Telegram Web Link
#maqola

OAV biz haqimizda

Farg‘ona vodiyining “Ekopress.uz” Ekologik-huquqiy, ijtimoiy siyosiy saytida, Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot kotibi Gulnoza To'xtasinovaning  "Farg'onada ekoturizm yanada rivojlanmoqda"  mavzusidagi maqolasi chop etildi.

☝️batafsil

Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuott xizmati
📍 Beshariqda avtomobillarni yuvish shoxobchalarida ekologik tartibot ishlari o‘tkazildi

🗓 2025-yil 25-iyun kuni Beshariq tumani prokuraturasi va tuman Ekologiya bo‘limi hamkorligida tuman hududida faoliyat yuritayotgan avtomobillarni yuvish shoxobchalarida targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.

👷‍♂️ Tashriflar davomida shoxobcha rahbarlariga quyidagilar tushuntirildi:

Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olish zarurligi;

Oqova suvlarni maxsus betonlangan va izolyatsiyalangan tindirgichlarda to‘liq tozalash majburiyati;

Bosqichma-bosqich suv aylanma tizimlarini joriy etish, suv tejovchi texnologiyalar bilan jihozlash;

Shuningdek, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan zamonaviy avtomobil yuvish turlarini kengaytirish tavsiya etildi.

♻️ Bu chora-tadbirlar atrof-muhitni muhofaza qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta'minlashga xizmat qiladi.


📌 Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Forwarded from UzReport.news
Davlat ekologik ekspertizasi markazi “Eco Expo Central Asia 2025” ko‘rgazmasida 1-o‘rinni egalladi

Davlat ekologik ekspertizasi markazi tomonidan tashkil etilgan stendda ekologik ekspertiza sohasidagi yutuqlar, interaktiv taqdimotlar, mahorat darslari, zamonaviy texnologiyalar hamda milliy-madaniy unsurlar uyg‘un tarzda namoyish etildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/davlat-ekologik-ekspertizasi-markazi-eco-expo-central-asia-2025-ko-rgazmasida-1-o-rinni-eg

Lotin|Кирилл
Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik — davr talabi!

🗓 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senatidagi nutqida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida Farg‘ona viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan muhim tadbir tashkil etildi.

📍 Oltiariq tuman bo‘limida boshqarma bosh mutaxassislari B.Qo‘chqarov va M.Qodirovlar tomonidan davra suhbati o‘tkazilib, unda:

Huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish,
Korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish,
Qonunga hurmat, to‘g‘rilik va halol mehnat kabi qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish masalalari muhokama qilindi.

🔎 Tadbirda ishtirokchilarga korrupsiyaning salbiy oqibatlari, har bir noqonuniy holat uchun jazo muqarrarligi, shuningdek Prezidentimizning 2025-yil 5-martdagi selektor yig‘ilishidagi topshiriqlari yuzasidan tushuncha berildi.

📢 Korrupsiyaga qarshi kurash—har birimizning vazifamiz!

🟢Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik — davr talabi!

🗓 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senatidagi nutqida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida Farg‘ona viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan muhim tadbir tashkil etildi.

📍 Farg'ona tuman bo‘limida boshqarma bosh mutaxassislari B.Qo‘chqarov va M.Qodirovlar tomonidan davra suhbati o‘tkazilib, unda:

Huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish,
Korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish,
Qonunga hurmat, to‘g‘rilik va halol mehnat kabi qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish masalalari muhokama qilindi.

🔎 Tadbirda ishtirokchilarga korrupsiyaning salbiy oqibatlari, har bir noqonuniy holat uchun jazo muqarrarligi, shuningdek Prezidentimizning 2025-yil 5-martdagi selektor yig‘ilishidagi topshiriqlari yuzasidan keng tushunchalar berildi.


🟢 Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
2025/06/26 10:01:19
Back to Top
HTML Embed Code: