Bugun @bookuzbekistan’dan ajoyib sovg’alarimni oldim. Ushbu rasmdagi kitoblar hali ko’pchilik uchun notanish. O’zim ham birinchi marta bu kitoblarga ko’zim tushganda zamonaviy turkcha “o’ldim-kuydim” adabiyotlardan biri bo’lsa kerak deb e’tibor ham bermagandim, lekin Madina Qurbonovadan (@bookuzbekistan’ga borganda ko’rgansizlar, ko’pchilik yaxshi taniydi) “Sizga mos psixologik roman” - degan fikrni eshitdim. Ushbu ta’rifdan keyin yo’lda, uyga qaytayotgan vaqtimdayoq mutolaani boshlab yubordim.
Aytgancha, kitobga mos shokolad ham bor) Siz mutolaa qilayotgan kitobingizga mos shokolad xarid qilgan va shu shokolad bilan mutolaani davom ettirgan bo’larmidingiz? Men darrov boshlab yubordim.
@bookuzbekistan’dan yana shunaqa orginal yangiliklar kutib qolamiz.
Kitoblar haqidagi fikrlarimni esa mutolaani tugatgandan keyin yozaman. Anchadan beri o’qigan kitoblarimga fikrlarimni yozmay qo’ygandim. Balkim shu kitob mutolaasidan keyin yana aktiv holatda yozishda davom etarman.
@doctorsmind📖

❤5🔥4🥰1
Sevimli asarlarimdan birining uchala tildagisi oxiri bir joyga yig’ilishdi)
Siz ham sevimli asarlaringizni har xil nashrlarini yig’asizmi?
@doctorsmind📖
Siz ham sevimli asarlaringizni har xil nashrlarini yig’asizmi?
@doctorsmind📖
🥰14😍7🔥1
✍️Stefan Sveyg
📖”Kristina”
Kitob nomi va muqovasiga qarab yosh bir qizning hayoti va boshdan kechirganlari haqidagi asar deb o’ylashingiz mumkin. Aslidachi? “Kristina”da qiz va yigit hayoti misolida Birinchi jahon urushidan keyingi davrdagi odamlar his qilgan o’ylar-u kechinmalardan tortib, davrning dolzarb muommolari, odamlarning yashab qolishi uchun qilgan sa’y-harakatlari to’liq ochib berilgan.
Odatda, Remark asarlarida mana shunday insonlar ko’p uchrar edi. Urushda qatnashgan va urush tugagandan keyin o’z yurtiga qaytib kelgan lekin o’z hayotini yangidan qura olmagan oraliqdagi insonlar. “Kristina” menga Remark asarlarini eslatib yubordi.
Asar bosh qahramoni Kristina kichkinagina pochtada ishlaydi, o’z hayotidan hozircha mamnun, nochorlikda yashasa ham hayot shunday bo’lishiga ko’nikkan, lekin kunlarning birida kiborlar davrasiga mansub xolasi uni mehmonga taklif qiladi. Kristina mehmonda qisqa vaqtga bo’lsa ham o’zini aslzoda xonimdek his qiladi. Ya’ni bir aylanib malikaga aylanadi. Asarning shu joyi biroz ertaklarni eslatib yuboradi, lekin Kristina ertakda emas, real hayotda yashayotgan edi, qisqa muddatlik malikalikdan keyin o’z hayotiga qaytishga majbur bo’ladi. Hech qanday oq otdagi shahzoda uni olib ketmaydi. O’z dunyosiga qaytgan Kristina endi avvalgi o’z hayotiga ko’nikkan Kristina bo’a oladimi? Anglaganingizdek yo’q!!!
Kiborlar davrasidagi va o’z hayotidagi urush qiyinchiliklarini ko’rgan insonlar o’rtasidagi tafoutni ko’rgan Kristina uchun endi yashashning qizig’i yo’qdek tuyila boshlaydi. Xuddi shu damda u kabi o’z yo’lini topa olmayotgan, urushdan kelgandan keyin hayoti butkul o’zgargan Ferdinand bilan uchrashadi. Bu ikki yosh o’sha damda o’zlari uchun tinglovchi, yaralarga malham bo’luvchi hamdard insonni qidiradilar va ayni kerakli vaqtda to’qnashadilar. Qisqa vaqt davomida bir-birlariga yordam ham berdilar lekin bu ularning yashab qolishlari uchun kifoya qildimi?
Stefan Sveyg ushbu asarni Mixail Bulgakov “Usta va Margaritta”ni umrini so’nggiga qadar yozgani kabi hayoti tamomlanguncha qo’lidan qo’ymagan ekan. Ehtimol, u yoshlarning taqdirini qanday tugatishni uzoq o’ylagandir? Shuning uchun ham asar yakuni biroz tushunarsizroq, lekin har bir kitobxon o’zi uchun xulosa yarata oladi. Balkim Sveyg xuddi shu narsani xohlagandir?
Asarni tamomlaganimga 1 oydan oshgandi, bugun qandaydir turtki bilan fikrlarimni qoralab qo’ydim. Balkim, bu asarni o’qishga ikkilanayotganlar yoki o’ylayotganlar uchun foydali bo’lar.

🔥14👍5🥰1🤩1
Oxirgi vaqtlarda kanalim borligi yodimdan chiqib qolmoqda. Ketma-ket tugatayotgan kitoblarimga ba’zan taqrizlar yozish hayoldan ko’tarilib qolayotgan bo’lsa, ba’zan esa vaqt yetishmovchiligi sababli taqrizlar yoza olmayapman, lekin yaxshiyam nashriyotlar bor, man aktiv bo’lmasam ham yangi chiqayotgan kitoblari bilan eslatib turishadi. Kuni kecha ham @factor_books’dan ajoyib kitoblar to’plamini sovg’aga qabul qilib oldim. Kitoblar orasidan ayrimlarini o’qiganman, lekin man uchun kitobning ortiqchasi yo’q.
Aytgacha, endigina yangi chiqqan “Hellados” kitobi uchun alohida rahmat!
@doctorsmind📖
Aytgacha, endigina yangi chiqqan “Hellados” kitobi uchun alohida rahmat!
@doctorsmind📖
👍13❤7🔥2🥰2👏1🎉1
Boshqa book bloglarda ham ushbu taklifnomani ko’rgan bo’lsangiz kerak. Demak, borish kerak)
@doctorsmind📖
@doctorsmind📖
👍7❤4👏1
Doctor's Mind 👩⚕️
Boshqa book bloglarda ham ushbu taklifnomani ko’rgan bo’lsangiz kerak. Demak, borish kerak) @doctorsmind📖
Aynan shu asarning taqdimoti bo’lib o'tadi. Bu kitob yaqindagina kutubxonamdan joy egallagandi.
@doctorsmind📖
@doctorsmind📖
🔥9🥰1
Kecha facebook’dagi “Kitobxonlar davrasi” guruhining navbatdagi uchrashuvi Toshkent shahrida @bookuzbekistan do’konida bo’lib o’tdi.
“Kitobxonlar davrasi” uchrashuvi tashkilotchilari va ishtirokchilarining ko’pchiligini tanisamda, guruhda postlar qo’ygan bo’lsamda hali biror marta jonli uchrashuvga kelmagan edim. Har doim g’oyibona ravishda rasm va videolar orqali uchrashuv muhitini tasavvur qilardim. Kecha birinchi marta uchrashuvga tashrif buyurdim, lekin uzoq yillik tanishlarim davrasida o’tirgandek bo’ldim.
Uchrashuv haqiqatdan ham adrenalinga juda boy bo’ldi, ayniqsa olgan kitoblarim, sovg’alarim, vaucher har tomonlama esda qolarli bo’ldi. Uchrashuv tashkilotchilar va barcha tanishlarimga kechagi kun uchun katta rahmat! Barcha ishtirokchilarni o’zim uchun qaytadan kashf qildim.

🥰4🔥3👏1