bootg.com »
United States »
MAʼNAVIYAT VA DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI DEPARTAMENTI » Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat
Kanalga ulanish 👉 https://www.tg-me.com/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

👍1
“Duch” bilan “duchor”ning, “ancha” bilan “anchayin”ning farqi bor
Yozuvchilar, olimlar, jurnalistlarning ijodiy faoliyati davomida tilga yangi soʻz va ifoda shakllari koʻp kirib keladi. Ilmda bular neologizm deyiladi. Biroq har qanday neologizm ham tilni boyitib, ijobiy hodisa boʻlavermaydi. Qalamkashlar baʼzan soʻzning tub maʼnosini bilmasligi yoki oʻzi yuklamoqchi boʻlgan yangi maʼnoni ifoda etadigan boshqa bir soʻz borligidan bexabar boʻlishi ham mumkin ekan.
Shoirlarimizdan biri yozadi:
Qadim tiyin topsak, quvonar edik,
Nogoh xazinaga kelgandek duchor.
Endi-chi? Million-million oʻpirib,
Na nomus qilamiz va na undan or.
Oʻzbek tilida xazinaga… duchor kelinmaydi, duch kelinadi! Baloga, qirgʻinga, yomonliklarga duchor kelish desa, boshqa gap. Duch bilan duchor soʻzlaridagi shakliy va maʼnoviy yaqinliklarni farqlash oʻrniga ularni qorishtirish nomaqbul neologizmni yuzaga chiqargan. Yoki shu toʻrtlikdan yana bir misol: millionlab pulni oʻmarish mumkin, oʻpirib boʻlmaydi, toshqin suv esa qirgʻoqlarni oʻpiradi, oʻmarmaydi!.. Nainki, xalq tilini xalq shoiridan himoya qilishga toʻgʻri kelsa?
Hozirgi kunda soʻzlarga oʻzgacha maʼno yuklash, soʻz bilaman deb koʻkrakka urish kasali avj oldi. Nafaqat oddiy jurnalistlar, hatto yozuvchilarning asarlarida ham gʻalat ifoda shakllari bodrab ketdi.
Ancha degan soʻz bor. Xiyla, koʻpgina degani. Ammo dilidagi tuygʻular toʻlib-toshib ketgan palla baʼzi qalamkashlar anchaga qanoat qilmay, uning maʼnosini yanada orttirish maqsadida anchayinni qoʻllashadiki, bu aldoqchi shakldir, chunki anchayin ancha degani emas. Aksincha, shuning teskarisini – shunchaki, arzimas degan maʼnolarni bildiradi.
Zuhriddin Isomiddinov
“Ne qilayin sening bila, ey til…” maqolasidan
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz

👍5
#bilib_oling
Dakkining chakkisi
Nojo‘ya ish, xatti-harakat uchun aytilgan tanbeh tilimizda dakki
so‘zi bilan ifodalanadi. Qizig‘i shundaki, bu so‘zni hamma o‘z
so‘zimiz deb o‘ylaydi. U haqiqatan o‘zbek so‘ziga aylanib ketgan. Bu
so‘z ishtirokida maqollar ham bor. Masalan: «Chakki yursang, dakki
yeysan».
Dakki hind tilidan bizning tilimizga kirib kelgan bo‘lib, uning asl shakli dhakka bo‘lgan va u «zarb», «turtki», «iztirob» ma’nolarini anglatgan («O‘zbek tilining izohli lug‘ati»).
Demak, dakki yedi degan ibora «zarba oldi» ma’nosida, dakki berdi iborasi esa «zarba berdi» ma’nosida kelar ekan.
✍️ Eshqobil Shukur, "Boboso‘z izidan".
Kanalga ulanish 👉https://www.tg-me.com/UZTRJ

#taqdimot
2025-yil 23-may kuni Xorazm viloyatining bir qator ta’lim muassasalarida, shu jumladan, Urganch davlat universiteti, Pedagogik mahorat markazi va boshqa tashkilotlarda buyuk mutafakkir, o‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” asarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
👉batafsil

👍3
⚡️ “Jadid” gazetasining 2025-yil 23-maydagi 21-soni bilan tanishing:
📱Elektron gazeta
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📱Elektron gazeta
🔹O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI NORASMIY SAMMITIDAGI NUTQI
🔹Bahodir KARIM:
HERMAN VAMBERI VA IKKI O‘ZBEK SHOIRI
🔹Abdurasul ESHONBOBOYEV:
MILLATPARVAR
🔹Bahrom ABDUHALIMOV:
TARIX CHARXPALAGIDA BIR BUTUN MAKON
🔹Nizomiddin MAHMUDOV:
“ALDANGAN KUTILGANLIK” LINGVOPOETIKASIGA CHIZGILAR
🔹Sultonmurod OLIM:
FIDOYILIK MEZONI
🔹Shuhrat RIZAYEV:
MAʼRIFAT YO‘LI, ALBATTA, BOSIB O‘TILG‘USI
🔹G.UMAROVA:
ABSURD DRAMALAR TAQDIMOTI
🔹Dima QAYUM:
YETTI XAZINANING ASOSIYSI – MEHNAT
🔹Shahriyor SHAVKAT:
VATAN UNUTMAYDI QAHRAMONLARNI
🔹Safo ZUFAROV:
BO‘HTONLAR ISKANJASIDA
🔹Sohiba MULLAYEVA:
O‘Z-O‘ZINI QUVVATLOVCHI TEXNOLOGIYA
🔹Shohrux USMONOV:
“SALFETNITSA” EMAS – “SOCHIQDON”, “GRAFIN” EMAS – “TUNCHA”
Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍2
#jarayon
Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda.
📌✅ Xorazm viloyatining bir qator tumanlarida ishchi guruhlar tomonidan sog‘liqni saqlash bo‘limlari, tuman hokimligi tizimidagi tashkilotlar, shuningdek, tashqi reklama vositalarida davlat tili me’yorlariga rioya etilishi holati o‘rganildi.