#subyektiv
Strawman argumenti degan atama bor. Ikki kishi bahslashayotganda kimdir raqibini gapini ataylab bo'rttirish yoki ortiqcha soddalashtirish orqali uni buzilgan versiyasini yaratadi. So'ng o'sha buzilgan versiyaga qarshi argument keltirib o'zining " daho" ligini, raqibining esa "yovuz niyatdaligini" isbotlaydi, xuddi 1-rasmdagi misoldagidek.
Bizda bu usuldan juda ko'p foydalanishadi. Masalan, qaysidir ekspert avtohalokatlar sonini kamaytirish uchun tezlikni kamaytirishni taklif qilsa, albatta " yana radarlar ko'payadimi, xalqni shilishni qachon to'xtatasizlar, mashina haydamay qo'yaveraylik ekan-da..." deydigan "qahramonlar" chiqadi. Ya'ni, ekspertning taklifidagi sabablar, yuqori tezlikning rostdan ham xavfli ekani haqidagi ma'lumotlarni chetga surib, shunchaki odamlarning hissiyotiga o'ynash orqali mutaxassisning taklifini rad etmoqchi bo'ladi.
Ustozation ning Propaganda haqidagi videosi ga ham xuddi shunday reaksiyalar ko'paygan. Video muallifi keltirgan statistikalar, ilmiy izlanishlar va so'rovnomalar bir yoqda qolib, uning soqoliga e'tibor berishyapti. Ayniqsa tvitterda videodagi ayollar reklama vositasi bo'lib qolishi kerakmas mazmunidagi gaplarga " Bizni ham Afg'onistonga aylantirmoqchimisan", "o'rta asrlarga qaytaylikmi, endi?" " ayollar yashamay qo'yaversin ekan-da" qabilidagi javoblar ko'payib ketgan. Aslida, videoni ko'rgan odam muallif har xil fahsh ishlar oddiy holatga aylanib qolishidan xavotirdaligini, ayollar diskriminatsiyasiga hech qanaqa targ'ib qilmaganini yaxshi tushunadi.
@diyorbekegamovblog

#nazm
Eng avval teraklar
Barglarin to'kdi.
So'ngra xazon bo'ldi gilos-u o'rik.
Shiddatim
Qalbdagi xazonga cho'kdi,
Yuragim uvishdi dunyoni ko'rib.
Xotira to'ridan
"Kelgin, kel" deding -
Men seni sevganman.
Zarra tonmayman.
Bahor bo'lganda ham bir gapi edi...
Endi kuzak keldi.
Bora olmayman.
Usmon Azim
@diyorbekegamovblog
Eng avval teraklar
Barglarin to'kdi.
So'ngra xazon bo'ldi gilos-u o'rik.
Shiddatim
Qalbdagi xazonga cho'kdi,
Yuragim uvishdi dunyoni ko'rib.
Xotira to'ridan
"Kelgin, kel" deding -
Men seni sevganman.
Zarra tonmayman.
Bahor bo'lganda ham bir gapi edi...
Endi kuzak keldi.
Bora olmayman.
Usmon Azim
@diyorbekegamovblog
#subyektiv #kitob
Aktyor O’lmas Temurning mana shu ikkita videosi juda mashhur bo’lib ketdi, men bu fikrlarga umuman qo’shilmayman. To’g’risi u aytgan asarlarning hech birini o’qimaganman. Lekin, mazmunan nima demoqchilikini tushundim, chunki badiiy bo’yoqlari kam, qahramonlar faqat oq va qoraga ajratilgan bir ikkita asarlarni o’qiganman. Turk adabiyotida mana shunaqa yengil asarlar ko’pligini va ularni Turkiyaning o’zida ham o’qimasliklarini bilaman. Men albatta bu sohada mutaxassis emasman, lekin bu yigitning fikrlarini ayniqsa berayotgan xulosasi xato deb bilaman.
Birinchidan, badiiy asar tanlash ham musiqa tinglash yoki film ko’rishga o’xshaydi, har kimning o’z sevimli janri bor. Ko’ngil va did uzrli - kimningdir tanlovi boshqacha bo’lgani uchun uni kamsitish, yoki o’zini boshqalardan ustun qo’yish kerak emas. Qolaversa, bunday asarlar o’qilishi oson bo’lgani uchun kitob o’qishni endi boshlayotganlar uchun ayni muddao. Odat shakllanib olgach, balki murakkabroq asarlarga ham o’tishar. Bu haqida Xayrulla Hamidov juda zo’r intervyu bergandi.
Ikkinchidan, har qanday materialni tanqid qilish va uni ta’qiqlanishini targ’ib qilishning farqi bor. Hech qanday asar, agar unda noqonuniy materiallar bo’lmasa, ta’qiqlanmasligi kerak. Senzura hech qachon yechim emas, chunki bugun “saviyasizligi” uchun bir kitob ta’qiqlansa ertaga boshqa sabab bilan kitoblar ta’qiqqa tushishi mumkin. Agar asar rostdan ham juda yomon va saviyasiz bo’lsa unga talab keskin tushib ketadi va bozorning o’zi uni keraksiz qilib qoʻyadi, buning uchun hech qanday cheklov shart emas.
Eng muhimi, kitob o’qing, qanaqa janrdagini o’qish esa o’zingizga bog’liq. Boshqalarning tanlovini esa doim hurmat qiling, unutmang kitob sizni aqlliroq qilishi mumkin lekin hech qachon boshqalardan ustun qilib qo’ymaydi.

#long_read #free_palestine
Kuchga tayanmagan adolat zaif, adolatga tayanmagan kuch esa zolimdir.
So’nggi voqealardan keyin shuni tushunib yetdimki, to’g’ri yo’lda bo’lishlikning o’zi yetarli emas ekan, yetarlicha kuchli bo’lish ham kerak ekan.
2022- yil Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach, Ilon Mask o’zining Starlink kompaniyasi( Sun’iy yo’ldoshlar yordamida internetni ta’minlovchi tizim, urushdan zarar ko’rgan joylar uchun ayni muddao) Ukrainada internet aloqasini qayta tiklashini va bu orqali ularga yordam berishini e’lon qilgandi. Shundan keyin u asrimizning eng muvaffaqiyatli va muhim insonlaridan biri hamda yaxshilik homiysi sifatida ko’rila boshlandi.
Keyinroq, Isroil G’azodagi genotsidini kuchaytirib, jurnalistlarni o’ldirish va infrastrukturani yoʻq qilish orqali mintaqani dunyodan to’liq uzib qo’ydi. G’azo ahli bilan aloqani tiklash va Isroil armiyasining vaxshiyliklarini dunyoga ko’rsatish maqsadida faollar Ilon Maskdan Ukrainadagi ishini takrorlashni so’rashdi. Mask esa aksincha, Isroil bosh vaziri Netanyahu bilan uchrashib, bu urushda ular haqligini va isroilliklar jabr ko’rayotganini ta’kidladi. Tadbirkor egalik qiladigan va eng katta yangiliklar platformasi hisoblanadigan Tvitterda ham Falastin xayrihohlariga nisbatan adolatsizliklar davom etyapti.
Aslida, bu kabi ikkiyuzlamachiliklar g’arb uchun yangilik emas, deyarli barcha yangilik nashrlari, siyosatchilar Isroil qirg’inini oqlashda va jinoyatga teng sherik bo’lishda bir-biridan qolishmayapti. Meni qayg’uga solgan jihat esa asl adolat tarafdorlarining qo’lidan deyarli hech narsa kelmayotganida, hatto boykotni ham eplolmayapmiz.
Bu genotsidni qo’llayotganlar shubhasiz zolimdirlar. Ammo biz adolat tarafida bo’lsak ham, hozircha ojizmiz. Agarda, o’sha Starlinkni bizlardan kimdir ixtiro qilganda va bizning dunyo iqtisodi, mediasidagi ta’sirimiz kuchliroq bo’lganda balki hozir barchasi boshqacha bo’lardi.
Ammo, Falastin qachondir albatta ozod bo’ladi. Chunki, haqiqat kuchli yoki ojiz tomonida emas, Haq tarafida bo’ladi.

#hayotiy
Hayot juda tez o’tib ketyapti, kechagina 2016-yil edi. Keyin, Trump prezident bo’ldi va keyingi saylovda yutqazdi. Orada, dunyoda karantin, urushlar sodir bo’ldi. Kecha Trump yana saylovlarda g’olib bo’ldi, lekin Barselona hali YeCHL ni yutgani yo’q)

Forwarded from Shokhrukh's diary
Har nigohda turli bir olam
Har bir inson dunyoni o‘z nigohi bilan ko‘radi va bu nigoh shaxsiy hayot tajribalari, e’tiqodi hamda kutilmalariga bog‘liq. Hayot misli ko’zgu — unda o‘zimizni aksimizni ko‘rganimiz kabi, hayotimiz ham bizga shunday aks etadi. Biz duch kelgan har bir inson uchun ularning ongida, ularning nuqtai nazari bilan shakllangan bizning turli "versiyamiz" mavjud. Bu hayotda hech kimga birdek yoqib bo’lmaydi. Chunki biz haqimizdaki turli “versiyalar” biz haqimizda emas, ko’proq shu hayoldagi odam haqida ma’lumot beradi.
Masalan, kimningdir nazarida siz mehribon, samimiy va yordamga shay inson bo’lishingiz mumkin. Ammo boshqa kimdir uchun, ehtimol, “paxtakor” yoki lagambardor kishi bo’lib tuyulasiz. Yana kim uchundir siz quvnoq va kirishimli qiz bo’lsangiz, yana kim uchundir yengiltabiatsiz. Boshqalar uchun maanfatli bo’lsin deb o’z yutuqlaringiz haqida bo’lishishingiz mumkin, lekin buni maqtanchoqlik deb qabul qiladiganlar albatta topiladi… Bunday misollar juda ko’p. Shu tariqa, kimgadir siz hamma havas qiladigan insonsiz, boshqa kimdir uchun esa yomon odam obrazida ko‘rinishingiz mumkin. Bu xilma-xil qarashlar shuni ko‘rsatadiki, odamlar aslida bizni qandayligimizga qarab emas, balki o‘zlari qandayligiga qarab birovni baholashadi.
Xulosa qilib aytganda, dunyo bizning ichki dunyomizning aksidir. Siz ming ideal inson bo’ling, baribir yomonlaydigan odam topiladi. Biz boshqalarning qarashlarini o‘zgartira olmaymiz, ular ham bizning qarashlarimizga ta’sir o’tkaza olmaydi. Shuning uchun hech kimga quloq solmasdan o’zligimizni rivojlantirish, eng yaxshi “versiyamiz”ga aylanish har birimizning maqsadimiz bo’lishi kerak. Shu bizni chinakkamiga baxtli hayot sari yetaklaydi.
@shokhrukhs_diary

#kuzatuv
Stereotip juda qiziq narsa. O’zbekistondagi ba'zi tanishlarim hazil aralash " amerikaliklar rostdan ham bilimsiz bo'ladimi? geografiyadan hech nima bilishmaydimi?” deb so'rab qolishadi. Bu yerliklar bilan suhbatda chetda o’qiydigan o'zbekistonliklar haqida aytsam " qizlar ham o'qiydimi yoki faqat yigitlarmi? “ deb so'rashadi...
Mediani kuchi biz o’ylaganimizdan ancha katta.

Forwarded from Mahmud Usmon
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tabibmi kazzobmi? Shirkdan qattiq ehtiyot bo’ling…
@Mahmud_Usmon
@Mahmud_Usmon
#hayotiy
I feel like Mbappe nowadays. I had very high expectations on myself, on my university life. My close people believed in me. In reality, I can’t even score penalties anymore.

#quote
What are you afraid of losing, when nothing in the world actually belongs to you.
– Marcus Aurelius

#subyektiv #long_read
Pulning ahamiyati haqida
Yaqin-yaqingacha jamiyatimizda nimagadir boylardan nafratlanib kelingan. Maqollarda, filmlar, kliplarimizda, hatto ertak-u latifalarimizda ham boylar ziqna va zolim qilib ko'rsatilgan. Bu albatta katta xato boʻlgan, hozirgi kunda esa buning teskarisi boʻlib yana bir xatoga yoʻl qoʻyayotgandekmiz. So'nggi yillarda boy bo'lish ortiqcha romantizatsiya qilinayotgandek, ayniqsa bizning avlod orasida. Albatta, kapitalizmda pulning ahamiyati katta bo'lishi tabiiy, ayniqsa dunyo rivojlangani sayin pulga ayirboshlash mumkin bo'lgan tovarlar va xizmatlar oshib boradi. Ammo, bizning jamiyatimiz ortiqcha materialist bo'lib borayotgandek tuyuladi menga, xuddiki boylik muvaffaqiyatli va baxtli hayotning yagona o'lchoviga aylanib qolgandek.
So'nggi paytlarda tezda boyib ketishga undaydigan o'yinlar, har xil biznes treyninglar juda ommalashib ketgani ham fikrimga isbot bo'ladi. Afsuski, bukmekerlik o'yinlari yurtimizda qonuniylashtirildi, odamlarimizning hozirgi birdan boyib ketish kayfiyatidaligida bu qarorning oqibati yanada ayanchliroq bo'ladi deb qo'rqaman. Ijtimoiy tarmoqlarda ham Andrew Tate ga o'xshagan inflyuenserlarga yoki turk seriallardagi noreal hashamatli hayotga bo’lgan havas haddan tashqari ommalashgan. “ Avtobusda baxtli bo’lgandan, Mercedes da baxtsiz boʻlgan yaxshiroq” kabi g’alati gaplar urfga aylangan.
Afsuski, bu holat faqat ijtimoiy tarmoqlardamas. Kundalik hayotda ham insonlarning muvaffaqiyatini o’z sohasidagi ishlari bilan emas topayotgan puli bilan o’lchashga harakat qilishadi. “ Yaxshi oilaga quda bo’lish kerak” iborasida ham yaxshi oila deganda e’tiqodli, jamiyatga foydali va namunali oilanimas aynan boy oila tushuniladi. Eng yomoni boy bo’lish noqonuniy ishlar qilishga ham imkon berishiga ishonishadi.
Albatta, moliyaviy erkinlik farovon hayot uchun juda muhim. Lekin, boy boʻlish marra emas shunchaki orzularga yetishdagi bir vosita bo’lishi kerak, nazarimda. Puldan muhim narsalar talaygina: sog’lik, yaqinlar, e’tiqod, qadriyatlar va hkz.
Menimcha, baxtsiz insonga boylik ham tatimaydi: avtobusda yig’laysanmi, mersedesdami nima farqi bor, to’g’rimi?
Har holda hozircha shunday fikrdaman, balki mersedes olsam fikrim o’zgarar)

“A cat that dreams of becoming a lion must lose its appetite for rats.”
- African Proverb