O‘qidingizmi?
1. Manipulyativ diktatorlar
2. Vatandoshlik dasturi
3. Buyuk shaxmat taxtasi
4. Mamlakatlar tanazzuli sabablari
5. Mazaxchini o‘ldirish
6. Alvido, Vatan
7. O‘tkan kunlar
8. Turkiston qayg‘usi
9. Yumshoq kuch
10. Katta o'yin. Ikki imperiya to'qnashuvi
11. Lolazor
12. Qora oqqush
13. Telba
14. Xaloskor Sulton Sayfiddin Qutuz
15. Madaminbek: Qonli gullar vodiysi
16. Qonunlar ruhi haqida
17. Qalblardan so‘rang
18. Uchinchi dunyodan birinchi dunyoga. Singapur tarixi
19. Molxona
20. Tarixi Muhammadiy
21. G‘oyam
22. Mening hayotim
23. Baxtiyor oila
24. Tazkirat ul-avliyo
25. MEN: Bas qil, ey nafs!
26. Sohilsiz dengiz
27. Amerika fojiasi
28. Kitoblar qanday o‘qiladi
29. Mukoshafat-ul qulub
30. Urush va tinchlik
31. Stiv Jobs
32. Farg‘ona tong otguncha
33. Muqaddima
34. Aka-uka Karamazovlar
35. Boburnoma
36. Uliss
37. Ijtimoiy odoblar
38. Kulayotgan odam
39. Ruhiy tarbiya
40. Bir olimning kundaligi
41. Sarmoyador
42. Olim, odam va olam
43. Atom odatlar
44. Mo‘jiza sodir bo'lmaydi
45. Diqqat: Chalgʻituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari
46. Mening otim qirmizi
47. Siyosatnoma
48. Jinlar bazmi yoxud katta o'yin
49. Kecha va kunduz
50. Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti
51. Farengeyt bo'yicha 451 daraja
📚 @e_kutubxona

👍34✍6🔥6🕊5🌚2👀2
Yangi o'quv yilini arab tili o'rganish bilan boshlang!
Arab harflari, ularning o'qilishi va o'qish qoidalarini puxta o'zlashtirishni xohlaysizmi?
Unda siz uchun ajoyib taklifimiz bor☺️
"Ma'rifat ta'lim" loyihasida ayol-qizlarimiz uchun yangi arab tili guruhlariga qabul ochildi.
📖 Shoshiling, darslar 10-sentabrdan boshlanadi.
🍀Boquvchisini yo'qotgan ayol-qizlarimiz hamda talabalar uchun doimiy 50% chegirma mavjud.
Qabul uchun: @Marifat_qabul
Sinov darsi linki: https://www.tg-me.com/+8iICbb8tlJ9kOTFi
Arab tili (grammatika) kanalimiz: @arabchasozlarim
Arab harflari, ularning o'qilishi va o'qish qoidalarini puxta o'zlashtirishni xohlaysizmi?
Unda siz uchun ajoyib taklifimiz bor☺️
"Ma'rifat ta'lim" loyihasida ayol-qizlarimiz uchun yangi arab tili guruhlariga qabul ochildi.
▪️Darslar Telegram chat'da bo'ladi;
▪️Haftada 3 kun, 1.5 soat davom etadi;
▪️Barcha darslar video va audio holatda yozib olinadi;
▪️O'rganishingiz uchun kerakli bo'lgan materiallar taqdim etiladi;
▪️"0" dan boshlab o'rgatamiz.
📖 Shoshiling, darslar 10-sentabrdan boshlanadi.
🍀
Qabul uchun: @Marifat_qabul
Sinov darsi linki: https://www.tg-me.com/+8iICbb8tlJ9kOTFi
Arab tili (grammatika) kanalimiz: @arabchasozlarim
👍14🔥6🕊3
#Qanday_buyuk_boʻlishgan
Shayx Ali Tantoviy rohimahullohdan hikoya qilinadiki, u kishi: “Agar sizning oldingizga nahv ilmini oʻrganmoqchi boʻlgan biror kimsa kelsa, unga 3 kun ichida: "Buning iloji yo‘q", - deya ko‘rmang. Chunki uning qatʼiyati, azm-u qarori so‘nib qolishi hamda himmati sinib qoʻlishi mumkin. Aksincha, unga taʼlim bering hamda nahv ilmiga muhabbatli qilib qoʻying. Shoyad, uning ilmga bo‘lgan muhabbati inib, o‘qib-o‘rganishga zo‘r berib ishlab ketar",- deydi.
- Sa'd Saud al-Kariboniy, "Qanday buyuk bo'lishgan"

👍51😇11🕊2😎2
Loyallik
• S.N.: — Misol uchun davlat olimlarga katta oylik berib, xalqni mana bunday yo‘ldan olib bor, mana bunday tushuntir deb o‘z manfaati yo‘lida foydalanishi ham mumkinmi?
• Hamid Sodiq: — Mumkin. Asosiy masala shunda. Oylikni katta qilib qo‘ysangiz, hech narsa deyish shart emas, o‘zlari tushunib yetadi. Chunki ularning siyosiy ongi bor.
Siz dissertatsiyalar qayerga ketayapti deyishingiz mumkin. Dissertatsiya yoki yozilgan maqola loyallik hujjati. Avtoritar davlatlarda berilgan har qanday diplom bilim uchun emas, loyallik uchun beriladi. Ya’ni sizga diplom berildimi, demak siz loyal ekaningizni isbotladingiz. Loyal degani rejim belgilagan chegaradan chiqmaysiz. Hokimiyat nima desa ho‘p deysiz, hatto, professor bo‘lsangiz ham buning farqi yo‘q.

👍37🤔19🔥8⚡1
#SOS
Talaba NSlari:
• “Nega o‘qituvchim meni tushunmaydi?”
• “Qachon ota-onam meni ko‘proq qo‘llab-quvvatlaydi?”
• “Baholarimni yaxshilashda kim menga yordam beradi?”
SOSlar:
✓ “Qanday qilib diqqatni bir joyga jamlashni o‘rgansam bo‘ladi?”
✓ “Yaxshi o‘quv ko‘nikmalarini shakllantirish uchun nima qilishim mumkin?”
✓ “Qanday qilib o‘z baholarimni nazorat qila olaman?”
O‘qituvchi NSlari:
• “Nima uchun jarayonga ota-onalar ko‘proq jalb qilinmagan?”
• “Qachon bolalar mas’uliyatni ko‘proq his qila boshlaydi?”
• “Kim menga yaxshiroq o‘quvchini topib beradi?”
• “Nega ko‘p ishlayman-u, arzimagan maosh olaman?”
SOSlar:
✓ “Qanday qilib sinfimdagi har bitta bolani ko‘proq qo‘llab-quvvatlay olaman?”
✓ “O‘quvchilarning o‘zlashtirishini nazorat qilib borish uchun nima qilsam bo‘ladi?”
✓ “Qanday qilib dars berishga ijodiyroq yondashsam ekan?”
✓ “O‘qitishga bo‘lgan ishtiyoqimni qayta uyg‘otish uchun nima qilishim kerak?”
- Jon G. Miller, «SOS! Savol ortidagi savol» kitobidan

👍23🔥15
#Savdogarlar_ustozi
- Hazrat, bizning diyorlarda insonlar ko‘p yeydi, ammo sizlarda g‘oziy emas, baquvvat emas. Sababiga qiziqdik, nima uchun ularning
tanalari sizlarga qaraganda zaif? Axir sizlar bir kunda ikki martadan yoki bir marta taomlanasiz-ku.
— O‘g‘lim, yaxshi savol berding, - deya so‘zida davom etdi Abdulloh. - Minglab Hadisi shariflarni o‘rganib, medani (oshqozonni) to‘ldirmaslik salomatlikning kaliti ekaniga
amin bo‘ldik. Musulmonlardan boshqalar, kuniga kamida uch yoki to‘rt marta ovqatlanadi. Oz-ozdan tez-tez yesak, sog‘lom bo‘lamiz, salomatlik cho‘qqisiga chiqamiz, deb o‘ylaydi. Bizlarda aytganingizdek aksi. Endi yaxshilab tushunib olishingiz lozim. Kam yeyish degani, kun davomida oz-ozdan yeb yurish emas, kun mobaynida ikki martadan ortiq yemaslikdir. Va yana inson ko‘p yegani uchun emas, yegani tanasiga singgani bilan salomat va baquvvat bo‘ladi. Kam yegan insonning fikri tiniq, tanasi baquvvat, ruhi yengil va harakati tez bo‘ladi.
Eng muhimi kam yegan kishi qo‘rqmas bo‘ladi. Ko‘p yegan odamning nafsi semirib, ko‘p narsa xohlaydi, dinini va dunyosining muzovanatini ushlolmay, ochko‘z bo‘lib qoladi va natijada qo‘rqoqqa aylanadi. Lazzatlardan voz kecholmaydigan, dinini va dunyosini qo‘riqlamaydigan bo‘ladi. Azamatlarim, ko‘p yeganlarning ko‘p kasal bo‘lishi tajribadan ma’lum. Bu zamonni tabiblari taomlanish ortidan xasta bo‘lganlarni emas, jangda yaralanganlar, mashg‘ulotda lat yeganlar, zaxarlanganlar, issiq yo sovuq urganlar va boshqalarni davolaydi. Ustozlaringizning etagiga mahkam tutib, aytganiga amal qiling. Kamharakat bo‘lgan ilm toliblari uchun kam ovqatlanish kifoya. Ammo jang san’ati, tijoriy safarlar bilan ham mashg‘ul bo‘lganlar bir kunda ikki marta taomlansa bo‘ladi. O‘zingiz va nasllaringiz g‘ayratli bo‘lishi uchun kam yeyishni odat qiling.
- «Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti 2» kitobidan

⚡32👍24🔥9😇2
Taqiqlangan tushunchalarning majburiyatga aylanishi.pdf
789 KB
#Maqola
📓 "Overton tuynugi": Taqiqlangan tushunchalarning majburiyatga aylanishi
⚙ Maqola
"Overton tuynugi" yoki diskurs oynasi – jamiyatda, media va siyosatda gʻoyalarning doirasini tasvirlash uchun sotsiologik nazariyadir. Sodda qilib aytganda, bu jamiyatda, media va siyosatda nomaqbul hamda tabu gʻoyalarning qanday qilib maqbul va meynstrimga aylanishini tushuntiradigan gʻoya hisoblanadi. Aytishlaricha, odamxoʻrlikni jamiyat uchun maqbul hodisaga aylantirish hodisasini ham ayni shu gʻoya orqali modellashtirish mumkin.

👍22🔥12✍2⚡1
#Nazm
Yaratganga shukur, sen yana kelding,
Hamma qonunlarning o‘zgardi kuchi.
Men senga uzundan uzun ot qo‘ydim:
«Ey, eski dardlarni yangilatuvchi!»
Barmoqlar barmoqlar uchini sezdi,
Ko‘ngil bir ilohning kuchini sezdi,
Yurak allanening o‘chini sezdi,
«Ey, uzoq yo‘llarni yaqinlatuvchi!»
Yana ikki ko‘zdan sirqildi namlar,
Billurni yuvdilar pokiza g‘amlar.
Qani ul Sir, Amu mavj urgan damlar,
Ey, sen dengiz tubin dolgalatuvchi?!
Asli, qayda bo‘lsang, men ko‘ngli to‘qman,
Kunchiqarim ishqdir, nur o‘chsa — yo‘qman,
Bilaman, kimgadir juda suyukman,
Ey sen, xotirani poklantiruvchi!
Kim aytdi, yo‘l ancha o‘tildi deya,
Kelgan ketdi, kutgan kutildi deya,
Shodman — yana menga duch bo‘ldi deya,
Ishqi omonlarni yashartirguvchi!
Yaratganga shukur, sen yana kelding,
Hamma qonunlarning o‘zgardi kuchi.
Senga men uzundan uzun ot qo‘ydim:
«Ey, ko‘hna dardlarni yangilatuvchi!»
- Omon Matjon

👍20🕊20🔥11🌚2⚡1
#Qanday_buyuk_boʻlishgan
Doktor Spenser oʻzining «Bir daqiqali ota» nomli ajoyib kitobida shunday hikoya qiladi: «Bir kuni tongda bolalarim bilan bozorga chiqdik. U yerga yetib borganimizda uyga kerakli boʻlgan narsalarni izlab, bozor rastalarini aylana boshladik. Aylanib yurgan paytimizda bir ajoyib narsani guvohi boʻldim. Kichik qizim ataylab no‘xat solingan idishlarni toʻkib yuborganini koʻrib qoldim. U bu ishni ataylab qildi, men aniq bilaman. Meni noqulay ahvolga solib qoʻydi. No‘xat idishlari yerga sochilib ketdi. Men sukut qilishni lozim topdim va unga keskin munosabat bildirishdan oʻzimni tiydim. Men bolalarim bilan sochilib ketgan idishlarni yigʻa boshladik va ularni oʻzining avvalgi holiga qaytarib, yigʻib qoʻydik. Shundan soʻng bozordan chiqib, mashinaga mindik. Men qizim qilgan ishini oʻylashdan toʻxtamas edim, idishlarni ataylab toʻkmadimikin?! Uyga ketayotgan paytimizda, yoʻlda “Menga eʼtibor bering”, — deb yozilgan bir lavhaga koʻzim tushib qoldi. Shu payt men oʻzimga eʼtibor bilan nazar soldim-da, qizim bozorda qasddan qilgan nojo‘ya harakatning sirini angladim. U mening unga eʼtibor berishimni, gʻamxoʻrlik qilishimni xohlayapti, chunki men farzandlarim faqatgina xato qilishganida yoki notoʻgʻri ish qilishganlarida ularga ahamiyat berar edim.
Agar ular biror yaxshi ish qilishsa, bu narsa mening nazarimda oddiy ishdek tuyular va men bu ish uchun qandaydir maqtov aytishga vazn topa olmas edim. Qilingan ish aslida shunday boʻlishi kerak edi-gu, shuning uchun eʼtiborimni tortmas edi. Shu voqeadan soʻng men farzandlarimning ijobiy xislatlariga va ularning qilgan yaxshi amallariga eʼtibor beradigan hamda ular biror yaxshi ish qilishsa, ularni maqtashni boshladim. Shuning uchun farzandlar ota-onalar tomonidan qaysi ishga eʼtiborlarini qaratilsa, yaxshi ishga boʻlsa yaxshi ishlarni, yomon ish boʻlsa yomon ishlarni takrorlashadi. Agar farzandingiz yo‘lboshchi, kuchli, oʻziga ishongan hamda xotirjam boʻlishini xohlasangiz, uni maqtang, koʻklarga koʻtaring. Agar farzandingiz birorlarga tobe, imillagan, shamol qayerga essa, oʻsha tomonga uchib ketadigan qushlarining patidek boʻlishini xohlasangiz, uni yerga uring va masxara qiling”.

🔥36👍25🌚4🤔2
O‘qidingizmi?
📖 Imom Zarnujiy. «Ilm olish sirlari»
📖 Imom Zarnujiy. «Ilm olish sirlari»
Anonymous Poll
16%
O'qidim
7%
O'qiyapman
44%
O'qimoqchiman
33%
O‘qishim ham mumkin, o‘qimasligim ham
👍21🤔6👀1
#Soyabon
O‘QISH
Yaxshi o‘qing. Chunki o‘qish lug‘at boyligini egallashning dastlabki bosqichidir. Bu munosib og‘zaki uslublarni ishlatishga yordam beradi. O‘qish fikrlaringizni boshqalarga aytishingizdan avval to‘g‘ri tuzishingizga imkon beradi.
O‘qimasangiz shaxsiy tajribalaringizga suyanasiz. Odatda shaxsiy tajribalar kuchsiz va zaif bo‘ladi. Chunki siz bir ko‘z bilan ko‘rasiz. Bir quloq bilan eshitasiz. Bir muhitni his qilasiz. O‘qish davomida boshqa hayotlarda yashash, boshqa zamonlarni tushunish, avval mushohada qilmagan jihatlaringizni o‘ylash imkoniyati ham tug‘iladi.
Odob-axloq kitoblari (albatta Allohning Kitobi, aqida va sunnat kitoblaridan keyin) sizning ma’naviy va lug‘aviy boyligingizni yanada boyitadi. Ulardan ko‘proq o‘qishni, saralab-saralab o‘qishni tavsiya etaman.
Lekin o‘qish uslubini yengillashtiradigan kitob o‘qimay turib qiyinidan boshlamang. Kitob o‘qishni boshlashda imkon qadar chigal va tushunilishi qiyin adabiyotlardan uzog‘roq yuring. Chunki ularning uslubida anchayin chalkashasiz. Ularning ichidagilari boshlang‘ich o‘quvchi tushunmaydigan muqaddimalarga to‘la. Boshqacha qilib aytganda, mualliflar olim sifatida yozgan odob kitoblaridan saqlaning, adib sifatida yozilganlari bo‘laveradi.
Zamondosh ulamolarning kitoblariga kelsak, Ali Tantoviyning kitoblarini o‘qimasdan yoshlik davringiz o‘tib ketmasin. Bu olimning qaysi kitobi bo‘lsa ham juda foydali. Ali Tantoviy sizga qaysi kitobni o‘qishni tavsiya qilgan bo‘lsa, o‘qing, foydadan holi emas.
Yana yuqoridagilarga yangi davr yozuvchilarining kitoblarini ham qo‘shing. Tilingiz to‘g‘rilanib, malakangiz jilolanib boradi.
- Ali ibn Jobir al-Fayfiy, "Soyabon" kitobidan

👍30🕊7🔥6
Abu Bakr Narshaxiy. Buxoro tarixi.pdf
596.1 KB
📓 "Buxoro tarixi"
✍ Abu Bakr Narshaxiy
⚖ 0.5 MB
📄 63 sahifa
Ushbu «Buxoro tarixi»ni O‘rta Osiyoning yerli xalqlari tomonidan qachonlardir yozilib, endi o‘tmish asrlar sahifalarini yoritish uchun xizmat qilib kelayotgan nodir yozma yodgorliklarning eng qadimiylaridan biridir deyilsa, xato qilinmagan bo‘ladi. Darhaqiqat, bundan 1000 yil muqaddam O‘rta Osiyoning o‘zida, o‘z farzandi qo‘li bilan yozilib, tugal bir asar holida bizning kunlargacha yetib kelgan boshqa tarixiy manba hozir bizga ma’lum emas. Shuning uchun ham «Buxoro tarixi»ni O‘rta Osiyo xalqlari tarixnavislik fanidagi eng dastlabki asarlardan biri deb hisoblaydilar.

👍20⚡5🌚5🕊2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Saboqlar
Bloger ukamiz ushbu fikrlarida bitta asosiy va muhim savolni o‘ziga berishni unutib qo‘ygan.
Sovet olimlari tarixiy manbalarni qayerdan olgan? Marsdanmi, vahiydanmi, ilhomdanmi yoki kayfdanmi?
Tarix fani uch narsani o‘rgatadi.
1. Manbalarni aniqlash.
2. Ularni talqin qilish.
3. Talqin asosida ibrat olish.
Agar birinchi manba bo‘lmasa, uni talqin qilib va xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Sovet tarixchiligi, xususan Bartold asos solgan maktab asosan mahalliy manbalarni tartiblash va qayta tizimlashtirishdan iborat bo‘lgan.
Shundan so‘ng uni o‘z mafkurasiga ko‘ra talqin qilgan.
Keyingi davrlarda esa faqatgina arxeologik qazilmalar orqali ma’lumotlar to‘ldirilgan va aniqlangan.
Sovet davri bo‘ladimi, mo‘g‘ul davri bo‘ladimi hozirgi davr bo‘ladimi, tarix fanining rivojlanishiga hissa qo‘shgan har qanday ilmiy faoliyatlarni qadrlab, fanni sovetlarning va hozirgi "progressiv" qatlamning axlatlaridan tozalaymiz.
Aytgancha Narshahiy "Tarixi Buxoro" asarini yozganda sovetlarning ajdodlari hali paytavaga nima o‘rashni ham bilishmas edi.
- Said Komil

👍26🔥14⚡2🤔2
#Soyabon
Ali ibn Jobir al-Fayfiy, "Soyabon" kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar
• 01. Hissiyotlaringni so‘ndirib tashlama, fikrlaringni tiyib qo‘yma, kechinmalaringni ko‘mib yuborma. Ularni o‘zing ishonadigan yaqinlaring bilan baham ko‘r. Balki ulardan muammolaring yechimini yoki ularni yengillatish yo‘lini topasan. Yoki chin dildan sening haqqingga duo qilishar yoki g‘am-tashvishlaringni unuttirib yuboradigan tilaklar bildirishar!
• 02. Qisqa qiling. Chunki hayot barcha tafsilotlarni gapirishingizdan ko‘ra qisqaroq.
• 03. Ibn Abbos roziyallohu anhuning so‘zi naqadar rost: “Yaxshilik qiluvchi hech qachon toyilmaydi. Mabodo toyilsa ham tayanch topadi”.
• 04. Sen qilgan narsangning evazi haqida o‘ylama. Bunday o‘ylashingning o‘zi chin ko‘ngildan bajarmaganingning birinchi dalili hisoblanadi. Sen g‘ayratli bo‘l. Shuning o‘zi yetadi. Sen Muso alayhissalom kabi bo‘l. Savobni qilginu, soyaga o‘t. Senga Alloh taolodan mukofot o‘z oyog‘i bilan keladi.
• 05. O‘ziga gapirayotgan kishini ko‘zidan nima demoqchiligini anglab oladigan nafs qanday pokiza, zakiy nafsdir.
• 06. Sen hamma hidlaydigan, lekin hech kim ko‘rmaydigan atir bo‘l!
• 07. Mo‘minlarning amiri Umar ibn Hattob bunday degan: “Men aldoqchi emasman va yolg‘on meni aldab qo‘yishiga ham yo‘l qo‘ymayman”.
• 08. O‘ylamasdan, shoshib-pishib ish qilish, shijoatdan ko‘ra ahmoqlikka yaqindir!
• 09. Qo‘lingdagi mevaning lazzati oyog‘ing ostidagi chohni unuttirib qo‘ymasin!
• 10. Hayotingizda kimdandir afzal bo‘lish hissi yoki kimdandir chiroyliroq bo‘lishga nisbatan urinishlaringizga nuqta qo‘ying. Qanday bo‘lsangiz shunday yashashga o‘rganing. Mana shu ishning o‘zi inson hayotidagi saodat eshiklaridan biri hisoblanadi.

🔥27👍14✍3🕊2
#Saboqlar
Hamma aytadi...
Hamma aytadi: qanchalik erta investitsiya qilsangiz, shunchalik ko‘p boylik to‘playsiz — buni murakkab foiz mo‘jizasi deb atashadi. Bugun bu fikrni yana ko‘rib, o‘ylab qoldim: bu hayotning har bir sohasiga tegishli.
• Sog‘ligingizga qancha erta qarashni boshlasanigz, eng zarur bo‘lgan paytda eng zor holatda bo'lasiz, Xudo xohlasa.
• Qanchalik erta aql idrok, intizom, fokusni va matonatni rivojlantirsangiz — hayot sinovlariga shunchalik vaqtli tayyor bo‘lasiz.
• Munosabatlaringizga qancha erta e’tibor bersangiz, ular vaqt o‘tgan sayin shunchalik chuqur va mazmunli bo‘ladi.
• Qanchalik erta ko‘nikmalaringizni rivojlantirsangiz, imkoniyatlar paydo bo‘lganida ustunlik shunchalik katta bo‘ladi.
• Qanchalik erta o‘zligingizni anglash va ruhiy sog‘ligingizni e’tiborga olsangiz, ichki xotirjamlik yillar o‘tib shunchalik kuchli bo‘ladi.
Va nihoyat: Qanchalik erta hayot maqsadini anglasangiz, ruhiy o‘sishingiz shunchalik tez bo‘ladi. Qalbning pokligi va Iymonning mustahkamligi dunyoviy va oxiratdagi barcha ishlaringizga baraka keltiradi.
Har bir qo’ygan kichik qadamingiz — sog’ligingiz, aqlingiz, qalbingiz, boyligingiz yoki munosabatlaringiz uchun — to‘lqinlar yaratib, katta o‘zgarishlarga olib keladi. Erta boshlang, hoziroq boshlang.
- Xondamir Nusratxo‘jayev

🔥40⚡7👍6✍1
Kitobxonlar klubi faollari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar mundarijasi:
01. 2021-yilda o‘qilgan TOP 5 kitob
02. 2022-yilda o‘qilishi rejalashtirilgan TOP 5 kitoblar
03. 18 yoshgacha o‘qib chiqish kerak bo‘lgan kitoblar beshligi
04. 23 yoshgacha o‘qib chiqish kerak bo‘lgan kitoblar beshligi
05. Eng yaxshi 5 ta tarixiy asarlar
06. Meni o‘zgartirgan 3 kitob
07. Men o‘qigan eng yaxshi hikoyalar beshligi
08. Eng ko‘p marta o‘qigan kitoblar beshligi
09. Siz o‘qigan eng yaxshi nobadiiy (non-fiction) kitoblar beshligi qanday?
10. 2022-yilda o‘qigan eng yaxshi kitoblarim: TOP 5
11. 2023-yilda o‘qishni rejalashtirgan kitoblarim: TOP 5
12. Sizningcha, so‘nggi besh yil ichida o‘zbek tiliga tarjima qilingan eng yaxshi besh asar qaysi?
13. Siz o‘qigan eng yaxshi 5 ta o‘zbek adabiyoti namunalari qaysi?
14. Siz o‘qigan eng yaxshi 5 ta jahon adabiyoti namunalari qaysi?

👍16🔥4⚡2🌚1😇1
#Saboqlar
“Men oxiratga ishonchim sababli dunyoda sendan ko‘ra baxtsizroq yashayotgan yerim yo‘q. Hayotning hamma imkoniyatlaridan sendan ko‘ra yaxshiroq foydalanib yashayotganimni ko‘rib turibsan. Sen oxiratga ishonmaganing uchun mendan ko‘ra baxtliroq bo‘lib qolganing ham yo‘q. Bu qisqagina umrda ham shunday ekan, sen aytgandek, o‘lim bilan qissa tamom bo‘lsa (sening noqis aqlingcha) men hech narsaga kuyganim yo‘q. Voqelik mening ishonchimga muvofiq chiqsa, o‘lganimizdan so‘ng ikkinchi chin hayotimiz boshlanib qolsa, sen qayerlaringni chimdib qolasan va vaqt o‘tgandan keyin nima ham qila olasan?!''

🔥34🕊17⚡13👍11
O‘qidingizmi?
📖 Jorj Oruell. «1984»
📖 Jorj Oruell. «1984»
Anonymous Poll
23%
O'qidim
7%
O'qiyapman
42%
O'qimoqchiman
28%
O‘qishim ham mumkin, o‘qimasligim ham
👍25👀19🔥5🕊5😎5⚡4