Telegram Web Link
Informatika o‘qituvchilari uchun sun’iy intellekt mavzusida trening tashkil etildi

🏷Jahon banki bilan hamkorlikda dastlab panel muhokamasi o‘tkazildi. Unda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov hamda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha global ta’lim amaliyoti rahbari Rita Almeida qatnashdi va ta’lim sohasida sun’iy intellektning ahamiyati haqida chiqish qilishdi.


👨‍👦‍👦Shuningdek, informatika o‘qituvchilari uchun o‘tkazilgan ushbu treningda Jahon bankining ta’lim bo'yicha bosh mutaxassisi Kristobal Kobo ta’lim sohasida sun’iy intellektni qo‘llash bo‘yicha taqdimot qildi.

➡️Treningni toʻliq youtubeda tomosha qiling: https://youtu.be/LHoHsBerLck?si=bMJQFicq0ujLxtYa

➡️Taqdimotga havola: https://drive.google.com/file/d/1qbSl9Mq6vt7po8FDXOBY_0vDV9Wtp8-y/view?usp=sharing

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍21🆒1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yashil makon” loyihasi doirasida koʻchat ekildi

❗️Davlat rahbari tashabbusi bilan 2021-yildan buyon “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda.

🏷12-aprel kuni Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi rahbar-xodimlari Toshkent viloyatining Parkent tumanida ko‘chat ekishdi.


#yashilmakon

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍6
Forwarded from Rustam Karimjonov
2025-yilda AQSh (🇺🇸), Buyuk Britaniya (🇬🇧), Germaniya (🇩🇪), Koreya (🇰🇷), Yaponiya (🇯🇵),O'zbekiston (🇺🇿) IT bozorida 200 mingga yaqin bo'sh ish o'rinlari e'lon qilindi.

📌 Talabi yuqori bo'lgan IT kasblar - Data analyst, Backend developer, IT project manager, Network engineer, Data engineer, Data scientist, Dev Ops engineer, AI engineer va boshqalar.

⬅️ O'zbekistondan turib xalqaro IT kompaniyalarda oyiga $1000-$5000 va undan yuqori daromad topish uchun qaysi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish kerak:

🟢Chet tillari - Ingliz, Nemis, Koreys, Yapon tillarini o'rganish;
🟢Texnik bilimlar - SQL, Power BI, R, Tableau, Python, Jira, Google analytics, Azure va boshqalar;
🟢Soft skills - problem solving, decision making, communication, presentation va boshqa.

🔗 Bo'sh ish o'rinlari eng ko'p e'lon qilingan sahifalar:
💻Glassdoor.com, Linkedin.com, cv-library.co.uk, stepstone.de, saramin.co va boshqalar.

🚪 Dunyo bozori IT sohasidagi bo'sh ish o'rinlari real vaqt rejimida ko'rish va tahlil qilish uchun uzbekcoders.uz portaliga kirishingiz va yuqorida keltirilgan bilim va ko'nikmalarni bepul o'rganish uchun portalda mavjud online ta'lim resusrslaridan foydalanishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥32
“Yandex Practicum” bepul kurslari endi Uzbekcoders.uzʼda

🌐“Yandex Practicum” — bu dasturlash, dizayn, ma’lumotlar tahlili, menejment va marketing yo‘nalishlarida fundamental bilimlarni oʻrgatuvchi onlayn platforma hisoblanadi.


Siz Uzbekcoders.uz sayti orqali “Yandex Practicum” platformasining malakali mentorlari tomonidan bir necha yillik mehnat faoliyatida orttirilgan bilimlar asosida tayyorlangan kurslaridan foydalanishingiz mumkin.

🔗Qolaversa, ushbu platformada mavjud frontend, full-stack, python dasturlash pulli kurslarida oʻqib, sertifikat oling hamda oʻqish va sertifikat olish uchun ketkazgan mablagʻingizni kompensatsiya qilib oling.

⭕️Kelajakda yaxshi daromad topish uchun hozirdan harakat qiling, oʻqing, oʻrganing!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
"ICT4Girls" O‘zbekiston o‘quvchi qizlar olimpiadasining Respublika bosqichi oʻtkaziladi

🏷20-aprel kuni o‘quvchi qizlar o'rtasida sport dasturlash bo‘yicha “ICT4Girls” O‘zbekiston o‘quvchi qizlar olimpiadasining respublika bosqichi o‘tkaziladi.


⚜️“ICT4Girls” o‘quvchi qizlar olimpiadasining hududiy bosqichida 220 nafar ishtirokchilar ichidan 42 nafar oʻquvchi saralab olingan edi.

❗️Respublika bosqichi yakuniga koʻra, saralab olingan 12 nafar qizlar uchun butkemp tashkil etilib 4 nafar qizlar Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasiga (EGOI) yo'llanmani qo'lga kiritadi.

🗓Olimpiada vaqti: 11:00-16:00;
🗺Oʻtkazilish joyi: School 21.

🔗Ma’lumot o‘rnida, EGOI har yili 40 dan ortiq davlat vakillarini oʻziga jalb qiladi, ishtirokchilar soni esa 200 dan oshadi. 2024-yil Oʻzbekiston terma jamoasi EGOI musobaqasida ilk bor ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan edi.


🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DevOps mutaxassisi kim? Keling koʻrib chiqamiz!

🏷DevOps — dasturiy ta’minot ishlab chiqish jarayonini avtomatlashtirish, optimallashtirish va samarali ishlashini ta’minlaydigan mutaxassis hisoblanadi.

Soddaroq tushuntirganda ular dasturchilarga tez va samarali kod yozishga, tizim administratorlariga esa xavfsiz va barqaror infratuzilma yaratishga yordam beradi. 

⚜️Hozirgi vaqtda DevOps mutaxassislariga O’zbekiston mehnat bozorida oyiga oʻrtacha 17 ta bo’sh ish o’rni bor va ularning oylik daromadi  $1500-4500 ni tashkil qilmoqda.

❗️Ehtiyoj mavjud, biroq kadrlar yetishmovchiligi bor. Xoʻsh sohani qayerda o'rganish mumkin?

❗️DevOps mutaxassisi boʻlish uchun kerakli boʻlgan koʻnikmalar hamda bilimlarni egallash uchun check-listni quyidagi havola orqali yuklab oling!

➡️Forum haqida batafsil ma’lumot devopsdays.uz saytida.

➡️Courserada 200 dan ortiq DevOps kurslarini "Bir million o'zbek dasturchilari" loyihasi orqali uzbecoders.uz saytidan roʻxyatdan oʻtib,imtiyozli narhlarda oʻrganing.

➡️IT-istedod.uz sayti orqali Cisco kompaniyasining Certified DevOps Engineer Professional kursida oʻqib sertifikat olsangiz, sarflagan xarajatlaringizni 100% gacha qaytarib beramiz.


🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍4
Forwarded from Digital.uz
"Raqamli O‘zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida yoshlarni axborot texnologiyalari sohasiga jalb qilish, ularni sifatli ta’lim bilan qamrab olish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov IT Park’ning viloyat filiali binosida "Raqamlashtirish orqali farovonlik sari" dasturi doirasida IT sohasiga qiziquvchi va maxsus o‘quv kurslariga jalb qilinayotgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Loyiha doirasida joriy yilda 2 300 nafar yoshlarni IT sohasiga o‘qitish rejalashtirilgan bo‘lib, buning birinchi bosqichida 820 nafar yosh maxsus chuqurlashtirilgan kurslarga jalb etildi. Jumladan, har bir tuman va shahardan 30 nafardan yoshlar onlayn tarzda, Termiz shahrida istiqomat qiluvchi 370 nafar yosh esa oflayn tarzda ta’lim olmoqda. Ular orasida asosiy qismini uyushmagan va ishsiz yoshlar tashkil qiladi.

Uchrashuv davomida viloyat rahbari "Zoom" platformasi orqali hududiy studiyalar bilan bog‘lanib, yoshlar bilan muloqot qildi hamda yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, IT sohasini chuqur o‘rganish va kelajakda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lish muhimligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, mazkur kurslarda ta’lim olayotgan yoshlarning o‘qish xarajatlari mahalliy byudjet hisobidan qoplab beriladi, shuningdek, iqtidorli bitiruvchilar kafolatlangan ish o‘rinlari bilan ta’minlanadi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
2025/07/10 22:33:37
Back to Top
HTML Embed Code: