Telegram Web Link
#yangi_kitoblar

Bugun anchadan beri o’qiyman deb reja qilgan, lekin hali kitobini ham sotib olmagan asarlarimni tasodifan uchratib qoldim. Aslida bundan ham sifatli nashrlarini olaman degandim, biroq shu kitoblarni ham keyinroq topa olmasdan qolmay deb sotib olaverdim. Bu kitoblar, adashmasam, anchadan beri yangi nashr qilinmagan. Ikkala kitob ham 2018-yilda nashrdan chiqqan ekan.
Bu yil o’qigan kitoblarimning soni avvalgi yillarga qaraganda kamroq, lekin sifat jihatdan ancha yaxshi. Chunki rejamdagi ko’pgina klassik asarlarni o’qidim. Shu yutug’im sababli o’zimdan bemalol faxrlana olaman. Yangi yilda ham ko’proq klassik asarlarga murojaat qilmoqchiman.

@doctorsmind📖
​​✍️Toni Morrison
📖”Eng moviy ko’zlar”

Bolalik davrimizda har birimizda qandaydir komplekslar mavjud bo’lgan. Bu komplekslar bizga kundalik hayotimizda odamlar bilan erkin muloqot qilishimizga, biror shaxsiy ishimizni bitirishimizga, umuman olganda o’zimizga nisbatan ishonch bilan yurishimizga ma’lum bir darajada xalaqit qilgan. Yillar o’tib esa qaysi birlarinidir shunchaki yoddan chiqaramiz, yana boshqalarini esa doimo o’zimiz bilan hamrohlikda olib yuramiz. Hozir ayrim komplekslarimizni eslab umuman ahamiyatga ega bo’lmagan kamchilik uchun aziyat chekkanimizga hayron bo’lsak, yana ayrim komplekslarimiz haqida o’ylab hozir ham ruhiy jihatdan azoblanishimiz mumkin. Eng og’ir komplekslar bu - atrofdagi insonlarning kamsitishi va tengsizlik sababli kelib chiquvchi komplekslardir. Ayniqsa, o’sha tengsizlikka sabab bo’layotgan kamchilikni tuzata olish sizning qo’lingizda bo’lmasa, ikki baravar azoblanasiz. Yozuvchi Toni Morrisonning qahramoni Pekola ismli qizaloq ham yoshligidan ana shunday kamsitilish va tengsizlik muhitida katta bo’ladi. Tanasi rangining qoraligi va atrofdagi oq tanli qizlarning oldida o’zini badbashara deb hisoblashi uni jamiyatga qo’shilishiga yo’l qo’ymaydi va o’z navbatida jamiyat ham bunday qora tanli qizaloqni inson sifatida qabul qilishni xohlamaydi. Qizaloqning birgina orzusi bor edi, bu - moviy ko’zlarga ega bo’lish. O’sha vaqtdagi jamiyat qabul qilgan go’zallik standarti moviy ko’zlar va oq tanaga ega bo’lish edi. Qizaloq ham agar moviy ko’zlarga ega bo’lsa barcha kamchiliklari ko’rinmasligiga, hammasi yaxshi bo’lishiga ishonadi. Aslidachi? Aslida esa muommo faqat moviy ko'zlargagina bog’liq emas edi.
Romandagi barcha qahramonlar, shu jumladan, Pekolaning ota-onasi ham ruhiy jihatdan nosog’lom insonlar edi. Masalan, Pekolaning otasi Chollini olaylik. Uni haligacha bolalik davrida oq tanlilar tomonidan ko’rsatilgan travma qiynab keladi va eng yomoni bu travma uchun u oq tanli insonlarni emas, o’ziga o’xshagan insonlarni ayblaydi. Yana bir qahramon Pekolaning onasi Polin esa, o’z xonadonida yarata olmagan xotirjamlik va tartibni oq tanlilar xonadonida xizmatkor sifatida yaratgan. O’z farzandlariga bermagan mehrni ham xo’jaynilarining farzandiga bergan. Endi aytingchi, bunday ruhiy nosog’lom oilada qanday qilib o’ziga ishongan farzandlar shakllana olsin?

Pekola ham boshqa qizaloqlarga qo’shilishni, ulardek bo'lishni istardi. Buning uchun moviy ko'zlari bo’lishini chin dildan istadi. Biroq…

Asarni o’qishni boshlaganingizda dastlab tushunarsizdek tuyiladi. Har xil joy va vaqtdan so’zlayotgandek tuyilishi mumkin, lekin asarning ikkinchi qismida har bir qahramonning o’tmishi, haqiqatlari asta-sekin ochib beriladi. Har bir yozilgan satrning ma’nosini tushuna boshlaysiz.

Ha aytgancha, bu kitob mutolaasidan keyin bizning komplekslarimiz hech nimaga arzimasligini ham tushunib yetasiz.

@doctorsmind📖
https://mywishlist.online/w/wmucb3/dildoras-wishlist

Yangi yil oldi “Bookblogerlar jamiyati” a’zolari bilan birgalikda “Secret Santa” o’ynayapmiz. Sovg'a beradigan odamimizni bilamiz, lekin bizga sovg'a yuboradigan inson kimligini bilmaymiz.

Har kim o’z Santasiga yordam sifatida wishlist’ini tuzib chiqqan edi. Men ham o’sha paytda shoshilinchda bir nechta kitoblarni tez-tez kiritgan edim, lekin hali sovg’alarim kelmadi)
Kutamiz…

@doctorsmind📖
#mutolaa

Navbatdagi sayohatimni shu kitob bilan davom ettiryapman. Boshlanishi sirli va qiziqarli tarzda boshlandi.

@doctorsmind📖
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
​​
#mutolaa

Tasavvur qiling, ko'chada sovuq va ayoz, deraza ortida qor parchalari sekin aylanmoqda. Siz esa qulay va yumshoq divanda o'tiribsiz, issiq, to'qilgan paypoqni oyoqlaringizga kiyib olgansiz, qo'lingizda qahvali krujkani ushlab olgansiz, tizzangizda esa sizning sevimli kitobingiz. Siz iliqlik va osoyishtalikdan zavqlanmoqdasiz. Siz derazadan qorli daraxtlar va qor parchalarining parvozini kuzatmoqdasiz. Xuddi vaqt to'xtab qolgandek...
Sizni ta'riflab bo'lmaydigan hotirjamlik va tinchlikning baxtli hissiyotlari qamrab oladi. Siz hech qayerga shoshmayapsiz, hech nimadan havotir ham olmayapsiz. Sizning dunyoyingizda hamma-hammasi yaxshi.

Daniyaliklar bu hissiyotni Xyugge deb atashadi.

Xyugge nima? Bu material emas. Uni ushlab ham, ko'rib ham bo'lmaydi. Bu kayfiyat. Asosiy holat. Sezgi. Unga aniq ta'rif berish qiyin. Uni faqat his qilish mumkin.

Xyugge - bu iliqlik, qulaylik, hotirjamlik. Hech qayerga shoshilmaslik, hech nimadan xavfsiramaslik va shu lahzadan rohatlanish.


@doctorsmind📖
Forwarded from Quyosh taraflarda
Yangi yil oldi qaynoqqina tanlovga nima deysiz? Bizda hammasi juda oddiy.

Qatnashish uchun:
Quyosh taraflarda va Doctor‘s mind kanallariga a'zo bo'lishingiz;
– Va shunchaki pastdagi "QATNASHAMAN" tugmasini bosishingiz kerak. G'oliblarni telegramning o'zi random orqali aniqlab beradi.
Diqqat! Agar ikkala kanalga ham a‘zo bo‘lmasangiz g‘olib bo‘lolmasligingiz mumkin.

G‘oliblar soni 4 nafat bo‘ladi. Yutganlarga rasmdagi kitoblardan birini sovg‘a qilamiz. Bari tushunarli bo‘lsa, barchaga omad tilagan holda tanlovni boshladik.

Natijalar 22-dekabr kuni 11:00 da e'lon qilinadi.

Aytgancha, xabarni boshqalar bilan bo‘lishishni unutmang. Hammaga omad!
#yangi_kitoblar

Eng yaxshi ko’rgan janrlarimdan biri bu - ilmiy fantastika. Ayniqsa, shifokor bo’lganim uchunmi inson yoki hayvon tanasi ustida o’tkazilgan tajribalar asosida yozilgan asarlarni juda ham sevaman. Bu borada Aleksandr Belyayevning asarlarini alohida ta’kidlab o’tishim joiz. Uning shu mavzudagi asarlari allaqachon mening eng sevimli asarlarimga aylanib ulgurgan. Ilmiy fantastika haqida qancha gapirsak shuncha oz.

“Frankenshteyn” asarining yangi nashrini ham ilmiy fantastik janrda bo’lganligi uchun xarid qildim, lekin asarning voqealar rivoji haqida hech qanday ma’lumotga ega emasman. Hozir o’qiyotgan kitobimdan keyin boshlavormoqchiman.

Aytgancha, kitob sifati menga ma’qul bo’ldi. Ajoyib ko’rinishda chiqibdi.

@doctorsmind📖
​​✍️Aleksandr Dyuma
📖"Jallod changalidagi oshiqlar”

Aleksandr Dyuma nomi barcha kitobxonlar uchun juda yaxshi tanish, kitobini o’qimagan bo’lsalar ham hech bo’lmaganda uning “Graf Monte Kristo”, “Uch mushketyor” asarlari asosida suratga olingan filmlarni ko’p marta tomosha qilishgan. Hozir esa sizlarga uning ko’pchilik eshitmagan(o'qimagan) yana bir asari haqida aytib bermoqchiman. “Jallod changalidagi oshiqlar” romani hokimyat tepasiga Napoleon Bonopart kelgungacha bo’lgan davrni ya’ni fransuz inqilobi va inqilobdan keyingi tartibsizliklar yuzaga kelgan davr voqealarini ko’rsatib beradi. Mamlakatda fransuz monarxiyasi tugatilish arafasida, qirol Lyudovik XVI qatl etildi, lekin hali ham monarxiya tugatilishini xohlamaydigan sirli guruhlarning harakatlari davom etmoqda. Ular qirolichani qutqarish harakatidalar. Aynan mana shu sirli guruhning a’zosi Jenevyeva va ashaddiy respublikachi Moris Lende o’rtasidagi muhabbat voqealari esa tarixiy voqealarga badiiy tus bera olgan va aynan mana shu ikki insonning harakatlari asarga o’ziga xos intrigani ulasha olgan. Hayotiy qarashlari va maqsadlarining xilma-xilligi ham bu ikki yoshning yaqinlashuviga to’sqinlik qila olmagan.
Dyuma o’sha davr haqiqatlarini ochib bera olgan, lekin noaniqliklar talaygina. Asarga badiiy sayqalni ko’p berib yuborgan, nazarimda. To’g’ri, asar mavzusi dolzarb lekin to’liq ochib berilmagan. Bekorga uning bu asari “Graf Monte Kristo”, “Uch mushketyor”, “Askanio” asarlari panasida qolib ketmagan ekan. Tarixdan bexabar insonlar uchun biroz tushunarsizroq tuyilishi, tarixdan xabardor insonlarga esa asar voqealari biroz g’alati tuyilishi mumkin. Umuman olganda, asar yomon emas, balkim o’zim juda katta taassurotlar kutib xato qilgandirman. Yaxshisi, o’zingiz o’qib ko’ring! Tarixga qiziqadiganlar uchun yaxshi tanlov.

@doctorsmind📖
#mutolaa

Bu yil uchun eng oxirgi kitob mutolaasini boshladim, lekin bayram tayyorgarliklari sababli sekin o’qiyapman. Ko’ramiz, 2025-yil kirib kelguniga qadar tugata olarmikanman.

@doctorsmind📖
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kirib kelayotgan yangi yilingiz bilan🥳🥳🥳
2025-yilda kitoblar orqali qilgan hayoliy sayohatlaringiz haqiqiysiga aylansin!
Izlanishdan, o’rganishdan, o’qishdan charchamang!

@doctorsmind📖
“Katta baxtlar kichik narsalarda yashiringanini anglash va ularni qadrlash – chinakam ulg‘ayishning belgilaridan biridir”.

Yil boshidan miyamga shunaqa falsafiy fikrlar kelmoqda) Aytgancha, “Frankenshteyn”ni tugatishga ulgurmadim. Bugun davom ettirmoqchiman.

@doctorsmind📖
​​✍️Men tan olaman:

Mohichehradan ilhomlanib men ham o’zimnikini yozib chiqdim)

–Yangi kitoblarning hidini yaxshi ko’raman.(eski kitoblarni noyob kitob bo’lsagina xarid qilishim mumkin)
–Kitob o'g'irlamaganman.
–Qahva ichib kitob o’qishni yoqtiraman, ba’zan kitobga berilib ketsam sovib qolgan qahvani ichishga majbur bo’laman)
–Transportda o’qiyotganimda xatcho’p topilmay qolsa pul, plastik kartam va cheklarni ham kitob ichiga solib qo’yishim mumkin)
–Hech kimni kitob sovg'a qilishga majburlamaganman.
–Kitob sovg'a qilishni ham, sovg'aga olishni ham yoqtiraman.
–Kitobdagi voqealar haqida gapirganda hissiyotlarga berilib gapirishimni tan olaman)
–Hozir ko'proq klassik asarlar o'qiyapman.
–Avvallari faqat qattiq muqovalarni sevardim, hozirgi kunda yumshoq muqovalarga ham shaydoman.(Ayniqsa AsaxiyBooks’ning yumshoq muqovali kitoblariga)
–Hozir deyarli she’r o’qimayman (Farzandlarimga she’r yodlatish kerak bo’lgan vaqtda ularning she’rlarini o’qib yod olishimni hisobga olmasa)
–Men ham shovqinda kitob o’qiy olaman(avtobus, metro shovqinida ham asar ichiga kirib keta olaman)
–Zamonaviy turk adabiyotidan avval o’qiganman, hozir bunday asarlarga vaqtimni qizg’onaman.
–Badiiy kitoblarni ko’p o’qiyman, lekin ilmiy-ommabop kitoblarni ham yoqtiraman.
–Ko’p bookbloglarga a’zoman, lekin oxirgi paytlarda ularning har bir postlarini o’qiy olmayman(vaqt masalasi chatoqda)
–Kitoblarni estetik holatda rasm va videoga olishni sevaman. Har bir olgan video va rasmim uchun anchagina ter to'kaman. Shunchaki rasmga olib ketmayman.
–Audio variantdagi kitoblarni uyda ish vaqtida ko’p eshitaman.
–Pdf kitoblarni anchadan beri o’qimadim.
–Kitob do’konga kirib biror marta ham kitobsiz chiqmaganman)
–Galeriyamning katta qismini o’zim olgan kitobli rasm va videolar egallagan.
–Instagram va telegram bloglarimda faqat o’zim olgan video va rasmlardan foydalanaman.
–Sumkamda o’zim bilan doim kitob olib yuraman.
–Kitoblar asosida suratga olingan filmlar menga ko’p hollarda yoqmaydi.(Ular qisqartirilgan yoki bo’rttirilgan bo’ladi)
–Diniy kitoblar o’qiyman.
–Kitobni tugatganimdan keyin kitobning oxirisiga tugatgan vaqtimni albatta yozib qo’yaman.

Siz ham o’zingiznikini yozib qoldiring, kanalingiz bo’lsa challenge’ni davom ettiring! Xohlasangiz shaxsiy odatlaringizni ham qo’shib yozing!

@doctorsmind📖
​​Ikki kun davomida shopper’imni kitoblarga to’ldirib yurib, mana hozirgina oxirgilarini pochtadan chiqarib yubordim. Kechadan beri bir nechta pochta xizmatlaridan foydalandim: EMU, Starex, BTS. Ushbu post orqali sizlarga ikki kunlik pochta bilan bog’liq sarguzashtlarim va barcha pochta xizmatlari haqidagi xulosamlarimni aytib bermoqchiman.
Dekabrda @quyoshtaraflarda bilan o’tkazgan tanlovimizning bir nechta g’oliblariga, sovg’a uchun va yana boshqa sabablar tufayli kitob yuborishim kerak edi. O’zim odatda EMU pochtasini yaxshi ko’raman va shu pochta xizmatidan ko’p marta foydalanganman. Bu safar kitobni qabul qilib oluvchilar pulini to’lashi kerak bo’lgani uchun, ularga arzonroq bo’lsin deb Starex pochta xizmatidan foydalanishni
lozim topdim. Starexdan avval pochta qabul qilib olganman, lekin hech qachon yuborib ko’rmaganman. Birinchi kun pochtaga borsam o’zingiz paket bilan upakovka qilasiz, ilovadan ham o’zingiz ro’yxatdan o’tkazasiz, shunda pochta puli besh ming so’m bo’ladi deyishdi. Yetmaganiga pochtaning eson-omon borishiga o’zingiz javob berasiz deyishdi) Bunaqasini avval ko’rmaganimga g’alati tuyildi, keyin o’zim pul to’lashim kerak bo’lgan kitoblarga pul to’lab chiqarvordim. O’zi pul to’lab olishi kerak bo’lgan odamlarning oldida xijolat bo’lmay deb ilovani va qadoqlash tartibini so’rab bilib oldim. Bugun esa o’zim ilovadan ro’yxatdan o’tkazib, paketga solib, kitob zarar ko’rmasligi uchun skoch bilan mustahkamlab qo’lbola upakovka qilib olib keldim) Hattoki ustiga yopishtiriladigan etiketkalarigacha o’zim yopishtirib chiqdim) Endi qabul qilib oluvchilar uchun arzon narx bo’ldi. Starex pochtasini bir vaqtlar kitoblarni yetkazib berish uchun pul olmaganliklarini haqida eshitgandim. Bu albatta vaqtinchalik marketing usullaridan biri bo’lgan. Shu bahona pochtaning har bir bosqichini bilib oldim. Yuqorida yozganimdek, bugun EMU pochta xizmatidan ham foydalandim, ushbu pochta menga ishining tartibli ekanligi bilan yoqadi, xodimlari ham har bir savolingizga erinmasdan javob berishadi. Ko’pchilik bu pochtani biroz qimmatroq deyishadi, lekin xizmat ko’rsatish a’lo darajada. Xuddi shunday BTS pochtadagilar ham tartibli xizmat ko’rsatishadi, bir marta pochta yuborganimda oluvchi tarafda muommo bo’lganda ham erinmasdan xushmuomalalik bilan tekshirib berishgandi.
Starex pochtani yomon deyolmayman, biroq arzon narx qo’yilgani bilan tartibsizliklar bor. Besh ming so’mga yuborgan tanishlarim ham hech qachon upakovka qilmaganmiz deyishdi) Bundan tashqari chekkaroq hududlarda hali yetarli darajada ofislari yo’q, bugun ham bitta pochtani chekkaroq joyga yuborishim kerak edi. U joyda ofislari bo’lmagani uchun EMUdan chiqarib yubora qoldim.

Xulosam shuki: agar kimgadir sovg’a yuborishim kerak bo’lsa chiroyli upakovka qildirib qimmat bo’lsa ham doimgidek EMU yoki BTS pochtadan yuboraman. Yo’lkira narxini oluvchi to’laydigan vaziyatlarda esa Starexdan qo’lbola, xunukroq o’rab bo’lsa ham jo’natib yuboraveraman.

Siz ko’proq qaysi pochta xizmatlaridan foydalanasiz? Qaysi birining xizmat ko’rsatishi ma’qul bo’lgan? Qaysilariniki esa ma’qul bo’lmagan va nima uchun?

Aytgancha, rasmda men o’ragan pochtalarni ham ko’rishingiz mumkin)

Yana bir gap, Fargo va UzPost pochtalaridan faqat qabul qilib olganman. O’zim biror marta pochta chiqarmaganman, shuning uchun bu pochtalarning narxi haqida nimadir deya olmayman. UzPostdan pochtam juda sekinlik bilan kelgan, lekin viloyatlardagi chekkaroq joylarga yuborishga qulay pochta deyishdi.

@doctorsmind📖
#taklifnoma

11-yanvar kuni “Akademnashr” shunaqa katta tadbir o’tkazmoqda. Borish kerak, albatta)

@doctorsmind📖
Forwarded from Birburchak
Yangilik 🔥

Endi youtubeda har 10 kunda kitoblar va uning atrofidagi mavzularda sifatli videolar joylab boraman. Ilk sonini esa “Kitob oʻqishni qanday qilib doimiy odatga aylantirish mumkin?” degan savolga javob topishga bagʻishladim. Koʻring, manfaati tegadi degan umiddaman.

Obuna boʻling, layk, kommet va “share”lar bilan yordam qiling. Kitob mavzusida sifatli videolar boʻlishini qoʻllab-quvvatlaysiz degan umiddaman. Video haqida fikrlaringizni ham kutaman.

Videoni koʻrish uchun link:

https://youtu.be/dXMXW_lIaVg?si=M-NUpPSuKTWy9Nzo

🕊Telegram 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/05 07:18:26
Back to Top
HTML Embed Code: