Telegram Web Link
#maqola

OAV biz haqimizda

Farg‘ona vodiyining “Ekopress.uz” Ekologik-huquqiy, ijtimoiy siyosiy saytida, Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarma boshlig'i maslahatchisi Shoxodat Djuraboyevaning  "Yoshlar - yangi O'zbekiston bunyodkorlari"  mavzusidagi maqolasi chop etildi.

☝️batafsil

Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuott xizmati
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Daraxtlar halokat yoqasida — Suv yo‘qligi ekologik inqirozni boshlayapti!" mavzusida tarqalgan xabarga  Fargʻona viloyat Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabati.

Murojaatda koʻtarilgan masala Farg'ona shahar Ekologiya boʻlimi davlat inspektorlari hamda  mutasaddilar tomonidan nazoratga olinib, ayni paytda ushbu hududni obodonlashtirish choralari koʻrilib, Shu kunning oʻzida  murojaatda koʻrsatilgan hududdagi  toʻplanib qolgan chiqindilar tozalanib,  maxsus texnikalarni jalb qilgan holda daraxtlar sug'orildi hamda muammo shu kunning o'zida  bartaraf etildi.

Davlat inspektorlari hududdagi masʼullarga ushbu holat qayta takrorlanmasligi yuzasidan ogohlantirish berildi.

Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmat
📍 Farg‘ona tumanida ekologik tadbir: “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz”

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi 184-sonli qarori — “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi” doirasida butun mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamli ekologik tadbirlar davom etmoqda.

🌱 Ana shunday tadbirlardan biri 2025-yil 2-iyul kuni Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida joylashgan “Obod” va “Yuqori Vodil” MFY hududlarida o‘tkazildi.

🧹 Aksiya “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida tashkil etildi va ekologik tozalikka oid muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

🤝 Tadbirda Farg‘ona viloyat prokuraturasi, tumandagi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi xodimlari, “Maxsus Garant Avto Servis” MCHJ vakillari, mahalla faollari va ko‘ngillilar faol ishtirok etdi.

♻️ Natijada, 14 tonna chiqindi yig‘ilib, belgilangan markaziy chiqindixonaga olib chiqib ketildi.

📸 Bunday tadbirlar nafaqat atrof-muhitni obodonlashtirishga, balki aholining ekologik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

🟢 Toza muhit — sog‘lom hayot! Keling, tabiatga mehr bilan yondashaylik va kelajak avlod uchun sog‘lom ekologiyani ta’minlaylik!

Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videorolik

Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi maxsus videoroligi.

Muallif: Ekofaol Firdavs Omonjonov.

Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmat
2025/07/05 02:27:21
Back to Top
HTML Embed Code: