Telegram Web Link
Bugun ishxonada ishlab o’tirsam @infocapitalbooks’dan kutilmaganda xabar kelib qoldi. Sizga sovg’a bor deb yozishibdi. Keyin kitoblarni tezda berib ketishdi.

Bu nashriyot tomonidan chiqarilgan bir nechta badiiy kitoblarni o’qiganman. Menga ma’qul bo’lgan. Endilikda kichik yoshdagi bolalar uchun ham ertak kitoblar chiqarishayotgan ekan. Bolalar uchun chiqarilgan ushbu kitobning sifati a’lo darajada. Suratlari ham to’g’ri tanlangan. Farzandlarim uchun ajoyib sovg’a bo’ldi.

To’g’risi, bir necha kundan beri shaxsiy sabablarim tufayli kitob o’qiy olmayotgan edim. Kitob o’qishga ajoyib turtki bo’ldi)

@doctorsmind📖
​​✍️Mett Heyg
📖”Yarim tun kutubxonasi”

Har soniyada biz yangi koinotga kiramiz va hayotimiz boshqacha bo’lishini orzu qilib, o’zimizni boshqa odamlar va o’zimizning boshqa versiyalarimiz bilan solishtirishga ko’p vaqt sarflaymiz.

Biror marta o’zingiz yashab turgan hayotdan farqli bo’lgan, o’zgacha, yangi hayotda yashashni istaganmisiz? Yoki ba’zi vaqtlarda yoshlikda egallashni istagan, lekin egallay olmagan biror kasbda o’zingizni tasavvur qilib ko’rganmisiz? Albatta har bir inson umuman boshqacha hayot, davr, kasb va yangi odamlar orasida hayotining qanday kechishini umrida hech bo’lmaganda bir bor bo’lsada hayolidan o’tkazib ko’rgan. Mobodo sizga shunday imkoniyat berilganda foydalanib ko’rgan bo’larmidingiz? Hayot va o’lim o’rtasida turibsiz, sizga o’zingiz yashashni istagan bir nechta hayotlarda yashab ko’rish va bir nechta dunyolardagi hayotni ko’rib kelish imkoniyati berildi.

Asar bosh qahramoni 35 yoshli Nora, hayotida doim afsus bilan yashaydi, hozirgi holatidan mamnun emas, doimo yaqinlarining xohish-istaklarini bajarishni, ular tanlagan yo’ldan yurishi kerakligini o’ylaydi, shaxsiy istaklarini esa unutib qo’yadi. Yaqinlari unga ideal hayotni tanlab berishiga ishonadi. Bir kuni esa u hayot va o’lim o’rtasidagi bo’shliq “Yarim tun kutubxonasi”ga qadam qo’yadi, va yaqinlari tanlagan barcha hayotlarda birma-bir yashab ko’radi. Bir hayotda suzish bo’yicha chempion, birida millionlab muhlislarga ega qo’shiqchi, birida falsafashunos, birida oilali, farzandli ayol, yana birida esa institutda ustoz. Xullas, yuzlab hayotlarda yashab chiqadi.
Nora qadam qo’ygan kutubxona ichida abadiy tuganmas javonlar bor, har bir kitob siz yashashingiz mumkin bo’lgan yangi bir hayotda umrguzaronlik uchun yangidan-yangi imkoniyatlar beradi. Sizningcha, Nora o’zi uchun mos bo’lgan ideal hayotni topib umrini davom ettiradimi yoki o’limga qarab ketadimi?

Asar g’oyasi juda o’zgacha. Olimlar allaqachon parallel dunyolar mavjudligi haqida ko’pgina izlanishlar o’tkazishgan. Kvant fizikasining bir qancha dunyolar talqini cheksiz ko’p divergent parallel koinotlar mavjudligini ko’rsatadi. Hayotingizning har bir daqiqasida, har bir qabul qiluvchi qaroringizda siz yangi koinotga qadam bosasiz va ular bizdan tom ma’noda millimetr uzoqlikda sodir bo’lishiga qaramay, bu dunyolar o’rtasida hech qanday aloqa yoki uzatish bo’lishi mumkin emas deb o’ylaymiz. Xullas jumboqli savollar va o’ylar talaygina.

Umuman olganda, ushbu kitob qanday tanlov qilsak ham hech biriga afsus qilmay yashashda davom etishimiz kerakligini, biz uchun ideal hayot yo’qligini tushuntiradi, menimcha. O’zingiz bir o’qib ko’ring, chunki har kim o’ziga xos rakursdan ko’radi va tushunadi.

@doctorsmind📖
Bayramimiz bilan💐💐💐

@doctorsmind📖
Forwarded from The Stranger
Ahmad Lutfiy Qozonchi, Amina Shenlikoʻgʻli, Mehmet Yildiz, Mehmet Olaqosh, Rauf Jilasun, oʻzimiznikilardan Akrom Malik va yana shu tipdagi boshqa mualliflarning kitoblaridagi manzara oʻta primitiv. Ularda dunyo faqat oq va qoradan iborat. Oq boʻlsa juda oppoq, qora boʻlsa juda qop-qora. Badiiy boʻyoqlar ham, hayotiy saboqlar ham, inson xarakterining murakkab jihtalari tahlili ham yoʻq.

Bundan ham yomoni ular insonning qalbiga nafrat urugʻini ekadi. Oʻquvchi hech qanday sababsiz boshqa bir din yoki millat vakilini yomon koʻrib qoladi. Ularning kitoblarida boshqa din va millat vakillari yovuz, axloqsiz, tuban tasvirlanadi. Musulmonmi, u albatta komil inson. Yahudiy yoki nasroniymi, u albatta tuban kimsa.

Yoʻq, doʻstlar, hayot bu qadar oddiy emas. Dini, millati, ota-onasi bir boʻlgan ikki aka-uka bir-biridan yer bilan osmoncha farq qilib turganida butun boshli millatlar va dinlarga umumiy yorliq yopishtirish bu kamida saviyasizlik, hatto xavfli johillik. Men hayotda ham, ijtimoiy tarmoqlarda ham oʻzga millat yoki din vakillaridan nafratlanadiganlarni koʻp koʻryapman. Holbuki oʻzgalarning unga biror yomonligi tegmagan, umrida biror yahudiy yoki nasroniyni koʻrmagan hatto. Lekin nafratlanadi. Ularni oʻziga dushman deb biladi. Ularga oʻlim tilaydi.

Bir ruhiy kasallik bor, shizofreniyamidi yo boshqamidi hozir nomini aniq eslolmadim. Xullas, shu xastalikka duchor boʻlgan kishi bilan bir xonada oʻtirganingizni tasavvur qiling. Siz shunchaki oʻrningizdan turib javondan kitob olyapsiz. U esa hadik va oʻta ziyraklik bilan sizni kuzatyapti. Ruhiyatidagi xastalik tufayli u hammadan va har bir harakatdan xavfsiraydi. Mudom himoyalanish va hujum qilish payida boʻladi. Holbuki atrofidagilar unga yo faqat yaxshilik tilashadi, yoki umuman befarq, yomonliklari ham tegmaydi.

Yuqoridagi adiblarning qahramonlari mana shunday ruhiy xastalarga oʻxshaydi. Ular qandaydir guruhlar mudom musulmonlarga dushmanlik qilishlariga ishonishadi. Goʻyo kimlardir islom diniga qasd qilgan, goʻyo kimlardir bu dinni zaiflatmoqchi, yoʻqotmoqchi va hokazo va hokazo. Natijada oʻquvchi oʻzi tanimaydigan odamlardan nafratlana boshlaydi. Ularni yomon koʻradi. Xullas, bunday ruhdagi asarlar badiiy jihatdan boʻshligi bois sizni didsizlashtirishidan tashqari gʻoyaviy jihatdan ham xavfli. Hisobga olib qoʻyganingiz maʼqul. Oʻz diningizni, millatingizni yaxshi koʻring, lekin boshqalarni qoralamang, nafratlanmang, oʻzingizni va oʻzingiznikilarni ustun koʻrmang.

Shuningdek, "Jannatga taklifnoma", "Afv et, Allohim", "Duo taqdirni oʻzgartiradi" kabi siyqa kitoblar shu qadar urchib ketdiki, badiiy jihatdan ham, diniy jihatdan ham ulardan hech narsa ololmaysiz. Shunchasi kamlik qilganday, Fotih Duman deganining kitoblari ommatan oʻqilib yotibdi ekan hozir. Oʻqiyman desa yaxshi badiiy, diniy kitoblar shu qadar koʻpki, odamlar vaqtini yuqoridagi kabi kitoblarni oʻqib uvol qilayotganiga achinadi kishi.

@salimov_blogi
Telefonimni ko’tarmaganim sababli bir haftadan beri pochtada yotgan sovg’a-kitobimni bugun qo’limga oldim.
Anchadan beri O’zbekiston pochtasi xizmatlaridan foydalanmayotgan edim.

O’ramning ichidagi kitob nomini kim topa oladi? Yordam sifatida aytishim mumkinki, yaqinda nashrdan chiqqan kitob. Birinchi bo’lib topgan odamga yaxshi bir kitobni sovg’a qilaman.

@doctorsmind📖
Anchadan beri kanalda aktiv bo’lolmadim, bir nechta muhim ishlarim bilan band bo’ldim. Endi mutolaaga aynan “Taxtlar o’yini” asari yordamida qaytmoqchiman. Menimcha, bu asar va uning seriali haqida ortiqcha gapirib o’tirishning hojati yo’q. Barchangiz xuddi men kabi kitobning chiqishini intizorlik bilan kutdingiz.

Dushanba kuni "Zabarjad media” tomonidan ushbu asarning kichik taqdimoti o’tkaziladi. O’sha kuni ham oldindan buyurtma qilingan kitoblarni olish, ham ajoyib suhbatda qatnashish imkoniyati bo’ladi. Sizlarni ham ushbu taqdimotga taklif qilaman. Birgalikda ishtirok etamiz.

@doctorsmind📖
Bugun kunning ikkinchi yarmi ajoyib, qiziqarli voqealar va tanishuvlarga boy o’tdi. Birinchi bo’lib @bookuzbekistan’ga bordim keyin esa @zabarjadmedia nashriyotiga “Taxtlar o’yini” asari sotuvining ochilish marosimiga tashrif buyurdim. Uchrashuv juda chiroyli tarzda o’tdi. Ajoyib suhbatlar, o’yinlar yanada ko’tarinki kayfiyat berdi. Kitobga keladigan bo’lsak, kitob juda sifatli chiqqan. Ushlab, varaqlab ko’rib ham zavqlanasiz. Nashriyot xodimlari kitob uchun katta mehnat qilganliklari shundoq sezilib turibdi.

Anchadan beri bunday muhit va uchrashuvlarga bormayotgan, umuman kitob olamidan uzoqlashib qolgandim. Bugungi sayohatlarim oldingi kayfiyat va taassurotlarni biroz bo’lsada qaytardi.

@doctorsmind📖
IMG_6566.MOV
14.4 MB
Menimcha, video kitobning sifatini to’liq ko’rsatib bera olmadi)

@doctorsmind📖
​​Rasmda kecha man bilan kelgan yangi kitoblar.

1.Viktor Gyugo - “Parij Bibi Maryam ibodatxonasi”. Bu kitob haqida deyarli ma’lumotga ega emasman, lekin yaxshi asar ekanligini ko’nglim sezdi.

2.Asli Sanjar - “Haram”. Anchadan buyon qadimiy turk malikalari hayoti va tarixiga qiziqaman, shuning uchun ham bu kitobni xarid qildim. Ilhom Salimovning yana bir tarjima asarlariga birgalikda baho berib ko’ramiz.

3.Yeji Koshinskiy - “Rangin qushcha”. Ushbu kitob @quyoshtaraflarda’dan sovg’a.

4.Jeyms Xedli Cheyz - “Seyfdagi pullar”. Detektiv asarlar ishqibozi bo’lganim uchun Cheyz asarlari manga yoqadi. Bu kitob 2011- yilda chiqqan nashr. @dildora_bookaholic’dan sovg’a.

5.Jorj R.R. Martin - “Taxtlar o’yini”. Ajoyib sifatdagi, uzoq kutilgan @zabarjadmedia nashriyotining navbatdagi ijod namunasi.

6.Baxtiyor Abdug’afur - “Uzbechka”. Bu kitob birinchi marta nashr qilinganda unchalik qiziqmagandim, lekin yaqinda kinosini ko’rganimdan keyin kitobini ham o’qib ko’rishga xohish paydo bo’lib qoldi.

Yangi kitoblar xarid qilgan vaqtdagi kayfiyat har doimgidek ajoyib😍

@doctorsmind📖
Bugun "Mutolaa” loyihasining tantanali ochilish marosimiga taklif qilishdi. Albatta bunday tadbirlarning soni borgan sari ko’payib borayotganligi juda quvonarli holat.

Loyihaning bunday tadbirlari davomli bo’lishini tilab qolaman. Aytgancha, albatta tadbirga boring!

@doctorsmind📖
Forwarded from The Bookfather
​​Bugun Bookuz kitoblar do'konida Kitobxonlar davrasining navbatdagi uchrashuvini o'tkazdik.
O'ziga xos tanishtiruvlar, Qiziqarli o'tgan tanlovlar, hazillarga boy suhbatlar, Bookuz arenadagi muhokama, xullas esda qolarli kun darrov nihoyasiga yetdi.

Oxirida barcha bookblogerlar rasmgayam tushdik))

@timur_books
Telegram`da foydali va qiziqarli kanallar tobora ko'payib bormoqda. Bugun biz sizning e'tiboringizga adabiyot va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi eng sara kanallarni havola etamiz.

Barcha kanallarga a'zo bo‘lish uchun havolani BOSING!
​​✍️Asli Sanjar
📖”Haram”

“Qachonki donolik ishqni muvozanatlasa, o’shanda na boshqalarni ranjitamiz, na boshqalar bizni ranjitishlariga ruxsat beramiz, bu yerda ham adolat hukm suradi”.

Qadim-qadim zamonlardan beri sharq xalqlariga tegishli bo’lgan haram barcha millatlarni o’ziga sirliligi bilan jalb qilib keladi. Kimlardir unga qo’rquv bilan qaragan bo’lsa, yana kimlardir unga ijobiy tarafdan qaragan. Albatta xaram so’zi nafaqat sultonga tegishli bo’lgan, qizlar tarbiya qilinadigan joyni ifodalaydi, menimcha, avvallari oddiy odamlarning ichki hovlilariga nisbatan ham ishlatilgan. “Haram” asarida ham mana shunday ikki xil muhitda katta bo’lgan qizlarning kesishgan hayoti ochib beriladi.

Asardagi qahramonlardan biri Didanur saroyga o’g’irlab kelingan oddiy cherkes qizi, Jamila esa ota-onasining bag’rida katta bo’lgan qiz. Ular uchun umumiy xususiyat shuki, ikkisi ham bir-birining hayotiga kirib kelgunicha ko’plab qiyinchilik va sinovlarni boshdan kechirishgan, hayotiy saboqlar olishgan.

Asardagi bir jihat e’tiborimni tortdi. Ko’p filmlar va kitoblar orqali bilishimcha, sulton saroyiga o’g’irlab kelingan qizlar dastlab har sohadan ta’lim oladi, keyin bir umr saroyda xizmat qiladi, agar sultonga yoqib qolsa, hech qanday sabablarsiz joriyaga aylanadi. Ushbu kitobda esa saroydagi qizlarning istak-xohishlariga e’tibor beriladi. Tanlov asosida qizlar o’zlari xohlagan yo’ldan yuradilar. Saroy ular uchun har tomonlama maktab vazifasini bajaradi. Umuman olganda, asarda sulton harami haqida ko’p ham to’xtalib o’tirilmaydi. Voqealar rivoji ham bir tekisda rivojlanadi. Qandaydir intrigaga sabab bo’luvchi holatlar ham deyarli yo’q, lekin shunga qaramasdan yozuvchi asarning oxirida kerakli xulosani kitobxonga berib o’tgan. Fikrlarimnimg boshida keltirgan iqtibosimning ma’nosi to’liq ochib berilgan va o’quvchiga xulosa sifatida berilgan. Inson biror narsaga to’liq berilib ketishi, hayotining asosiy ma’nosini faqat bir narsaga bog’lashi noto’g’ri ekanligi, hayot doimiy bir maromda ketmasligi, tuyg’ular, xislar o’zgarishi mumkinligi, hayotda hamma narsani muvozanatda ushlash kerak ekanligi ya’ni oltin o’rtani topa olish kerakligi chiroyli ifodalab berilgan.

Kitobning tarjimasi va muharrir ishi menga yoqdi. O’qib chiqishga arziydi.



@doctorsmind📖
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har doim yangi bir asarni o’qib tugatganimda, unga mos video olishga harakat qilaman.
Kitobga oid barcha jarayonlar ya’ni sotib olish, maroq bilan o’qish, taqriz yozish, asar mavzusini ochib beradigan rasm va video olishning barchasi men uchun bir butun jarayon. Bularning hammasi manga o’zgacha zavq beradi.
Ayrim vaqtlarda ba’zi taqriz, rasm, videolar o’zimga yoqmaydi, ayrim vaqtlarda esa fon tayyorlash uchun uzoqroq vaqt sarflayman, ba’zan esa umuman ishtiyoq bo’lmaydi. Bu safar esa bu jarayonlar juda oson va yengil kechdi. “Haram”ni bir tekisda o’qidim, taqrizni ham, videoni ham yo’lda tayyorladim, alohida vaqt ham sarflamadim.

Aytgancha, video kitob muqovasi bilan mos, voqealar rivoji bilan bog’liq emas. Sifati ham pasaytirilgan variantda.

@doctorsmind📖
​​Soat tungi 3.00.
Kuchli bosh og’riqli va uyqusiz tun.
Uxlayman desam miyam uyquga ketadigan darajada to’liq tormozlanish holatida emas, aqliy mehnat qilaman desam unga ham aktivligim yetarli darajadamas. Oxiri yengilroq, tez, bir kechada tugatsa bo’ladigan kitob o’qishga qaror qildim, chunki keyingi kunlar uchun rejalarim allaqachon tayyor. Bundan tashqari avvalroq boshlab qo’ygan "Taxtlar o’yini”ni bunday holatda o’qigim kelmadi. Uxlay olmay vaqtni o’tkazganimdan shunisi yaxshiroq deb bildim. Kitoblarimni qarab chiqishni boshladim. Ko’zim birdaniga Kolin Huverning “Majruh muhabbat” kitobiga tushdi. Bu kitobning darajasini, qanday o’qilishini bilganim uchun qo’limga oldimu o’qishni boshladim. Miyamdagi tormozlanish va qo’zg’alish jarayonlarining muvozanati buzilgan vaqtda bu kitobni o’qishim uchun chuqur o’ylovlar yoki qandaydir tahlillar kerak emas.

Xullas, kitobni o’qishni boshladim. Doimgidek bosh qahramonlar bir yigit va bir qiz. Bir tekisda o’qishni davom ettirdim. Odatda Huver asarlaridagi qahramonlarning aksariyatini yoshlikdagi travmalari bezovta qiladi, ularning kelajakdagi baxtli hayoti uchun halaqit beradi. Bu asardagi bosh qahramon ham xuddi shunday. O’tmishdagi xotiralar sababli o’zini baxtli bo’lishga, yaxshi hayotga loyiq deb bilmaydi. Qilayotgan ishi yaqinlarini qiynayotganini tushunadi, lekin o’tmishni qo’yib yuborishni istamaydi. Shu tarzda umrining 6 yilini o’tkazadi. Voqealar kimlargadir real emasdek tuyilishi mumkin, yana kimlar uchundir qiziqarli bo’lishi mumkin.

Kitobni 6.00 da tugatdim va vaqtim uchun achinmadim. Kitob yuqorida aytganimdek, qattiq o’ylash yoki tahlillarsiz oson o’qiladi. Biror kun mendek holatga tushib qolsangiz( bunday holat kuzatilmasin)) hech bo’lmaganda uyqu rejimi o’zgarib qolganda) o’qib chiqishingiz mumkin. Ammo o’qimasdan o’tib ketsangiz ham hech nima yo’qotmaysiz. Ba’zan shunday kitoblarni atiylab sotib olaman, chunki oxirgi vaqtlarda badiiy kitoblardan dam olish, ishlarimdan chalg’ish, boshqa olamlarga qisqa vaqtga bo’lsa ham borish uchun foydalanyapman.


@doctorsmind📖
Bugun yana bir yangi kitob do’konining ochilish marosimiga taklif qilishdi.
“Sarmoya books”ning navbatdagi yangi filiali ochilmoqda. Bu kitob do’konlar tarmog’i menga juda yaxshi tanish, boshqa filiallariga ham borganman, bir nechta ingliz tilidagi orginal kitoblar xarid qilganman. Bu haqida postlarimda ham yozgandim. Yana bir yangi filialning ochilishi meni xursand qildi. Bu filialga ham albatta boraman va ajoyib atmosferasidan bahra olib kitoblar xarid qilaman.
Sizga ham tavsiya qilib qolaman.

@doctorsmind📖
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shunaqa videolarni olib instagramga joylaymanu, telegram yodimdan chiqib qolaveradi)


Bugun noodatiy tarzda postlar soni biroz ko’payib ketdi)
@quyoshtaraflarda ilhom bervordilar)

@doctorsmind📖
2025/07/07 05:21:50
Back to Top
HTML Embed Code: