♻️Chiqindi poligonida nazorat ishlari olib borildi.
Fargʻona viloyat prokuraturasi, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarish boshqarmasi, Uchko'prik tuman Ekologiya boʻlimi hamda Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi vakillari hamkorligida Uchko'prik tuman "Qorayantoq" MFY hududida joylashgan chiqindilar poligonida nazorat tadbirlari olib borildi.
Mazkur maishiy chiqindi poligoni jami umumiy yer maydoni 1,4 gektarni tashkil etib, hududda doimiy chiqindilar (buldozer) texnikasi yordamida zichlashtirilib, ustki qismi tuproq bilan koʻmish hamda rekultivatsiya ishlari olib boriladi.
Undan tashqari chiqindixonani kirish qismiga bahor oyida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ming tupdan ortiq manzarali daraxtlar nazoratdan oʻtkazilib, sugʻorish va dorilash ishlari olib borildi.
Tekshiruv davomida chiqindilarni joylashtirish tartibi, sanitariya holati va rekultivatsiya ishlarining amalga oshirilishi koʻzdan kechirildi.
📌 Aniqlangan holatlar yuzasidan masʼul tashkilot va shaxslarga tegishli tavsiyalar berildi.
🟢 Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Buvayda tumanida chiqindilar bilan bogʻliq qonunchilik ijrosi oʻrganildi
Buvayda tuman prokuraturasi tomonidan tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi hamda “Agro Rishton Ta’mir Servis” MCHJ xodimlari bilan hamkorlikda chiqindilar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosi holati joyiga chiqib o‘rganildi.
Xususan, tuman hududida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning maishiy chiqindilarni belgilangan tartibda chiqarib yuborishi yuzasidan maxsus litsenziyaga ega tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilishi ta'minlanib, qonuniy asosda chiqindilarni olib chiqish mexanizmi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Bundan tashqari, mavjud chiqindi poligonlari joyida o‘rganilib, ularning sanitariya holati, atrof-muhitga ta’siri va ekologik talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish ishlari davom ettirilmoqda. Belgilangan tartibga rioya qilmagan subyektlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishi ogohlantirildi.
Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

“Yoshlar – Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Fargʻona viloyati Ekologiya boshqarmasi tashabbusi bilan boshqarmaning majlislar zalida “Yoshlar – Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad – yoshlarning ekologik ongi va madaniyatini oshirish, ularni mamlakat taraqqiyotida faol ishtirok etuvchi avlod sifatida tarbiyalash, yosh eko faollarni ragʻbatlantirish va ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashdan iborat boʻldi.
Tadbirda shahar va tumanlardan tashrif buyurgan 35 nafar eko faol yoshlar ishtirok etdi. Ularda atrof-muhitni muhofaza qilish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish va jamoatchilik ongini shakllantirish boʻyicha qiziqish va tashabbuslar yuqori ekanligi namoyon boʻldi.
Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda Fargʻona viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot kotibi hamda boshqarma boshligʻi maslahatchisi tomonidan maʼruzalar taqdim etildi.
Ular oʻz chiqishlarida yoshlarning mamlakat ekologik xavfsizligidagi oʻrni, kelgusidagi vazifalar va imkoniyatlar haqida atroflicha soʻz yuritdilar.
Tadbir yakunida eng faol yoshlarga minnatdorlik bildirildi hamda ularni kelgusidagi faoliyatlarida qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tavsiyalar berildi.
Fargʻona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati