Farg’onada 40 km ga yaqin osma dor yo’li quriladi
“Eco Expo 2025” ko’rgazmasida Ekoturizm va ovchilikni rivojlantirish departament tomonidan Farg‘ona viloyatidagi imkoniyatlar ham xalqaro hamkorlarga tanishtirildi va shu asosda yirik loyiha uchun zamin yaratildi.
Farg‘ona viloyatida turizmni rivojlantirish va ekologik transport infratuzilmasini kengaytirish maqsadida “Bartholet Maschinenbau AG” bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Loyiha asosida Farg‘ona eco-shahar hududi, xususan, Shohimardon va So‘g‘d tumanlarida havo dor yo‘llari qurilishi rejalashtirilgan. Jumladan:
• Shohimardon hududida — 12 km,
• So‘x tumanida — 5 km,
• Eco-shahar hududida — 20 km uzunlikdagi dor yo‘llari barpo etiladi.
Memorandumning asosiy maqsadi—ekologik muammolarning oldini olish, transport xizmatlari bosimini kamaytirish va viloyatga mahalliy hamda xalqaro sayyohlarni faol jalb qilishdir.
Loyiha Farg‘onada ekologik barqarorlikni ta’minlash bilan birga, zamonaviy ekoturizm infratuzilmasining shakllanishiga xizmat qiladi.

#marafon
Farg‘onada “Biz hayotni tanlaymiz” shiori ostida ommaviy yurish tadbiri o‘tkazildi
26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan Farg‘ona shahrida “Biz hayotni tanlaymiz” shiori ostida ommaviy yurish tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi ekofaollari, turli idora va tashkilotlar, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar hamda yoshlar faol ishtirok etdi.
Zararli illatlar, jumladan, giyohvandlikka qarshi kurashish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbir ishtirokchilari erta tongda “Biznesni rivojlantirish banki” binosi oldida to‘plandilar.
Ommaviy yurish tadbiri harbiy orkestr sadolari ostida al-Farg‘oniy shohko‘chasi orqali Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va konsert saroyi ochiq maydonigacha davom etdi va 3 mingdan ziyod sportsevar farg‘onaliklarni bir ezgu maqsad yo‘lida birlashtirdi.
Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

⚫️26-iyun - "Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni"
Giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashamiz
🗣Bir guruh Eko faol yoshlar Fargʻona shahridagi aholi vakillarining giyohvandlikka qarshi munosabatlarini, fikrlarini oʻrganishdi
💬 Ushbu tashabbusda faol yoshlar, Ekofaollar keng jamoatchilik vakillari hamda shahar aholisi ishtirok etib, aholiga giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida tushunchalar berildi va maxsus qoʻllanmalar tarqatildi.
⏺Giyohvandlikning asiriga aylanib qolgan zamondoshlarimizni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish barchamiz uchun foydalidir.
🛡 Shunday ekan, oilalarimiz tinchligi, farzandlarimiz kelajagiga rahna solayotgan, jiddiy xavfga aylangan giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashishimiz shart.

#tungi_reyd
Uchko'prik tumanida o'tkazilgan navbatdagi tungi reyd tadbirlari jarayonida chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlagan fuqaro jarimaga tortildi
Farg'ona viloyat prokuraturasi hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Uchko'prik tuman bo'limi davlat inspektorlari tomonidan o'tkazilgan navbatdagi tungi ekologik nazorat reyd tadbirlari davomida "Tojik" qishlog'i hududida fuqaro I.F tomonidan chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlab "O'zbekiston Respublikasi Chiqindilar to'g'risida"gi qonunning 13-moddasi talablarini buzganlik holati aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 91¹-moddasi 1-qismi bilan tegishli tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirib, unga nisbatan 375 ming so'm jarima belgilandi.
Farg'ona viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati