#kechikkan_sarhisob
Anchadan beri oylik sarhisobni yozib bormayotgan edim, chunki ish, oila va ilmiy ishimning yugur-yugurlaridan ortib ko’p kitob o’qiy olmayotgan edim. Bu yil juda band bo’lgan vaqtlarimda audiokitoblardan maksimal darajada foydalanmoqchiman.
Yanvar oyidan boshlab har bir o’qigan, sotib olgan kitoblarimdan tortib sarflagan pullarimgacha hisoblab boraman deb reja qildim. Demak, yanvar oyida o’qigan kitoblarim:
1.Meri Shelli - “Frankenshteyn”
2.Mopassan - “Azizim”
Bu asarni birinchi marta bundan 5 yil oldin o’qigandim. Bu safar audio variantda eshitdim. Bilmadim, negadir shu asarni judayam yoqtiraman. Vaqt topib “Azizim” haqidagi fikrlarimni albatta yozaman.
3.Asiya Lavrinovich - “Mening baxtimsan”
4.Dostoyevskiy - “Telba” (mutolaasi hali yakunlanmadi)
5.Jeyms Hedli Cheyz - ”Quzg’un - sabrli qush”(bu asarni ham “Mutolaa” ilovasi orqali audiokotobini tingladim).
Bu oydan boshlab audiokitob o’qishga ham o’tdim. Bu samaradorligimning anchagina ko’tarilishiga sabab bo’ldi. To’g’ri, audio kitob qaysidir kitobxonlar uchun balkim to’g’ri kelmas, lekin menga judayam yoqdi.
@doctorsmind📖

❤6🔥2👍1🥰1🤔1
❤🔥6❤5👍2🥰1👏1
✍️Gi de Mopassan
📖”Azizim”
“Umr - tog'. Ko'tarilib borarkansan, o'zingni baxtiyor sezasan, cho’qqilarga nazar tashlaysan, lekin cho’qqiga chiqib ulgurmasingdan darrov pastga tushadigan vaqt bo'lib qoladi, oldinda esa faqat o'lim bor”.
Mopassanning “Azizim” asari XIX asr Fransiyadagi kiborlar jamiyati hayoti hamda siyosiy-ijtimoiy voqealarni haqqoniy ochib beruvchi kamyob asarlardan biri. Uni ilk bor bundan 5 yil avval o’qigandim, bu safar ikkinchi marta mutolaa qildim va birinchi marta o’qiganda e’tibor qilmagan, tushunmagan ko’pgina jihatlarga duch keldim.
Asar bosh qahramoni Fransiyaning Afrikadagi mustamlaka davlatlarida xizmat qilib kelgan, o’z o’rnini Parijda topishga harakat qilayotgan, yaxshigina olg’ir, tez boyib ketishni xohlaydigan va eng asosiysi ayollarni birinchi uchrashuvdayoq o’ziga ipsiz bog’lay oladigan Jorj Dyurua ismli ko’rkam yigit. Butun asar davomida siz mana shu ayyor, aqlli yigitning hayoti bilan tanishasiz. Yozuvchi uning ichki kechinmalariyu fikrlarini juda ochiq ifodalab bera olgan.
Yuqorida yozganimdek, asar XIX asrdagi Fransiya kiborlari hayotini juda jonli ko’rsatib bergan. Afrikadagi xizmatdan qaytib kelgam Dyurua dastlab juda nochor holatda uchma-uch hayot kechiradi. Keyin esa do’stining yordami bilan jurnalistikaga qadam bosadi va siyosiy o’yinlarning guvohiga aylanib qoladi.
Dyurua yangi maqsadi uchun yana yangi ayoldan foydalanadi. Uni sevib qolgan ayollar esa Dyurua uchun hamma narsaga tayyor bo’ladilar. Biri moliyaviy tomondan yordam bersa, yana biri esa kerakli ma’lumotlarni yetkazib turadi. Xullas, Dyurua bilan aloqa qilgan ayollar orqali yozuvchi turli xarakterdagi ayollarni tasvirlaydi. Sevib qolgan ayol sevgilisi uchun o’zidan ham kechib hamma narsaga tayyor bo’lishi ko’rsatiladi. Dyurua ham ayollarning mana shu nozik tomonidan ustalik bilan foydalanadi. Asarning shu jihati ayrim kitobxonlarga yoqmasligi, hattoki Dyuruadan nafratlanishlariga sabab bo’lishi mumkin, lekin boshqa tomondan yondashadigan bo’lsak, Dyuruaning ayyorligi, tezkorligi, voqealarni o’z foydasiga tomon o’zgartira olishiga tahsin aytmaslikning iloji yo’q. Dyurua faqat yengiltaklik bilangina emas, balkim uddaburonligi bilan ham o’z maqsadlariga erisha oldi.
Asar faqat Dyuruaning ayyorliklaridangina iborat emas, balkim o’sha davr Fransiyadagi siyosiy o’yinlarni ochib bera olganligi bilan ham dolzarb. Fransuz amaldorlari, ommaviy axborot vositlari xodimlari Afrikadagi mustamlaka davlatlar(Marokash, Jazoir)ni o’z boyliklarini ko’paytiruvchi vosita sifatida qaraydilar. Mustamlakadagi davlatlar tinmay talanadi, mahalliy aholi ayovsiz qirib yuboriladi.
Xullas, asarda yana shunga o’xshash ochib berilgan jihatlar borki, yaxshilab e’tibor bilan o’qilsa faqatgina oligarx yigitning hayotidangina iborat emasligi tushuniladi. Aytgancha, asar nomi nima uchun “Azizim”? Endi bunga kitobni o’qigandan keyin javob topasiz.
Zavqli mutolaa tilab
#doctor_Dildora

Bu safar ulg’ayganligim va tajribam sababli asarni boshqacha rakursdan ham ko’ra oldim.
Asar bosh qahramoni Fransiyaning Afrikadagi mustamlaka davlatlarida xizmat qilib kelgan, o’z o’rnini Parijda topishga harakat qilayotgan, yaxshigina olg’ir, tez boyib ketishni xohlaydigan va eng asosiysi ayollarni birinchi uchrashuvdayoq o’ziga ipsiz bog’lay oladigan Jorj Dyurua ismli ko’rkam yigit. Butun asar davomida siz mana shu ayyor, aqlli yigitning hayoti bilan tanishasiz. Yozuvchi uning ichki kechinmalariyu fikrlarini juda ochiq ifodalab bera olgan.
Yuqorida yozganimdek, asar XIX asrdagi Fransiya kiborlari hayotini juda jonli ko’rsatib bergan. Afrikadagi xizmatdan qaytib kelgam Dyurua dastlab juda nochor holatda uchma-uch hayot kechiradi. Keyin esa do’stining yordami bilan jurnalistikaga qadam bosadi va siyosiy o’yinlarning guvohiga aylanib qoladi.
U o’z maqsadiga erishish yo’lida badavlat insonlarning ayollaridan foydalanadi. Ayollar uning ko’rkam qad-qomati, shirin so’zlariga oshiq bo’lib uning asiriga aylanadilar.
Dyurua yangi maqsadi uchun yana yangi ayoldan foydalanadi. Uni sevib qolgan ayollar esa Dyurua uchun hamma narsaga tayyor bo’ladilar. Biri moliyaviy tomondan yordam bersa, yana biri esa kerakli ma’lumotlarni yetkazib turadi. Xullas, Dyurua bilan aloqa qilgan ayollar orqali yozuvchi turli xarakterdagi ayollarni tasvirlaydi. Sevib qolgan ayol sevgilisi uchun o’zidan ham kechib hamma narsaga tayyor bo’lishi ko’rsatiladi. Dyurua ham ayollarning mana shu nozik tomonidan ustalik bilan foydalanadi. Asarning shu jihati ayrim kitobxonlarga yoqmasligi, hattoki Dyuruadan nafratlanishlariga sabab bo’lishi mumkin, lekin boshqa tomondan yondashadigan bo’lsak, Dyuruaning ayyorligi, tezkorligi, voqealarni o’z foydasiga tomon o’zgartira olishiga tahsin aytmaslikning iloji yo’q. Dyurua faqat yengiltaklik bilangina emas, balkim uddaburonligi bilan ham o’z maqsadlariga erisha oldi.
Asar faqat Dyuruaning ayyorliklaridangina iborat emas, balkim o’sha davr Fransiyadagi siyosiy o’yinlarni ochib bera olganligi bilan ham dolzarb. Fransuz amaldorlari, ommaviy axborot vositlari xodimlari Afrikadagi mustamlaka davlatlar(Marokash, Jazoir)ni o’z boyliklarini ko’paytiruvchi vosita sifatida qaraydilar. Mustamlakadagi davlatlar tinmay talanadi, mahalliy aholi ayovsiz qirib yuboriladi.
Xullas, asarda yana shunga o’xshash ochib berilgan jihatlar borki, yaxshilab e’tibor bilan o’qilsa faqatgina oligarx yigitning hayotidangina iborat emasligi tushuniladi. Aytgancha, asar nomi nima uchun “Azizim”? Endi bunga kitobni o’qigandan keyin javob topasiz.
Zavqli mutolaa tilab
#doctor_Dildora
@doctorsmind📖
👍5🔥4🤩1😍1
Postga rasm qo’yib beradigan bot ishlamayotgani uchun rasm alohida bo’lib qoldi)
O’ylab qarasam, taqriz bilan rasmni bir butunlikda tasavvur qilarkanman. Rasmsiz taqrizim ko’zimga xuddi yarimtadek ko’rindi.

👍7❤4❤🔥2🔥2🎉1
#mutolaa
Bugun ertalabdan “Anomaliya”ni o’qishni boshladim. Kitob detektiv asarlardek qiziqarli tarzda boshlandi. Bosh qahramonlardan biri yollanma qotil bo’lib Jeyms Patterson & Marshall Kerpning “Qo’lingdan kelsa, mahv et” asari bosh qahramonini eslatib yubordi. Hozircha 50 bet o’qidim, yakuniy xulosalarimni taqrizda yozaman.
Siz “Anomaliya”ni o’qigan bo’larmidingiz?
@doctorsmind📖
Bugun tonggi quyosh shu’lasida o’zimga chetdan nazar tashlay olaman va o’zgalardan farq qilmasligimni ko’raman. Men hayotimga nuqta qo’ymayapman, balki mangulikni tiriltirmoqdaman".
Bugun ertalabdan “Anomaliya”ni o’qishni boshladim. Kitob detektiv asarlardek qiziqarli tarzda boshlandi. Bosh qahramonlardan biri yollanma qotil bo’lib Jeyms Patterson & Marshall Kerpning “Qo’lingdan kelsa, mahv et” asari bosh qahramonini eslatib yubordi. Hozircha 50 bet o’qidim, yakuniy xulosalarimni taqrizda yozaman.
Siz “Anomaliya”ni o’qigan bo’larmidingiz?
@doctorsmind📖
👍11❤3😍3
#yangi_kitoblar
Ertalabdan ajoyib seriyadan yangi kitoblar. Stefan Sveyg mening sevimli yozuvchilarimdan biri. Bir asarini o’qisangiz qolganlarini ham beixtiyor o’qigingiz kelaveradi. Kobo Abe nomi esa men uchun yangilik. Sovg’a qilgan insonga katta rahmat! Kerakli vaqtda yetib keldi😊
Aytgancha, bugun kechga yangi tanlov e’lon qilaman. Faol bo’lishni unutmaymiz)

❤10🔥3🥰3👍2❤🔥1😍1
#tanlov
14-fevral "Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni" munosabati bilan @quyoshtaraflarda va @doctorsmind kanallari tanlov o'tkazishga qaror qildik.
Tanlov shartlari juda oddiy bo'lib: ikkala kanalga a‘zo bo‘lishingiz va pastdagi qatnashaman tugmasini bosishingiz talab qilinadi.
G‘oliblarni 16-fevral kuni botning o‘zi avtomatik ravishda aniqlab beradi.
Sizda ajoyib bayram va to'rtta kitobdan birini yutib olish imkoniyati mavjud. Qani, shoshilamiz kitobxonlar.
Postni boshqalar bilan bo‘lishni unutmang.
@quyoshtaraflarda & @doctorsmind

👍3🔥3👏3❤🔥2🎉2🤩2❤1
Forwarded from Booklovercouple 📚
📚 14-fevral – Kitoblar ulashish kuni! ❤️📖
Hurmatli kitobsevarlar! 14-fevral faqat sevishganlar kuni emas, Kitoblar ulashish kuni hamdir! 📚 Shu munosabat bilan sizlar uchun maxsus tanlov tashkil qildik. Yaxshi kitoblar – eng katta sovg‘a!
🎯 Tanlov shartlari:
1️⃣ Quyidagi 3 ta kanalga obuna bo‘ling:
• 📌 @booklovercouple
• 📌 @rakhmonalievs_blog
• 📌 @doctorsmind
2️⃣ Ushbu post ostidagi “Qatnashaman ✅” tugmasini bosing.
🎁 Sovrinlar:
🥇 1-o‘rin: Muqaddima – Ibn Xaldun
🥈 2-o‘rin: Anomaliya – Erve Le Tellye
🥉 3-o‘rin: Yashamoq – Yu Hua📚
⏳ Tanlov muddati:
📅 Boshlanishi: 13-fevral
🏁 Yakunlanishi: 17-fevral soat 20:00 (Toshkent vaqti)
🎉 G‘oliblarni qanday aniqlaymiz?
Tanlov yakunida, @BestRandom_bot yordamida tasodifiy g‘oliblarni aniqlaymiz va 17-fevral kuni soat 21:00 da e’lon qilamiz!
📚 Kitoblar – bizni birlashtiradi! Ushbu 14-fevral kuni sevgini va bilimni tarqating! ❤️📖
Omad tilaymiz! 🍀✨

❤5🔥2😍2👍1
Booklovercouple 📚
📚 14-fevral – Kitoblar ulashish kuni! ❤️📖 Hurmatli kitobsevarlar! 14-fevral faqat sevishganlar kuni emas, Kitoblar ulashish kuni hamdir! 📚 Shu munosabat bilan sizlar uchun maxsus tanlov tashkil qildik. Yaxshi kitoblar – eng katta sovg‘a! 🎯 Tanlov shartlari:…
Mana siz uchun bayramga yana bir kitobli tanlov. Qatnashing va kitoblarning egasiga aylaning!
❤6🔥3👍1😍1
Kecha mushugim bilan “Telba”ni o’qib tugatdik)
Hozir miyamda turli xil o’ylar, savollar, ramzlar aylanib yuribdi. Hamma fikrlarimni bir taqrizda ifodalab berishga qiynalsam kerak. Dostoyevskiy yaratgan eng go’zal axloqli inson obrazi telba emas, aslida uning atrofidagi insonlar haqiqiy telba edi. Qaysidir ma’noda asardagi qahramonlarning barchasi telba!

❤11👍3🔥3👏3🍓2❤🔥1🤩1
#kayfiyat
Rasmda bugungi Xalqaro kitob sovg'a qilish kunida hech qanday pochtadan va sovg’adan darak yo’qligi sababli “Sen olish emas, berish pozitsiyasidagi odamsan, senga sovg’a berish vaqtidagi emotsiyalar, tasavvurlar ko’proq yoqadiku, nashriyotlar endi sovg’a qilayotgan kitoblarni sen allaqachon sotib olib bo’lgansan” deb o’zimni o’zim tinchlantirayotgan men😄
Xazil qilib yozgan bo’lsam ham shu narsa aniqki, sovg’ani tayyorlash va berish vaqtidagi zavq manda boshqacha o’tadi)
Aytgancha, bugun bir inson sovg'a yuboraman degandi, u inson bilan boshqa kuni uchrashay deb rad qildim.
Kim bugun kitob sovg'aga oldi yoki olmadi? Rasmlari bilan bo’lishing! Kayfiyatimiz ko’tarilsin.

😍11👍7❤6❤🔥2🥰2👏1
O’tkan safar o’tkazgan tanlovimning g’olibiga sovg’a-kitobi bugun yetib boribdi.
@doctorsmind📖
Aytgandima, beruvchi pozitsiyasida bo’lish qiziqarliroq va zavqliroq)
@doctorsmind📖
❤7👍2🔥2🤩2🥰1👏1😍1