Telegram Web Link
#maqola

OAV biz haqimizda

Farg‘ona vodiyining “Ekopress.uz” Ekologik-huquqiy, ijtimoiy siyosiy saytida, Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi Ekofaollar Kengashi raisi Bekmurod Inomjonovning  "Ochiq muloqot, samimiy suhbat" mavzusidagi maqolasi chop etildi.

☝️batafsil

Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Quva tumani Chilon mahallasidagi 20-DMTTdagi chiqindilar olib ketilmayotgnaligi" haqida tarqalgan xabarga Fargʻona viloyat Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabati.

Murojaatda koʻtarilgan masala Quva tuman Ekologiya boʻlimi davlat inspektorlari hamda  mutasaddilar tomonidan nazoratga olinib, ayni paytda ushbu hududni obodonlashtirish choralari koʻrilib, Shu kunning oʻzida  murojaatda koʻrsatilgan hududdagi  toʻplanib qolgan chiqindilar tozalanib,  maxsus texnikalarni jalb qilgan holda bartaraf etildi.

Davlat inspektorlari hududagi masʼullarga ushbu holat qayta takrorlanmasligi yuzasidan ogohlantirish berildi.

Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
👍1
#malaka_oshirish

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining 2025-yil 6-maydagi 145-son “2025-yilda Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda oʻquv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʻona viloyatlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi inspektorlari uchun “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish” yoʻnalishi boʻyicha Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Greyen University)ning Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida 72 soatli malaka oshirish kurslari olib borilmoqda.

☝️batafsil

Fargʻona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#ekologik_sana
#maqola

OAV biz haqimizda

17-iyun Butunjahon cho'llanish va qurg'oqchilikka qsrshi kurashish kuni

Farg‘ona vodiyining “Ekopress.uz” Ekologik-huquqiy, ijtimoiy siyosiy saytida, Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi "Atrof muhit monitoringi iqlim o‘zgarishi  moslashish va gidrometeorologiya  sohasini muvofiqlashtirish bo‘limi xodimi Ma'mura Mirzaqodirovaning  "Cho'llar emas, chamanzorlar kerek" mavzusidagi maqolasi chop etildi.

☝️batafsil

Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#reportaj

🎬 Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Fargʻonada “Yosh turizm elchilari” va “Yosh ekologlar harakati” Kengashi a’zolari ishtirokida “Rahbar va yoshlar”uchrashuvi oʻtkazildi.

Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#worldday #всемирныйдень #herland

🌱🌐17 iyun - Butunjahon cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash kuni (World day to combat desertification and drought)

Cho'llanish - bu inson omillari va iqlim o'zgarishi bilan bog'liq bo'lgan dunyoning barcha mintaqalarida davom etayotgan yerlarning tanazzulga uchrashi jarayoni.

O‘zbekiston 1995-yildan boshlab BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash, qurib qolgan Orol dengizi tubida saksovul ekish, “yashil belbog‘”lar barpo etish va tuproqni raqamli monitoring qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Cho‘llanish — barqaror rivojlanishga jiddiy tahdiddir. Yer degradatsiyasiga qarshi kurashish oziq-ovqat xavfsizligi, qashshoqlikni kamaytirish va aholi salomatligini muhofaza qilish bilan bevosita bog‘liq hisoblanadi.


Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

17-iyun - Butunjahon choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash kuni.

Choʻllanish - bu inson omillari va iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan dunyoning barcha mintaqalarida davom etayotgan yerlarning tanazzulga uchrashi jarayoni.

Fargʻona viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan aynan mana shu sana munosabati bilan viloyatdagi shahar va tumanlarning barcha hududlarida daraxtlarni sugʻorish, ularga agrotexnik ishlov berish tadbirlari oʻtkaziladi. Shuningdek, Ekofaollar va yosh avlodga davlat inspektorlari tomonidan turli aksiya, seminar va davra suhbatlari, “Ochiq muloqot” va brifinglar oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, hozirda ushbu tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Fargʻona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Farg‘ona shahar, Maʼrifat MFY, Injenerlar ko‘chasi 12-uyning kirish eshigi oldidagi archa yiqilganligi" mavzusida tarqalgan xabarga Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabati.

Holatga ko‘ra shu kunning o‘zida Farg‘ona shahar bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan manzilda o‘rganish nazorat ishlari olib borildi. O‘rganishda hududda haqiqatdan ham bir dona archa daraxti ildizlari to‘liq ko‘chib ketmagan holda, yerga yiqilib turgan holati aniqlandi.

Hozirda davlat inspektorlari boshchiligida, mahalla vakillari va fuqarolar bilan birgalikda archa daraxtini saqlab qolgan holda, murojaatda ko‘rsatilgan holatni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#radio_eshittirish

OAV biz haqimizda

17-iyun Butunjahon cho'llanish va qo'rg'oqchilikka qarshi kurashish kuni.

Dang'ara tuman davlat inspektori Barno Qo'chqorova intervyusi.

🎙Fargʻona viloyat radiosi.

Fargʻona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
2025/07/12 17:51:13
Back to Top
HTML Embed Code: