Telegram Web Link
Forwarded from Digital.uz
Oʻzbekiston Coursera’ning “Outstanding Achievement Award 2025” mukofotini qoʻlga kiritdi

Oʻzbekiston ilk bor Coursera Inc. kompaniyasi tomonidan 8–10-sentabr kunlari AQShning Nevada shtatida oʻtkazilgan “Coursera Connect 2025” tadbirida ishtirok etdi.

💻Delegatsiyaga Raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov rahbarlik qildi. Tadbir doirasida ishtirokchilar Coursera’ning soʻnggi yangiliklari – “Role Play for Authors”, “Course Builder for Partners”, va “Skill Tracks for Enterprise” kabi innovatsion yechimlari bilan tanishdilar.

⭐️ Bundan tashqari, Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT ta’lim uyushmasi Oʻzbekistonning “Learning Hero” toifasidagi “Outstanding Achievement Award 2025” mukofotining “Global Finalist”i sifatida e’tirof etildi.

Ma’lumot uchun: Coursera’ning “Outstanding Achievement Award” mukofoti onlayn ta’lim orqali katta samara ko‘rsatgan hamkor tashkilot va institutlarga beriladi. U, avvalo, keng auditoriyaga bilim yetkazish, innovatsion yechimlarni joriy etish, o‘quvchilarning aniq natijalarga erishishi, hamjamiyatda faol ishtirokni ta’minlash hamda Coursera’ning inklyuzivlik, barqarorlik tamoyillariga sodiqlik kabi mezonlar asosida taqdim etiladi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/85257

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍2🔥2
AQShda Amazon, IBM, Google va Cisco kabi korporatsiya vakillari bilan raqamli ta'lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

🔠AQShda boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi “Coursera Connect 2025” tadbiri doirasida bir qator dunyoning yetakchi korporatsiya vakillari bilan qator uchrashuvlar oʻtkazdi.

🛡Raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov boshchiligida oʻtgan muzokaralarda raqamli ta'lim yo'nalishida yoshlarni AT sohasiga jalb qilish, AT eksporti imkoniyatlarini oshirish, bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili yoʻnalishidagi qoʻshma tashabbuslar hamda kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/85350

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4
«ToT» loyihasi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

“Training of Trainers” (ToT) loyihasi doirasida O‘zbekiston bo‘ylab faoliyat yuritayotgan xususiy IT akademiyalarning mentorlari uch oy davomida zamonaviy IT yo‘nalishlarida o‘z bilim va malakalarini oshirdilar.

⬇️Loyiha doirasida quyidagi yoʻnalishlarda dars mashgʻulotlari olib borildi:
➡️“Artificial Intelligence and Machine Learning”;
➡️“Cybersecrurity”;
➡️“Cloud Technologies”;
➡️“Computer Networking”;
➡️“Data Analytics”.


❗️Yakunda loyihani 54 nafar tinglovchi muvaffaqiyatli tamomladi hamda sertifikatlar bilan taqdirlandi.

🎉Bitiruvchilarni tabriklaymiz!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ICTWeek Uzbekistan 2025 doirasidagi “Raqamli ta’limda sun’iy intellekt” forumida koʻrishamiz — Texnoplov

“Raqamli ta’limda sun’iy intellekt” forumining media hamkori Texnoplov blogi asoschisi Saadulla Abdullayev barcha oʻquvchi yoshlarni forumda ishtirok etishga va yangi bilimlarni oʻrganishga chorlaydi.

Forumda Sizni:
➡️Mahalliy va xorijiy mutaxassislarning ma’ruzalari;
➡️O‘quv markazlar uchun maxsus yangilik;
➡️Taqdirlash marosimi;
➡️Sun’iy intellekt bo‘yicha mahorat darslari;
➡️Maxsus tanlov va qiziqarli sovg‘alar kutmoqda.


📍 Manzil: CAEx Ko‘rgazma Markazi, Main Hall 1;
Vaqt: 9:30 (ro‘yxatdan o‘tish 9:00 dan boshlanadi).

➡️Roʻyxatdan oʻtish uchun havola.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1752😎2👍1
Forwarded from Al-Xorazmiy vorislari
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi uchun saralash imtihonlari o‘takazildi

📖 Xorazm viloyatining 13 ta tumanida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida saralash bo‘lib o‘tdi.

💠 Loyihada ishtirok etish uchun 4 460 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi. Ular matematika va mantiqiy fikrlashga oid testlarni topshirib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Yakunda eng kuchi 700 nafar o‘quvchi loyhaga saralab olinadi va iqtidorlilar 4 yil davomida ingliz tili va ITni bepul o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🚀Telegram |📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥2
2026-yil — Yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatish yili deb belgilandi

⚜️Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi va tadbirda Prezident 2026-yil yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatish yili deb nomlanishini taʼkidladi. Qolaversa, davlat rahbari ta’lim sohasiga oid qator muhim masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

⬇️Xususan, quyidagilar ta’kidlandi:
➡️xorijiy TOP-500 talik universitetlar bilan axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt, agrotexnologiya, tibbiyot va “yashil” energetika kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma taʼlim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi;
➡️o‘qituvchilar yangi ta’lim texnologiyalarini keng joriy etishi uchun 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit asosida kompyuter xarid qilish imkoniyati yaratiladi;
➡️kelgusi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovlari 2 baravar kamaytiriladi.


Shu bilan birga, iqtisodiyotga yiliga 30-35 milliard dollar investitsiya, yangi yo‘nalishlar, zamonaviy texnologiyalar kirib kelayotgani aytib oʻtildi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
2025/10/24 11:38:45
Back to Top
HTML Embed Code: