohasida malakali mutaxassis hamda biznes konsultant Saidaziz A'zamov (@saydazzz). Saidaziz A'zamov hozirda @globalhalal_uz…
👍6👏5🔥3❤1
Forwarded from Saidaziz A’zamov
🌙 GLOBAL HALAL AMALIYOT – 2022
Professional hayot hamda universitet o‘rtasida bo‘shliq mavjud. Universitetda o‘rgangan nazariy bilimingiz bilan amaliy tajriba farq qiladi. Global Halal o‘sha bo‘shliq uchun ko‘prik vazifasini bajaruvchi amaliyotni sizga taqdim etadi.
🎯 Ushbu amaliyotdan qanday manfaat olasiz?
- Ishining professionallari bilan networkingni yo‘lga qo‘yish;
- Tarjima, yozish hamda surishtiruv mahoratingizni oshirish;
- Jamoa bilan ishlash ko‘nikmangizni rivojlantirish;
- Rezyume uchun ajoyib tavsiyanoma;
- O‘zingizni ko‘rsatsangiz, keyinchalik ishlab qolish imkoniyati.
✅ Ariza topshirish
📅 Ariza topshirish uchun dedlayn: 5-iyul
Yozni esda qolarli, qiziq, eng asosiysi, foydali o‘tkazishingiz uchun ajoyib imkoniyat.
@globalhalaluz

🔥14👍6
Forwarded from Madina Nurman
Dengizga kalla tashlaydigan havo bo’lyapti va yana bo’lishi kutilyapti. Ammo dengizim uzoqlarda
👍33😁2
Forwarded from UZBEKNUR 🇰🇷 KOREA
Mushohada uchun mavzu
🔹️ "Chet eldagi o‘zbeklarda umumiy bir holatni kuzatish mumkin.
Kimki chetga chiqishi bilan o‘ziga vatanda uy qurish, mashina olish, vatandagi singillarini bekami ko‘st uzatishga va ukalarini uylab, ularga uy qurib, mashinali qilish bilan ovora bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha boshlagan darajasida qolib ketgan.
Kimki o‘zini rivojlantirishga, biror kasbni boshini ushlash, o‘qish yoki biznesni yo‘lga qo‘yishga kirishgan bo‘lsa u rivojlanib ketgan. Ikkalasini birdek uddalaganlar ham bor lekin."
©️ Faiziddin Mu'min
••••••••••••
Yuqoridagi fikr chetda yurgan ko'p vatandoshlarimizni uzoq yillar kuzatib bildirilgan fikr ekan. Darhaqiqat, chetga chiqqanda, bor fokusni, diqqatni o'z ustida ishlashga qaratganlar, ya'ni o'z kelajagiga sarmoya qilganlar yaxshi natijalarga erishmoqdalar. Faqat maishiy, joriy moliyaviy maqsadlarga e'tibor qilganlar esa, shaxsiy rivojlanishda hali ham boshlang'ich nuqtada depsinib turganligini kuzatish mumkin. Albatta, bu fikrlar nisbiy.
❓️Siz bu kuzatish haqida qanday fikrdasiz? Fikrlaringiz qiziq.
@uzbeknur_korea

👍34❤2
Ikkinchi vatanim Kaliforniya))
51:25- sekunddan biz haqimizdagi joyi ham bor ekan.
https://youtu.be/QAKF2QVnr2U

Америка ва ўзбеклар - 4-қисм: Америкада пул топиш осон, ўзингга ишончни-чи? BBC News O'zbek America
BBC News O'zbek янгиликлар каналига хуш келибсиз!
"Америка ўзбеклари ва американча орзу" ҳужжатли фильмимизнинг охирги қисмида Ибрат Сафо янги технологиялар маркази ҳисобланмиш Кремний водийсига сафар қилади. Google компаниясидаги жамоага раҳбарлик қилувчи…

👍20
Mana bugun Toshkentda boʻlib turgan ob-havo — San-Fransiskoda yil boʻyi boʻladi.
Salqin, shamolli, ehtimol yomgʻir ham shivalab oʻtib ketadi, ammo quyosh charaqlab turadi.
Soyali emas, quyoshli joylarni qidirib, oʻsha yerlardan yurardim ba’zida San-Franda.
Faqat rasm orqalimas, shunaqa solishtirish orqali Kaliforniyani eslayapman.

❤62👍11🔥1
Toshkentda ish koʻp, vaqt degan narsa defitsit))
Lekin Ayub akaning podkastlarini eshitishga vaqt topyapmiz.
Saidakbar Pardayev akamiz bilan intervyu qilgan ekanlar. Juda foydali, qiziq boʻlgan. Koʻringlar.
https://youtu.be/n0CJMbwL3eE

Saidakbar Pardaev: Google'ga ishga kirish jarayoni haqida | AyubRecords® #8
#Google #dasturchi #IT #uzbekistan
Bizning keyingi podkastimiz, Google dasturchisi – Saidakbar pardaev.
Podkast davomida - hozirda Google kompaniyasida o'z ish faoliyatini o'tayotgan Samarqandlik Saidakbar bilan, avvaliga Uber va keyinchalik Google'ga ishga…

👍11🔥10
Forwarded from Azim Pulat
YouTube
A Day in Life of Meta Intern in London
In the 2022 summer, I interned at Meta, in the London office.
This video tries to show what an average day was like during my internship.
Timeline:
00:06 - Hotel Gym
00:20 - London Tour
00:50 - Breakfast in Meta Office
01:44 - Plan the Working Day
01:50…

👍11❤5🔥1
Forwarded from Global Halal
Исломда компания акцияларини сотиб олиб фойда кўриш мумкинми? Хорижий компания акцияларининг ҳалол ёки ҳалол эмаслигини қандай текшириш мумкин? Галдаги мақоламиз шулар ҳақида.
🟢 https://globalhalal.uz/1663357402
Telegram | Facebook | Instagram
🟢 https://globalhalal.uz/1663357402
Telegram | Facebook | Instagram
👍8
Amazon AWS'da katta lavozimda ishlaydigan akamiz bugun Amerikaga kelganlariga 10 yil to'lganini xotirlayaptilar.
Barcha bonuslari bilan yillar davomida olingan millionlab dollar oylikdan tashqari AQSh akamiz uchun chindan ham boshqacha inson va professional bo'lish imkonini bergan bo'lsa, ajab emas.

👍43🔥7👏2
Amerikada ko'chalar nomlanishi haqida yozgan edim.
O'zim Nyu-Yorkda Kingz Hayuey ko'chasi yaqinida yashaganman, Metro videosini qo'ygan edim, o'sha stansiyaning nomi ham Kingz Hayuey, ya'ni King's Highway, ya'ni Qirol katta yo'li.
Agar bu nom qayerdan kelganini o'rgansangiz, g'irt kolonial davrga borib taqalishini tushunasiz. Ya'ni shu ko'chaning nomi bir necha yuz yildan beri shunday.
Ammo amerikaliklar monarxiyalar va avtokratiyalarga olabo'jiga qaragandek qaraydi, "bizning tomonlarda prezidentlar 30 yillab o'tiradi, keyin o'z farzandlarini (Ozarbayjon, Turkmaniston) voris qilib qo'yishadi" deb gapirsangiz, boshini sarak-sarak qilib, achinib qo'yadi. Ya'ni Amerikada real voqelikda kolonializmga qarshi xalq.
Bizda esa xuddi shuning aksi. Kirov, Lunacharskiy, Maksim Gorkiy va boshqa kolonial tariximizga oid nomlar o'zgargan. Qo'yib bersa, yana o'zgartirishadi. Ammo real hayotda, bizning ongimizda bu o'tmish ta'qibchi o'laroq yashayverishi mumkin.
To'g'risi, menga birinchisi ma'qul. Biz haqiqiy mustaqil mamlakat bo'lsagu, sovetcha nomlar qo'yilgan ko'chalarimiz qolaversa ham qo'rqinchli emas edi.

Dengiz ortidan
Amerika shaharlaridagi koʻchalar
Tepadagi viktorinada “Pine” koʻchasini atigi 3 foiz odam tanlabdi. Aslida raqamlardan keyin daraxtlar bilan atalgan koʻchalar eng koʻpi ekan: oak, pine, maple, palm, cedar, walnut, chestnut, park. Xuddi koʻkterak, tutzor…

🔥15👍4👏3👎2
Forwarded from Global Halal
Global Halal кундалиги
Офисда қаерга сармоя киритган яхши, деган мавзуда баҳс кетмоқда. Дизайнеримиз Сардоржон Давлатов:
- Энг фойдали инвестиция - қўй. Қўйга тикилган пул бир неча марта фойда келтиради, - деди.
Жасурбек Асқаров ҳам ўз позициясини билдирди:
- Мен ҳалол акцияларга тиккан бўлардим. Айтишларича, фойда 1 га юз, ундан ҳам кўп бўлиши мумкин экан.
Бош муҳаррир Санжар Саид эса бошқа фикрда экан:
- Мен музораба битими бўйича Iman Invest’га пул тикдим. Йиллик даромад 27-30 фоиз атрофида экан.
Суҳбатимизга қулоқ солиб турган компания раҳбари Саидазиз Аъзамов гапга қўшилди:
- Сизлар ўзларингизга инвестиция киритинглар: курсларда, малака оширишда ўқинглар, шу энг рентабелли сармоя...
#globalhalalkundaligi

🔥11👍3
Forwarded from Global Halal
Сиз қайси бирига сармоя киритган бўлардингиз?
Anonymous Poll
17%
Чорва бизнесига
17%
Ҳалол акцияларга
13%
Инвестицион бизнесга
53%
Шахсий ривожланишга
👍8🔥1
Forwarded from MM "MUFEED MOLIYA"
Улар биз эшитишни хоҳлаган нарсани гапиришади ...
- катта пул топиш осон...
- ҳамма (Андрей каби) трейдинг/спекуляция (форекс, крипта ва хкз) оркали Дубайда вилла сотиб олиши мумкин...
- ойига 5 минг долларни осонгина топа оласиз...
Шунчаки курсни сотиб олинг ва пул ишлашни бошланг...
Биз эса содда ва ишонувчан, дангаса, қизғанчиқ, ва молиявий ва инвестицион томондан саводсизмиз. Андрей кабилар бизнинг бу ҳолатимиздан фойдаланган ҳолда пул қилишади. Сиз эса бунга ишонишда ва мўжиза кутишда давом этаверинг...
Бизнинг Uplift жамоаси мўъжизалар ваъда қилмайди. Биз сизга ҳалол пул топиш ва ҳақиқий (осонлик билан келадиган ва осонликча йўқ бўлиб кетадиган эмас) ва мустахкам бойлик орттиришни ўргатамиз. Бу эса билим, меҳнат, сабр-тоқат, интизом ва диққатни талаб қилади. Батафсил invest.uplift.uz да билиб олишингиз мумкин
@chiroylimoliya invest.uplift.uz mustahkam bilim, mustahkam boylik
👍6😁3👎1🔥1
@chiroylimoliya kanalidagi ushbu post bir narsani esimga soldi.
Ingliz tilini uch oyda oson yo'l bilan o'rganib olishni istaysizmi?
Oldin yozgan mana shu postimni o'qing: https://www.tg-me.com/dengizortidan/65
Xullas, postimni o'qing. Bu fikringizdan qaytasiz. ))
@dengizortidan
Ingliz tilini uch oyda oson yo'l bilan o'rganib olishni istaysizmi?
Oldin yozgan mana shu postimni o'qing: https://www.tg-me.com/dengizortidan/65
Xullas, postimni o'qing. Bu fikringizdan qaytasiz. ))
@dengizortidan
Telegram
Dengiz ortidan
Tilni qanday qilib oson, tez o‘rgansa bo‘ladi?
Ba'zi narsalar qunt, vaqt va sabr talab qiladi. Menimcha, til o‘rganish ham. 6 oyda yoki 3 oyda darrov ingliz tilini o‘rganib olishning iloji yo‘q. Men shunaqa deb o‘ylayman. O‘zim ingliz tilida bemalol muloqot…

👍8❤1😢1
Energiya
Bugun o'zimni uchrashuvga chiqqandek his qildim. Shinam va xushbo'y hidlar keladigan kitobli kafega bordim. Hademay bir inson kelishini kutdim.
Gap shundaki, syurpriz qilish uchun yaqinda Shotlandiyadan qaytgan do'stim Sirojiddin Olimovni ko'rgani ishxonasiga bordim. Yigitlardan uning чуть ли не live location'ini olib turdim (achtung: uchta tilda yozilgan gap).
Meni ko'rib hayron qoldi. O'tirib gaplashdik. U bilan qadriyatlarimiz, fikrlarimiz, gaplarimiz shu darajada mushtarakki, nariyoq-beriyog'i yo'q. Ammo bu mushtaraklikka biz ikki xil boshqa yo'llar bilan keldik. Albatta, bizni tanishtirgan talabalik yillari: Young Leaders Development Project and FLEDU'lardan keyin.
Men millat brendi bilan bog'liq loyihalar va Amerikada tentirash: ish, o'qish, stajirovka, supermarketda kassirlik, keyin investitsion bankdagi karyera bo'yicha... U esa aqlli ishlar: akademik litsey zamdirektorligi (24 yoshida!), O'zbekiston uchun 100 g'oya, Yevropadagi top universitetda magistratura bo'yicha ketdi.
Vatanga qaytib, u quyidagi xulosalarga kelgan:
— 1,5 yil ichida ko'plab odamlar hayotida hech qanday o'zgarish bo'lmagan, ko'p narsa o'sha-o'shaligicha qolgan, bu esa norma emas;
— odamlar tushkun kayfiyatda va bu doim ham asoslanmagan;
— bir xil odamlar davrasida o'ralashib qolmaslik kerak, agar do'stlaringiz sizga "sen o'zgaribsan" deyishsa, buni mamnuniyat bilan, xushomad sifatida qabul qiling. Chunki o'zgarish, o'sish, rivojlanish — bu norma, aski esa aksincha.
Suhbatimizning "bottom line"i shu bo'ldiki, bizga, har birimizga, O'zbekistondek murakkab mamlakatda yashaydigan odamlarga energiya 💪💪💪 kerak!Suv Sirojiddin esa bitmas-tuganmas energiya manbai. Biznes — bu energiya, jamoa bilan ishlash — bu energiya, loyihalar — bu energiya. "Bo'lmaydi", "qo'limda kelmaydi" degan gaplar o'z-o'zini amalga oshiruvchi bashoratdir.
P.S. U bilan xayrlashib bo'lgach, yana 20 minut gaplashdik. Juda sog'inibmiz yuzma-yuz suhbatni. Birodarchiligimiz abadiy bo'lsin.
@azamov_com
Bugun o'zimni uchrashuvga chiqqandek his qildim. Shinam va xushbo'y hidlar keladigan kitobli kafega bordim. Hademay bir inson kelishini kutdim.
Gap shundaki, syurpriz qilish uchun yaqinda Shotlandiyadan qaytgan do'stim Sirojiddin Olimovni ko'rgani ishxonasiga bordim. Yigitlardan uning чуть ли не live location'ini olib turdim (achtung: uchta tilda yozilgan gap).
Meni ko'rib hayron qoldi. O'tirib gaplashdik. U bilan qadriyatlarimiz, fikrlarimiz, gaplarimiz shu darajada mushtarakki, nariyoq-beriyog'i yo'q. Ammo bu mushtaraklikka biz ikki xil boshqa yo'llar bilan keldik. Albatta, bizni tanishtirgan talabalik yillari: Young Leaders Development Project and FLEDU'lardan keyin.
Men millat brendi bilan bog'liq loyihalar va Amerikada tentirash: ish, o'qish, stajirovka, supermarketda kassirlik, keyin investitsion bankdagi karyera bo'yicha... U esa aqlli ishlar: akademik litsey zamdirektorligi (24 yoshida!), O'zbekiston uchun 100 g'oya, Yevropadagi top universitetda magistratura bo'yicha ketdi.
Vatanga qaytib, u quyidagi xulosalarga kelgan:
— 1,5 yil ichida ko'plab odamlar hayotida hech qanday o'zgarish bo'lmagan, ko'p narsa o'sha-o'shaligicha qolgan, bu esa norma emas;
— odamlar tushkun kayfiyatda va bu doim ham asoslanmagan;
— bir xil odamlar davrasida o'ralashib qolmaslik kerak, agar do'stlaringiz sizga "sen o'zgaribsan" deyishsa, buni mamnuniyat bilan, xushomad sifatida qabul qiling. Chunki o'zgarish, o'sish, rivojlanish — bu norma, aski esa aksincha.
Suhbatimizning "bottom line"i shu bo'ldiki, bizga, har birimizga, O'zbekistondek murakkab mamlakatda yashaydigan odamlarga energiya 💪💪💪 kerak!
P.S. U bilan xayrlashib bo'lgach, yana 20 minut gaplashdik. Juda sog'inibmiz yuzma-yuz suhbatni. Birodarchiligimiz abadiy bo'lsin.
@azamov_com
👍34❤9🔥5👏3
Forwarded from AyubRecords®
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IT kelajak kasblaridan biri. Bu sohaga qiziquvchilar soni yildan-yilga oshayotir. Koʻpchilik aynan shu soha mutaxassislari bilan suhbatlar qilishimizni so’rashadi.
8-podkastimiz qahramoni Google dasturchisi Saidakbar Pardaev. Suhbatda sohaga oid qiziq ma’lumotlar berilgan.
Tomosha qiling, yoqtiring, do’stlaringizga ham ulashing.
Havola: https://youtu.be/n0CJMbwL3eE

👍12
Forwarded from Global Halal
GLOBAL HALAL AMALIYOT 2023
Professional hayot hamda universitet o‘rtasida bo‘shliq mavjud. Universitetda o‘rgangan nazariy bilimingiz bilan amaliy tajriba farq qiladi. Global Halal o‘sha bo‘shliq uchun ko‘prik vazifasini bajaruvchi amaliyotni sizga taqdim etadi.
🎯 Ushbu amaliyotdan qanday manfaat olasiz?
- Ishining professionallari bilan networkingni yo‘lga qo‘yish;
- Tarjima, yozish hamda surishtiruv mahoratingizni oshirish;
- Jamoa bilan ishlash ko‘nikmangizni rivojlantirish;
- Rezyume uchun ajoyib tavsiyanoma;
- O‘zingizni ko‘rsatsangiz, keyinchalik ishlab qolish imkoniyati.
✅ Ariza topshirish
📅 Ariza topshirish uchun dedlayn: 15-yanvar
Yangi yilni yangi tanishlar, yangi bilimlar va yangi ko'nikmalar bilan boshlang.

👍6