Telegram Web Link
“Ko’zlaringiz go’zallik ko’rsin” deyisharmidi?)

@doctorsmind📖
16👏3🥰2😍2
#sovga

Hozirgina @Ildizkitoblari’dan shunaqa did bilan chiroyli tayyorlangan sovg’alar keldi. Juda puxta o’ylab, mehr bilan tayyorlanganligi bilinib turibdi. Zarar yetkazmasdan juda ehtiyotkorlik bilan ochdim. Ayniqsa mahsus konvert ichidagi maktubni o’qib o’zgacha fikrlarni o’ylab qoldim. Xatolarim birma-bir ko’z oldimdan o’tdi.

Sovg’alar uchun rahmat!

@doctorsmind📖
🥰8🔥4👍31
#sovga

Kech bo’lsa ham bugungi sovg’alarimni ko’rsatay)

O’zi faqat sovg'a kelganda post qilyapman)

@bookuzbekistan’dan ajoyib kitoblarni ajoyib o’ramda qabul qilib oldim. Doimgidek, did bilan tayyorlangan.

Ha aytgancha, ertaga @bookuzbekistan’da bolalar bayrami munosabati bilan ajoyib tadbir bo’larkan. Farzandingiz, jiyaningiz bilan albatta tashrif buyuring.

Bayram rejasi haqida bu yerda ma’lumotlar to’liq berilgan.

@doctorsmind📖
10👏6
Yaxshiyam yonimda doim kitob olib yuraman. Bugun ham uzoq muddatli navbatda katta yordam bermoqda. “Ko’rlik”ning mutolaasini bugun ertalab boshladim. Hozircha har tomonlaman ma’qul bo’lmoqda.

Ikkinchi kitob esa “Huzur” nashriyotidan sovg'a. Buni “Ko’rlik”dan keyin boshlayman.

@doctorsmind📖
14👍2👏2🥰1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
6👍2❤‍🔥1🥰1
Bugun bir qarindoshimiznikiga hayit bayrami munosabati bilan mehmonga bordik. Mehmonxonaga kirishim bilan e’tiborim shkafdagi kitoblarga tushdi. Odatda ko’p oilalarda mehmonxonadagi shkaflarda qimmat idish-tavoqlar joy egallagan bo’lardi. Bunaqa manzaraga qarindoshlarimiz orasida birinchi marta duch keldim. Qanday kitoblar bor ekan deb o’tirgan joyimda bittalab o’qib chiqdim) Ketish vaqtida tezlik bilan rasmga ham ovoldim) To’g’risini aytsam, qarindoshlarimiz mani kitob o’qishimni ham, yig’ishimni ham, kichkina blogim borligini ham bilishmaydi, faqat ilmiy kitob o’qiydigan vrach sifatida tanishadi. Hammaning oldida suratga olishga uyaldim.
Ketish oldidan bizga ham kitoblar sovg'a qilishdi. Anchadan beri @pingvinbooks kitoblarini va mnemonikaga oid rasmdagi kitobni olishni o’ylagandim, sovg’aga keldi. Baribir eng yaxshi sovg’a bu - kitob.

@doctorsmind📖
12❤‍🔥4🔥4🥰2👏1🎉1😍1
​​✍️Jose Saramago
📖”Ko’rlik”

“Siz ko‘ra olasiz, ammo ko‘rmaslikni tanlaysiz va bu eng xavfli ko‘rlikdir.”


Asar haqida yozishdan oldin shunday savol bermoqchiman: “Jamiyatda ko’r odam xavfliroqmi yoki befarq odam?”. Nima uchun bunday savol berganimni taqrizning oxirida tushunib olasiz.

Noma’lum bir mamlakat aholisi orasida “oq ko’rlik” kasalligi tarqala boshlaydi. Hukumat bu kasallikni boshqarish maqsadida karantin e’lon qiladi, barcha oq ko’rlikka yo’liqqan insonlar alohidalanadi, lekin kasallikning kelib chiqish sababi, qo’zg’atuvchisi, davolash usuli noma’lumligicha qolaveradi. Bemorlar tekshirib ko’rilganda ko’zda hech qanday nuqsonlar aniqlanmaydi. Faqat shunisi ma’lumki, “oq ko’rlik”ka chalingan bemor bilan kontaktda bo’lgan har qanday odam, shubhasiz, o’ziga bu kasallikni yuqtirib oladi. Bemorlar alohidalandi, go’yo kasallikni boshqarishga erishilgandek tuyiladi, afsuski hali hammasi oldinda edi.

Asarni o’qishni boshlar ekansiz qandaydir pandemiya va undan aholi chiqib keta oladimi yoki yo’q degan savolni o’ylaysiz, chuqurroq kirganingizdan keyin asar faqat pandemiya yoki kasallikdan iborat emasligini, bu shunchaki insoniyatning befarqligi, loqaydligi va qalbining ko’rligini ko’rsatib beruvchi bir vosita ekanligini tushunasiz.

Romanda insonlarning ko‘rligi birgina jismoniy holat sifatidagina emas, balkim insoniyatning ichki halokatini ochib beruvchi belgi sifatida tasvirlanadi. Ko‘zlar ko’rmay qolgani sari odamlar o‘zlarining eng yuksak fazilatlaridan – insoniylik, bir-birini qo’llab-quvvatlash, or-nomus, axloq, hamdardlik, o’zgalarga hurmat kabi xususiyatlardan birma-bir ajrala boshlaydilar va achinarlisi buni oddiy hol sifatida qabul qiladilar.

Romandagi bosh qahramonlar birdaniga ko‘r bo‘lib qolganidan so‘ng, jamiyat tezda nazoratdan chiqib ketadi. Dastlab odamlarda vahima, qo’rquv paudo bo’lgan bo’lsa, keyin ochko’zlik, vijdonsizlik, zo‘ravonlik, hayvoniylik ustunlik qila boshlaydi. Izolyatsiyaga olingan odamlar hech kim ko‘rmaydi va bilmaydi deb o‘ylab, axloq me’yorlarini ham butkul unutadilar. Hech qanday ijtimoiy nazorat va jazo bo‘lmagani sababli odamlar o’zlarining berkinib yotgan yovvoyi instinktlariga bo‘ysuna boshlaydilar.
Biologik ehtiyojlar istalgan joyda bajariladi, hid, ifloslik endi hech kimni bezovta qilmaydi. Chunki ko‘r odamlar endi atrofnigina emas, o‘zlarini ham ko‘rmay qo‘ygan edilar, ular ham axloqan ham ruhan ko‘r bo‘lib qolgan edilar. Ayollar ustidan zo‘ravonlik, hayvoniy aysh-ishrat avjiga chiqadi. Oziq-ovqat topish uchun endi ular bir-birlarini o’ldirishga ham tayyorlar. Bu mamlakatda odamlar endi odam sifatida emas, instinktlar jamlanmasi bo‘lgan hayvon sifatida istiqomat qiladilar.

Ko‘r bo‘lish – faqatgina ko‘zlar nuri bilan emas, vijdon, insoniylik va axloqiy chegaralar bilan birga yo‘qotilgan fazilatdir. Saramago o‘quvchiga shu haqiqatni aniq va og‘riqli tarzda ko‘rsatadi: agar inson ichki va tashqi tomondan nazorat qilinmasa u inson emas, hayvon holatiga tushadi. Bunday jamiyat esa oxir-oqibat baribir halokatga yuz tutadi. Asarda shunday iqtibos aytiladi: “Ko‘zlarimiz ochiq, ammo yuragimiz ko‘r. Biz ko’zimiz ochiqligida ham ko’r bo’lgan ekanmiz”.

@doctorsmind📖
6❤‍🔥2🔥2🥰1
2025/07/13 20:26:19
Back to Top
HTML Embed Code: