Forwarded from Digital.uz
Delegatsiya vakillari IT mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashgan Ustudy IT akademiyasi faoliyati, va Yagona integrator UZINFOCOMda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirildi. Xususan, sun’iy intellekt va raqamli yechimlar sohasidagi loyihalarga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga AQShning Yuta shtati Senati a’zolari va biznes doiralari vakillaridan iborat delegatsiya IT Park Uzbekistan hududida Oʻzbekistondagi eng yirik raqamli kreativ tadbirlardan biri — xalqaro GameFest 2025 festivali ochilishida ham ishtirok etib Yuta shtati Senati Prezidenti va yetakchi biznes vakili Styuart Adams so‘zga chiqib o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Tashrifning asosiy qismida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari R. Karimjonov va delegatsiya o‘rtasidagi uchrashuvda O‘zbekistondagi raqamli infratuzilmani rivojlantirishga oid qator masalalar muhokama qilindi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/54758
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Rustam Karimjonov
APIO 2025 boshlandi: Unda 40 ta davlatdan 900 ga yaqin Iqtidorli yoshlar bellashmoqda
🏆 17-18-may kunlari O‘zbekiston tomonidan o‘tkazilayotgan nufuzli Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi bu yil 40 dan ziyod davlatdan 900 ga yaqin o‘quvchi yoshlarni qamrab oldi.
🌐 Quvonarli jihati, onlayn shaklda tashkil etiluvchi APIO musobaqasida joriy yilda 🇸🇬 Singapur, 🇨🇳 Xitoy, 🇰🇷 Koreya, 🇹🇼 Tayvan, 🇲🇾 Malayziya kabi Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlardan tashqari, 🇲🇽 Meksika, 🇧🇷 Braziliya, ⭐️ Saudiya Arabistoni, 🇯🇴 Iordaniya, 🇹🇳 Tunis kabi davlatlar ham ishtirok etmoqda. Bu esa musobaqa o‘zining an’anaviy mintaqasidan tashqariga chiqayotganidan dalolat beradi.
⏰ APIO Toshkent vaqti bilan 17-may soat 07:00 dan 18-may soat 19:00ga qadar, jami 36 soatlik vaqt oralig‘ida bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa qoidalari bo‘yicha, har bir davlat ro‘yxatdan o‘tish jarayonida o‘ziga qulay 5 soatlik vaqt oralig‘ini belgilagan. Ishtirokchilar aynan shu belgilangan 5 soat davomida berilgan masalalarga yechim ishlab taqdim etishi lozim.
📍 O‘zbekistonlik ishtirokchilar uchun APIO 2025 18-may kuni soat 10:00da boshlanadi. Bunda saralab olingan iqtidorli yoshlar Toshkentdagi School 21 dasturlash maktabida bellashadi.
🎆 Biz barcha ishtirokchilarga omad, tezkor fikrlash va murakkab masalalarni yechishda muvaffaqiyat tilaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
APIO 2025: O‘zbekiston nomini 50dan ziyod o‘quvchi himoya qilmoqda
🏆 O‘zbekistonlik ishtirokchilar uchun Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasiga 18-may kuni soat 10:00da start berildi.
📍 Ayni damda saralab olingan o‘quvchi yoshlardan 48 nafari Toshkentdagi School 21 dasturlash maktabida sport dasturlash bo‘yicha bellashmoqda. Shuningdek, yana 5 nafar o‘quvchi o‘z hududidan norasmiy ishtirok etmoqda.
🇺🇿 Barcha ishtirokchilar qatori, O‘zbekiston nomidan bellashayotgan yoshlarga ham ushbu musobaqada omad, ishonch va muvaffaqiyat tilaymiz!
🌐 Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tomonidan o‘tkazilayotgan nufuzli APIO bu yil Singapur, Xitoy, Malayziya, Braziliya, Meksika kabi 40dan ziyod davlatdan 900 ga yaqin o‘quvchi yoshlarni qamrab oldi.
🙏 O‘zbekistonlik yoshlar uchun APIO 2025 musobaqasini yuqori saviyada o‘tkazishga yaqindan ko‘mak berayotgan School 21 va Bellissimo Pizza jamoalariga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
🌐Sayt🚀 Telegram 🔵 Facebook
📷 Instagram 🎬 YouTube 🎰 Linkedin
🌐Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM