This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ibrat

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf haqida juda samimiy video ekan. Videoning e’tiborimni tortgan yana bir jihati shayx hazratlarining asosan ijtimoiy muammolar koʻtariladigan “Mushtum” jurnalini kuzatib borganliklari boʻldi. Ya’ni Shayximiz odamlarning maishiy muammolariga ham befarq boʻlmagan, jamiyat rivojini xohlagan inson boʻlganlar. Ularning deputatlik paytlaridagi ayollar huquqi haqidagi mashhur nutqini koʻpchilik eshitgan boʻlsa kerak.

Afsuski, ba’zi odamlarimizda diniy bilimlar faqat ohirat uchun kerak, bu dunyo saodatiga yordam bermaydi, degan qarash mavjud. Shuning uchun ham ba’zi ilmlarni faqat qariganda oʻrganilsa boʻldi, deb yurishadi. Jamiyatdagi muammolarga yechimlarni esa oʻz-oʻzidan tashqaridan izlash boshlanadi ( feminizm, gender tengligi, vhk). Bu albatta achinarli holat.

P.S. Hazrat hayotlariga bag’ishlangan hujjatli filmni koʻrib chiqishni hammaga tavsiya qilaman. Ramazon muborak!

@diyorbekegamovblog
#education

У тебя новый анонимный вопрос:


Post uchun mavzular yozmoqchiman:
1. Oʻzbekistonda maktab/universitetdagi darslarga qanday oʻzgartirishlar kiritish kk?



O'zbekistonda ta'lim tizimini yaxshilash eng ko'p muhokama qilinadigan mavzulardan hisoblanadi, shunday bo'lishi kerak ham o'zi. Shunday muhokamalarda ko'pchilik muhim bir jihatni unutib qo'yadigandek: mamlakatdagi hech qanday soha, u xoh ta'lim bo'lsin xoh tibbiyot, to'liq izolyatsiyalanmagan. Ya'ni boshqa sohalar rivojlanmasdan yakka o'zi rivojlana olmaydi. Boshqacha aytganda ta'lim tizimimizdagi ko'plab muammolar yechilishi uchun boshqa sohalar ham o'z navbatida o'sishi kerak. Masalan, maktablar soni yetishmovchiligi yoki ulardagi sportzal, hojathonalar bilan bog'liq muammolar yechimi bevosita iqtisodiy o'sishga bog'liq. Ya'ni butun tizim zo'r holatga kelishi qattiq mehnat va uzoq vaqt talab qiladi.

Shunday bo'lsa ham hozirning o'zida ba'zi ijobiy o'zgarishlarni amalga oshirsak bo'ladi. Oliy ta'lim tizimimiz haqida ma'lumotga ega emasman, lekin maktablarga oid qiziq takliflarim bor. Masalan, o'quvchilarga nisbatan tushunarsiz ta'qiqlarni( hijob, yigitlarning sochi, vhk) olib tashlash. O'qituvchilar faoliyatiga halaqit qiladigan yuklamalarni kamaytirish, masalan ularni jamoat ishlariga jalb qilish(shanbalik), ovoz yoki metallom yig'ishga ma'sul qilish, keraksiz qog'ozbozlik kabi ishlardan uzoq tutish kerak deb o'ylayman.

Katta sinflarda yangicha baholashni sinab ko'rsa bo'ladi. Ya'ni har bir darsda ulardan og'zaki savol-javob qilmasdan, faqat nazorat ishlari yoki guruh loyihalari orqali baholash. Shunda o'qituvchi ham to'liq 45 daqiqalikni mavzuni tushuntirish va o'quvchilarning savollariga javob berish bilan o'tkaza oladi. O'quvchilarga ham konspekt olish majburiy bo'lmay qoladi, nazorat ishlarining shaffofligi ta'minlansa bas. 9-sinfdan boshlab tanlov fanlarini joriy qilsa bo'ladi, masalan, yarim sinf fizika qolganlar biologiya fanini o'rganishadi. Prezident maktablarida bu yangiliklar amalda samarali ishlagan deb o'ylayman.

Xullas, Subyektiv videosida aytilganidek, o'rta ta'lim rivojlanishi uchun unda ishtirok etadigan barcha tomonlar: ota-onalar, davlat hodimlari, o'qituvchilar va o'quvchilar o'z vazifasini sidqidildan amalga oshirishi kerak.

@diyorbekegamovblog
Forwarded from 1% Bilim
Инстаграм зарбани қизларга беряпти. 

Инстаграм шунчаки расм қўйиш жойи эмас. Бу руҳиятни бузувчи куч. Ва айнан қизларга энг катта зарбани бераяпти. Жонатан Ҳаидтнинг The Anxious Generation китобида ёзилишича, 2010-2015 йиллардаги “катта ўзгариш” – яъни телефон ва ижтимоий тармоқларнинг болаликни эгаллаши – қизларни мукаммаллик ортидан қувишга, ўзини бошқалар билан солиштиришга ва ўзига зарар етказишга мажбур қилди.

Ўзига зарар етказиш 62%га ошган. 

2016 йилга келиб, АҚШдаги ўсмир қизлар орасида ўзига зарар етказиш ҳолатлари 2010 йилга нисбатан 62%га ошган. Бу шунчаки тасодиф эмас. Ҳаидт буни Инстаграмнинг оммалашиши билан боғлайди. Айниқса, Facebook уни сотиб олгач, илова янада кенг тарқалди. Инстаграмда фақат чиройли юзлар ва мукаммал ҳаётлар кўрсатилади. Қизлар эса бундай кўрина олмагани учун ўзини «жазолай бошлайди» – оч қолади, қаеринидир кестиради, нимадир улайди, қисқаси ўзидан қониқмайди. 

Болалар ҳам бундан мустасно эмас, лекин бу ҳақида батафсил кўпроқ ёзаман. Шунчаки китобда қизлар ҳақида алоҳида боб очилгани учун шу ерга қоралаб кетишни мақул деб топдим. 

Инстаграмда вақтини кўп сарфлаётган дўстингиз бор. Сиз бундан ҳавотирдасиз ва у инсон учун қайғурасиз. Мақолани ўша инсонга юбориб қўйинг. Зарар қилмайди.

Хуршид Марозиқов

@birfoizbilim
#travel

Los Angeles, California.

This city is a perfect blend of developed urban architecture and natural landscapes. So many iconic buildings and beautiful beaches.

Unfortunately, pictures don’t do justice to the beauty of those places, especially to the ocean.

@diyorbekegamovblog
#hayotiy

Mashhur faylasuf Suqrot aytganidek:

Hayotda futboldan ham muhim narsalar borligi naqadar yaxshi…”

P.S.Remontada is incoming
….

@diyorbekegamovblog
#nazm

Oʻzbekiston.

Bir o‘lkaki...
Oybek

Bir o‘lkaki, qaro, timqaro,
Ko‘zlari oq, oqdir tishlari.
Bir omadi — sovqotmaydi hech,
Terga botib o‘tar qishlari.

Shunday qizg‘in mehnatga yordir,
Bir lahza ham bekor vaqti yo‘q.
Hamma-hamma narsasi bordir,
Bechoraning faqat... baxti yo’q.

© Matnazar Abdulhakim.

@diyorbekegamovblog
#meme

Truer meme has never been made.

@diyorbekegamovblog
#hayotiy

Finally, I am done with my final exams. I can't say I have performed well in the semester but I did try. At least I got perfect scores in all the exams from my economics class. I really enjoyed the class as I did in my first Econ class. Maybe, in parallel universe I could have been a happy economist with excellent grades and a balanced social life....

But I must say I do enjoy my engineering classes and have a feeling that they will not be wasted in the future, Inshaallah.

@diyorbekegamovblog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya

Hamid Sodiq bilan filmlar haqida qarashlarimiz va didimiz juda oʻxshash ekan.

@diyorbekegamovblog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kichik mag’lubiyatlar haqida

Koʻpchilikimiz yangi odatlar shakllantirishni yoxud boshqa usullar orqali hayotimizni tartibga solishni maqsad qilamiz. Ba’zilar oʻziga “dushanbadan zalga chiqaman, keyingi oydan kitob oʻqishni boshlayman…” kabi va’dalar beradi. Albatta bunday niyat qilish yaxshi, lekin bularni uddalay olmaslik ruhiy holatga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ayniqsa, bu holat koʻp bora takrorlansa insonning oʻz soʻziga boʻlgan ishonchi va hurmati tushib ketadi. Oʻziga va maqsadlariga ishonmaslik esa insonni juda zaif qilib qoʻyadi.

Aslida muhimmas va oddiydek tuyilgan vazifalarni vaqtida bajarish kelgusida ulkan muvaffaqiyatlarga sabab boʻlishi mumkin, yoxud teskarisi. Shuning uchun ham bunday “kichik mag’lubiyatlar” ga tez-tez uchrashga yoʻl qoʻymaslik kerak.

P.S Hozirgi kunda Konor Makgregor intizom va ruhiy quvvat haqida gapirishi ironiyadek tuyilishi mumkin, ammo qachonlardir aynan u intizom va mehnat orqali muvaffaqiyatga erishishning yorqin misoli sifatida qaralardi.

@diyorbekegamovblog
#hayotiy

Me: waching the game on the phone as we qualify for the WC during the class.
My Professor: Well this is the most excited I have seen a person feel about microelectronic circuits!

@diyorbekegamovblog
Ko‘nglingizni nima bilan to‘ldirsangiz — shunga aylanasiz.

E’tibor berganmisiz, Ramazon oyida odamlar ancha e’tiqodliroq tuyiladi: ehsonlar ko‘payadi, o‘zaro hurmat oshadi, jamoat tartibi saqlanadi, insonlar muloyim va kechirimli bo‘lishadi. Bu holat, albatta, Ramazon oyining muborak va barokatli ekanidan darak beradi. Shu bilan birga, bu oydagi umumiy ijobiy muhit ham iymonimizga ta’sir qiladi, nazarimda.

Ramazon oyida bizni doimiy yaxshilikka undovchi omillar ko‘p bo‘ladi: ro‘za orqali gunohlardan tiyilishga harakat qilamiz, televizorda ma’ruzalar va islomiy seriallar, ijtimoiy tarmoqlarda esa ibratli kontentlar ko‘payadi, mahallalarda birgalikda iftorliklar uyushtiriladi. Atrofimizda shakllangan go‘zal muhit esa amallarimizga, hatto qalb holatimizga ijobiy ta’sir qiladi.

Shuni aytmoqchimanki, atrofimizdagi insonlar, ko‘rayotgan va o‘qiyotgan materiallar axloqimiz va e’tiqodimizga ta’sir qilmasdan qolmaydi. Ba’zan kichik gunohlarni e’tiborsiz qoldirib, “Islom qalbda bo‘ladi, asosiysi niyatim to‘g‘ri” deb o‘zimizni ovutamiz. Ammo bu to‘g‘ri yondashuv emas.

Aql va tanamiz mashqga muhtoj bo‘lgani kabi, qalbimiz ham doimiy ravishda ezgu amallar va ilm bilan to‘yintirilishga muhtoj. Shuning uchun bo‘lmag‘ur, behuda narsalarga vaqt sarflamasdan, ilmli, solih insonlarga havas qilib, o‘zimizni doimiy takomillashtirish foydali yo‘ldir.

Bu holat xuddi shundayki: bilimli insonlar bilan do‘stlashganda, “hali ko‘p o‘rganishim kerak” degan fikr tug‘iladi; bekorchi odamlar davrasida esa “men yetarlicha bilaman” degan kibr yuzaga chiqadi.

Yaxshi eslayman, “Saodat asri qissalari”ni doim eshitib yoki shayximizning asarlarini o‘qib yurgan paytlarimda o‘zimni tergash, nasihat olish va har bir qarorga mas’uliyat bilan yondashishim ancha oson kechardi. Shu sababli kundalik hayotimizda bizni yaxshiroq bo‘lishga undovchi manbalarni — ilmiy kontent, saviyali podkastlar, ibratli hikoyalar, foydali kitoblarni — ko‘paytirishimiz lozim.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifamiz, yoki tasavvurimizdagi “ideal men” – ayni holatimizdan yaxshiroq bo‘lishi uchun harakat qilishimiz kerak. Intizom bilan o‘zgargan odamni “kecha qanday edi, bugun kim bo‘lib qolibdi” degan gaplar to‘xtatmasligi lozim.

“Oldin qilmagan ishi qolmagan, hozir ma’rifiy kitob o‘qiyapti emish...”
“Kecha ochiq yurardi, bugun hijob o‘rab olibdi...”
— kabi gap-so‘zlarga parvo qilmaslikni o‘rganishimiz kerak. Chunki faqat shundagina biz yaxshiroq inson, yaxshiroq musulmon bo‘la olamiz.

P.S. Bu post avvalo o‘zimga nasihat sifatida yozildi, chunki atrofimdagi voqealar menga ta’sir qilishini yaxshi bilaman. Balki boshqalarda ham shundaydir, degan niyatda ulashdim.

#long_read #ibrat

📎 @diyorbekegamovblog
2025/06/29 08:59:49
Back to Top
HTML Embed Code: