Telegram Web Link
#yashil_makon

🌳Prezident qarorlari amalda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi ““O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat Dasturi to‘g‘risida”gi PF-46-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Dang'ara tumani prokuraturasi tuman Ekologiya bo'limi bilan hamkorlikda doimiy amaliy ishlar bajarib kelinmoqda.

Loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi tuman prokuraturasi organlari davlat inspektorlari bilan birgalikda har bir hududlarda o‘rganib chiqilmoqda.

Dang'ara tuman hududlarida "Yashil makon" davlat dasturi doirasida "Mening boğim" loyihasida ekilgan daraxtlar nazoratdan o'tkazilib, daraxtlarni to‘g‘ri parvarishlash, ekish, agrotexnik tadbirlarini sifatli olib borish bo‘yicha zaruriy tavsiya va maslahatlar berildi.

Xar bir ekilgan ko‘chatlarni  o‘z farzandimizdek asrab avaylash va parvarish etish kerakli haqida masʼul xodimlarga taʼkidlandi.

Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#jarayon

“Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Quvasoy shahar prokuraturasi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Quvasoy shahar bo‘limi davlat inspektorlari hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni — “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “Yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi hujjat ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan mevali va manzarali ko‘chatlarga agrotexnik hamda kimyoviy ishlov berilishi, sug‘orish tizimining holati, shuningdek, hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari batafsil tahlil qilindi.

Aniqlangan kamchiliklar muhokama qilinib, ular joyida bartaraf etildi. Shu bilan birga, loyiha doirasidagi ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
#eco_expo

“ECO EXPO CENTRAL ASIA – 2025” xalqaro ekologik ko‘rgazmasi doirasida muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi
.

Shvesariya, Koreya, Xitoy, Yaponiyaia, Qozog’iston Respublikalaridan ekologiya sohasi vakillari hamda xalqaro tashkilot va nufuzli kompaniyalar rahbarlari hamda mahalliy hudud vakillari bilan Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Xurshidjon Axmedov hamda Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi boshlig'i Baxromjon Jumanov ishtirokida natijali uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida ekologik va turizm yoʻnalishdagi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida memorandumlar imzolanib, atrof-muhit oʻzgarishlari, iqlim ifloslanishini oldini olish choralarini hamkorlikda muhokama qilish, shuningdek, boshqa dolzarb ekologik masalalar yuzasidan ham fikrlar  almashinildi.

Mazkur uchrashuvlar, tomonlarda ekologik yangi loyihalarni amalga oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish yoʻlida muhim qadam boʻlib xizmat qiladi.


@ecofarghana
2025/07/05 16:01:08
Back to Top
HTML Embed Code: