Telegram Web Link
Bugun respublika bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonidan o‘tish uchun davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali elektron tarzda murojaat qilish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, talabgorlar ortiqcha ovoragarchiliklarsiz hujjat topshirishlari mumkin.

🌎Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Alisher Navoiy ensiklopediyasi" kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish 👉https://www.tg-me.com/UZTRJ
👍1
Forwarded from Orif Tolib
​​Otarchi kim?

Nega otarchi deymiz? Bu so‘zni etimologik jihatdan qanday tahlil qilish mumkin? Uning oxirida ham mashhur -chi – ot yasovchi qo‘shimchasi turibdi. -chi ishtirokida yasalgan ishchi, qo‘shiqchi kabi so‘zlarni tushunish oson, chunki ish, qo‘shiqning lug‘aviy ma’nosi hammaga ayon. Lekin otar+chining o‘zagi – otar nima?

Tilimizda ot so‘z turkumiga mansub otar so‘zi bor: yaylovda boqiladigan qo‘ylarning katta suruvi, podasiga nisbatan aytiladi bu so‘z aslida o‘t- (o‘tlamoq) o‘zagidan. Qo‘ylar otarini boquvchi cho‘ponga nisbatan ham ba’zan – otarchi cho‘pon deyish mumkin. Ammo bu otarning qo‘shiqchi-otarchiga aloqasi bormi?

Yana bir otar – fe’l so‘z turkumiga mansub, sifatdosh, ya’ni otmoq ma’nosiga ega. Ammo uni ham otarchi bilan mantiqan bog‘lash qiyin.

Albatta, otarchi qadimiy so‘z emas, mumtoz adabiyotda uchramaydi, shunday bo‘lsa-da, uning tomirlarini qadimiy o‘zak-so‘zlardan ham izlab ko‘rish, bizningcha, foydadan xoli emas.

“Devon” va “Qutadg‘u bilig”dagi kuylar, sayrar ma’nosidagi mazkur otar yoki chalmoq ma’nosidagi o‘to‘r-otarchi so‘zi o‘zagi bo‘lishga eng munosib nomzodday tuyuladi, lekin oradagi masofa yaqin o‘tmishda paydo bo‘lgan otarchining qadim so‘zga borib taqalishini shubha ostiga qo‘yadi. Sayramoq ma’nosidagi öt- fe’li Navoiy asarlarida uchramaydi. Biroq bu so‘z, ehtimol, shevalar, so‘zlashuv tili orqali bizgacha yetib kelib, undan otarchi ismi paydo bo‘lgandir.

Otarchi har doim salbiy ma’noda ishlatilgan va otarchi deganda haqiqiy san’atkorning ziddi, soxtakor, asosiy maqsadi yengil-yelpi pul topish bo‘lgan shaxs tushunilgan. Otarning ortidan yurgan cho‘ponlar ham ba’zan qo‘shiq kuylashgan, lekin bu bilan ular qo‘shiqchi bo‘lib qolishmagan, ehtimol, shuning ta’sirida otarchi ismi paydo bo‘lgandir. Shuningdek, otarchi –otmoq fe’lining ko‘chma aroq ichmoq ma’nosidan kelib chiqqan bo‘lishi ham mumkin.

Abduvohid HAYIT

👉 Maqolani toʻliq oʻqish

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
1
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 264-sonini e’tiboringizga havola etamiz


1. Eshqobil Shukur "O'tov" she'ri

2. Xurshid Rasulov "Otang bo'lsa" qo'shig'i

3. Chingiz Aytmayov “Asrga tatigulik kun” asari

Kanalga ulanish 👉 https://www.tg-me.com/dtrdep
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Samarqand tumanida “Ommaviy diktant” aksiyasi o‘tkazildi.

Kanalga ulanish 👉 https://www.tg-me.com/dtrdep
1
⚡️ “Jadid” gazetasining 2025-yil 30-maydagi 22-soni bilan tanishing:

📱Elektron gazeta

🔹RIM YO‘LLARI SAMARQANDGA ELTADI
🔹Ahmadjon MELIBOYEV:
DARYO BO‘YIDAGI O‘YLAR
🔹Bahodir KARIM:
TILDOSH-U DILDOSH QARDOSHIMIZ
🔹Rustambek SHAMSUTDINOV:
“AYBING SHUKI, ISTE’DODLISAN...”
🔹Ro‘zimboy HASAN:
“2% SAVODXONLIK” YOXUD 100% YOLGʻON
🔹Shuhrat AZIZOV:
KITOBSEVAR TADBIRKOR
🔹Baxtiyor TO‘RAYEV:
RASSOM – SHAKL VA HOLAT SHOIRIDIR
🔹Gulchehra UMAROVA:
FIGARONING QAYTISHI
🔹Eshqobil SHUKUR:
SHE’RNING ASL DEHQONI
🔹O‘rinboy USMON:
“O‘TKAN KUNLAR”NI YOD BILGAN ADVOKAT
🔹Ro‘za KARIMOVA:
BIRINCHI DODXOH AYOL
🔹Muhayyo RUSTAMOVA:
KICHIKLARNING KATTA BAYRAMI
🔹Bobur ELMUROD:
DO‘ST...
🔹Shahriyor SHAVKAT:
QOYILMISAN INSONGA, ZAMIN?!
🔹Elmurod NISHONOV:
NOMSIZ BARMOQNING NOMI BOR
🔹Vasila HABIBULLAYEVA:
“VATAN MANZUMASI” YANA YURT BO‘YLAYDI
🔹Mulla XUNOB:
OKEY
🔹Farangiz ABRUYEVA:
UNUTILGAN ASHULA

Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2024-yil 14-oktabrda o‘tkazilgan rayosat majlisining 171-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida, reja asosida  tuman hokimligi tizimi va hududda faoliyat yurituvchi tashkilotlarda “Davlat tili haqida”gi qonun ijrosini o‘rganish va tanqidiy ko‘rib chiqish belgilangan.

Ijro yuzasidan Mingbuloq tumanidagi "Birlashgan" mahalla fuqarolar yigʻinida davlat tili talablariga rioya etilishi borasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi. Hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi to‘g‘risida bir qator ishlar amalga oshirildi.

📚Jarayonda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.
2025/07/08 20:12:47
Back to Top
HTML Embed Code: