Telegram Web Link
Nukusda informatika fani o‘qituvchilari uchun seminar-trening o‘tkazildi

⚜️Joriy yil 2–5 oktyabr kunlari Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tuman va shaharlaridan 1000 nafardan ortiq informatika fani o‘qituvchilari qamrab olingan o‘quv-trening tashkil etildi.


Treningning asosiy maqsadi informatika o‘qituvchilarining raqamli savodxonligini oshirish, internetda xavfsiz faoliyat yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda zamonaviy texnologiyalarni taʼlim jarayonida samarali qo‘llashni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

❗️Ushbu tashabbus Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi va “Cyber University” bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshirildi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3😍32
🎓 UNICON.UZ O‘quv markazida “SUN’IY INTELLEKT” amaliy kursiga qabul boshlandi

❤️ UNICON.UZ O‘quv markazi tinglovchilarni qisqa muddatli malaka oshirish kursiga — “SUN’IY INTELLEKT” ga qabul qilayotganini e’lon qiladi. Kurs 2025-yil 15–17-oktabr kunlari (soat 10:00 dan 17:00 gacha) bo‘lib o‘tadi.

💠Mazkur kurs zamonaviy mehnat bozori talablariga mos yo‘nalishlarda raqamli texnologiyalar sohasida kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PP-358-son qarori — «Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi hujjatini amalga oshirish doirasida tashkil etilmoqda.

🔻 Mashg‘ulotlarni sun’iy intellekt sohasida katta amaliy tajribaga ega malakali mutaxassislar olib boradi. Ta’lim formati — online yoki offline (tinglovchi tanloviga ko‘ra).

📃 Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.

🇺🇿 Davlat tashkilotlari xodimlari, shuningdek dasturchilar va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni sun’iy intellektni joriy etish va qo‘llash bo‘yicha malaka oshirish kursida ishtirok etishga taklif qilamiz.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
3D modellashtirish orqali moliyaviy mustaqillikka erishish mumkinmi?

📖Bu savolga Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tashkil qiladigan vebinarda javob topasiz.

Spiker, sohada 4 yillik tajribaga ega mutaxassis, 3D supervisor, Otabek Doʻsmat.

Vaqt: 8-oktyabr, soat 18:00;
🗺Manzil: @digitaledu_uz telegram kanali.

⚜️Ta’kidlash joizki, ushbu onlayn vebinarlar zamonaviy kasblarni yoshlarga tanitish hamda ularni qiziqtirgan savollarga javob topishga ko‘maklashish maqsadida muntazam o‘tkazib boriladi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍1🔥1🤪1
2 mingdan oshiq yoshlarning AT sertifikatni olish xarajatlari qoplab berildi

📊 Xalqaro AT sertifikatlarga kompensatsiya berishning 2025-yil soʻnggi 9 oyi davomidagi natijalariga koʻra, IELTS sertifikati bor 166 nafar yoshlar sarflangan xajatlarini 100% qaytarib olishdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan 2024-yilga nisbat 81 nafarga oshgan.

🎙 Joriy yil 2090 nafar yoshlar kompensatsiya olish imtiyozidan foydalangan boʻlsa, ulardan 1421 nafari nafaqat sertifikatga sarflagan xarajatlarini, qolaversa, sertifikatni olish uchun oʻqish xarajatlarini ham kompensatsiya qilib olishdi.

👤 "Sensorika" (Navoiy viloyati), "Action pro" (Toshkent shahri), "Developers clup 777" (Samarqand viloyati) oʻquv markazi bitiruvchilari esa soʻnggi 9 oyda eng koʻp kompensatsiya olish uchun ariza qoldirishgan.

Natijalar bilan batafsil infografikamizda tanishing!

Xalqaro AT-sertifikatlarning to‘liq ro'yxati bilan IT-istedod.uz saytida tanishing va sertifikatni qoʻlga kiriting, xalqaro AT-sertifikat olish uchun ketgan xarajatlaringizni my.gov.uz portali orqali ariza qoldirib kompensatsiya qilib oling.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆒83
Live stream started
EDU.DIGITAL
3D modellashtirish orqali moliyaviy mustaqillikka erishish mumkinmi? 📖Bu savolga Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tashkil qiladigan vebinarda javob topasiz. Spiker, sohada 4 yillik tajribaga ega mutaxassis, 3D supervisor, Otabek Doʻsmat. Vaqt:…
📖 Biz boshladik
3D modellashtirish orqali moliyaviy mustaqillikka erishish mumkinmi?

🧾 Spiker: Sohada 4 yillik tajribaga ega mutaxassis, 3D supervisor, Otabek Doʻsmat.

➡️Hoziroq kiring: https://www.tg-me.com/digitaledu_uz?livestream

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2
Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi “Yilning eng yaxshi strategik taʼlim hamkori” deb topildi

Joriy yil 2-oktyabr kuni School 21 Toshkent kampusi tashkil etilgan sana munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

❗️Tadbir davomida Toshkent kampusi bilan birgalikda yagona maqsad yo‘lida hamkorlik qilib kelayotgan bir qator tashkilotlar taqdirlandi. 

⚜️Taqdirlash marosimida Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi “Yilning eng yaxshi strategik taʼlim hamkori” deb eʼtirof etildi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍3🔥2🥰1
Ko‘zida olovi bor yoshlarni ko‘rish menga eng katta kuch beradi – Miroqilov Davlatbek

O‘zbekiston terma jamoasining Informatika (IOI) bo‘yicha murabbiysi. Shuningdek, IOI, EGOI, IZhO jamoalarida ham murabbiy sifatida faol ishtirok etgan.

❗️Davlatbek 2 yil mobaynida ketma-ket ICPC musobaqasida g‘oliblik qilgan. Respublika va xalqaro fan olimpiadalari sovrindori, 4 yillik murabbiylik tajribasiga ega. Shogirdlari ko‘plab musobaqalarda sovrinli o‘rinlar egallab kelishmoqda.

⚜️Har bir kod, har bir g‘alaba va har bir shogird — bu fidoyilikning natijasi. Davlatbekning hikoyasi yoshlar uchun nafaqat motivatsiya, balki ilhom manbaidir.

🔗Batafsil

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍5🆒3
2025/10/22 18:46:13
Back to Top
HTML Embed Code: