Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yozish baribir yaxshi mashg’ulotda. Fikrlaringizni bitta tizimchaga qator qilib joylashtirasiz, miyada tartibsiz va qalashib yotgan turli xil o’y-hayollarni bir butun qilib umumlashtirasiz. Yozib bo’lgandan keyin esa ajib yengillikni his qilasiz, chunki endi miyadagi fikrlar tartibli va tushunarli holatda. Uni o’qib nafaqat o’zingiz, balkim boshqalar ham fikrlaringizni bemalol tushuna olishadi.

@doctorsmind📖
#yangi_kitoblar

Kitobxon insonning yana bir xususiyati shundaki, uyida o’qishga kitoblari yetarli darajada ko’p bo’lsada tinmay kitob sotib olaveradi, chunki yangi kitoblarni sotib olish jarayoni uni mutolaa qilishdanda qiziqarli.

Shanba kuni @bookuzbekistan’dan bir nechta yangi kitoblar xarid qildim. Oxirgi vaqtlarda tarixiy mavzudagi kitoblarga qiziqishim ortgan. Bu safar 2 ta tarixiy kitob olibman.
“Shaxsiy xona” va “Atrof to’la ahmoqlar” kitoblari esa yaqin kunlarda nashrdan chiqdi.

@doctorsmind📖
#taqdimot

Virjiniya Vulfning “Shaxsiy xona” kitobi sotuvga chiqqani haqida xabaringiz bor bo’lsa kerak. Ertaga book.uz’da aynan shu kitobning taqdimoti bo’lib o’tadi. Barchangizni shu tadbirga taklif qilib qolaman. Ajoyib davra, maroqli suhbat uchun ideal variant.

@doctorsmind📖
Kuzgi mutolaam "Jinoyat va jazo" bilan a’lo darajada o'tmoqda. Asar menga yangi anglashlarni bermoqda.

Endi umumiy suhbatlarda "Jinoyat va jazo”ni o’qiganman deb bemalol faxrlana olaman)

@doctorsmind📖
Diqqat!

Doimiy uzun taqrizlar va intelektual postlar alohida diqqat va kuch talab qiladi. Kitobga aloqador blog kuzatuvchilari ko‘p emas. Lekin siz doimiy kitob o‘qiyapsiz va bizni kuzatib boryapsiz.

Shunday ekan, obunachilarimizni xursand qilish maqsadida @doctorsmind va @quyoshtaraflarda kanallari hamkorligida tanlov o'tkazishga qaror qildik.

Qatnashish shartlari juda oddiy: Kanallarga a‘zo bo‘lib, @quyoshtaraflarda kanali izohlarida "+" belgisini qoldirasiz G‘oliblar random orqali aniqlanadi.

Sovg‘alarimiz:
1-o‘rin uchun: "Graf Monte Kristo" 2 qism, "So‘nggi orol", "Haram".
2-o‘rin uchun: "Anna Frank kundaligi", "Muhabbat masofasi", "Million dollarlik xatolar"
3-o‘rin uchun: "Mo‘yna mantodagi madonna", "Jentelmen o‘g‘ri".

Hamma kitoblar o‘qishli va pochta orqali bepul yetkazib beriladi. Maqsadimiz kitobxonlikni kengroq targ'ib qilish va bilim ulashishda davom etish.

E‘lonni kitobxon do‘stlaringizga ulashishingizni va bizni qo‘llab-quvvatlashingizni so‘raymiz.

@quyoshtaraflarda & @doctorsmind
​​✍️Moris Leblan
📖”Arsen Lupen - Jentelmen o’g’ri”

Eng yaxshi ko'rgan janrlarimdan biri bu - detektiv. Ba’zi-ba’zida dam olish maqsadida shunday asarlarga murojaat qilib turaman. Ko’pchiligimiz ingliz detektiv yozuvchilarining asarlarini yaxshi bilamiz va ko’p o’qiganmiz. Agata Kristi va Artur Konan Doylning asarlari asosida ishlangan filmlarni esa hattoki yoddan bilamiz. Bugun esa inglizlarga javoban fransuz yozuvchisi Moris Leblan tomonidan yaratilgan obraz Arsen Lupen haqida gapirmoqchiman. “Arsen Lupen” bir nechta qissa va romanlar turkumidan iborat bo’lib, “Arsen Lupenning hibsga olinishi” hikoyasidan boshlanadi. Barcha hikoyalarda Arsen Lupen sirli shaxs sifatida namoyon bo’ladi va odatda, deyarli ko’p hikoyalar aynan Lupenning o’zi tomonidan hikoya qilinadi.
Kitob Lupenning bir nechta jinoyatlari ochib berilgan hikoyalardan iborat bo’lib, u boshqa jinoyatchilardan tubdan farq qiladi. Faqat noqonuniy yo’l bilan boylikka ega bo’lgan shaxslarninggina dodini beradi. Bundan tashqari u kuchli grim qilish qobiliyatiga ega ekanligidan kitobxon uning aslida kim ekanligiga shubha bilan qarashni boshlaydi.

Ushbu yangi kitob yangi nashriyot “Orimedia” tomonidan yaqindagina nashrdan chiqqan. To’g’risi aytganda, voqealar rivoji sirli, lekin Sherlok Xolms va Puaro bergan zavqni bera olmadi. Aytgancha, ushbu asar asosida filmlar ham ishlangan, lekin filmini hali ko’rmaganligim sababli biror fikr bildira olmayman.

@doctorsmind📖
#yangi_kitoblar

Anchadan beri orzu qilib yurgan kitoblarim endi menda ham bor😍
Bu kitoblarni albatta kuzgi mutolaa uchun qo’shaman.

@doctorsmind📖
Shunday qilib tanlovimiz yakuniga yetdi. Go‘liblarni jonli efirda aniqladik:

1-o‘rin: @LevDostoyevskiy
2-o‘rin: @Bekmirzayeva_765
3-o‘rin: @Mohigul_Zafar

Hamma ishtirokchilarga rahmat. Bu boshlanishi edi. Kelasi oylar bundan ham qiziqarli tarzda o‘tkazishga harakat qilamiz. Rejalarimiz ko‘p. Sizlar esa biz bilan qoling va kanallarimizni kuzatishda davom eting.

@quyoshtaraflarda & @doctorsmind
​​✍️Fyodor Dostoyevskiy
📖”Jinoyat va jazo”

Dostoyevskiy men uchun hali kashf qilinmagan, noma’lum yangi dunyo edi, chunki uning kichkina asarlari bilangina cheklangan edim. Har doim Dostoyevskiyning dunyosiga kirishdan qo’rqib hadiksirab turardim, uning biror yangi asarini o’qishga ikkilanardim. Xuddiki, uning asarlari men uchun emasdek tuyilardi. Oxiri o’zimga o’zim o’qiysan, hozir ayni payti dedim. Dostoyevskiy tomonga katta qadamlarni “Jinoyat va jazo” orqali tashladim. Bir necha kun davomida shu yangi olamda yashadim va tushundimki, Dostoyevskiy aynan men kutgan va xohlagan yozuvchi. Faqat bitta afsuslanish bo’ldi ya’ni avvalroq o’qimaganimga afsuslandim. Asarga dastlabki sahifalardanoq berilib ketdim, undagi tushkunlik, yetishmovchilik, xafagarchiliklar ruhiyatimni sindira olmadi, aksincha mutolaaga qiziqishimni yanada oshirib yubordi.
Asar voqealariga biroz to’xtalib o’tmoqchiman. Bosh qahramon sobiq talaba Rodion Raskolnikov bo’lib, asar uning hayollaridagi o’ylar va maslahatchi Marmeladov bilan bo’lgan suhbatlari asosida boshlanadi. Aynan mana shu suhbat asarning tuguni bo’lib, shu suhbatdagi barcha fikrlar va noaniqliklar butun asar davomida yechib beriladi. Kitobxon asarning boshidagi suhbatda keltirilgan fikrlarni butun asar davomida tushunib, mag’zini chaqib boradi.
Raskolnikov odamlarni ikki xil toifaga bo’ladi: odmi odamlar, ya’ni o’ziga o’xshagan insonlarni ko’paytirishgagina qodir odamlar, ular shunchaki odamlar sonini ko’payishi uchun xizmat qiladilar. Ikkinchisi, odam deb atashga arziydigan, hayotda yangilik yarata olish imkoniyatiga ega bo’lgan, ilgari solingan izlardan yurmaydigan, qonunlarni o’zgartira oladigan odamlar turi. Birinchi toifa insonlar o’z hayotlaridan shikoyat qilmaydilar, ularning tug’ilishlari va dunyodan o’tishlari ham hech kimga sezilmaydi. Ikkinchi toifa insonlar esa isyonkorlar bo’lib, ular o’zlaridan nimadir nom qoldirishga harakat qiladilar. Albatta ikkinchi toifa odamlarning faoliyati qurbonliku qonxo’rlikni talab qiladi, chunki dunyodagi hech bir kashfiyotu o’zgarish osonlikcha paydo bo’lmagan. Qanchadan qancha odamlarning o’limiyu yo’qotishlar evaziga paydo bo’lgan. Masalan, oddiygina misol, shifokorlar biror davolash usulini kashf qilmoqchilar, lekin uni amaliyotga tatbiq qilish uchun bir nechta sinovlardan o’tishi kerak. Bu degani bir nechta odamlarning hayoti evaziga shu kashfiyotga ega bo’lish mumkin. Kashfiyotning kelajakdagi ahamiyatining oldida bir nechta insonlarning hayoti hech nima emas, chunki shu tadqiqot sababli yaxshi kelajakka ega bo’lamiz. Xuddi shunday tarixdagi yangi hukmdorlarning taxtni egallashlarini olaylik, har safargi davlat to’ntarilishida daryo-daryo qon oqqan. Oqibatda o’zgarishlar paydo bo’lgan. Hozir shu o’lgan oddiy odamlar emas, qon oqishiga va o’limga sabab bo’lgan “Xos” insonlar eslanadi va ulug’lanadi, chunki ular hozirning emas kelajakning odamlari. Raskolnikov ham o’zini ana shunday favquloddagi insonlardan biriman deb hisoblardi. Birgina odamni o’ldirish orqali o’z muhitini o’zgartira olishiga, kelajak uchun foydali ish qilayotganiga ishonadi va hatto o’z ishini oqlashga ham harakat qiladi.

Men faqat hech kimga keragi boʻlmagan, palid, zararli bitni oʻldirdim, xolos.

Bu Raskolnikovning fikrlari edi. Mutolaa vaqtida Raskolnikovni oqlashga ham harakat qildim. Qancha-qancha jazolanmagan jinoyatlar oldida bu hech nima emasda. Raskolnikov bu ish ahloq jihatdan to’g’ri bo’lmasada vijdon oldida to’g’ri ekanligiga ishonadi, ammo u o’z jinoyatini ko’tara olmadi. Har qanday jinoyatning oldida albatta uning jazosi bo’ladi, Raskolnikov asarning oxirida jazoga hukm qilingan bo’lsada u jazogacha ham qattiq azobda yashadi.
Bir qarashda butun boshli roman bor yo’g’i bitta voqeadan ya’ni jinoyat va uning jazosidan iboratdek tuyiladi, lekin uning ichidagi fikrlar, haqiqatlar ko’pligidan hazm qilishga qiynalasiz. Undagi har bir qahramon va dialog bejizga olib kirilmagan. Har bir satrlar qayta-qayta o’qishga arziydi. Har safar o’qiganda har xil anglash mumkin. Asarni qayta o’qiyman. Shuni ayta olamanki, o’nta asar bergan taassurotni bera oladi.
Forwarded from An Ordinary Man
Bo'shliq hissini qanday yengish mumkin?

Bo'shliq yaqin kishimizdan ayrilganimiz yoki yo'qotganimiz tufayli yuzaga keladi. Ba'zilar bu jarohatlarini davolashga muvaffaq bo'lishadi. Boshqalarda esa bu tuyg'u faqat kuchayadi.

Alangalovchi hissiyotidan xalos bo'lishning eng keng tarqalgan varianti tanishishdir. (E'tibor va maqtovlar orqali "bo'shliq" ni to'ldirishga urinishlar.) Biroq, bu muammoni chuqur darajada hal qilmaydigan vaqtinchalik holat.

Bo'shliq hissining ildizida ikki narsa yotadi: mo'rtlik va bolalik davridagi qadrsizlik. Moʻrtlik bu qachonki o'zingizni qadrlamaganingizda va anglamaganingizda. Begonalashishni his qilasiz.

Bolalikdagi yetarlicha qadrlanmaslik esa yoʻrgakligidayoq boshlanadigan jarohatlardir. Qachonki bola emotsiyalarini ifoda etgani uchun jazolanganida, uning ustidan kulishganda. Shu sabab u moslashish uchun hissiyotlarini bostirishni o'rganishiga toʻgʻri keldi. Natijada, u o'zini tushunish va qabul qilishdan uzoqlashdi va boshqalardan tasdiqlashni izlashga majbur bo'ldi.

Bo'shliq hissi, ayniqsa, impulsiv qarorlarda namoyon bo'ladi: ish joyini o'zgartirish, xarid qilish, ko'chishlar, oziq-ovqat, spirtli ichimliklar, jinsiy aloqa va boshqa og'riqni vaqtincha qoldirishga yordam beradiganlarda. Biroq, bu foydasiz va tuyg'u baribir saqlanib qoladi.

Uni yengish uchun siz anglashni rivojlantirishingiz kerak: o'zingizga savol berish orqali "bo'shliq"ning mohiyatini tushunib oling: uni nima chaqiradi, uning ortida qanday hissiyotlar bor?

Triggerlarni tahlil qilish hissiyotlarga mazmunli yondashishga va impulsiv harakat qilishni to'xtatishga yordam beradi. Biroq, bu hali hammasi emas - "jarohatlarga" chuqurroq kirib borish kerak va hissiyotlarimizni, tashvishlarimizni tushunishni o'rganishimiz darkor. Ularni anglash va qabul qilish lozim. Faqat shunday.

Bo'shliqning kishanlari anglash, o'zini qabul qilish va chuqur hissiy jarohatlar bilan ishlash orqali buziladi - ular ichki yaxlitlikka olib boradigan yo'ldir.

@rakhmonalievs_blog
#mutolaa

3 kun avval “Jinoyat va jazo”ni tugatgan edim. Chorshanba kuni bo’lishi kutilayotgan shu kitob muhokamasiga tayyorman.
Endi esa “Shaxsiy xona” ning mutolaasini boshlasam bo’ladi. Bu kitob bo’yicha ham @kitobdoira’da muhokama bo’lishi kerak edi. Qachonligi esa hozircha noma’lum.

@doctorsmind📖
Sentabr oyining oxirgi kunlarida “Shaxsiy xona”ni tamomladim. Menimcha, “Ko’rinmas ayollar”ni o’qishning ayni vaqti.

“Shaxsiy xona” haqidagi fikrlarimni alohida yozaman. Ajoyib, arzirli fikrlari bilan bo’lishaman.

Aytgancha, bugun kechqurun soat 21.00 da @kitobdoira’da “Shaxsiy xona” haqida suhbat bo’lib o’tadi. Xohlovchilar qatnashishlari mumkin.

@doctorsmind📖
Forwarded from Zabarjad Mediа
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/06 21:19:25
Back to Top
HTML Embed Code: