Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Бўларкану китоб марказини тўй-тантана, карнай-сурнай билан байрам қилиб очса!

Бугун пойтахт, хусусан Ҳадра бир катта китоб бозорига эга бўлди. "Тошкент китоб маркази" очилди ваниҳоят. Бир неча ойдан бери кутар эдим бу марказни тез кунда очилади дейишганига. Бугун йўлдан ўтиб кетаётсам карнай-сурнайлар чалётибди, дарҳол болаларимни чақирдим, етиб келди, биргаликда китоб марказидаги дўконларни кездик, барака топишсин бепул музқаймоғу кофе-брейклар ташкиллашибди ҳаммага дўкондорларимиз, айланиб ҳар бир дўкондан китоб олдик. Китоб марказида тасодифан Ҳамид Содиқ ака ва Муҳаммад Темур Аъзамни кўриб қолдик, жиянлари олган китобларига дастхат ёздириб олдик.
Албатта келинг, жуда файзли Марказ бўлибди, ҳали яна тўлдиришади бу ерни.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
👍4315👏4
Йўл-йўлакай

Қурбақа назарияси: қурбақани қайноқ сувга солсангиз, қозондан сакраб чиқади. Лекин уни илиқ сувга солиб, аста секин илитиб, қайнатилса, у ўзига келади, лекин ярим мудроқ бўлгани учун ўзини қутқаролмай, ҳалоқ бўлади.
Жамиятимизда ҳар бир соҳада учарлик, кўзбўямачилик , таъмагирлик авж олган. Барчаси визуал(телевидение ва дастур) ва ижтимоий тармоқлар таъсири билан боғлиқ. Бундан 30 йил аввал ахлоқий ва миллий қадриятларнинг бузилишига қарши муносабат билдирилган бўлса, бугунги кунга келиб бу меъёрий ҳолга айланди. Ёмонлик ва бузуқлик авж олган жойда яхшилар ва яхшиликлар камситилади.

Кундан-кун теледастурларнинг сифати тушиб бормоқда. Кўришлар сонига кўра, реклама саватидан улуш оладиган телеканаллар савияси ачинарли аҳволда. Учрашув, никоҳ, егулик, кийиниш, пардоз, мусиқа дастурларидаги беъмани, тажавузкор ҳатти-ҳаракатлар, одоб ва ҳурматдан узоқ суҳбатлар, бачкана муносабатларни оила даврасида кўришга уяламан. Оила ичидаги маҳрам муносабатлар, “санъаткорлар” ҳаёти намойишида терс қадриятлар ва шоҳоналик тарғиб қилинмоқда. Масъул томошабин эмас, оммага узатувчидир. Телеканаллар эса, халқнинг савиясини тушураётганидан роҳатсиз эмас, унинг миссияси кўришлар сонини ошириш, холос. Афсуски,
жамиятнинг диди ўтмаслашгани сари телевизор кўрувчилар сони ортади.

Асл вазифаси инсонни дунёдан хабардор қилиш, таълим бериш, ижтимоийлаштириш,маданиятва фикрни ўстириш бўлган телевидение асосий вазифаларидан узоқлашди, одамларни тажавузкор, истеъмолни рағбатлантирувчи ва маданий бузуқ ҳолга келтиришга хизмат қилмоқда. Телевидение муассисларнинг манфаатига хизмат қилиб, жамиятга салбий туйғу ва муносабатни тақдим этаётган воситага айланди.

Оломонлаштириш учун пойга кетаётганга ўхшайди, назаримда. Мафия сериалларида кимнинг қўли кимнинг чўнтагида эканлиги аниқ бўлмаган, ҳаммаси аралашиб кетган пул ва дабдабали ҳаёт сериаллари ёшларни заҳарлаяпти. Беш-ўн сўм деб, халқни оломонга айлантираётган телеканаллар, гламур диндорлар, гламур яллачилар, фаҳшни тарғиб қилаётган бузуқлар ижтимоий тармоқ орқали халқнинг дидини ўтмаслаштириш, маънавий бузиш, қадриятларидан мосуво қилишдан уялмаяптилар. Афсус, Эркин Воҳидов айтганидек, "олтин бошлар калла, пайтавалар салла" бўла бошлади.

(c) Нигора Маннопова

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
😢3613👍5🔥5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Po‘latov yangi bosqichga chiqdi: qisqa metrajli film yaratmoqda:

Bolalar nima ko’ryapti?

Bugungi kunning bolalari endi qumlikda o‘ynamaydi, velosipedlarda ko'chalarni changitmaydi, varraklar ortidan yugurmaydi, yon-atrofini, tabiatni kuzatmaydi. Ular faqatgina telefon ekranni kuzatadi. Soatlab, har kuni.

Ekran ortida ulg‘ayayotgan bolalar darslarga ham quloq solmayapti. Ustozning gapidan ko‘ra, ayrim "vaynerlarning" so‘zlariga ishonyapti.

Xo‘sh, endi biz nima qilishimiz kerak?

Endilikda telefonni taqiqlash emas, u orqali bolalarga kerakli bilimlarni o‘rgatish vaqti kelmadimikan?

Keling, yaxshisi Farg'ona viloyati, Bag'dod tumanidagi 15-maktabda tayyorlangan ushbu ko'rsatuvning to'liq qismini ko'rgan holda, izohlarda fikr almashaylik.

🔴To'liq videohttps://youtu.be/d_Hs70D4I8o
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥75👍4👏1
21-asr telefon bolalarini kitobni sevib o‘qishi uchun o‘zlariga yoqadigan usul o‘ylab topdim: kitoblar sharhlaydigan bloglarini ochib berdim. Bugundan sizlar "Aka singil bookbloger" deb eʼlon qildim).
Natija yomonmas, kunduzi bilan kamida bitta kitob o‘qib tashlashmoqda))

Tezlikda podpiska bo‘lib qo‘yishlaring so‘raladi, davomat qattiq olinadi, yuqoridan juda qattiq topshiriq tushgan, skreenshotlarini menga tashlanglar! 😅
Podpiska+har bir postga maqtov, like albatta! "Shekspir bo‘lib ket bolam" deb qo‘yinglar)) Bolalarga motivatsiya berishvoringlar ahir😉😉

Yana bir gap, jaa professionalizm talab qilmanglar-a, bizlar hali havaskor instachilar:

https://www.instagram.com/aka_singil_bookblogerlar?igsh=MWk5MmxoOHFoZWV2cw==

G‘oya bo‘yicha takliflaringizni kutaman.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
👍318👏4😍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolalarimizga qarayligey, qayerga ketyapti bu strimerlar bilan?!

Bitta strimer bolachaga mingta bolalar fanatizmligini ko‘rib qo‘rqib ketyapman. Taʼlimning ahvoliga oyna deb bilaman buni!
Hadeb prezident maktab bolalariga loyihalar, olimpiadalar qilmasdan mana shunday oddiy maktablar o‘quvchilarini xayotiga taʼsir qiladigan narsalarni o‘ylashim kerak men ham.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
32😱19👍8🔥3👏3
Islohotlar faqat foydaga ishlasin

Men ta’lim tizimida yillar davomida ishlab kelayotgan odamman. O‘quvchi, talaba, ota-ona, abituriyent — barchasi bilan koʻp yuzma-yuz kelaman. Shuning uchun ta’limdagi har qanday o‘zgarishni avvalo inson hayoti, yoshlar taqdiri bilan bog‘layman. Vazirlar Mahkamasining nodavlat oliy ta’lim muassasalarini tartibga solish haqidagi qarorini ko‘rib, bu safargi o‘zgarishlar yuzaki emasligini his qildim.
Bu qaror ta’lim sohasida “Kim haqiqatdan ham o‘qityapti, kim esa shunchaki oddiy bir binoni universitet deb atayapti?” degan savolga amaliy javob bo‘ldi. Aytilishicha, endilikda yangi ochiladigan xususiy OTMlar bir necha qat’iy talablar asosida faoliyat boshlaydi: litsenziya olishning o‘zi kifoya emas, har bir dastur maxsus akreditatsiyadan o‘tishi kerak.

Men bir necha yil avval ba’zi “universitetlar”ni ko‘rib, chin dildan afsuslangandim: katalakdek xonada, hech qanday tajriba yoki mustaqil o‘rganishga imkon bo‘lmagan sharoitda “ta’lim” nomi ostida qanchadan-qancha yoshlar vaqtini yo‘qotayotgandi. Endi esa o‘quv binosi 5 000 kvadrat metrdan kam bo‘lmasligi, moliyaviy zaxira, reinvestitsiya majburiyati, modullarni akkreditatsiyadan o‘tkazish kabi talablar bu muammolarga ham chiziq tortyapti.

Barchadan ham koʻra, bu haqiqiy bilim berishga tayyor bo‘lgan xususiy OTMlar uchun katta imkoniyat. Kimki avvalboshdan infratuzilmasi, konsepsiya va rejasi bilan ish boshlagan bo‘lsa, endi bu qaror ularni yanada yuksaltirishi mumkin.
O‘qituvchi sifatida aytmoqchimanki, bu safar men hurmat qilgan ayrim hususiy OTMlar kabi haqiqiy ta’lim beruvchilar tanlanyapti. Endi haqiqiy bilim ustunlikka erishsa kerak deb o‘ylayman. Chunki har bir inson sifatli ta’limga loyiq.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
👍139😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hayot kurashlarini erta anglash kerakmi?

Oldinlari Xitoylik ota-onalarning farzandlariga qiyinchiliklar, pul topish uchun kurashayotganini ko‘rsatadigan videolarni ko‘rib, bu bolalarga salbiy ta’sir qilishi mumkin, deb o‘ylardim.

Lekin bu videoni ko‘rib o‘ylanib qoldim. Balki bunday videolar aynan kerakdir. Bolalar hayotning faqat zavq-u shodlik emas, balki qiyinchiliklar va kurashlardan iboratligini erta tushunishlari muhimdir. Hayotda yaxshi yashash, baxtli bo‘lish uchun emas, balki hatto yashab qolish uchun ham qattiq mehnat qilish kerakligini bilishlari kerak.

Shu bilan birga, ta’lim va bilim olish — bu kurashda eng yaxshi qurol. Ular o‘qib, o‘z kelajagini yanada yaxshi qilish imkoniga ega bo‘lishlarini yoshligidanoq anglashlari lozim.

Siz nima deb o‘ylaysiz? Bolalar hayot haqiqatlarini erta bilishi yaxshi yoki zararli?

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
👍1413👏5🔥1😍1
UZTELECOM kompaniyasi yangi abonentlar uchun 132 minglik tarifni yopibdi. Eng past tarifi 165 ming ekan.
Monopoliyaning hammaga ziyoni shu-da, xohlagan payti, hech kim bilan hisoblashmasdan, tushiga kirgan raqamlarni yozib narh qo‘yib olaveradi. O‘zi 132 minglik tarifiyam qimmat edi, buyoqda uyali aloqa kompaniyalari buyoqda wifi kim o‘zarga oylik to‘lovini oshirish o‘ynash bilan band.
Simli wifi o‘rniga arzonroq boshqa variant o‘ylashimiz kerak shekilli.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
👍36😱10🤬103😢2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jurnalist opamiz Nozima Vohidovaning farzandlari Behruzning vloglariga qiziqaman, juda ham tug‘ma pozitiv yigit.
Mana bu videosida germaniyadagi maktabda havo isib ketgani uchun uy vazifasi berilmaganini ko‘rib Behruz ham, unga qo‘shilib men ham hayronmiz. Aslida bir tomondan qaralsa bu bolalarni himoya qilishning ko‘rinmas yo‘li, desa bo‘ladi. Uni issiqda qiynalishini istamay vazifa ham berilmayapti. Bu pedagogikaning rivojlanganidanmi yoki boshqa tarafdanmi, bilmadim, ishqilib ajoyib.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
👏357😁4👍2🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Metrolarimizga nogironlar chiqolmaydimi?

Kecha bir obunachimiz mana shu videoni tashlab berdi. Bir nogironlik aravachasidagi inson tusholmayapti va tabiiyki uni kamida 2 kishi ko‘tarib olib tushishi kerak bo‘ladi. Yana bir kishi bolalar aravachasini ko‘tarib tushib ketmoqda. Nega, metrolarda nogironlar uchun sharoit qilinmaganmikan, deb o‘ylab qoldim. Lift yo‘qmi bizning metrolarimizda?
Balki bordir, lekin agar yo‘q bo‘lsa buni metro mutasaddilari to‘g‘rilashlari kerak deb o‘ylayman.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
🔥98
Аттестация натижаларидан норози бир гуруҳ ўқитувчилар Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигини судга берди.

Даъво аризасида аттестация жараёнларига оид 9 та эътирозли ҳолат келтирилган бўлиб, улардан энг асосий урғу тест саволлари мураккаблик даражаси белгиланган вақт меъёрига мутаносиб эмаслиги ҳамда саволлар тузиш жараёнида валидлик ва тестология қоидаларига риоя этилмаганига қаратилган.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
👍1067👏2🔥1
Sizdachi, sizda necha?

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
🔥7😁61
Endi qishloq xo‘jaligida dronlardan foydalaniladi

Yoshlar kuni doirasida davlatimiz rahbari ishtirokida o‘tkazilgan taqdimotda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari tomonidan ekologiya va qishloq xo‘jaligi sohasi uchun muhim innovatsion ishlanma ham joy oldi. Yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellekt modeli dronlar orqali o‘simliklar suratlarini tahlil qilib, ularning sog‘lig‘i, virusli zararlanish darajasi haqida ma’lumot bera oladi.

Bugungi kunga qadar loyiha Orolbo‘yi hududida sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, sinov hududidagi og‘ir tabiiy sharoitlari — elektr va suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolar, tuzli shamollar, keskin iqlim — modelning qanchalik mustaqil va ishonchli ishlay olishini tekshirish uchun qulay imkoniyatni beradi. Sinov jarayonida olingan 2 000 dan ortiq rasmlar asosida o‘tkazilgan tahlil natijalari 92,7% aniqlikni qayd etgan.

Loyiha dastlabki bosqichda biologlar ishtirokida amalga oshirilgan bo‘lib, endilikda uni boshqa hududlarga, xususan, qishloq xo‘jaligi sohasiga ham tatbiq etish rejalashtirilmoqda. Bu esa o‘simliklarda uchrovchi kasalliklarni erta aniqlash va ularning monitoringini soddalashtirishga xizmat qiladi.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
🔥8👍63
Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
Attestatsiya bo‘yicha sud ishiga yana bir nechta advokatlar ko‘ngilli ravishda qo‘shilmoqchi
Matbuot xodimlarini, bloger va jurnalistlarni sudga kiritishga ruhsat berishlari kerak.

Chunki bu sud bir o‘qituvchining emas minglab o‘qituvchilar nomidan bo‘lyapti.
Natijasi nima bo‘lishidan qatʼiy nazar o‘qituvchilar haqligini isbotlab qo‘ydi men uchun.

Bundan 5 yil oldin Uchko‘priklik ustozlar sudga berganda qatnashgan edim, yutib chiqishgan edi o‘shanda ham.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
👍684👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston jahon chempionatiga chiqqaniga bag‘ishlab videodizaynerlar juda ajoyib rolik ishlab chiqishibdi. Grafikaga gap boʻlishi mumkin emas. 🔥

©️📹 Videoloyiha muallifi Abdurauf Nabiyev

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
27🔥7👍5👏1🤬1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar bilan sinab ko‘radigan ilmiy tajribalar ekan.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
👍165🔥1
Таъкидлаш жоизки, Фаластин-Исроил зиддиятини адолатли ҳал этмасдан туриб, Яқин Шарқдаги тинчлик ва барқарорликка эришиш мумкин эмас.

Биз Ғазо секторида ҳарбий ҳаракатларни тўхтатиш, очлик ва ғайриинсоний шароитдан азоб чекаётган аҳолига гуманитар ёрдам кўрсатишга ҳеч қандай тўсиқ қўймаслик, Бирлашган Миллатлар Ташкилоти резолюцияларига мувофиқ мустақил Фаластин давлатини ташкил этиш тарафдоримиз.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев.

****

Президентимизнинг мана шундай халқаро тинчликпарварлиги, адолатли чиқишлари, умуминсоний қадриятларга хос дипломатияси доим халқаро саҳнада қадрланади.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
24👍13
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana shunday adolatsizlikni ko‘rgan oddiy haydovchilar nima xayolga boradi?

Bu ishni qilganlar ishdan bo‘shatish shart, lekin bo‘shatilsayam hech narsa o‘zgarmasligi ayanchli, Xudo biladi boshqa hududlarda bunday amaldorlar nechtayu, ularning yaqin qarindoshlari qancha va oddiy xalqni oddiy aybi uchun jarimani mixlab tashlaydigan jarimachilar qanchadan-qancha mana shunday biri qosh, biri ko‘z bo‘lganlarni millionlab jarimasini bemalol o‘chirib yuborayotgan bo‘lsa. Jarimasi to‘langanini isbotlasin, matbuot kotibining o‘zi ham uning miqdorini bilmasligi shubhali. To‘langan bo‘lsa aytishi va chekini tarmoqqa qo‘yishini talab qilamiz.

@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
👍315🔥2
2025/07/14 00:49:10
Back to Top
HTML Embed Code: