Telegram Web Link
🟪Microsoft jamoasi bilan samarali uchrashuv o‘tkazildi

Raqamli texnologiyalar vaziri o'rinbosari Rustam Karimjonov Microsoft kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

🗣️ Uchrashuv davomida mamlakatimizdagi AT ta’lim bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Jumladan, joriy etilgan dasturlar, xalqaro sertifikatlar hamda malakali mutaxassislarni tayyorlayotgan AT ta’lim markazlari tarmog‘i haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, ekotizimning AT mutaxassislarining rivojlanishi va munosib rag‘batlantirilishini qo‘llab-quvvatlayotgani ta’kidlandi.


Microsoft jamoasi mazkur tashabbuslarga katta qiziqish bildirdi. Ular bugungi kunda O‘zbekistonda yuqori malakali AT mutaxassislari shakllanganini qayd etib, hamkorlik aloqalarini kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🤝 Oracle kompaniyasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov Oracle Cloud kompaniyasining Markaziy Osiyo, Markaziy Yevropa va Balqon bo‘yicha sotuv direktori Kristian Obando bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki tomon o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur kelishuv O‘zbekistonda raqamli ta’lim va ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni yo‘lga qo‘yish, jumladan, universitetlarda Oracle Academy dasturlarini joriy etish, o‘qituvchilar uchun bepul trening va resurslarni taqdim etish, Oracle University orqali raqamli o‘quv yo‘nalishlari va sertifikatlarga kengroq kirish imkonini yaratadi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53
ChatGPTʼdan samarali foydalanish uchun “prompt”lar toʻplami

⚜️OpenAI kompaniyasi o‘zining ChatGPT sun’iy intellektidan maksimal natija olish va har bir so‘rov samaradorligini oshirish maqsadida “ChatGPT prompt packs”ni taqdim etib kelmoqda.

Mazkur to‘plamlar turli sohalar kesimida ishlab chiqilgan bo‘lib, foydalanuvchilar o‘z yo‘nalishi va ehtiyojlariga mos so‘rovlarni topishlari mumkin.

Har bir toʻplam tarkibida turli kasblar uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan va samarali “prompt”lar jamlangan bo‘lib, ular ChatGPT’dan yanada unumli foydalanish imkonini beradi.

➡️Quyidagi havola orqali oʻzingizga kerakli “prompt”larni topishingiz mumkin.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1🙏1
Yaponiyaning “Orion Computer” kompaniyasi vakillari Sirdaryodagi “IT-shaharcha”ga tashrif buyurdi

Tashrif davomida markazda tashkil etilgan yapon tili kurslari faoliyati bilan tanishildi va kelgusida hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Shuningdek, Yaponiya kompaniyalarida masofaviy bandlik imkoniyatlari hamda kelajakda yoshlarni ish bilan ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ayni damda Sirdaryodagi ushbu “IT-shaharcha”da 30 nafar yoshlar yapon tili kurslarida bepul tahsil olishmoqda.

❗️Ma’lumot uchun, “Orion Computer” kompaniyasi 1998-yilda tashkil etilgan bo‘lib, AT-xizmatlar, kasbiy ta’lim va xalqaro kadrlar tanlovi yo‘nalishida ixtisoslashgan.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
Bayramingiz muborak, hurmatli ustoz va murabbiylar!

⚜️Bugun, 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni. Hozirda yoshlar Sizdek fidoyi ustozlarimiz tufayli ilm-fan va texnologiya sohalarida yuksak natijalarga erishmoqda.

🎉Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrat va mehnat faoliyatingizda doimiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Qolaversa, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari”, “IT-shaharcha” loyihalari doirasida yoshlarga tahsil berib kelayotgan mentorlarimiz va xususiy AT taʼlim markazlari ustozlarini ham ushbu kasb bayrami bilan yana bir bor muborakbod etamiz!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ICTWeekda ilk marotaba AR smart ko‘zoynak jamoatchilikka namoyish etildi

⚜️AKT haftaligi doirasida kiberxavfsizlik va AT sohasida 9 yillik tajribaga ega dasturchi va tadbirkor Saud Abdulwahed AR texnologiyalar tarixi va kelajagi haqida taqdimot qildi hamda ilk marotaba Focus smart ko‘zoynagini jamoatchilikka namoyish etdi.


Saud Abdulwahed ta’kidlashicha, hozirgi kunda bu turdagi texnologiyani ishlab chiqara oladigan Meta va Even Reality kabi dunyoda atigi bir necha kompaniya mavjud.

❗️Aytish joizki, AR smart ko‘zoynaklarini O‘zbekistonda ishlab chiqilayotgani — mamlakatning sun’iy intellekt va AR texnologiyalar sohasida jadal rivojlanayotganidan dalolat. Bu nafaqat ichki bozor uchun, balki xalqaro maydonda ham yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

➡️Batafsil video: havola

➡️AR smart ko‘zoynakning afzalliklari va qo'shimcha imkoniyatlari haqida batafsil ushbu maqolada o'qing: havola

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥76👍3
“Empowering Young Women in Data Science and AI” loyihasi doirasida seminar-trening o‘tkazildi

⚜️24-sentabr kuni “Empowering Young Women in Data Science and AI” loyihasi doirasida tahsil olayotgan 70 nafar ayol-qizlar ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

⬇️Tadbirda xalqaro miqyosda tan olingan spikerlar chiqish qildilar:
➡️Ruslan Salaxutdinov – Meta kompaniyasining generativ sun’iy intellekt tadqiqotlari bo‘yicha vitse-prezidenti;
➡️Anton Djorayev – Nvidia kompaniyasining MDH davlatlarida biznesni rivojlantirish direktori.


Seminar davomida Data Science va sun’iy intellekt sohalaridagi so‘nggi yangiliklar, yosh ayollar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda yirik kompaniyalar tajribasi haqida qiziqarli suhbatlar bo‘ldi.

❗️Ma’lumot o‘rnida, mazkur loyiha yosh ayol-qizlarni Data Science va sun’iy intellekt sohalarida yanada faol bo‘lishga, bilim va ko‘nikmalarini kengaytirishga undashda muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🙏2👌2🔥1
2025/10/22 02:34:35
Back to Top
HTML Embed Code: