Telegram Web Link
#OAVda_biz

🌐Sharq-press internet nashrida faoliyat olib boruvchi tinglovchimiz tomonidan Markazning "O‘zbek tili kurslari" faoliyati haqida maqola e'lon qilindi.

Maqolani o‘qish uchun shu yerga bosing 👈

🌏 Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
1
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI
#OAVda_biz 🌐Sharq-press internet nashrida faoliyat olib boruvchi tinglovchimiz tomonidan Markazning "O‘zbek tili kurslari" faoliyati haqida maqola e'lon qilindi. Maqolani o‘qish uchun shu yerga bosing 👈 🌏 Bizning manzillar: Veb-sahifa |Telegram | Facebook…
Maqolaning qisqacha ma'nosi👇

O‘zbek tilini o‘rganish muammosi yo‘q — Toshkentda bepul kurslar mavjud.

Toshkentda o‘zbek tilini o‘rganish hozirda muammo emas. Bu borada davlat tomonidan tashkil etilgan “Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi”da bepul va pullik kurslar mavjud. Ayniqsa, katta yoshdagi odamlar, vaqtincha ishsizlar uchun bepul kurslar tashkil etilgan.

Men 2024-yilning kuzidan beri o‘sha kurslarda o‘qiyman. Guruhlar asosan o‘rta va katta yoshdagi 12–15 nafar odamdan iborat. O‘qituvchilar yosh va talantli, masalan, Azizbek Berdiev va Muhammadaziz Omonov kabi pedagoglar o‘z ishlariga juda mehr qo‘yib dars berishadi.

Ushbu kurslar 3 oy davomida bo‘lib, oxirida qatnashchilar imtihondan o‘tishadi. Imtihonlar juda jiddiy o‘tkaziladi va undan so‘ng eng faollari ilg‘or bosqich uchun yangi guruhlarga qabul qilinadi. Bu kurslar hozir ham davom etmoqda.

Azizbek Berdiev o‘zbek tilini o‘rganishni osonlashtiruvchi metodlardan foydalanadi. U darslarda ko‘p interaktiv usullarni qo‘llaydi — rolli o‘yinlar, so‘z o‘yinlari, suhbatlar. Bu yoshlar uchun ham, kattalar uchun ham qiziqarli va samarali.

Kurs qatnashchilari tildagi qiyinchiliklarni yengib, so‘zlashni o‘rganib, o‘zlarini yanada ishonchli his qilishmoqda. Kurslar shunchalik yaxshi tashkil qilingan-ki, o‘qituvchilar bilan uchrashuvlar doimiy va har uchrashuv qiziqarli.

✍️Luiza Maxmudova
🔥2
#Taqdimot

Til, ma’rifat va meros uyg‘unligi: “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” taqdimoti Chilonzorda o‘tkazildi
.

🤝 Taqdimot tadbiri Chilonzor tumani hokimligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi va Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamkorligida o‘tkazildi.

📍Tadbir 27-may kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti binosida tashkil etildi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉  https://www.tg-me.com/dtrdep
👍3
MIRTEMIR

ONA TILIM


Yobonlarning cheksizligi,
Ham samumi, ham hovuri,
Onajonlar allasidan,
Qo‘z yoshidan, oq sutidan;
To‘qaylarning tengsizligi,
Jilg‘alarning sho‘x g‘ovuri,
Yigitlarning yallasidan,
Suluvlarning sukutidan —
Yo‘g‘rilgan til —
Ona tilim.
Daryolarning toshqin payti
Arslon yanglig‘ arillashi,
Dovonlarning ko‘k qiyosi,
Qorli tog‘lar jilosidan,
Cho‘ponlarning qamish bayti,
Childirmaning darillashi,
Go‘ro‘g‘lining alp siymosi,
Alpomishning da’vosidan —
Tug‘ilgan til —
Ona tilim.
Tulporlarning asovligi,
Tosh chaqishi, olovligi,
Bobolarning oltin so‘zi,
Bo‘yoqchining o‘lanidan:
To‘quvchining alg‘ovligi,
Chilangarning dalg‘ovligi,
Bu tuproqning qo‘sh ho‘kizi,
Qo‘shchisi ham qo‘lanidan —
Yaralgan til —
Ona tilim.
Shu tuproqning jon ayamas
Tarlonlari, burgutlari,
Kelinlarning dildoshligi,
Yor-yorlarning jarangidan;
Bosqinlarning bedodligi,
Buvilarning o‘gitlari,
Do‘mbiraning mungdoshligi,
Dutorning ham tarangidan —
Taralgan til —
Ona tilim.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍5🤔1
#etimologiya

So‘zlarimiz etimologiyasini bilasizmi

YANCH
– ‘ezg‘ila’ , ‘maydala’ , ‘kukunga aylantir’ , ‘donni qobig‘idan ajrat’.
Ilonni quyrug‘idan emas, boshidan yanchadilar (Maqol).

Bu so‘z qadimgi turkiy tilda ‘yoy’ , ‘soch’ ma’nosini anglatgan yan fe’liga kuchaytirish ma’nosini ifodalovchi –(i)ch qo‘shimchasi qo‘shib hosil qilingan, keyinchalik ikkinchi bo‘g‘indagi tor unli talaffuz qilinmay qo‘ygan. So‘zlashuvda bu so‘z yench tarzida ham talaffuz qilinadi.

🛡 Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi.

🌎Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
2025/07/08 15:03:17
Back to Top
HTML Embed Code: