Asaxiy books’ning bu safargi katta chegirmasidan foydalanib yangi chiqqan “Ozor berma” kitobini olish uchun do’konga borib yana qo’shimcha ikkita kitob xarid qilibman.
“Sarmoyador” va “Atom odatlar” kitoblariga avval hech qiziqmagandim, lekin oxirgi vaqtlarda o’qish istagi paydo bo’ldi. Bundan tashqari, Turkiyada tayyorlangani va a’lo darajadagi sifati uchun ham bu kitoblarni xarid qilmasdan turolmadim.
@doctorsmind📖

🔥10❤3👍3👏2🥰1
Forwarded from BOOK.UZ
Yangi kitoblar uchun maxsus aksiya!
4 kitobdan birini xarid qiling va "Janoza masalalari" kitobini sovg'a sifatida qo'lga kiriting.
Aksiya 16-noyabrgacha davom etadi!
Buyurtma berish: 👉 @bookuzbot
Tel: +99871 2300050
📚 @bookuzbekistan — kitobxonlar tanlovi!

❤3🔥2👍1
✍️Brem Stoker
📖”Drakula”
Vampirlar olamini yoritib beradigan asarlarni anchadan beri qiziqib o’qiyman. Ko’pchilik biladigan va sevib o’qigan “Zulmat ostonasidagi muhabbat”, “Tungi tashrif”, “Vampirning kundaliklari” asarlarini men ham bir paytlar sevib, kerak bo’lsa tashqi dunyodan uzulgudek darajada o’qiganman, kinolarini berilib ko’rganman. “Drakula”ni bu darajada o’qimadimu, lekin o’ziga yaxshigina qiziqtira oldi, hatto shu kitobni deb ayrim vazifalarimdan biroz vaqtga uzoqlashishga ham to’g’ri keldi. Menimcha, kitobning, yozuvchining yutug’i ham ana shunda.
“Drakula” haqida gapiradigan bo’lsam, asar tarixda yashab o’tgan, ozodlik uchun kurashgan tarixiy sarkarda Drakula nomidan olingan. Yozuvchi uni abadiy yashaydigan vampir qahramonga aylantirgan.
Kitob noodatiy tarzda yozilgan, unda muallif birgina shaxs emas, asar voqealari unda qatnashuvchi deyarli ko’pchilik tilidan hikoya qilinadi, ya’ni ularning yozgan kundalik, xat va telegrammalari barcha axborotni yetkazadi. Shuning uchun ham qahramonlarning barcha fikr-mulohazalari, ruhiy kechinmalarini boricha tasavvur qila olasiz, voqealarni turli xil rakurslardan ko’rasiz.
Vampirlar haqida asarlar ko’p bo’lsada, ularning har birini o’ziga xos bir asosiy mavzusi bo’ladi. Masalan, “Zulmat ostonasidagi muhabbat”da asosiy mavzu muhabbat bo’ladigan bo’lsa, “Drakula”da asosiy mavzu, insoniyat taqdirini, kelajagini xavfdan asrash, yovuzlikni butkul siqib chiqarish, o’limdan keyingi hayot mavzulariga asoslanadi. Albatta har bir yozuvchi o’z vampirining xususiyatlarini o’zi xohlagan tarzda tasvirlagan, o’zi xohlagan tarzda imkoniyatlar bergan. Shunga qaramasdan ularning umumiyliklari ham yetarlicha.
“Drakula” kitobining sifati va dizayni juda ajoyib tarzda ishlangan, lekin imlo xatolar har qadamda uchraydi.
Kitobni yuragi bo’shlarga o’qish tavsiya qilinmaydi) Yana qorong’uda ham o’qishni tavsiya qilmayman)

❤13👍4🔥2👏2🥰1
“Tirilish” nashriyotining navbatdagi tadbiriga taklif qilishdi.
Siz ham vaqtingiz to’g’ri kelsa albatta boring!
@doctorsmind📖
Siz ham vaqtingiz to’g’ri kelsa albatta boring!
@doctorsmind📖
❤11
Bu asarning kinosini kichkinaligimda qayta-qayta katta qiziqish bilan tomosha qilardim. Ayniqsa, bemorlar bilan bog’liq bo’lgan kadrlar yod bo’lib ketgandi.
Endi bir qancha insonlarning hayotini saqlab qolgan, yordam bergan tabib haqidagi asarning kitobini ham o’qish imkoniyati paydo bo’libdi. To’g’risini aytsam, bu asarning avval kitobi borligi haqida bilmagan ekanman.

❤🔥17❤3👏3🔥2👍1🥰1
Kecha bu yilgi hisob bo'yicha oxirgi marta @bookuzbekistan’ga bordim. Do’kondagi sayohatim a’lo darajada o’tdi, bir nechta yangi kitoblar xarid qildim. Bundan tashqari, tasodifan do’konda adashim @dildora_bookaholic’ni uchratib qoldim. Keyin birgalikda chiroyli atmosferada kitoblar tanladik va albatta kitoblar haqida suhbat qurdik.
Xullas, do’kondagi vaqtim unumli
o’tdi.
Endi yangi olgan kitoblarim haqida ma’lumot beraman.
1.Nazar Eshonqul “Kitob bandasi”- bu kitob haqida juda ko’pchilikdan ijobiy fikrlar eshitdim. O’zim o’qib ko’rib fikrlar qanchalik to’g’riligini bilmoqchiman.
2.Asqad Muxtor “Opa-singillar”- ushbu asar voqealari hozirgi davr uchun ham dolzarb, demak, albatta o’qib ko’rish kerak.
3.Kolin Huver “Barchasi biz bilan yakun topadi”- bu kitobni @dildora_bookaholic’ning tavsiyalari bilan oldim. Yengil, dam olish va chalg’ish uchun o’qiladigan kitob. Asar voqealariga qiziqdim. Bu kitobni yanvar oyidagi rejamga qo’shmoqchiman.
4.Kolin Huver ”Barchasi biz bilan boshlanadi”- bu kitob yuqoridagi kitobning davomi. Aytgancha, bu kitob hali rus tilida ham nashrdan chiqmagan ekan)
Siz yuqorida sanab o’tgan kitoblarimning qaysi birini o’qigan bo’lardingiz?

❤9😍3🤩2👍1🔥1🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
@bookuzbekistan’ning bu yilgi kitobli archasi. Avvalgilari bundan ham kattaroq va balandroq edi) Shunday bo’lsa ham chiroyli, kayfiyatni ko’taradi.
@doctorsmind📖
@doctorsmind📖
❤12🔥4🥰1
Forwarded from Kitobsevar xonimcha📚 (Madina Qurbonova)
🔥 Qishga... e yog'e yilga g'amlab oling!
📚 Aytishlaricha, barcha kitob do'konlarida chegirmalar e'lon qilinibdi.
🛑 Book.uz kitoblar do'konida 10% dan 30% gacha chegirma e'lon qilinibdi.
(o'zim ham kitoblar ovoldim😁)
https://www.tg-me.com/bookuzbekistan/5128
🛑 Asaxiy books loyihasi doirasida nashr qilingan 20 xil kitoblar to'plamini 50% chegirmada xarid qilishingiz mumkin.
https://www.tg-me.com/asaxiybooks/6481
🛑 Akademnashrdagilar esa bolajonlarni xursand qilishmoqda. Gap shundaki, nashriyotda bolalar adabiyoti ruknidagi kitoblar uchun 15% dan 25% gacha chegirma e'lon qilingan.
https://www.tg-me.com/Akademnashr/3239
🛑 ibook kitoblar do'koni "Tirilish" nashriyoti tomonidan nashr qilingan hamda eng ko'p sotilgan kitoblari uchun 35%lik chegirmani boshlab yubordi.
https://www.tg-me.com/iBook_uz/4105
🛑 "Hilol" nashriyoti esa 660.000 so'mdan ziyod kitoblar xarid qilsangiz, "Tafsiri Hilol" to'plami uchun 50%lik chegirmaga ega bo'lasiz.
https://www.tg-me.com/HilolNashr/17924
🛑 Azbo books Agata Kristi kitoblari to'plamini sotib olganlarga, bepul yetkazib bermoqda ekan.
https://www.tg-me.com/azbouzshop/1823
😉 Kitob olamida shunaqa gaplar
P/S:foydali bo'ladi deb umid qilaman
@kitobsevar_xonimlar

🥰6👏3👍1
✍️Astrid Lindgren
📖”Uzunpaypoq Peppi”
Bir necha hafta avval qizim bilan “Uzunpaypoq Peppi” kitobini birgalikda o’qib chiqdik. Asar nomi ham, muqovasi ham bolajonlarni o’ziga torta oladi.
Kunlarning birida kichkinagina shaharchaning eski bir hovlisiga 9 yoshli Peppi ismli qizaloq yolg’iz o’zi ko’chib kelib yashay boshlaydi. U boshqa bolalarga sirayam o’xshamasdi. Qoidalar, tartib, tozalik, maktabga borish, o’qish bu qizaloq uchun umuman begona edi, xohlagan ishini xohlagan vaqtida hech kimdan so’ramasdan qila olardi, hech kim uni tergamasdi. Yanayam aniqlik bilan ta’riflaydigan bo’lsak, ramka ichidagi qoidalarga amal qilmaydigan, doimiy ravishda hayotini xavf ostiga solib bo’lsada nimalar bilandir shug’ullanadigan qizaloq edi. Albatta uning yolg’iz yashashi va xatti-harakatlari atrofdagi insonlarda norozilikni yuzaga keltirdi, lekin Peppi ularning barchasini yenga oldi va hatto ularning muhabbatiga ham sazovor bo’ldi.
Odatda, biz bolalarni yoshlikdan qanday tarbiyalaymiz va nimalarni o’rgatamiz? Har doim belgilangan chizig’imiz bo’ylab harakatlanishlarini, har bir so’zimizga e’tiroz bildirmay “Ho’p” deyishlarini talab qilamiz va har tomonlama “qulay” farzandlarni tarbiyalashga harakat qilamiz. Bolajonimiz o’z xohishi bo’yicha nimadir qilishiga, yoqtirmagan faoliyati bilan shug’ullanmasligiga esa ruhsat bermaymiz. Qo’rqamizki, nimagadir ruhsat bersak bolajonimiz bizning qo’limizdan chiqib ketadi. Jilovini bo’shroq qo’ysak biz belgilab bergan ramkadan qochib ketadi. To’g’ri, bu usul bilan tarbiyalangan bola biz uchun qaysidir ma’noda foydalidir, lekin bolaning o’zigachi? Umuman olganda bunday bola kelajakda odamlar orasida o’zini topa oladimi? Boshqalar orasidan “Yarq etib” ajralib chiqa oladimi? Asardagi Peppi obrazi odamlar orasidagi ana shu “Odobli bola” steriotipiga katta zarba bera olgan. Albatta Peppi faqatgina sho’x qizcha emas balkim, juda mehribon, odamlarga yordam beruvchi va g’ayrioddiy kuchga ega qizaloq sifatida ham tasvirlanadi. Bunday ajoyib qizcha boshqa tengdoshlariga ham yoqa boshlaydi, hattoki u bilan birgalikda vaqt o’tkazishga intiladilar.
Asarda siz ham Peppining bir-biridan qiziq sarguzashtlarini o’qiysiz, ham yuz berayotgan voqealarga Peppining va odamlarning munosabatlarini taqqoslaysiz.
Albatta farzand tarbiyasi uzoq muddatli judayam murakkab jarayon, hamma har xil usul bilan yondashadi, hech qanday erkinlik bermasdan har tomonlama “qulay” farzandni katta qilish ham mumkin, hech qanday nazoratsiz yerga ursangiz ko’kka sapchiydigan farzand ham katta qilish mumkin.
Eng muhimi, bola shaxsiy fikriga e’tibor qaratiladigan, uni shaxs sifatida ko’riladigan oilada katta bo’lsin.

❤12🔥2👏2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi yil oldi bolajoningizni xursand qilishni xohlaysizmi? Unday bo’lsa @baby_book_zukko kitoblari aynan siz uchun. Bu kitoblar orqali bolajonlar mavzularni oson va oddiy usullar bilan o’zlashtirishlari mumkin. Tavsiya qilaman.
@doctorsmind📖
@doctorsmind📖
❤2🔥2🥰1
#sarhisob
Bu yil men uchun barqarorlik, turg’unlik yili bo’ldi desam adashmayman chunki bir maromda va bir tekisda o’tdi. Katta o’zgarishlar bo’ldi ham deyolmayman. Birinchi marta yil shunday bir xillikda o’tibdi. O’qigan kitoblarim soni juda ko’p ham, kam ham emas. Yildan yilga ish faoliyatim, oilam va boshqa sabablar tufayli mutolaaga vaqt ajratishim qiyin bo’lmoqda, lekin men eplayapman)
Yil davomida o’zim qiziqqan ko’pgina kitoblarni o’qishga ulgurdim.
1.Gustav Flober - “Bovari xonim”
2.Agata Kristi - “Parda”
3.Sidni Sheldon - “Taqdir tegirmoni”
4.Agata Kristi - “Lord Ejuorning o’limi”
5.Bernhard SHlink - “Kitob o’qib beruvchi”
6.Irvin Stoun - “Hayotga tashnalik”
7.Devid Bax - “Latte omili”
8.Grigoriy Fyodorivich - “Zirapcha qiz”
9.Luiza Mey Olkott - “Kichkina xonimlar
10.Stiven King - “Shoushenkdan qochish”
11.Alberto Moravia - “Rimlik ayol”
12.Ravshan Abdullao’g’li” - “Relslar uzra yotgan odam
13.Elinor Porter - “Pollianna”(inglizchada qayta mutolaa)
14.Stefan Sveyg - “Kristina”
15.Sara Jo - “Londondan muhabbat ila”
16.Brem Stoker - “Drakula”
17.Sidni Sheldon - “Orziqib kutaman ertani 2”
18.Syuzen Foks - “Samoviy ahdu paymon”
19.Jorj Oruell - “1984”
20.Astrid Lindgren - “Uzunpaypoq Peppi”
21.Kolin Huver - “Barchasi biz bilan yakun topadi”
22.Kolin Huver - “Barchasi biz bilan boshlanadi”
23.Kerolayn Kriado Peres - “Ko’rinmas ayollar”
24.Devid Nikolls - “Bir muhabbat tarixi”
25.Astrid Lindgren - “Mio, bolajonim Mio
26.Bodo Shefer - “Money laqabli kuchukcha”
27.Henri Marsh - “Ozor berma” (ozgina qolgan)
28.Piter Hopkirk - “Katta o’yin”(100-betlaridan keyin qolib ketgan)
29.Anni Shmidt - “Mushuklar malikasi Minush”(mutolaa jarayonida)
30.Sabohaddin Ali “Mo’ynali mantodagi Madonna”
31.Antuan de Sent Ekzyuperi “Kichkina shahzoda” (qayta mutolaa)
32.Deniyel Goulman “Emotsional intellekt”
33.Solih Uyan “Ingliz tili, no problem”
Yana bir nechta bo’lishi mumkin, hamma o’qigan kitoblarimga taqriz yozmaganligim sababli eslash qiyin bo’ldi. Avval kanalda yozganlarimga qarab osongina eslardim.
Asosan transportda o’qiganim sababli bu yil tushunish qiyin bo’lgan asarlarni deyarli o’qimabman, lekin o’qigan kitoblarimning ko’pchiligidan ko’nglim to’ldi.
Bu yil yangi odatim paydo bo’ldi) Bir kitobni tugatmasdan yangisiga o’tib ketish. Avvalari hech bunday qilmasdim. Yanvar oyida oxiriga yetmagan va o’qishni tashlab qo’ygan kitoblarimni o’qiyman.
2024-yilga o’tmasdan sarhisob yozishga ulgurdim😅

🔥8👍5❤1🥰1🎉1
Yanvar oyini 2023-yilda boshlab qo’yib lekin oxiriga yetkaza olmagan asarlarim bilan o’tkazmoqchi edim. Yilni “Money laqabli kuchukcha” asari bilan boshladim. Moliyaviy savodxonlik mavzusi har doim aktual. 60 betdan keyin tugataman, kitob haqidagi ijobiy va salbiy fikrlarim haqida ham batafsil yozaman.
@doctorsmind📖
@doctorsmind📖
👍17❤4🔥1🥰1🎉1
Forwarded from Panda Books
#haqida
Qaror qabul qilishning eng samarali metodi haqida
Orangizda Doktor Haus seriali muxlislari ko'p bo'lsa kerak. Shuning uchun uni ortiqcha ta'riflab o'tirmayman. Tibbiyot dahosi. Lekin nihoyatda qo'rs va hissiz inson ham. O'z fikriga ega, boshqalarning u haqidagi fikrlariga allaqachon tupurgan shaxs. Ammo shunga qaramay, u eng og'ir bemorlarga ham tashxis qo'yishda kamdan-kam yanglishadi. Sababi nimada?
Agar yaxshilab e'tibor bersangiz, u yana hech qachon bemor bilan yuzma-yuz uchrashmaydi, o'z assistentlarini jo'natadi. Siz oldin hech shunday doktorni ko'rganmisiz? U o'ta muhim zaruriyat bo'lmasa, bemor bilan kontaktga kirishmaydi. Nega u boshqalarga o'xshab bemor hislariga yon bosmaydi?
Agar yanada e'tiborliroq bo'lsangiz, u doimo kasallik nimaligini topish uchun qo'yiladigan diagnoz haqida o'ylayotgan muhokmada, barcha simptomlarni birma-bir doskaga yozib chiqadi. Axir u daho bo'lsa, yozib nima qiladi, esida qolmaydimi?
Bularning sababi shundaki, u ko'pchilik qiladigan xatoni takrolamaslikka harakat qiladi. Uning muvaffaqiyati ham ana shunda. Doktor Haus metodi qisqacha quyida:
1. Fikrlarga emas, faktlarga tayaning;
2. Hissiyotlarga emas, muhokama va xulosalarga suyaning;
3. Xotira o'rniga yozuvlardan foydalaning.
Qabul qilgan qarorlaringizni tahlil qilish imkonini beradigan eng zo'r texnika - bu fikrlarni, mulohazalarni va umuman sizni o'ylantirgan barcha ma'lumotlarni yozishdir. Keyin masalan, buni olti oy yoki bir yildan so'ng baholab taqqoslab ko'rish mumkin bo'ladi. Balki siz haq yoki nohaq bo'lgangizni bilib olishning yagona yo'li shu.
Ha, bu qiyin, natijaga erishish uchun uzoq vaqt kerak bo'ladi. Ammo yozishni boshlaganingizda, fikrlash jarayoningiz, barcha faktlarni va bo'lajak voqealar ehtimolini baholash qobiliyatingiz qanchalik o'tkirlashganini sezib o'zingiz ham hayron qolasiz.
Hayotda mo'jiza sodir bo'lmaydi. Eng kuchli tahlilchilar ham, yozuvchilar ham, olimlar ham qiyin va uzoq yo'lni bosib o'tishgan bu darajaga yetguncha.
Qachonki hayotda siz omad bilan mahoratni farqlay boshlar ekansiz, hayot ma'nosini tushunib yetasiz.
@panda_books

👍9🔥6❤3👏1
Doimiy ravishda kitob xarid qiladigan, sevimli maskanimga aylangan kitob do’konlarim ko’p bo’lsada, baribir o’zim uchun yangi-yangi kitob do’konlarini kashf qilishni yoqtiraman. Har safar yangi joyga borganimda biror bir yangilik topishimga ishonaman, chunki har safar notanish kitob do’konga borganimda o’zim qidirib yurgan yoki reja qilgan kitoblarimning eski nashrlarini uchratib qolaman. Bu esa katta xursandchilik beradi. Masalan, o’tgan yili book.uz’ning Yunusobod filialiga borganimda Agata Kristining taxminan 15 yillar oldin nashr qilingan kitobini yangi va sifatli holatda topgandim. Bu safar ham odatimga muvofiq @goldenbooks_uz’ga tashrif buyurdim. Bu kitob do’konini anchadan beri bilsam ham hali biror marta bormagandim. Toshkentdagi filiali o’zi kichkina bo’lsada, lekin kitob turlari juda ko’p. Yangi chiqqan kitoblardan tortib ingliz va rus tilidagi kitoblarning ham turli xil variantlari(qattiq, yumshoq, orginal, va orginal bo’lmagan)ni topishingiz mumkin.
Aslida do’konga Kolin Huverning yangi asarlarini ko’rish va topish uchun borgandim, chunki dekabr oyida uning “Barchasi biz bilan boshlanadi” va “Barchasi biz bilan yakunlanadi” kitoblarini maroq bilan o’qigandim(afsuski, taqrizini hali yozmadim) Keyin bu kitoblarni sodda tilda yozilgani uchun til ko’nikmalarimni yaxshilash maqsadida ingliz va rus tillaridagi variantlarini o’qish istagi paydo bo’ldi. @goldenbooks_uz’dan Kolin Huverning shu va boshqa kitoblarini ham xarid qildim. “Barchasi biz bilan yakunlanadi”ning ruscha variantini esa sovg’a qilishdi.
Yana shunday shinam va ajoyib kitob do’konlarini kashf qilishda davom etaman.
Rasmda olgan barcha kitoblarim.

🔥10❤2👏2🥰1