Telegram Web Link
Yanvar oyida kitob olmayman deb o’zimga va’da bergan edim, lekin va’damni fevral oyiga deb o’zgartiraman)

Bugun @quyoshtaraflarda bilan Beruniydagi kitob do’konini aylandik. Eski nashrdagi, lekin juda sifatli kitoblar xarid qildim.

@doctorsmind📖
16👍4🥰1
​​✍️Meri SHelli
📖”Frankenshteyn”

Insoniyat yaralibdiki, hayotning paydo bo’lishi haqidagi savollar u bilan doimo yonma-yon yuradi. Shu paytgacha qanchadan-qancha olimlar bu mavzu ustida bosh qotirib kelmoqdalar, lekin azaliy jumboqlarning yechilganlaridan ko’ra yechilmaganlari bir olam. Navbatdagi o’qigan kitobimning bosh qahramoni ilmga mukkasidan ketgan yosh olim Viktor Frankenshteyn ham o’limni yengishga intiladi, hayot qonunlarini o’rganadi, sirli vositalar orqali yangi mavjudotni jonlantiradi. Lekin… Dunyoga kelishiga sababchi bo’lgan mavjudoti insondan ham chidamli va baquvvat edi, ammo o’ta badbashara edi. Frankenshteyn bu mavjudotni ko’rishi bilan undan voz kechadi, yaratilgan mavjudotning keyingi taqdiri haqida o’ylab ham o’tirmaydi. Uning jirkanch ko’rinishi Frankenshteynni aqldan ozdiradi, shuncha oylik mehnatining natijasi kutilganidek chiqmaganidan hafsalasi pir bo’ladi.
Mahluq ham o’z hayotini davom ettiradi, o’z imkoniyatlarini ishga solgan holda gapirish, o’qish, yozishni o’rganib oladi, odamlarga yaxshilik qiladi va ular bilan birgalikda yashashni istaydi. Tabiiyki odamlar bunday badbashara mahluqni qabul qilmaydilar. Uni haydab soladilar. Biz bilamizki, har qanday mavjudot ham yolg’izlikda yashay olmaydi, o’z jufti va sheriklari bo’lishini xohlaydi. Mahluq esa atrofdagilar tomonidan tan olinmaydi, ketma-ket rad etilishga uchraydi. Bu esa undagi agressiyani kuchaytirib yuboradi va keyinchalik esa bir nechta yomon voqealarga olib keladi.

Asardan quyidagi muhim xulosalarni olish mumkin:
1.Oqibati aniq bo’lmagan har qanday bilim va ilmga bo’lgan telbanamo kuchli intilish har doim ham yaxshilik bilan tugamaydi. Bu Frankenshteyn kabi surunkali azob va fojiaga olib kelishi mumkin. Har bir kashfiyotning chegarasi bo’lishi kerak. Bu insonning ruhiyatiga ham salbiy ta’sir o’tkazishi mumkin(bu albatta shaxsiy fikrim)
2.Tashqi ko’rinish jamiyat uchun asosiy omillardan biri. Har doim o’zgacha yoki farqli insonlar odamlar tomonidan qabul qilinishi qiyin bo’lgan.
3.Odamlardan alohidalanish yoki ulardan o’zini olib qochish har doim ham muommoga yechim bo’la olmaydi. Asarda Frankenshteyn hatto yaqinlaridan ham qochib yuradi, mahluq esa odamlarga intiladi. Kuchli alohidalanish ham kuchli intilish ham zararli bo’lishi mumkin.

Asar ilmiy fantastikaning ajoyib namunalaridan biri, aynan hayot, yaratilish va diniy bilimlar endi shakllanayotgan vaqtda ko’plab munozaralarga sabab bo’lgan. Frankenshteyn Xudoning yarata olish qobiliyatini olib qo’yishga intilgan va haddidan oshgan inson sifatida ayblanadi. Bundan tashqari asarda Frankenshteyn tomonidan yaratilgan mahluq uning o’zi tomonidan Iblis deb ataladi. Mahluqning jamiyatdan haydalishi va yolg’izligi Odam Ato va Havo hikoyasidagi quvilish bilan bog’lanadi. Bundan tashqari asar ilm-fan va din o’rtasidagi azaliy qarama-qarshiliklarni ham ko’rsatib beradi. Frankenshteyn misolida ilm-fan va din o’rtasidagi muvozanat ochib beriladi. Tavsiya qilaman.

@doctorsmind📖
1🍓7👍3🔥3❤‍🔥22🥰1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shunaqa odatim bor. O’qigan kitobim menga juda ham yoqsa u haqida taqriz ham yozaman, mahsus video ham tayyorlayman. Agar kitob yoqmasa umuman taqriz yozmayman. Bu safargi o’qigan kitobim “Frankenshteyn” menga yoqdi) Taqriz ham yozdim, video ham tayyorladim (qisqagina bo’lsada)

@doctorsmind📖
👍117🔥4❤‍🔥2🥰1👏1😍1
#fikrlar

Qachonki, insonlardan tasalli topmasangiz, tabiat chiroyidan bahramand bo’ling, u ayni sizga keragini bera oladi.

@doctorsmind📖
7👍2🔥2❤‍🔥1👏1💯1💋1
​​#taqriz

Bir necha kun oldin Pingvin books (Qamar books) farzandlarim uchun bolalar kitoblarini sovg’aga yuborgandi. Shu kitoblarning bir nechtasini o’qib chiqdik. Ayrim fikrlarimni sizlar bilan bo’lishmoqchiman.
Kitoblarni o’qiganim sari o’ylanib qolyapman, bolalar uchun chiqarilgan kitoblarda ba’zida kattalar ham bilmaydigan, tushunmaydigan haqiqatlar ko’rsatib berilgan. Masalan, “G’oz albi” kitobini olaylik. G’ozlar oilasida 3 ta g’ozcha dunyoga keladi. Ulardan biri ya’ni Albi ismli g’ozning rangi boshqalarga o’xshamasdan ajralib turadi ya’ni oq rangda bo’ladi( Nom tanlanganda ham bekorga Albi nomi tanlanmagan, chunki albi so’zi lotin tilidan tarjima qilganda oq degan ma’noni bildiradi). Uni o’zlarining ranglariga o’xshatish uchun nimalar qilishmaydi deysiz? Bo’yoq bilan bo’yab ko’rdilar, lekin yomg’ir yog’ganda yana asl rangiga qaytib qoldi. O’zlarining ranglariga o’xshash palto tikib berdilar, biroq yozda Albi issiq paltoda yura olmadi. Shunda ham Albini o’zlariga o’xshatish qarorlaridan voz kechmadilar. Turli xil bo’tqalar tayyorlab unga yedirdilar. Xullas, har safar biror usulini topishga harakat qilardilar, lekin bu g’oz Albi uchun og’riqli va qiyin jarayon bo’lardi. Bularning bari joniga tekkan Albi dunyo bo’ylab safar qilishga qaror qiladi.
Bir bolaligingizni eslab ko’ringda, qaysidir odatingiz yoki biror tana a’zoyingiz boshqalarga o’xshamagani uchun o’zgartirishga harakat qilganmisiz? Sizni boshqalarga o’xshamaganingiz uchun normadan tashqaridagi inson sifatida ko’rishganmi?

Nafaqat bolalar balkim ayrim kattalar ham ba’zida xarakter, odat yoki tashqi ko’rinishlaridagi biror o’zgachalik sababli o’zlarini noqulay his qiladilar. Jamiyat qo’ygan talablarga mos tushishga, boshqacha aytganda bir chiziqdan og’ishmay yurishga harakat qiladilar. Lekin… Lekin degani shuki, sizning o’zgacha odatingiz bu - norma, o’ziga xos qomatingiz bu - norma, boshqalarga o’xshaymaydigan yuz tuzilishingiz bu - norma.
Kitobni nafaqat bolajonlar, balkim kattalar ham o’qishini xohlardim. Bolajoningizga boshqalardan ajralib turish odatiy holat ekanligini kichkinaligidan tushuntirib borishingiz kerak. Meni yana quvontirgani, kitob oxirisida voqea haqidagi turli xil savollar yozilgan bo’lib bolajoningizni qanchalik darajada tushunganini sinab ko’rishingiz mumkin.
Shunaqa, ba’zida kichkina bolajonlar kitoblari ham shunaqa ulkan haqiqatlarni singdira oladi)

@doctorsmind📖
🔥63🥰2👍1😍1
#mutolaa

Bir necha kun oldin Dostoyevskiyning “Telba” asarini o’qishni boshlagandim. Asosan uyda vaqtimda, tinchroq holatda o’qishga harakat qilyapman. Ko’p kitoblarni transportda yurganimda o’qib tugatardim, lekin “Telba” yo’l-yo’lakay o’qiladigan asar emas. Uni tushunib, his qilib o’qishni xohlayapman. Shuning uchun bugun yonimda yurishi va transportda o’qishim uchun “Mening baxtimsan” kitobini olgandim. Hozir birinchi bobini o’qib tugatdim. Tarjima, muharrir ishi yaxshi, bir tekisda o’qiyapman. Kitob sifati ham yoqdi. Uyga borganda esa yana “Telba”ning mutolaasiga qaytaman. Uni ham maza qilib o’qiyapman.

Kim, qanday kitoblar o’qiyapti? Iloji bo’lsa suratini yuboring.
Ha aytgancha, kanalda kechki vaqtlarda 2-3 soatlik mini tanlovlar o’tkazishga nima deysizlar? Fikrlaringizni ham qoldirsangiz xursand bo’lardim.

@doctorsmind📖
👍154🔥2😍2👏1🤩1
Xayrli kun!
Kitobxonlikka oid ushbu so’rovnomani to’ldirib berishingizni so’ramoqchi edim. Bu kitob olamidagi bo’lajak yangi o’zgarishlar uchun ilk qadamlardan biri.
Aytgancha, ajoyib taklif va fikr bildirganlar uchun sovg’a ham bor)

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc7fCSIWy-yo1dt2efwtN5tBfJAx1enwNQkr0BoArNfZxh4fg/viewform?usp=dialog
👍4❤‍🔥1👏1😍1
#mutolaa

"Mening baxtimsan"ni tugatdim, bugun kun oxirigacha asar haqidagi fikrlarimni post qilaman. Hozir esa shunaqa tinch joyda, 16:00 gacha “Telba”ning mutolaasini davom ettiraman)

@doctorsmind📖
12🔥3👏2🥰1
Sevimli kitoblarimning sevimli nashrlari❤️

Auksionda yutib olgandim. Bugun qo’limga oldim. Urrraaa!!!

@doctorsmind📖
13🤩5😍2🔥1🥰1👏1
#muhim

Demak, ertaga ya’ni 2-fevral kuni kechki soat 21:00 da kichik tanlov bo’lib o’tadi. Sizga iqtibos beraman, uni qaysi asardan olinganini topishingiz kerak. Ha aytgacha, sizga yordam sifatida iqtibos olingan asar haqida qo’shimcha ma’lumotlar ham beraman. Siz bu asarni o’qimagan bo’lsangiz ham yordam orqali taxmin qilib to’g’ri javobni topishingiz mumkin. Kim birinchi bo’lib to’g’ri javobni imlo xatolarsiz yozsa o’sha g’olib bo’ladi. G’olibga iqtibos olingan kitobni sovg’a qilaman. Kitob Starex pochta orqali yetkazib beriladi.

Kanalning ovozini yoqib qo’yishi unutmag! Tanlov yodingizdan chiqsa ham sms sizga buni eslatadi) Yana bir gap, bu safargi tanlovda hech qanaqa odam qo’shish yoki skrinshotlar talab qilinmaydi. Shunchaki, obunachilarning qanchalik e’tiborli ekanliklarini sinab ko’rmoqchiman.

@doctorsmind📖
9👍6🔥3❤‍🔥1🥰1🤩1
Doctor's Mind 👩‍⚕️ pinned «#muhim Demak, ertaga ya’ni 2-fevral kuni kechki soat 21:00 da kichik tanlov bo’lib o’tadi. Sizga iqtibos beraman, uni qaysi asardan olinganini topishingiz kerak. Ha aytgacha, sizga yordam sifatida iqtibos olingan asar haqida qo’shimcha ma’lumotlar ham beraman.…»
Demak, tanlovni boshladik.

“Biz to’liq rivolanmagan, kamchiliklari yetarli darajada bisyor bo’lgan majudotlarmiz. Shuning uchun ham o'zimizdan ko'ra donoroq, yaxshiroq fazilatlarga ega
odamlar bilan do'st bo’lishni xohlaymiz. Do'stimiz bizdagi zaif va nuqsonli tabiatimizni mukammallashtirishga yordam berishidan umidvor bo’lamiz”.


Ushbu iqtibos qaysi asardan olingan?

Yordam sifatida shuni ayta olamanki, kitob oxirgi oylarda yangi muqovada qaytadan nashr qilindi.

Birinchi topgan g’olibga aynan mana shu iqtibos olingan kitob sovg’a qilinadi. Kommentariyada o’z tahminingizni yozib qoldirishingiz mumkin. Barchaga omad!

@doctorsmind📖
🔥42❤‍🔥1👍1
Doctor's Mind 👩‍⚕️
#muhim Demak, ertaga ya’ni 2-fevral kuni kechki soat 21:00 da kichik tanlov bo’lib o’tadi. Sizga iqtibos beraman, uni qaysi asardan olinganini topishingiz kerak. Ha aytgacha, sizga yordam sifatida iqtibos olingan asar haqida qo’shimcha ma’lumotlar ham beraman.…
G’olibni aniqladim!

Kecha yozgan shu postimda imlo xatolarsiz yozgan birinchi inson g’olib bo’ladi deb aytgan edim.

Javob: “Frankenshteyn” asari edi.

G’olib: @gayratovna_munis bo’ldilar.
Sizga manzilni olish uchun o’zim yozaman.

Birinchilardan yozgan, lekin imlo xatolar bilan yozgan kuzatuvchilarim xafa bo’lmang, chunki oldindan ogohlantirgandim)
Keyingi yakshanbada ham shunaqa tanlov o’tkazmoqchiman. Akivroq va e’tiborliroq bo’ling. Albatta g’olib bo’lasiz!

@doctorsmind📖
4👍3🔥2😍1
​​✍️Asya Lavrinovich
📖”Mening baxtimsan”

“Hayot – bu bizga berilgan eng katta sovg‘a, uni har kuni yangi kashfiyotlar bilan to‘ldirish kerak”.

Oxirgi vaqtlarda ikkita kitobni baravar o’qiydigan odat chiqardim. Birini uyda hotirjam holatda o’ylab o’qisam, ikkinchisini esa oldimda olib yurib yo’l-yo’lakay ko’chada, transportda o’qiyman. Albatta yo’l-yo’lakay o’qish uchun tushunilishi biroz yengil, o’qilishi oson asarlarni tanlayman. Bu safar yo’lda o’qish uchun kitob tanlayotganimda ko’zimga “Mening baxtimsan” asari tushib qoldi. Nomi, muqovasi bilan o’ziga jalb qila oldi. Asarni o’qishni boshlashim bilan maktab davrlarim yodimga tushdi, chunki kitob o’smir yoshdagi ikki yoshning birgalikdagi sarguzashtlari haqida so’zlaydi.

Asar syujeti yengil, bir tekis bo’lib, sodda hikoya tarzida ifodalangan. Asar bosh qahramoni muhabbati uchun barcha qiyinchiliklardan o’tishga rozi Maya ismli qiz bo’lib, u bu yo’lda sevgilisi Bogdan bilan uning otasini izlash uchun yo’lga chiqadi. Aynan mana shu sayohat ularni ham o’zligini topishlariga, ham bir-birlarini yanada yaxshi bilib olishlariga yordam beradi. Hikoya davomida o’smirlar o’lim bilan yuzlashadilar, yosh bola hayotini asrab qoladilar, yangi insonlar va yangi mihit bilan tanishadilar. Bu esa ularni yanada kuchli bo’lishga, muommolarni yenga olishga o’rgatdi. Albatta asar haqida spoyler qilishni xohlamayman, muallif Bogdan va Maya munosabatlari orqali inson o’z taqdirini o’zi belgilashi kerakligini, orzularini ro’yobga chiqarish yo’lida ortga chekinmaslikni, o’zini va boshqalarni to’g’ri qabul qilish va munosabatlarda samimiylik eng muhimi ekanligini aytmoqchi bo’ladi. Maya misolida o’z baxtiga erishish uchun inson komfort zonadan chiqa olishi va qiyinchiliklardan qo’rqmay birinchi qadamni qo’ya olish kerakligi ko’rsatiladi.

Asarni o’z yo’lini izlayotgan yoshlarga va samimiy hikoyalarni o’qishni yoqtiradigan kitobxonlarga tavsiya qilaman, chunki asar o’quvchiga yoqimli his-tuyg’ularni beradi va hayotda o’z maqsadini topishiga turtki beradi.

“Sevgi – bu ikki qalbning bir-birini topishi va birgalikda yangi olam yaratishidir.”

@doctorsmind📖
6🔥1🥰1😍1
#mutolaa

Bugun hajmi juda kichkina bo’lganligi sababli “Oydin tunlar”ni ham o’qishni boshladim.

Aytgancha, muqovadagi imlo xatoga rasmga olgan vaqtimda e’tibor beribman)


@doctorsmind📖
10👍3🥰1
2025/07/08 21:24:17
Back to Top
HTML Embed Code: