#mutolaa
"Latte omili"ni o'qishni boshladim va boshlanishidanoq har kuni ko'chadan sotib olib ichiladigan mana shunday ichimliklar(kofe, kola)dan voz kechish kerakligini tushundim)
@doctorsmind📖

👏8🥰6👍5🎉1
✍Devid Bax, Jon Devid Mann
📖"Latte omili"
Pul topish va uni jamg'arish haqidagi bilimlar hamma davrlarda ham birdek dolzarb bo'lgan. Boy va badavlat bo'lish, erkin hayot kechirish, qarzlarsiz yashashni kim ham xohlamaydi deysiz? Ko'pchilik odamlar kutilmaganda lotoreyadan katta miqdordagi pul yutug'i chiqishi yoki hayotlariga bir qop pul ko'tarib oq otdagi shahzoda kelishi haqidagi mo'jizalarga ishonib yashashadi. Afsuski moliyaviy erkinlikka kundalik turmushdagi oddiy odatlarni, hayot tarzini o'zgartirish orqali ham erishish mumkinligini hamma ham bilavermaydi. Vaholanki qo'lingizda katta miqdorda pul bo'lganda ham siz uni ushlab qolishni bilmas ekansiz hammasi bekor. Mo'jizaviy lotoreya yutug'i ham, oq otdagi shahzodaning yordami ham.
"Latte omili" sizga ana shu bilimlarni sodda va tushunarli tarzda yetkazib beradi. Kitobni moliyaviy bilimlarga umuman ega bo'lmagan har qanday inson o'qiy olishi mumkin. Qahramon qiz Zoining kundalik hayoti misolida qiziqarli tarzda hikoya qilib beriladi.
Xo'sh, latte bu - o'zi qanday omil?
Har birimizning hayotimizda keraksiz xaridlar yaxshigina topiladi. Ba'zan shunchaki xursandchilik yoki oddiy ermak yoki bir necha minutlik xotirjamlik uchun xaridlarni amalga oshiramiz. Ko'rinishidan arzimasdek tuyiladigan bunday har kunlik harajatlar oylar, yillar bo'yicha hisoblaganda hayratlanarli kattagina miqdorga aylanadi. Insonning hayotini juda oddiy g'oyalar o'zgartiradi, murakkablari emas.
Albatta bunday sevimli harajatlardan umuman voz kechish qiyin lekin "Avvalo o'zingizga to'lang!" va keyingina ishlating.
"O'zingizga to'lang" bu nima degani? Bu har bir oylikni olishingiz bilan birdaniga xaridlarga berilib ketmasdan, uning bir qismini avtomatik ravishda kelajak uchun olib qo'yish. Bizda odatda taxminan shunday bo'ladi. Oylikni olishimiz bilan unga buncha, bunga uncha deb butun boshlik maoshni yo'q qilib yuboramiz. Kelajakdagi sevimli orzularingiz( masalan sayohat, hobbi) uchun pul jamg'armoqchimisiz? Bu odatingizdan voz keching va avvalo o'zingizga to'lang! Ba'zida eng oddiy haqiqatlar kishinining e'tiboridan osongina chetda qoladi. Yoki oddiy bo'lgani uchun... chetga suriladi. Odamlar drammatik narsalarga o'ch, oddiy haqiqatlar oldidan beparvo o'tib ketishadi.
Dastlabki kunlarda sizga bu kichik odatlarni bajarish juda qiyindek tuyiladi. Unutmangki, kelajakda kattaroq nimagadir erishish uchun bugun kichik narsadan voz kechish kerak bo'ladi.
Kitob menga yoqdi. Oddiy haqiqatlarni oyna kabi ko'rsatib bera oldi. Sekin o'qisam kerak deb o'ylagandim, lekin tez yakunlandi.
Ancha yilardan beri o'z shaxsiy jamg'armasini yig'ib kelayotgan, pul bilan bog'liq bilimga ega insonlarga biroz soddadek tuyilishi mumkin, lekin yuqorida aytganimdek hamma ham bu oddiy bilimlarni bilib, hayotida ishlatib ko'rmagan. Maslahatlar sodda bo'lgani bilan ularning amali oson ish emas.
Masalan, sog'lig'ingizga g'amxo'rlik qilishni boshqa birovga topshira olmaysiz, pul ham xuddi shunday. Daromadingiz ham, sog'lig'ingiz ham boshqa birovning emas, butunlay o'z qo'lingizda.
Albatta yakuniy xulosani har kim o'zi uchun o'zi chiqaradi. Dastlabki moliyaviy bilimlarni o'rganish uchun o'qish shart bo'lgan kitob.

❤13👍8🎉2🥰1
✍️Luiza Mey Olkott
📖"Kichkina xonimlar"
"Kichkina xonimlar" asari o'z nomidan ham ma'lumki, amerikalik 4 opa-singil Meg, Jo, Bes, Emining hayotiga oid voqealarni o'z ichiga oladi. Asarda har bir qizning hech kimninkiga o'xshamas fe'l-atvori, boshdan kechirgan sarguzashtlari, orzu-umidlari, ota-onasiga mehri yaxshi ochib berilgan.
Shu bilan birgalikda o'sha vaqtdagi AQSHdagi fuqorolar urushi sababli oiladan ancha uzoqda bo'lgan turmush o'rtog'isiz barcha qiyinchiliklarga ko'z yumib farzandlarini hech kimdan kam qilmay katta qilayotgan missis March obrazi asarni mahkam tutib turuvchi qismlaridan biridir.
Yozuvchi ushbu asar orqali o'z hayot yo'li va opa-singillarini tasvirlashga harakat qilgan. Asardagi sho'x-shaddod, o'g'il bolalarga o'xshaydigan, yozuvchi qiz Jo bu uning o'zi bo'lib, u ushbu obrazni o'z xarakteri orqali jonlantirishga harakat qilgan. Opa-singillarning barchasi har qanday vaqtda bir-birini qo'llab-quvvatlashi, o'ziga qadrli buyumini bir-biridan qizg'anmasliklari, ahil-inoqliklari chiroyli tasvirlangan.
Luiza Mey Olkottning o'zi xotin-qizlarning o'qishini qattiq qo'llab quvvatlaydigan ayol bo'lganligi sababli asardagi ayol obrazlarning barchasini ilmga chanqoq, jamiyatda o'z o'rniga ega, ahaxsiy ovoziga ega inson sifatida tasvirlaydi. U ayollarning kuchli, o'ziga ishongan, g'ururli bo'lishlarini xohlaydi.
To'g'risi asarni juda sekinlik bilan tamomladim, chunki asar voqealari jonli tasvirlangan bo'lsada, qizlarning kundalik hayot va yumushlari men uchun zerikarlidek tuyildi. Asarda yaqqol kulminatsiya, voqealar rivojining cho'qqiga chiqish holati deyarli yo'q. Barcha voqealar bir tekisda tasvirlanadi, lekin o'sha davr Amerika hayotiga qiziquvchilar va bolalikka qaytishni xohlovchilar uchun yaxshi asar.

❤16👏5👍2
Bugun Xalqaro blogerlar kuni ekan. Shu matnni o'qiyotgan blogerlarning barchasini tabriklayman.
Blogerlar orasida bookbloger bo'lish boshqachada, baribir)
Aslini olganda, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida o'z shaxsiy fikri bilan chiqa olgan har bir inson bloger hisoblanadi.

❤21🎉4👏2
Barchaga Arafa muborak bo'lsin!!!
Bayramga ko'pgina kitob do'konlar aksiya o'tkazmoqda. Aynan shu imkoniyatdan foydalanish uchun bugun @bookuzbekistan'ga bordik. Shu bilan birgalikda yangi ishga tushgan kafe xizmatlaridan ham foydalandik. Muzdekkina ichimlik yoki chizkeykni olib maza qilib mutolaa qilinadigan joy bo'libdi.
Rasmda oxirgi kunlarda olgan tandirdan chiqqandek issiqqina yangi kitoblarim. Shulardan faqatgina "Rimlik ayol"ni o'tgan haftada tugatganman.

🔥15👍6❤3🥰2👏1
✍Alberto Moravia
📖"Rimlik ayol"
Odamlar insonning aqlini, hatto iste'dodini ham kechira oladilar, lekin hech qachon go'zallikni kechirmaydilar.
Monika Beluchchi
Odamlar baxtli bo'lish uchun go'zal bo'lib tug'ilish kerak, go'zallik bilan hamma narsaga, baxtga ham, boylikka ham erishish mumkin deb hisoblashadi. Aslidachi? Go'zallik insonni baxtli va boy qila oladimi? Go'zallik hamma narsaga qodir sehrli kuchmi?
SHunday gap o'qigandim:" Go'zal ayollar kamdan-kam hollarda yolg'iz, lekin ko'pincha yolg'iz". Bundan kelib chiqadiki, go'zal ayolga yaqinlashishga hamma-ham jur'at qila olmaydi, ko'p erkaklar chiroyli ayol oldida o'zlarini bir umrga tasavvur qila olmaydilar, go'zal ayolga ko'pincha shunchaki vaqtinchalik foydalaniladigan qandaydir vosita sifatida qarashadi. To'g'ri, hamma go'zallarning taqdiri bunday emas deyishingiz mumkin, lekin aksariyat go'zallarga erkaklar jiddiy niyat bilan emas, vaqtinchalik o'zlarini sinab ko'rish uchun yaqinlashadilar va bu uzoq vaqt davom etmaydi, afsuski.
Taqdirini o'qib yaxshi fikr ham, yomon fikr ham ayta olmaganim rimlik ayol Andrianachi? U go'yatda go'zal edi. Uchragan har bir erkakka hech shubhasiz yoqqan bu ayol baxtlimidi? Yoki o'zini baxtli deb hisoblarmidi?
Oddiy oilada dunyoga kelgan bu qizning birdan-bir niyati oila qurish, sevgan insoni bilan farzandlar ko'rish edi. Ba'zida inson juda oddiydek ko'ringan niyatiga ham erisha olmaydi.
Ilk bor sevgan insonidan alamini olish maqsadida foxishalikka kirgan bu ayol qanday beg'ubor orzularni hayol qilardi, lekin bu botqoqdan chiqib ketishni xohlamaydi, davom ettiraveradi. Qachonki, hayotida Jakomo paydo bo'lgunga qadar.
Asarni dastlab Solih Qahhorning "Adashgan qiz daftari" ya'ni Tahminasiga o'xshatdim. O'qishni boshlashdan avval ham "ikkinchi Tahmina" bo'lsa kerak deb o'ylab boshladim. To'g'ri g'oyasi deyarli o'xshash, lekin "Rimlik ayol" ning darajasi "Tahmina"dan yuqori. Balkim Solih Qahhor ham "Rimlik ayol"dan ilhomlanib o'z Tahminasini yaratgandir.
"Rimlik ayol" "Tahmina"dan ko'ra ko'proq yoqdi, unda har bir qahramonning ichki va tashqi dunyosi batafsil ochib berilgan. Andriananing butun hislari, o'ylashlari ochib berilganki, siz uni hecham yomon ko'rib qolgingiz kelmaydi. Uni tushuna boshlaysiz. Asarda hattoki Andriananing vaqtinchalik tanishlari ya'ni kichik epizodlarning ham tasviri juda kuchli darajada. Qoyil qolmaslikning iloji yo'q.
Kitob sotuvga chiqishidan avval chop etilishi bo'yicha bir qancha e'tirozlarga ko'zim tushgandi. "Foxishalar hayoti bizga nima uchun kerak?" mazmunidagi postlarni ko'rgandim. Albatta adabiyotda har bir odam bosh qahramon bo'la olishi mumkin. Ko'chadagi pista sotuvchidan tortib, ruhiy kasallar shifoxonasi bemorigacha, chunki ularning har birining o'z dunyosi, ruhiyati, qarashlari mavjud. Xuddi shunday foxishalarning ham. Ularning ham o'z taqdir yo'li, o'z haqiqati mavjud. Eshitganda hatto jirkanadigan insoningizning ham hayot yo'li kimgadir qiziq, kerakli va yo'l ko'rsatuvchi bo'lishi mumkin.
Kitobni tugatganimga yaqinda 1 oy bo'ladi. Odatda fikrlarimni mutolaa yakunlanishi bilan fikrlar "issig'ida" kelib turganda yozardim. "Rimlik ayol"da esa unday bo'lmadi. Fikrlarni deyarli 1 oy davomida oz-ozdan qayd qilib bordim. Negadir bu asardan keyin fikrlarimda chalkashlik, tushunarsizlik yuzaga keldi. Kitobni o'qiganlar siz bu asar haqida nima deya olasiz? Uni o'qish shart(mi)?
Nafsoniyat - sirli bir mahluq, u eng dahshatli zarbalar yog'ilganda ham bepisand uxlayveradi va arzimas timdalashdan qattiq yaralanib, birdan ko'z ochadi.

👍18❤6🥰2🤔2🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi “Xalqaro kitobsevarlar kuni” bilan barcha-barchani ya’ni ayni damda charchamasdan ketma-ket kitob o’qiyotganlardan tortib vaqtinchalik mutolaadan uzoqlashgan hamma kitobxonlarni tabriklayman. Asosiysi, qalbingizda kitobga bo’lgan mehr bo’lsa, bas.
@doctorsmind📖
@doctorsmind📖
❤17🔥7🥰3👍1
Noyob kitoblarni o’qishga va yig’ishga qiziquvchi kitobxonlar shu yerdamisiz? Hozir sizlarga ajoyib, estetik zavq bera oladigan “O’zbekiston madaniy merosi jahon to’plamlarida” doirasida chop etilgan kitoblar to’plamini tavsiya qilmoqchiman. Ushbu to’plam 2017-yildan buyon nashr etib kelinmoqda va 100 tomga yetishi mo’ljallangan. Ensiklopedik, ko’rgazmali ushbu kitoblar to’plami nafaqat sizni bilimingizni oshishiga yordam beradi, balkim katta zavq ham beradi.
Rasmlardagi kitoblar bilan tanishib chiqing, ushbu kitoblar aynan sizdek kitobxonlar uchun mo’ljallangan. Shaxsiy kutubxonangiz uchun ajoyib sovg’a bo’la oladi.
Kitob o’zbek, rus, ingliz tillarida bo’lib, sifati ham a’lo darajada.
Kitob bo’yicha savollar va narxlar bo’yicha @bookuzbek_jizzax profiliga murojaat qilishingiz mumkin.

👍8