Telegram Web Link
#mutolaa

Navbatdagi yangi mutolaam)
Ilk sahifalaridanoq yoqqani uchun ancha o’qib qo’yibman.

@doctorsmind📖
14🔥2👏2👍1🥰1
#mutolaa

"So’nggi nafas havoga qorishmasdan"ning tarjima va tahriri yaxshi qilingan, lekin tibbiyotga oid so’zlarda ketgan xatoliklarni ko’rmasdan o'tib keta olmaymanda)

Tarjima yoki tahrirga oid xatoliklarni sezmasligim mumkin chunki filolog emasman, lekin atamalar shundoq ko'zimga tashlanadi.

@doctorsmind📖
9🔥3👍1🥰1👏1
#Yakshanba_vibe

Yakshanba o'zimning qo’lbola pankeyklarim va “So’nggi nafas havoga qorishmasdan” bilan xotirjamlikda boshlandi. Bugun tugashi kerak.

Siz qanday kitob(lar) o'qiyapsiz? Nomi va rasmlari bilan bo’lishing)

@doctorsmind📖
10❤‍🔥4🥰3🔥1
#sovga

@asaxiybooks’dan shunaqa chiroyli kitob va shu kitobga mos ajoyib taklifnoma oldim.
Kitob autist bolajonlarning o’zgacha dunyosi haqida bo’lib, shifokor sifatida mavzu man uchun qiziq. Taqdimotgacha kitobni albatta o’qib chiqaman, hajmi katta emas.

@doctorsmind📖
8🥰2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#unpacking

Telefonim xotirasidan ancha oldin tayyorlagan shunaqa unpacking videoyimni topib oldim. Bu kitobni bahorda @quyoshtaraflarda sovg'a qilgandilar.
Unpacking videolar ko’rsam, o’zim olsam va tayyorlasam dam olaman, miyam qandaydir tinchlangandek bo’ladi)

@doctorsmind📖
👍92🔥1🥰1👏1😍1💋1
​​✍️Kobo Abe
📖”Qumdagi xotin”


“Ba’zida odam hayotdagi eng oddiy harakatlarni ham chuqur ma’noga to‘ldirishi mumkin. Hatto qum kovlash ham ma’no kasb etadi, agar sen o‘sha ma’noni topa olsang.”

“Qumdagi xotin” asari har xil ramziy belgilari, absurdizm bilan boyitilgan falsafiy fikrlari bilan o’ziga jalb qila oldi. Demak, doimgidek fikrlarimni yetkazish uchun biroz syujetni aytaman. Asl kasbi o’qituvchi, havaskor hasharotshunos erkak hasharotlarni tutish maqsadida qum bilan o’ralgan uzoq qishloqqa kelib qoladi. Qishloq ahli esa uni asirlikda ushlab turadi. Tashqariga chiqib ketishning hech ham iloji yo’q, bundan keyingi hayotni o’sha qishloqda, bir ayol bilan qum kavlab o’tkazishga majbur.

Dastlab erkak o’zini ozodlikdan mahrum etilgan, dunyodan uzilib qolgan insondek sezadi. Atrof faqat cheksiz qumlikdan iborat. Har kuni chuqurdagi qum kavlanadi, yana qum bilan to’lib qolaveradi. Aslida erkakning avvalgi hayoti ham, qumlikdagi hayoti kabi bir xil siklik harakatlardan iborat edi. To’g’ri, joy va muhit o’zgargan, lekin ish-harakatlar rutina sifatida takrorlanmoqda. Aslida hammamizning hayotimiz ham xuddi shunday, har kuni nimalardir bilan band bo’lamiz, ertasiga ham, indiniga ham. Hafta tezroq o’tsada yakshanbada qaysidir sevimli ishimizga vaqt ajratsak, bir xillikka o’zgartirish kiritsak.

Aslida ozodlik mavhum tushuncha, kim uchundir jismoniy harakatlar bilan ifodalansa, kimlar uchundir hissiyotlar, ruhiyat bilan bog’liq holat. Asardagi o’qituvchi ham o’zini dastlab bir bandi sifatida tushundi, biroq vaqt o’tib buni qabul qildi, ko’nikdi. O’sha qumlikdan iborat chuqurlik uning uchun Vatanga aylanganligini tushunib yetdi. To’g’ri, u jismoniy jihatdan asirdir, lekin ruhiy jihatdan o’zining ozodligini anglab yetdi. Qachonki, u qum bilan kurashishni emas, balkim yashashni qabul qilsa “ozodlik”ni topishini tushundi.

Inson o‘z holatini, hatto eng qiyin absurdday tuyulgan vaziyatlarni ham ma’noli qilishi mumkin. Hayot ma’nosi unga tayyor holda berilmaydi,uni inson o‘zi yaratadi.


Tavsiya qilaman. Mulohazaga chorlaydigan, turli davrda turlicha fikrlar bera oladigan asar.

@doctorsmind📖
6😍3🥰2🤩1
#yangi_kitoblar

Bugun barakali kun bo’ldi)

Uygacha ko’tarib ketish qiyin bo’layotganini hisobga olmaganda)

@doctorsmind📖
13👍2🥰2😍2👏1🤩1🍓1
​​#sarhisob_iyun

Anchadan beri sarhisob qilmayapman. Oxirgi paytlar kitob o’qisamda shu sarhisob qilishga, post yozishga vaqtimni judayam qizg’anyapman. Bir soatlik post yozishga ketgan vaqtimga bitta maqola o’qiganim afzal deydigan bo’lib qolganman, lekin kecha ishdagi 6 oylik sarhisobimdan ko’nglim to’lgani uchun kitoblar bo’yicha ham sarhisob yozib qo’ya qolay dedim)

1.Jose Saramago “Ko’rlik”
2.Pol Kalaniti “So’ggi nafas havoga qorishmasdan”
3.Diyora Murodxo’jayeva “Nozik ohang”
4.Kobo Abe “Qumdagi xotin”

Aslida oxirgi paytlar oyiga to’rtta kitob o’qish orzu bo’lib qolgandi. Oila, farzandlar, ish, ilmiy ishdan ortish man uchun qiyin bo’layotgandi, lekin kitoblarning hajmi biroz kichikligi va salkam bir yildan beri online bookclub'da qatnashayotganim uchun mas’uliyatni his qiladigan bo’lib qoldim.

O’zim uchun 1 oy muhlat beraman, yana shunaqa aktivroq bo’la olamanmi yoki yo’q)

@doctorsmind📖
7🥰3😍2👍1🍓1
Turk tilini bilmayman, lekin turk tilidagi kitob xarid qildim, muqovasi va yozuvchi uchun)

Bu turk tilida olgan birinchi kitobim sifatida esimda qoladi. @quyoshtaraflarda shu qiz turk tilini manga majburlab o’rgatvoradiyov bunaqada))

@doctorsmind📖
🔥10🥰2👍1👏1🤩1😍1🍓1
​​✍️Pol Kalaniti
📖”So’nggi nafas havoga qorishmasdan”


“O‘lim haqiqatining o‘ziyoq notinchlik uyg‘otadi. Ammo bu haqiqatni tan olmay yashashning iloji yo‘q.”

Hayot va o’lim o’rtasidagi masofa bizga doim uzundek tuyiladi, aslidachi? Aslida esa hayot va o‘limni ajratuvchi masofa - kiprik qoqish bilan o‘lchanadigan bir lahza, bir nafasdir. Asar bosh qahramoni neyroxirurg Pol bo’lib, voqealar ham aynan shu qahramon tilidan hikoya qilinadi. Pol uzoq yillik tibbiy ta’limni olgan, tibbiyot sohasida shahd bilan ishlashga tayyor va o’z o’rnini topayotgan neyroxirurg. U kasbiy faoliyatini bir maromga keltirgandan keyin oila va farzandli bo’lishga e’tiborini qaratishni istaydi. Ammo bu hayotda bizning emas, taqdirning aytgani bo’ladi. Hamma narsa joyida tuyilgan bir paytda saraton bosh ko’tarib Polning hayotini ostun-ustun qilib yuboradi. Endi nima qilish kerak? Taqdirning bunday zarbalariga qanday dosh berish mumkin?

Asarni ko’p joylarida o’z o’qish davrlarimni yodga oldim. Uzoq yillik bakalavrni bitirib endi ishlayman deganimda bu o’qiganim hali hech nima emasligini tushunganman. Oldinda 3 yillik magistratura, doktorantura, yana ketma-ket kvalifikatsiyalar. Shularning baridan o’tish kerak. Endi mehnatning mevasini ko’raman deganda esa… Xullas, butun boshli asar davomida men ham Polning hayotida yashab o’tdim.

Umrining so’nggi daqiqalarini yashayotgan Pol shunday deydi:
“Men o‘lib borayotgan bo‘lsam ham, to butunlay o‘lmagunimcha - men yashayapman.”
Bu fikr orqali inson umri uning qanchalik uzunligi bilan emas, balkim shu umrga qanday ma’no berilgani bilan qiymatli ekanligini tushunamiz. Tibbiyotda biz imkon qadar bemor o’limini kechiktirishga harakat qilamiz, ammo Pol menga o‘lim oldidan qanday yashash va o’zini tutish kerakligini mardonavor ko’rsatib bera oldi.

Ushbu kitob faqat o’lim va saraton haqidagina emas. Bu - insonning o‘z taqdirini qanday qabul qilgani va hayot haqida.

Shifokorlik — bu faqat kasallikni emas, balkim hayot mazmunini ham anglashdir.


Tibbiyot
bizga kasallik haqida bilim beradi, hayot esa inson haqida.

Vrach bu - bilim va insoniyatning kesishgan nuqtasida turgan, har bir tashxis ortida hayotiy haqiqatni anglaydigan kasb egasidir. U bemoriga faqatgina davo izlamaydi, u bilan birga yashaydi, birga og‘riydi va ba’zida birga yig‘laydi. Shu sabab, vrach bo‘lish - faqat klinik ko‘nikmalar emas, balki insoniylik, sabr va hayot mazmunini his qilish hamdir.

Kitobni o’qib tugatar ekanman, yana bir marta shu kasbni tanlashda adashmaganimga, uzoq yillik mehnatdan qochmaganimga xursand bo’ldim. Kalaniti aytganidek, men ham hayot mazmunini tibbiyot orqali tushunib yetyapman.

“Hayot faqat muddat bilan emas, uning qanday o‘tgani bilan o‘lchanadi.”

@doctorsmind📖
7🔥3❤‍🔥1👍1🥰1👏1
​​✍️Diyora Murodxo’jayeva
📖”Nozik ohang”


Dunyoda turli xil xarakterdagi insonlar bor. Ular hozir boshqalardan qanday farqlanib tursalar, bolalik davrlarida ham o‘zgacha ekanliklari bilan ajralib turganlar. Aslida har bir bola o’zgacha olam, o‘z dunyosining markazida yashayotgan noyob koinot. Odamlar bor, osongina boshqalar bilan chiqishib keta oladi, yana shunday odamlar toifasi bor, bu jarayon ular uchun og‘riqli va murakkab kechadi. Ayniqsa, autizm spektrli bolajonlar uchun tashqi dunyo ba’zida haddan tashqari shovqinli, chalkash va tushunarsiz tuyuladi. Ular esa bunday dunyodan qochishga harakat qiladilar.

Diyora Murodxo‘jayevaning “Nozik ohang” (“Хрупкая мелодия”) asari ana shu og‘riqli, ammo nozik dunyoga yurak bilan kirib borishga harakat qilingan yangicha uslubdagi asardir. Muallif autistik qizaloq misolida bizga boshqa bir ritmda yashaydigan, biz e’tibor bermaydigan boshqa tovushlarni eshitadigan, lekin mehrga va e’tiborga bizdanda ko’proq muhtoj bo’lgan bolajonni ko‘rsatadi.

Autizmga chalingan bolalar o’z ichki olamida yashaydilar, ular bilan muloqot qilish uchun va bizni tushunishlari uchun balandroq gapirishimiz emas, balkim yurak bilan eshitishga harakat qilishimiz kerak. Bu asar o‘quvchiga shunday haqiqatni anglatadi: bola bu - shunchaki kichik inson emas, balki ichki ohangi, o‘ziga xos tovushi bo‘lgan jonli bir mavjudot. Uni tushunish uchun, anglamoq uchun insonga quloq emas, go’zal yurak kerak.

“Nozik ohang” faqat autistik bolalar haqida emas. Bu barcha bolajonlarni, ayniqsa muloqotga qiynaladigan, odamlardan qochadigan bolajonlarni tushunishga chorlaydigan asar. Kimdir serg‘ayrat, kimdir sokin, kimdir jimgina o‘z ichki dunyosida yashaydi, kimdir esa shovqinli muhitni, muloqatni sevadi. Har biri bizdan tushunishni, qabul qilishni talab qiladi. Bu asar bolani “o‘zgartirish”ga ya’ni kamgap insondan muloqotsevar insonni tayyorlashni o’rgatmaydi, balkim uni boricha qabul qilish, his qilish, tushunish va qadrlashga chaqiradi.

Diyora Murodxo‘jayevaning ushbu asari yurak bilan muloqot qiluvchi insonlar uchun yozilgan kitob. Uning har bir sahifasi orqali biz bolalar qalbining nozik ohangini eshita boshlaymiz, his qila boshlaymiz. Bu ohangni anglagan inson, faqat autistik bolalarni emas, balki har qanday bolaning yuragiga yaqinlashishga yo’l topa oladi. Asar o‘qituvchilar, ota-onalar va farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan har bir kishi uchun ko’zgu vazifasini bajara oladi. Kichkinagina hikoya orqali austik bolajonlarning odatlari tushunarli tarzda ochib bera olingan, lekin hikoyadan qandaydir murakkablik yoki ilmiy yondashuvni kutmaslik kerak.

@doctorsmind📖
🥰41
Shu kitobni birinchi marta boshlaganimda tugatolmay to’xtab qolgandim. Endi qaytadan boshladim va bu safar aniq tugataman. O’qishga imkon bo’lib qolar deya olib yuribman. Ko’tarib yurish oson bo’lmayapti lekin)

@doctorsmind📖
❤‍🔥83🔥2🥰2
Forwarded from The Stranger
​​Kitob shunday narsaki, negadir bu sohani hamma yaxshi bilaman deb o'ylaydi. Holbuki yillar davomida kitobning orqasidan kun ko'rgan, yuzlab kitoblarni nashr qilganlarning ham soha haqida yetarlicha bilimi yo'qligiga ko'p bor guvoh bo'ldim. Chinakam kitobxon kitobning sifatini juda yaxshi farqlaydi. O'z navbatida unga kitob mazmunan emas, moddiyan ham qadrli. U kitobni ushlaganda zavqlanishni, qaraganda ko'z quvnashini, kitob uzoq xizmat qilishini xohlaydi. Shu bois muqovaga, ishlatilgan qog'ozga, yelimga, tikilgan ipga, shriftlarga, sahifalashga, imlo va uslubiy xatolargacha e'tibor beradi. O'ziga nima kerakligini aniq bilgan iste'molchi ishlab chiqaruvchi e'tibor qilmagan jihatlarni ham ilg'aydi. Eng yaxshi va to'g'ri bahoni oxir-oqibatda iste'molchi beradi. Bizning kontekstda bu iste'molchi kitobxonlar.

1000 Kitob loyihasi jadal suratlarda boshlandi. Ammo o'tgan yil adog'ida loyiha ichida va atrofida qator gap-so'zlar urchidi. Kim haq, kim nohaq, bu boshqa masala. Mana shu dilxiraliklar fonida loyiha menejeri Xurshid Yo'ldoshev shartnomani uzaytirmadi va loyihadan ketdi. Loyiha menejeri sifatida Eldor Asanov ish boshladi.

Kuni kecha kitoblarning signal variantlari e'lon qilindi va jamoatchilikning keskin e'tiroziga sabab bo'ldi. Bir qarashda ular abituriyentlarning printerdan chiqarib oladigan test kitobchalariga o'xshab ketardi. Balki kitoblar ko'ringanichalik sifatsiz emasdir, ammo vah deydigan darajada zo'r ham emas. Xalqning milliardlab puli sarflangan loyiha doirasida bundan ancha sifatli kitoblarni kutgandi bu xalq.

Bugun biz bukblogerlar, kitobxonlar hatto xususiy nashriyotlardan ham sifatli kitob talab qilyapmiz. Vaholanki ular har bir tiyinni o'z cho'ntaklaridan sarflashyapti, shunda ham iste'molchi sifatida har tomonlama sifatli, "shkarniy" kitob talab qilyapmiz. Ha, kitobning mazmuni muhim, ammo ustimizni yopsa bo'ldi deb qop kiyib yurmaymiz, qorin to'ysa bo'ldi deb qozonning o'zidan ovqat yemaymiz, shakl va mazmun bir butun narsa, bu qushning ikki qanotiga o'xshaydi, ikkisini bir-biridan ajratib, birini boshqasidan ustun qo'yib bo'lmaydi.

Mana shuning kabi e'tirozlar yangragach loyiha menejeri e'tirozchilarni "hasharotlar", "chichqoqlar" deb haqoratlagani internet tarmog'iga sizdirildi. Bu yuqoridagi masaladan alohida olganda ham juda-juda xunuk holat. Xalq avvalo soliq to'lovchi sifatida, shu bilan birga kitobxon sifatida mahsulotning sifatli bo'lishini talab qilishga va u haqida fikr bildirishga haqli. Fikr egalarini haqoratlash esa na olimlik etikasiga, na davlat xodimi etikasiga to'g'ri keladi.

Chiqishi kutilayotgan kitoblar sifati yomon bo'lmasa-da, shu bozorlardagi odatiy kitoblar darajasida bo'lishi mumkin. Ammo bunday kitob chiqarish uchun milliardlab pul sarflash shart emas, bundan-da a'lo sifatdagi kitoblarni xususiy nashriyotlar o'z hisobidan kunda, kunora chiqarib yotibdi. Shuncha pul ketdimi, shunga yarasha uzoqdan ko'rganda ham vah deydigan kitob chiqarish kerak. Chiqarolmadingizmi, unda e'tirozlarga loyiqsiz.
🔥2👏21
2025/07/13 13:27:03
Back to Top
HTML Embed Code: