Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 23 yillik tanaffusdan so‘ng Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!
5-iyul kuni “Bunyodkor” stadionida 2026-yilgi ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichining “F” guruhi 3-tur o‘yinlari o‘tkazildi.
Kotrina Kulbite boshqaruvidagi Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi Nepal terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi.
Jamoamizning gollarga, Diyoraxon Xabibullayeva (2’), Lyudmila Karachik (11’) va Maftuna Shoyimova (39’) mualliflik qildi.
Ikki jamoa barcha ko‘rsatkichlarda bir xil natija qayd etgani bois guruh g‘olibi va Osiyo kubogi yo‘llanmasi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda vakillarimiz 4:2 hisobida ustun keldi.
Shu tariqa O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 23 yildan so‘ng ilk bor Osiyo kubogiga yo‘l oldi.
@domlajon
www.tg-me.com/domlajon

👍21👏3❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun oilaviy Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga sayohat qildik.
Birinchi o‘zbek romanchiligi asoschisi, buyuk ajdodimiz yashagan, ijod qilgan zahmatli hayotini o‘tkazgan uyni ko‘rish, uni bolalarga ko‘rsatishni anchadan buyon rejalagandik, endi imkon bo‘ldi.
Ushbu uyda biz Qodiriyning o‘zi ishlatgan jihozlari, yashagan uylarini ko‘rdik. Xonadonni 2019-yilda prezidentimiz tashabbusi bilan uy-muzeyga aylantirilishi juda ajoyib ish bo‘lgan, muzey juda ham nafis, tartibli qilinibdi, u yerda Qodiriyning ruhiyatini his qilasiz.
O‘g‘lim va qizim sizlar uchun uy-muzeyni birboshdan tanishtirib chiqishdi, kontent tayyorladik ular bilan. Aka-singil bookblogerlarning ishiga baho bering. Instagramʼdagi sahifasiga obuna bo‘lib, ularni qo‘llab-quvvatlasangiz xursand bo‘lamiz.
Mazkur videokontentni saqlab olib, darslarda tengdoshlariga qo‘yib bersangiz, birga sayr qilgandek bo‘lishadi o‘quvchilar ham.

👍54❤7👏5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sunʼiy intellektdan foydalanish o‘qituvchilar uchun qay darajada muhim, uning imkoniyati o‘zi qanday?
"Tanaffus"ning navbatdagi sonida yosh, ziyoli oilani taklif etdik: Abdulaziz Suyarov va Hadichaxon Suyarova.
Mazkur yoshlar ikkisi ham Buyuk Britaniyaning dunyoning top20 va top100 OTMlarida magistraturani bitirib kelganlar, juda havas qiladigan oila.
Abdulaziz va Xadichaxon bilan miriqib sunʼiy intellekt borasida suhbatlashdik, juda ko‘p biz bilmagan tomonlarini ochib berishdi, vaqt kamlik qildi ko‘o narsani so‘rashga.
Siz bu sonni albatta ko‘rishingiz kerak, nihoyatda foydali suhbat bo‘lgan.
Aytgancha, Xadichaxon bu podkastni suratga olganimizdan so‘ng Prezidentimiz bilan ham suhbatlashganini yozgandik. Yaqin orada uning taklifi asosida O‘zbekistonda katta loyiha boshlanadi.
Sun’iy intellekt — o‘qituvchining raqibimi yoki yordamchisi? Biz sun'iy intellekt imkoniyatlaridan dars jarayonida foydalanishga tayyormizmi?
Yaqin kelajakda pedagoglarning o‘rnini sun'iy intellekt egallashiga yo‘l qo‘yib bermaymizmi?
Aynan mana shu savollarga "Tanaffus" podkastining 19-sonida javob izladik.
Podkastda sun’iy intellekt va o‘qituvchining ertangi kuni haqida so‘z boradi.
Sizdan iltimos:
Ko‘rsatuvni ko‘rishni boshlashingiz bilanoq bir dona layk va izoh yozib, bizning loyihamizni qo‘llab-quvvatlab qo‘yasiz degan umiddamiz.
▶️ To'liq video — https://youtu.be/Zxcb_f7zmg4
@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
"Tanaffus"ning navbatdagi sonida yosh, ziyoli oilani taklif etdik: Abdulaziz Suyarov va Hadichaxon Suyarova.
Mazkur yoshlar ikkisi ham Buyuk Britaniyaning dunyoning top20 va top100 OTMlarida magistraturani bitirib kelganlar, juda havas qiladigan oila.
Abdulaziz va Xadichaxon bilan miriqib sunʼiy intellekt borasida suhbatlashdik, juda ko‘p biz bilmagan tomonlarini ochib berishdi, vaqt kamlik qildi ko‘o narsani so‘rashga.
Siz bu sonni albatta ko‘rishingiz kerak, nihoyatda foydali suhbat bo‘lgan.
Aytgancha, Xadichaxon bu podkastni suratga olganimizdan so‘ng Prezidentimiz bilan ham suhbatlashganini yozgandik. Yaqin orada uning taklifi asosida O‘zbekistonda katta loyiha boshlanadi.
Sun’iy intellekt — o‘qituvchining raqibimi yoki yordamchisi? Biz sun'iy intellekt imkoniyatlaridan dars jarayonida foydalanishga tayyormizmi?
Yaqin kelajakda pedagoglarning o‘rnini sun'iy intellekt egallashiga yo‘l qo‘yib bermaymizmi?
Aynan mana shu savollarga "Tanaffus" podkastining 19-sonida javob izladik.
Podkastda sun’iy intellekt va o‘qituvchining ertangi kuni haqida so‘z boradi.
Sizdan iltimos:
▶️ To'liq video — https://youtu.be/Zxcb_f7zmg4
@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
❤30👍7🔥4
Isroil Tillaboyev blogi
Mana shunday adolatsizlikni ko‘rgan oddiy haydovchilar nima xayolga boradi? Bu ishni qilganlar ishdan bo‘shatish shart, lekin bo‘shatilsayam hech narsa o‘zgarmasligi ayanchli, Xudo biladi boshqa hududlarda bunday amaldorlar nechtayu, ularning yaqin qarindoshlari…
Mana bundagi qoidabuzar ayolini jarimasini bekor qil(dirib kel)gan "OblGAI" Akmal Ahmedov ishdan olinibdi.
@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
👍25👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uyga vazifa kerakmi?
Bu savolga sobiq sssr davri pedagogik olimlari akbatta keraj, qancha ko‘p berilsa shuncha yaxshi, deyishadi, baʼzi rivojlangan davlat zamonaviy pedagogikasi esa bolani uyda erkin qo‘yish yangi kuch to‘plashiga, oila bilan ko‘proq dam olib motivatsiya olishiga sabab bo‘ladi, deya vazifani kam berishga yoki bermaslikka chaqirishadi.
Siz bu savolga qanday qaraysiz, bolani vazifa bilan band qilish kerakmi?

❤22
Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
farzandining uy vazifalariga yordam berishi va ularning ta’lim faoliyatini muntazam kuzatishi bolalarning muvaffaqiyatini oshiradi.
Juda dolzarb mavzuda rolik ishlabdi Ulug‘bek. Afsuski, bu narsa kamayib ketyapti ota-onalar o‘rtasida. Vaqti bor ota-onalarda xohish yo‘q, xohishi bor ota-onalarda esa vaqti yo‘q. Bu kamchilik aylanib borib taʼlim sifatiga, bu esa iqtisodiyotga salbiy taʼsirini ko‘rsatadi.
Bunday muammolarni yanada olib chiqib bong uraverish kerak.
@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
Bunday muammolarni yanada olib chiqib bong uraverish kerak.
@domlajon
www.tg-me.com/domlajon
Telegram
Isroil Tillaboyev blogi
✍️Блогер Исроилжон Тиллабоевнинг шахсий мулоҳазалари канали
Гуруҳга марҳамат: @domlajon1
Реклама учун: @isroilbey
https://www.tg-me.com/boost/domlajon
https://www.tg-me.com/+WUqwChJg0-U5y_0S
Гуруҳга марҳамат: @domlajon1
Реклама учун: @isroilbey
https://www.tg-me.com/boost/domlajon
https://www.tg-me.com/+WUqwChJg0-U5y_0S
👍17❤2
Яқинда мен болаларимнинг мураббияси Юлия Васильевнага ҳақини бериш учун кабинетимга чақирдим.
— Ўтиринг, Юлия Васильевна! — дедим. — Сизга пул керак бўлса ҳам, соддадиллигингиздан ўзингиз сўрагани уяласиз… қани, ўзаро ҳисоблашиб чиқайликчи. Биз сизнинг маошингизни ҳар ойга ўттиз сўмдан гаплашган эдик..
— Қирқ сўмдан…
— Йўқ, ўттиз сўмдан… Менда ёзилган… Мен мураббияларга ҳаммавақт ўттиз сўмдан тўлаб келганман. Хў-ўш, сиз бизда икки ой турдингиз…
— Икки ой-у, беш кун…
— Менда ёзилган. Роса икки ой… Демак, сизга олтмиш сўм тегади… Сиз Коля билан якшанба кунлари машғулот ўтказганингиз йўқ, ўша кунлари дам олдингиз, шунинг учун тўққиз якшанбани чиқариб ташлаймиз… Уч кун байрам…
Юлия Васильевна бирданига қизаринди, кўйлак бурмасини ғижимлади-ю, лекин ғинг демади!..
— Уч байрам куни… Демак, ўн икки сўм… Коля касал бўлиб қолиб, тўрт марта дарс бўлмади, ўша кунлари сиз машғулотни фақат Варя билангина ўтказдингиз… Уч кун тишингиз оғриди, хотиним пешиндан кейин уйга қайтишингизга рухсат берди… Ўн икки сўм ва етти сўм, демак яна ўн тўққиз сўмни чиқариб ташлаймиз… Қолади қирқ бир сўм. Тўғрими?
Юлия Васильевнанинг чап кўзи қизариб, ёшга тўлди. Ияги титради, асабийлашиб йўталди; бурнини қоқди, аммо ғинг демади.
— Янги йил олдидан бир талинкача билан чашкани синдирдингиз. Буни икки сўм дейлик, идишга фамилия ёзилган эди. Қимматроқ бўлса ҳам, майли, розиман! Бизнинг ҳақимиз кимларда кетмаган дейсиз! Сўнгра сизнинг бепарволигингиз натижасида Коля дарахтга чиқиб, камзилини йиртиб тушди, бу ҳам ўн сўм… яна сизнинг яхши қарамаганлигингиз натижасида уй хизматчиси Варянинг ботинкаси ўғирланган. Ахир, сиз маош оласиз, шуларнинг устидан назорат қилиб туришингиз керак. Демак, яна беш сўм… Унинчи январда мендан ўн сўм қарз олдингиз…
— Мен олганим йўқ, — деди Юлия Васильевна, секингина.
— Менда ҳаммаси ёзилган.
— Хайр, майли… яхши.
— Қирқ бир сўмдан йигирма етти сўмни чиқариб ташласак ўн тўрт сўм қолади…
Мураббиянинг икки кўзи жиққа ёшга тўлди… Узун, чиройли бурни терлаб кетди. Бечора қиз!
— Мен фақат бир мартагина олувдим, — деди у, қалдироқ товуш билан. — Бекачингиздан фақат бир марта уч сўм олганман, холос… Шундан бошқа пул олганим йўқ…
— Ҳали шундайми? Мен буни ёзиб қўймаган эканман! Ўн тўрт сўмдан уч сўмни чиқарсак — ўн бир сўм қолади… Олинг пулингизни жоним! Мана, уч… уч… уч… бир, тағин бир сўм… олинг!
Мен унга ўн бир сўм бердим. Пулни титроқ қўллари билан олиб, чўнтагига солди.
— Мерси! — деди пичирлаб.
Мен ўрнимдан сакраб туриб кетиб, уй ичида юра бошладим. Жуда жаҳлим чиқиб кетган эди.
— Нега менга мерси дейсиз? — дедим.
— Пулингиз учун…
— Ахир, пулингизни ўғирлаб ўтирибман-ку, мен сизни таладим-ку! Пулингизни ўғирладим! Нега тағин менга мерси дейсиз?
— Бошқа жойларда менга шуни ҳам беришмас эди…
— Беришмас эди? Ажаб эмас! Мен сизга ҳазиллашдим, сизга унутилмас сабоқ бердим. Мен сизнинг саксон сўм пулингизни бераман, ана, конвертга солиб тайёрлаб қўйганман. Одам ҳам шунақа латта бўладими? Нега ҳақингизни талаб қилмайсиз? Нега тек турасиз? Бу замонда одам ўткир тишли бўлиши керак! Одам шундай бўшанг бўладими?
У бўшашиб қолди. Унинг юзидан: «бўлиши мумкин!» дсган маънони ўқидим.
Унутилмас сабоқ учун ундан кечирим сўрадим-да, қўлига саксон сўмини бердим. У қўрқа-писа чиқиб кетди… Унинг кетидан қараб туриб: бу дунёда кучли бўлиш осон экан! — деб ўйладим.
Антон Чехов - "Латта"

👍42❤18😢6😁2
Sharmandali holat o‘z natijasini uzoq kuttirmadi. IELTS javoblari bir guruh vijdonsizlar to‘dasi tomonidan O‘zbekistonda tarqatilayotgani ortidan IELTS O‘zbekistonda jonli imtihonlarni to‘xtatganini, faqat kompyuter orqali imtihon olinishini maʼlum qilib eʼlon qildi. Endi imtihon topshiruvchilar kompyuterda tez yozishi ham muhim bo‘ladi qo‘shimchasiga.
Bu to‘xtatish endilikda juda ko‘p yoshlarga ziyoni tegadi. Juda sharmandali holat, afsuslar bo‘lsin:
****
! Maxsus e'lonlar!
Hurmatli sinovchilar
IELTSLARINGIZNING IELTS uchun qog'ozni ro'yxatdan o'tkazish uchun rahmat. Sizga IELTS hamkorlari (IDP, Britaniya Kengashi, Kembrij universiteti matbuot va baholash) 2025 yil 11 iyuldan boshlab O'zbekistondagi qog'oz asosida sinovdan o'tishni to'xtatmoqda.
Shuning uchun, biz sizning bron qilishingizni Edu-Action imtihon markazi bilan bekor qilishimiz kerak va biz sizga quyidagi variantlarni taklif qila olamiz:
1. IELTSga kompyuterda bepul transfer
2. To'liq qaytarish
Agar siz qaysi variantni olishni maslahat bersangiz, biz juda minnatdormiz va biz kerakli tadbirlarni amalga oshiramiz.
Hurmat bilan,
Edu-Action imtihoni markazi

😢56❤9👍6😱3🔥1
Қанча кам ухласангиз, ҳаётингиз шунчалик қисқа бўлади!
Саноатлашган давлатлар халқларининг камуйқулиги соғлиғимизга, умумий аҳволимизга ва ҳатто фарзандларимизнинг хавфсизлиги-ю, таълим олишига ҳам ҳалокатли таъсир этмоқда. Бу одам илғамас кам уйқулик эпидемиясидир ва у катта тезлик билан 21-асрдаги жамият саломатлигининг энг улкан муаммоларидан бирига айланмоқда.
Қотиб ухлашнинг бузилиши кексайиш жараёнида онгнинг ёки хотиранинг заифлашишига олиб келадиган кўпчилик эътибор бермайдиган омилдир. Шунингдек, яқинда маълум бўлди-ки, хотиранинг буткул йўқолиши билан характерланувчи Альцгеймер касаллигининг сабабларидан бири ҳам айнан кам уйқуликдир.
Миянинг чап ва ўнг томонида жойлашган Ҳипокампус деб аталувчи унсур бор. Айнан у хотирага янги маълумотларни қайд этишда ва сақлашда фаоллик кўрсатади. Аммо, афсус-ки, кам уйқу одамларда бу унсурнинг фаоллигини билдирувчи бирорта сигнал сезилмаган.
Уйқу бўлмаганда, миянинг хотирага жавоб берувчи қисми сув бн тўлади ва сиз янги маълумотларни қабул қила олмай қоласиз. Шунингдек, яқинда аниқладик-ки, уйқунинг камлиги тўғридан-тўғри биологик ҳаёт тўқималарига, яъни сиздаги ДНКга ҳам жуда қаттиқ таъсир этаркан.
Уйқунинг ўрнини тўлдирадиган ва унинг зарарларини бартараф этадиган бирор нарса йўқ. Эҳтимол, сизда савол туғилар:
" - Эҳ, нима қилсам яхшироқ ва тиниқиброқ ухлар эканман?"
Энг биринчи жавоб бу МУНТАЗАМЛИКДИР - бир хил вақтда ухлагани ётинг, бир хил вақтда уйғонинг. Иш куними, дам олиш куними фарқи йўқ. Мунтазамлик энг бош омилдир. Айнан у уйқунгизни белгилаб беради, ҳамда унинг давомийлигини ва сифатини яхшилайди.
Иккинчиси эса, салқин ҳаводир. Танангиз уйқуга кетиш ва хотиржам ухлаш учун ўзининг ички ҳароратини Фаренҳейт бўйича икки уч даражага тушириши керак. Айнан шу сабабли ўта иссиқ хонадан кўра, ўта совуқ хонада осонроқ ухлаб қоласиз. Шунинг учун, хонангиз температураси Фаренҳейт бўйича 65, ёки Цельсий бўйича 18 даражада бўлишига аҳамият беринг. Айнан, шу ҳарорат аксарият инсонларнинг маза қилиб, тиниқиб ухлашини таъминлаб беради.
Уйқу, афсус-ки, одамнинг ихтиёрига боғлиқ танланадиган нарса эмас. Уйқу - ҳеч қандай баҳсга ўрин қолдирмайдиган БИОЛОГИК ЭҲТИЁЖ, ЗАРУРАТДИР! У сизнинг ҳаётингизни тутиб турадиган тизимдир.
Мэтт Уокер
"TED Talks"дан А. Саидалихонов таржимаси.

👍23❤14👏5😢1
Девор бўлмаса кўчани кўрарди, энди девор бўлса ҳам кўрилаверадикан буёғига.
Карнеги Меллон университети тадқиқотчилари Wi-Fi роутерларини девор ортидаги одамларни “кўра оладиган камералар”га айлантира оладиган сунъий интеллект технологиясини ишлаб чиқдилар.
Бу тизим объектлар, жумладан инсон танаси, орқали акс этган Wi-Fi сигналларининг фазаси ва амплитудасини таҳлил қилиш орқали одамларнинг ҳаракатларини аниқ акс эттирувчи 3D моделларини яратади.
“DensePose” деб номланган ушбу усул инсон танасининг ҳар бир пикселини харитага туширади, бу эса Wi-Fi маълумотларидан инсоннинг ҳолатини (позасини) тасвирлаш учун фойдаланиш имконини беради.
Бу технология турли соҳаларда қўлланилиши мумкин, масалан, уй хавфсизлиги тизимларини такомиллаштириш ёки кексалар ёки ёш болаларни кузатиб бориш. Бу камераларсиз кузатувни амалга ошириш имконини берадиган ноинвазив усул бўлиб, Wi-Fi сигналлари деворлар орқали ўта олади ва бу бошқа хоналарда ҳам аниқлаш имконини беради.
Бироқ, бу инновация шахсий ҳаёт дахлсизлиги бўйича жиддий хавотирларга сабаб бўлмоқда, чунки у рухсатсиз кузатув учун суиистеъмол қилиниши мумкин. Шунинг учун этик қоидалар ва ҳуқуқий меъёрларни белгилаш зарурлиги таъкидланмоқда.

❤10🔥5👍2
Centrum Air паркда яна бир кенг фюзеляжли лайнер
Авиакомпаниялар ўртасидаги рақобат яратилганига жуда хурсанд бўламан. Аввал боримиз шу, деган бўлишса ва шунга мажбур рози бўлсангиз, кейинчалик авиакомпаниялар танлаш, мана эндиликда эса уларнинг самолёт турини ҳам танлашингиз мумкин.
Буни тушунган Centrum Air энг зўр самолётларни ўзбекистонга олиб келишда давом этмоқда.
Тошкент шаҳрига Centrum Air авиакомпаниясининг навбатдаги иккинчи Airbus A330-300 кенг фюзеляжли самолёти етиб келди. Бу авиапаркдаги 10-Airbus ҳисобланади. Янги авиалайнер узоқ масофаларга парвоз қилиш имкониятини янада кенгайтириши кутилаяпти.
Лайнер 347 йўловчига мўлжалланган бўлиб, қулай 2–4–2 ўриндиқ жойлашуви, 60 см оралиқ ва Rolls-Royce двигателлари билан жиҳозланган. Паст шовқин даражаси туфайли йўловчилар тинч дам олиш имконига эга бўлади.

❤12👍9🔥6
Bu podkastni ko'rmagan pedagoglar o'z o'rnini sun'iy intellektga bo'shatib berishga majbur bo'ladi
Yaqin kelajakda pedagoglarning o‘rnini sun'iy intellekt egallashi mumkinmi? Sun’iy intellekt — o‘qituvchining raqibimi yoki yordamchisi?
Yaqin kelajakda ishsiz qolmaslik uchun ushbu podkastni hoziroq ko'ring yoki o‘zingizni qiziqtirgan mavzular bo'yicha belgilab qo'yilgan vaqt ko'rsatgichi ustiga bosing va darhol javobni bilib oling:
➡️ 02:44 - Sun’iy intellekt nima?
➡️ 06:07 - Podkast mehmonlari haqida qisqacha ma’lumot
➡️ 06:56 - Ta’lim nima uchun kerak?
➡️ 08:49 - Maktabning vazifasi nima?
➡️ 10:27 - Raqamli inqilob boshlandi
➡️ 12:36 - O‘qituvchilar sun’iy intellekt imkoniyatlaring qanchasidan foydalanmoqda?
➡️ 15:43 - O‘zbekiston maktablarida hali ham konspekt va tesizlar talab qilinadi?
➡️ 18:23 - O‘qituvchilar o‘rnini sun’iy intellekt egallashi mumkinmi?
➡️ 21:45 - Meta fikrlash haqida
➡️ 27:44 - Sun’iy intellektda odamdek his-tuyg‘ular bormi?
➡️ 31:45 - Sun’iy intellektning dastlabki shakllari qanday bo‘lgan?
➡️ 35:06 - Sun’iy intellektning xavfli tomoni nimada?
➡️ 41:06 - Bolalar sun’iy intellektga o‘rganib qolyapti
➡️ 42:19 - Ta’limning uch maqsadi
➡️ 43:33 - Sun’iy intellekt bizni manipulyatsiya qilmoqda
➡️ 47:23 - Endi biz nima qilishimiz kerak?
➡️ 48:37 - Rivojlangan mamlakatlar qanday yo‘l tutadi?
➡️ 51:50 - Sun’iy intellektda fikr almashish xususiyati yo‘q
➡️ 53:55 - Biz nega rivojlanmaymiz?
➡️ 54:49 - Sun’iy intellektdan ko‘p foydalanish zararlimi?
➡️ 59:29 - Sun’iy intellekt etikasi
➡️ 01:01:42 - O‘qituvchilar “faktcheking” qilishni o‘rganishi kerak
➡️ 01:02:39 - Malaka oshirish tizimi zamon bilan hamnafas bo‘lishi kerak
➡️ 01:03:22 - Kitobda yozilgan hamma narsa ham haqiqat emas
➡️ 01:06:42 - O‘zbekiston aholisining aksariyat qismi juda ham sodda
➡️ 01:08:13 - Biz faktlarga asoslangan xotiraga tayanamiz
➡️ 01:09:25 - PISA tadqiqotida qatnashish yechim emas
➡️ 01:13:01 - Ta’limni reytinglarga solish mumkin emas
➡️ 01:15:37 - Yevropa davlatlari turli xil reytinglardan voz kechmoqda
➡️ 01:16:21 - Prezident maktablari tabaqalanishni kuchaytiradimi?
➡️ 01:23:13 - Elita maktab bitiruvchilari kelajakda jamiyatni boshqaradimi?
➡️ 01:27:45 - Ta’lim kutib turmaydi
➡️ 01:28:39 - Biz o‘quvchilarga mahbuslar kabi qarayapmiz
➡️ 01:29:39 - Maktab ta’lim bilan birga tarbiya ham berishi kerakmi?
➡️ 01:34:24 - El-yurt umidi jamg‘armasi haqida
▶️ To'liq podkast — https://youtu.be/Zxcb_f7zmg4
Telegram l Instagram l YouTube
Yaqin kelajakda pedagoglarning o‘rnini sun'iy intellekt egallashi mumkinmi? Sun’iy intellekt — o‘qituvchining raqibimi yoki yordamchisi?
Yaqin kelajakda ishsiz qolmaslik uchun ushbu podkastni hoziroq ko'ring yoki o‘zingizni qiziqtirgan mavzular bo'yicha belgilab qo'yilgan vaqt ko'rsatgichi ustiga bosing va darhol javobni bilib oling:
Telegram l Instagram l YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
#19 Kelajakda o'qituvchilar o'rnini sun'iy intellekt egallaydimi? | "Tanaffus" podkast
#ai #talim
Sun'iy intellekt va ta'lim mavzusida ta'lim bo'yicha ekspert Hadicha Suyarova va sun'iy intellekt bo'yicha mutaxassis Abdulaziz Suyarov bilan suhbatlashdik.
Loyiha homiysi: Profi University — https://xalqtaliminfo.uz/post/843
Media hamkorimiz…

❤11👍5🤬1
“IELTS yagonami? Paracetamol va muqobillar”
Parasetamol qolmasa, nima qilasiz?
Dorixona xodimi sizga boshqa dori taklif qiladi: Nurofen bormi, Ibuprofen bormi, Panadolmi — tanlov bor. Ularning hammasi og‘riqni yengillashtiradi. Ammo siz: “Yo‘q, menga faqat Paracetamol kerak!” deysiz.
Bosh og‘rig‘ini ular ham qoldiraveradi. Lekin siz davo emas, odatni izlayapsiz.
Bu xatti-harakat sizga tanish tuyulmayaptimi? IELTS deganda xuddi shu holat ro‘y berayotganini ko‘rmayapsizmi? Bu, ayniqsa kuni kecha IELTS O‘zbekistonda qog‘ozda imtihonni to‘xtatishini eʼlon qilgandan keyin menda savol tug‘ildi.
Til bilimingizni baholamoqchimisiz? Bo‘ldi, faqat IELTS. Qolgan testlar? TOEFL bormi? KET, PET, FCE, CAE, CPE-chi? iTEP-chi? Ular ham og‘riqni yo‘qotadi, ya’ni maqsadingizga yetkazadi. Lekin biz tanlamaymiz — sababi odat, sababi stereotip, sababi boshqa variantlar haqida yetarli axborot yo‘q.
Xalqaro universitetlarga kirish, mahalliy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlariga hujjat topshirish, ishga qabul jarayonlari, pedagoglar uchun ustama belgilash yoki turli grant dasturlarida talab etiladigan sertifikat deyilganida, ko‘pchilik aynan IELTSni nazarda tutadi.
Men turli manbaalardan IELTSʼdan boshqa xalqaro sertifikatlarni qidirib ko‘rdim.
Alohida aytib o‘tmoqchiman, men IELTSʼga qarshi yoki boshqa sertifikatlarning tarafini oluvchilardanmasman. Shunchaki shaxsiy fikrlarim asosidagi qidiruvlarim natijasi.
IELTSʼning O‘zbekistondagi kuchi va mashhurligini zarracha inkor qilmagan holda boshqalar haqida to‘plagan maʼlumotlarimni bo‘lishishni istadim, ular haqida ochiq manbaalarda IELTSʼchalik ko‘p maʼlumot yo‘qligiga qiyin bo‘ldi ularni topish. Demak ularning ommalashmaganiga bu birinchi sabab.
Keling, avval mana bu qaror matni bilan tanishib chiqsak. Qarorning 1-, 2-, 3-boblarida ingliz tili bilim darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar roʼyxati keltirilgan. Sizga bu roʼyxatda turgan qaysi xalqaro sertifikat tur(lari)i notanish? Yoki siz Oʻzbekiston sharoitida IELTS dan boshqa qaysi xalqaro sertifikatlar turi uchun imtihon topshirib koʼrgansiz?
Ammo aslida ingliz tilini baholashga oid boshqa testlar ham bor. Ular xalqaro darajada tan olingan, ko‘p hollarda qulayroq, ba’zida esa arzonroq. Eng muhimi — ularning har biri boshqa bir auditoriyaga, ehtiyojga, yoki formatga mos.
Keling, ba’zilarini ko‘rib chiqamiz:
1. TOEFL iBT (Test of English as a Foreign Language) - Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi (BMBA) hamda Educational Testing Service (ETS) hamkorligida tashkil etiladigan imtihon (www.ets.org). TOEFL iBT - xalqaro miqyosda tan olingan va sertifikatlar ro‘yxatiga kiritilgan rasmiy imtihon hisoblanadi.
Imtihon to‘lovi 195 $ (Promokodlar orqali 165$ toʻlash imkoniyati mavjud).
2. TOEFL ITP (Test of English as a Foreign Language) – 14 yoshdan boshlab ona tili ingliz tili bo‘lmagan o‘quvchi, abituriyent, talaba, magistrant va mutaxassislarning ingliz tilini bilish darajasini baholovchi xalqaro test sinovi.
TOEFL ITP testi talabgorlarning ingliz tilini bilish darajasini tez, qulay, hamyonbob, obyektiv va ishonchli baholash imkoniyatini beradi. Test sinovning o‘ziga xos xususiyati test sinovi onlayn o‘tkaziladi va talabgor test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijasini bilib oladi.
❗Masʼul shaxs bilan bogʻlanganimda Oʻzbekistonda TOEFL iTP imtihonlarini tashkil etish ETS tashkiloti tomonidan toʻxtatilganligi, biroq shu muddatgacha olingan sertifikatlar tan olinishi oydinlashtirildi.
👇👇👇 davomi

❤6👍6🔥2🥰2😁2
Davomi.
3. iTEP Academic Plus (International Test of English Proficiency) - Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP Academic Plus imtihonlari ham respublikaning barcha hududlarida muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda. Ushbu imtihon magistratura hamda oliy ta’limdan keyingi bosqichlar uchun tan olinadi. Shuningdek, yaqinda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan normativ hujjatlarga muvofiq, iTEP Academic Plus imtihoni bakalavriat yo‘nalishiga imtiyoz taqdim etishda hamda ingliz tili o‘qituvchilariga ustama tayinlashda tan olinishi kutilmoqda.
4. CEQs (Cambridge English Qualifications) FCE, CAE - Cambridge Assessment tomonidan Respublikaning turli viloyatlarida tashkil qilinadi. Ushbu imtihonning ham reytingi yuqori bo'lib, kerakli natijani qo'lga kiritsangiz, boshqa xalqaro sertifikatlar bilan bir darajada qabul qilinadi va imtiyozlar taqdim etadi.
5. Multilevel. Ushbu sertifikat bo‘yicha maʼlumot ancha ko‘p, u faqat O‘zbekistonda qabul qilinadi.
Til baholash sertifikatlari ko‘p. Balki men ushbu sertifikatlar haqida to‘liq maʼlumot bermagandirman (topmagandirman), siz yanada kengroq qidirib o‘zingiz mendan ko‘p maʼlumot topishingiz mumkin.
Maqsad — bir: sizning bilim darajangizni adolatli va aniq baholash.
Shuning uchun:
📌 Formatga qarang
📌 Narxni hisoblang
📌 Qayerga hujjat topshirmoqchisiz — o‘shani tekshiring
📌 O‘zingizni testga emas, testni o‘zingizga moslashtiring.
Shunchaki IELTS bo‘lgani uchun emas, sizga mos bo‘lgani uchun test tanlang.
Har kimning yo‘li bor, har kimning vaqt va byudjeti, kuchi va o‘rganish uslubi boshqacha.
Siz o‘zingizga mos davo tanlashga haqlisiz — hatto og‘riq qoldiruvchi bo‘lsa ham.
Xalqaro til bilish sertifikatlari — vosita. Maqsad esa — bilim, imkoniyat va ochiq eshiklar.
Tanlov qilishni unutmang. Aks holda, og‘riq o‘tmaydi — faqat odat davom etadi.

👍20❤11🔥3