Telegram Web Link
📚 Hozir kitob o'qishni o'zi yetmaydi, kitob o'qiydiganlarni kuzatib borish ham kerak

Mohiyatga o'zgacha ko'z bilan qaray olish va fikrlar xilma-xilligini yaratishda bu juda muhim. Quyida siz uchun shunday bloglarni yig'dik:

@qora_yigit — yangi va yaxshi kitoblar haqida fikrlar hamda sifatli video kontent.

@Xushnudbek_kutubxonasi — barchasi kitoblar haqida!

@boqiy_darbadarr — bo'ldi, endi kitob o'qiymiz.

@RaxshonaAhmedova — soyabon ostidagi ayol.

@stoik_kutubxonasi — stoikdan qaydlar, badiiy tarjima va tavsiyalar.

@dildora_bookaholic — kitoblarda qolgan hislar.

@economist_Martin — badiiy va nobadiiy kitoblarga taqrizlar, iqtisodiy mavzularda fikrlarimni yozib boraman.

@mutolaa_olami — asarlarga doir tavsiyalar, taqrizlar, kitoblar haqida fikr-mulohazalar.

@doctorsmind — vrach Dildora Karimovaning kitob blogi. Bu yerda faqat va faqat kitoblar olami haqida gaplashamiz.

@lestat_here — oddiy narsalar haqidagi chalkashdan-chalkash o'ylar.

@dostoyevskiydan_qaydlar — Fyodor Dostoevskiy asarlaridan iqtiboslar.

@kitobdoira — bizning "uzkiy krug"imiz.
Forwarded from Bookerberg
"Non-Fiction" loyihasining to'rtinchi soni chiqdi!

Loyihamizning 4-soni Stiven Jonsonning “Where Good Ideas Come From” nomli kitobi haqida. Bu kitobda muallif ixtirolar va innovatsiyalarning qanday yuzaga kelishi haqida fikr yuritadi va o'z tezislariga tarixdan misollar keltiradi.

Ushbu videoda ushbu savollarga javob olasiz:

▪️Yangi g'oyalar qanday muhitlarda paydo bo'ladi?

▪️Innovatsion g'oyalar yaralishiga nimalar zamin yaratadi?

Do'stlar, kanalga obuna bo'linglar, like bosinglar va izohlarda o'z fikrlaringizni yozib qoldiringlar.

📌 https://www.youtube.com/watch?v=20QBFYEZOwg

@Bookerberg
Bugun har yili 9-avgustda bo’lib o’tadigan Xalqaro kitobsevarlar kuni munosabati bilan @asaxiybooks’dan sovg’a keldi. Yaqindagina chiqqan, tandirdan uzilgan issiq kitob.

@doctorsmindđź“–
​​Barchaga salom! Hammamizga ma’lumki, har yili 9-avgust sanasi “Xalqaro kitobxonlar kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Bu kunda kitobxonlar bir-birlarini tabriklab xilma-xil kitoblar ulashadilar. Biz bookblogger’lar ham ushbu an’anaga sodiq qolgan holda bir-birimizga sirli ravishda sovg’alar yuboryapmiz. Men ham kecha pochtadan o’z sovg’alarimni olib keldim. To’g’risini aytadigan bo’lsam, jarayon juda qiziqarli bo’lmoqda. Har bir sovg’a qabul qilib olgan inson sovg’aga qarab o’z Santasi kimligini topishga harakat qilyapti.

Bundan buyon kanalda aktiv bo’lishga harakat qilaman. Instagramda yoki @kitobdoira’da post va story’lar qo’yyapman, lekin bu kanalim yodimdan chiqib qolyapti. Endi bu xatoni takrorlamayman. Fikrlarimni yozib borishga harakat qilaman, chunki yozmagan sarim yozish qobiliyatim o’tmaslashib qolyapti, bu o’zimga ham bir necha marta sezildi. Baribir uzun postlar yaxshigina amaliyot bo’la olar ekan.

Rasmda mening Santamdan kelgan sovg’alarni ko’rishingiz mumkin.

@doctorsmindđź“–
Forwarded from KitobDoira (Dildora Karimova)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KitobDoira (Dildora Karimova)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Barcha kitobsevarlarni bugungi kun bilan tabriklayman!

@doctorsmindđź“–
Forwarded from KitobDoira (Dildora Karimova)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KitobDoira (Dildora Karimova)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi kun uchun o’zimga sovg’am.

Kim qanday sovg’a oldi yoki berdi? Izohlarda suratlari bilan bo’lishsangiz xursand bo’laman.

@doctorsmindđź“–
Bugun ertalabdan sovg’a bo’lib kelgan “Talaba” kitobimni ochdim. Sifati manga ma’qul bo’ldi.

@doctorsmindđź“–
​​✍️Tadeush Dolenga Mostovich
📖“Tabib”

Aslida kinosi orqali bizga yaxshi tanish bo’lgan ushbu asarning kitobi borligidan xabarim yo’q edi. Kino variantini esa telekanallar orqali ko’p marta ko’rganman, gaplari ham yod bo’lib ketgan.

Asar mashhur professor jarrohning ayoli tomonidan tashlab ketilish voqealari bilan boshlanadi. Boshqa insonni sevib qolgan professorning ayoli tufayli sakkiz yillik oila barbod bo’ladi. Tabiiyki, professor bu yo’qotishni ko’tara olmaydi.

Bilmadim, siz nima deb o’ylaysiz, odatda ko’pchilik erkaklar bunday fojiani qabul qilishga qiynaladilar, tezda ichkilikka beriladilar, hayotlarini tartibga solishga ojizlik qiladilar. Ayollarda esa kelajakka intilish, ishtiyoq va hayotini tartibga solishga bo’lgan ishonch kuchliroq. Asar qahramoni professor Vilchur ham kutilmagan yo’qotish sababli nima qilishni bilmay qoladi, bu esa yo’qotishlar ustidan yana yo’qotishlarga olib keladi.

Shu narsa qiziqki, kimligini, qayerdan kelganligini yoddan chiqargan professor o’z kasbi malakalarini esdan chiqarmaydi. Kuchli iste’dodi doimo o’zi bilan birgalikda qoladi, samimiyati ham yo’qolmaydi. Aynan mana shu samimiyati sababli ham necha yillardan keyin o’z hayotiga qaytadi.

Yozuvchi asardagi ayrim voqealarni o’z hayotida ham boshdan kechirgan bo’lib, faqat bosh qahramon sifatida iste’dodli jarrohni tanlaydi, va bu bilan eng to’g’ri qarorni qabul qiladi. Yozuvchi ushbu asar orqali taqdir har qanday iste’dodli mashhur jarrohni ham ayamasligini, bugun mashhur va hamma narsaga ega bo’lgan inson ham ertaga qora mehnat orqali kun kechiruvchi yollanma ishchiga aylanib qolishi mumkinligini ko’rsatib bermoqchi bo’ladi. Ya’ni bizni oldinda taqdirning ming bir o’yinlari-yu sinovlari kutib turadi.

Har doimgidek, shuni aytishim mumkinki, kitob boshqa olam, kino esa boshqa. Kitob to’liqroq va tushunarliroq. Qahramonlarning ichki kechinmalari ta’sirliroq ochib berilgan. Kitob tarjimasi va tahriri ham yaxshi chiqqan.

Kitobni tugatganimga ancha bo’lib qoldi, lekin u haqida yozish istagi hech ham tark etmadi. Mutolaa tugallangan vaqtdagi taassurotlar o’zgacha edi. Shunday kitoblarni o’qib dunyoda shunday samimiy yaxshi insonlar borligiga ishongingiz keladi, yashagingiz keladi. Kinosini ko’rgan bo’lsangiz ham kitobini albatta o’qing!

@doctorsmindđź“–
Kecha @bookuzbekistan’dan shu yangi kitoblar bilan qaytdim.

“Antikvarchi” asari men uchun butunlay yangi asar, ma’lumotga ega emasman, tavakkal olaverdim.

“Ishonch telefoni”ning esa nomi yoqib qoldi. O’qib ko’rishga qaror qildim.

“Dunyo bo’ylab sakson kun” kitobini esa yangicha muqovasi uchun oldim. Ba’zan ana shunday sarguzasht asar o’qib hozirgi dunyodan uzilib yangicha olamlarga borishni xohlab qolaman.
Menimcha, yaxshi tanlovlar qildim.

@doctorsmindđź“–
Tugatdim🥳🥳🥳

Qattiq qiziqish bilan o'qishni boshlagan kitobimning yarmiga kelganda ishtiyoq so’nib qoldi, lekin baribir sekin bo’lsada marraga yetib keldim)

@doctorsmindđź“–
​​Mana kuzning ikki haftasi ham o’tib ketibdi. Man dangasa esa kanalga bu oydagi birinchi postimni yozyapman) Aslida kuz man uchun faollik davri. Issiq, lanjlik-u dangasalik ustunlik qiladigan yoz faslidan so’ng kuz faslida doim har tomonlama faol bo’lishga harakat qilaman. Umuman olganda mutolaa ham kuz bilan bog’liqdek go’yo. Mutolaa deganda ko’z oldimga birinchi bo’lib katta derazaning oldida o’tirib issiqqina qahva bilan sevimli kitobimni o’qish keladi. Tashqarida esa barglar sarg’aygan, shitir-shitir qilib yomg’ir tomchilamoqda.
Har yilgi kuz fasli nima uchundir man uchun unumli o’tadi, balkim dangasalik bilan o’tgan yozimdan keyin kuzda faol bo’lishga bor kuchim bilan harakat qilganim uchundir, balkim kuz man tug’ilgan fasl bo’lgani uchun yaxshi o’tishini juda ham istaganim uchundir.
Kuzni depressiya, qayg’uga tushish fasli deyishsa hayron bo’laman, to’g’ri bir tomondan yomg’irli kunlarda yig’lasangiz hech kim sezmaydi) lekin rang-barangligi bilan kayfiyatni ko’tarishi ham bor gap.

Har doim kitoblar, mutolaa haqida fikrlar miyamda aylanib yuradi, yozgim kelganida yoki juda band bo’laman yoki telefon ushlashga imkoniyat bo’lmaydi. Fikrlarni ular kelganida qoralab qo’ymaslik esa yanayam jahlimni chiqaradi.

Xullas, anchadan beri yozmaganim uchun fikrlarim chalkash chiqdi, o’ylaymanki, keyingi postlarimda bu jarayon yaxshilanadi. Aytgancha, kuz siz uchun ham qayg’uga tushish faslimi yoki aksincha?

Rasmda oxirgi o’qigan kitobim.

@doctorsmindđź“–
​​✍️Tara Vestover
📖“Talaba” asari

"Biz hammamiz boshqalar aytadigan hikoyalarda bizga tayinlangan rollardan ko'ra murakkabroqmiz."

“Talaba” asarini o’qishni boshlashdan avval muallifi ayol kishi bo’lganligi sababli bir ayolning ta’lim olishiga bo’lgan qarshiliklar va bu yo’ldagi qiyinchiliklardan iborat asar deb o’ylagandim, lekin asarni o’qib shuni tushundimki, “Talaba” nafaqat ta’limning naqadar muhimligi haqidagi asar balkim mormon oilalaridagi barcha qarashlar-u odatlar haqida oshkora hikoya qiluvchi kitob. Tashqi olamdan uzilib, faqat o’z qarashlari asosida hayot kechiruvchi mormon oilalarining barcha sirlarini ochiqdan-ochiq ko’rsatib beruvchi hujjat.

Kitob avtobiografik asar bo’lib, muallif unda bolaligidan boshlab universitet davrlarigacha bo’lgan oraliqni o’z xotiralari va kundaliklari asosida ifodalab beradi. Taraning otasi hukumatga, ta’lim olishga, tibbiy yordamga mutlaqo qarshi. Farzandlarini maktabga yubormaydi va shunga yarasha uyda ta’lim olishini ham istamaydi. Har qanday og’ir vaziyatlarda ham professional tibbiy yordam olishga qarshi. Meni o’ylantirgani shuki, mana shunday vaziyatda ham oila qadriyatlarini yengib o’tib ta’lim olishga qiziqqan, uni davom ettira olgan, o’z maqsadlari sari dadil qadam qo’ya olgan farzandlar yetishib chiqa olgan.

Asar ko’p tomonlari bilan o’zbek oilalaridagi vaziyatlarni ham eslatib yuboradi. Qizlarga ta’lim olishida yoki qaysi sohani tanlashida ko’p hollarda to’siq qo’yiladi. Har doim kelin bo’lib tushadigan xonadoni foydasi uchun kasb tanlashi kerakligi haqida uqtiriladi, qiziqmagan yoki qo’lidan kelmaydigan sohasiga yo’naltiriladi. Bir umr hamroh bo’ladigan kasbni tanlashda ham erkinlikka yo’l berilmaydi. “Talaba”da mormon oilalarida esa qiz bola yoki o’g’il bolaning ta’lim olishi deb ajratib o’tirilmaydi. Umuman ta’lim olishga nisbatan qattiq qarshilik mavjud.

Avtobiografiyada Tara oilasidagi barcha voqealarni ochiq-oydin so’zlab berishga harakat qiladi, hattoki akalarining zo’ravonliklaridan tortib barcha kundalik voqealarni ipidan ignasigacha ochib beradi. Ayrim o’rinlarda esa boshqa oila a’zolaring xotiralari asosida ham xolis ko’rsatib beradi.

“Talaba”ni sabr-bardosh, matonat, kelajakka umid haqidagi asar deb aytishim mumkin. Fikrlari noto’g’ri va o’zgarmas ota-ona va aka-ukalar bilan birgalikda yashash, ularni hech nimaga qaramasdan yaxshi ko’rish, shunday sharoitda ham qo’llab-quvvatlashlarsiz oldinga intila olish, umidsizlikka tushmaslik va boshqalarning barchasi “Talaba”da mujassam.

Fikrlarim boshida keltirgan iqtibosim asosida yakunlamoqchiman. Bizning qanday imkoniyatlarga ega ekanligimizni, qo’limizdan nimalar kelishini yaxshi biladigan inson faqat o’zimiz. Shunday ekan, biz uchun hech nima to’siq bo’lmasligi kerak.

@doctorsmindđź“–
2025/07/06 17:11:17
Back to Top
HTML Embed Code: