Telegram Web Link
📍 Farg‘ona tumanida ekologik tadbir: “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz”

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi 184-sonli qarori — “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi” doirasida butun mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamli ekologik tadbirlar davom etmoqda.

🌱 Ana shunday tadbirlardan biri 2025-yil 2-iyul kuni Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida joylashgan “Obod” va “Yuqori Vodil” MFY hududlarida o‘tkazildi.

🧹 Aksiya “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida tashkil etildi va ekologik tozalikka oid muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

🤝 Tadbirda Farg‘ona viloyat prokuraturasi, tumandagi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi xodimlari, “Maxsus Garant Avto Servis” MCHJ vakillari, mahalla faollari va ko‘ngillilar faol ishtirok etdi.

♻️ Natijada, 14 tonna chiqindi yig‘ilib, belgilangan markaziy chiqindixonaga olib chiqib ketildi.

📸 Bunday tadbirlar nafaqat atrof-muhitni obodonlashtirishga, balki aholining ekologik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

🟢 Toza muhit — sog‘lom hayot! Keling, tabiatga mehr bilan yondashaylik va kelajak avlod uchun sog‘lom ekologiyani ta’minlaylik!

Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videorolik

Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi maxsus videoroligi.

Muallif: Ekofaol Firdavs Omonjonov.

Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmat
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#расмий_муносабат

Ijtimoiy tarmoqlarda “Fargʻona viloyat Ekologiya boshqarmasiga videomurojaat” mavzusidagi tarqalgan xabar yuzasidan Fargʻona viloyat Ekologiya boshqarmasi quyidagini maʼlum qiladi:

Murojaatda koʻtarilgan masala yuzasidan Toshloq tuman Ekologiya boʻlimi davlat inspektorlari hamda tegishli mutasaddilar tomonidan oʻrganish va nazorat ishlari olib borildi.

Oʻrganish davomida Toshloq tumani "Aqshay" mahalla fuqarolar yigʻinining Oʻzbekiston koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uylar yonida chiqindi qutilari mavjudligi va ular “Sanitar Eko Servis” MCHJ tomonidan har 3 kunda olib ketilayotgani aniqlandi.

Mavjud holat yuzasidan “Sanitar Eko Servis” MCHJ rahbariga chiqindilarni har kuni olib ketish boʻyicha qatʼiy ogohlantirish berildi.

☝️batafsil

Fargʻona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
👍1
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Qoʻqon shahri 47-MFY hududida, atrof-muhitni ifloslantirish holati kuzatilmoqda” mavzusidagi xabar yuzasidan Fargʻona viloyat Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabati.

Mazkur murojaatda koʻtarilgan masala yuzasidan shu kunning oʻzida Qoʻqon shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi davlat inspektorlari tomonidan “Rayhon” mahalla fuqarolar yigʻini hududida oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganish jarayonida video murojaatda taʼkidlangan holat tasdiqlanmadi. Hududdagi chiqindilar belgilangan tartibda muntazam ravishda olib ketilayotgani va tozalov ishlari yoʻlga qoʻyilgani aniqlandi.

☝️batafsil

Fargʻona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
👎1
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Bu kanalmi, yoki axlat tashuvchi vositami?” sarlavhali xabar yuzasidan shuni maʼlum qilamizki, ushbu holat Fargʻona viloyati Ekologiya boshqarmasi eʼtiboriga olingan va tegishli nazorat ishlari olib borildi.

Jumladan, 2025-yil 9-iyul kuni Margʻilon shahar Davlat ekologiya inspeksiyasi xodimlari tomonidan holat joyiga chiqib oʻrganildi. Oʻrganish natijasida maʼlum boʻlishicha, ushbu holat Margʻilon shahri hududidan oqib oʻtuvchi Janubiy Fargʻona Kanali boʻylab, Toʻliq va Ariqboʻyi mahalla fuqarolar yigʻini hududlarida kuzatilgan.

Tekshiruv davomida kanalda turli maishiy va qattiq chiqindilar oqib ketayotgani aniqlandi. Bu holat, asosan, kanalga suv kelishi bilan tashqaridan kelib tushgan chiqindilar hisobiga yuz bergan. Hozirgi kunda esa mazkur kanal orqali faqat toza suv oqmoqda.

Fargʻona viloyati Ekologiya boshqarmasi barcha fuqarolardan kanallarga va suv havzalarga chiqindi tashlamaslikni, atrof-muhit pokligini asrashda faol ishtirok etishni soʻraydi.
👍1
#tavsiya

___Mevalarni isteʼmol qilayotganingizda urugʻlarini 🥑🍒🍑 tashlab yubormang, qogʻoz paketga soling va mashinangizga joylab qoʻying.

Yoʻlingiz tushib, shahar chetiga chiqqanda dala joylardan oʻtayotganda, toʻxtab, ularni daraxtlar boʻlmagan joylarga sepib keting. Uning oʻsib daraxt boʻlib ketishiga gʻam yeguvchi Zot bor va qolaversa buni tabiatga qoʻyib bering.
Tayland va Malayziya kabi Osiyo mamlakatlarida bu usul bilan ular yillar davomida shugʻullanib kelmoqdalar va natijasi - mevalar hamma joyda bemalol.
Shunday ekan, keling, urugʻlarni Yerga tashlaylik, axlat qutisiga emas!

Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
👍2
#rasmiy_munosabat

Fargʻona viloyati Ekologiya boshqarmasining rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda "Qoʻqon shahar ʼIstiqlolʼ mahalla fuqarolar yigʻini, Chorbogʻ koʻchasida joylashgan 12-uy oldida qurigan daraxt" mavzusida tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Mazkur murojaat asosida shu kunning oʻzida Fargʻona viloyati Ekologiya boshqarmasi shahar boʻlimi davlat inspektorlari Qoʻqon shahar obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida murojaatda koʻrsatilgan hududdagi daraxtning biologik holati oʻrganildi. Natijada, ushbu 1 tup daraxtning biologik kasallanganligi va 96-99% gacha qurib qolganligi aniqlandi.

Yuqoridagi holatdan kelib chiqib, aholi xavfsizligini taʼminlash va tabiiy ofatlarning oldini olish maqsadida Qoʻqon shahar obodonlashtirish boshqarmasiga daraxtning yuqori qismi (shoxlari)ni butab, kallaklash ishlarini amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Fargʻona viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#rasmiy_munosabat

Fargʻona viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining rasmiy munosabati.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Kichik Tagobda ekologik muammo” mavzusidagi xabar yuzasidan Fargʻona viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Mazkur holat yuzasidan shu kunning oʻzida Oʻzbekiston tuman ekologiya boʻlimi davlat inspektorlari tomonidan oʻrganish va nazorat ishlari olib borildi.

Oʻrganish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning “Turon Eco Sement Group” MCHJda tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi 351-043-417-raqamli kelishuv xati va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining 2025 yil 16 iyundagi 196-sonli buyrugʻi asosida ushbu tadbirkorlik subʼekti faoliyatida belgilangan dasturga muvofiq tekshirish oʻtkazildi.

Tekshirish natijasida “Turon Eco Sement Group” MCHJ faoliyatida bir qator kamchiliklar va atrof-muhitga zarar yetkazilishi bilan bogʻliq qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Mazkur holatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, huquqiy baho berish va chora koʻrish maqsadida sud organlariga yuborildi.

Shuningdek, korxonaning ishlab chiqarish jarayonida atrof muhitga joylashtirgan chiqindilari uchun jami 370 565 344 (uch yuz yetmish million besh yuz oltmish besh ming uch yuz qirq toʻrt) soʻm miqdorida ekologik kompensatsiya toʻlovi hisoblab chiqildi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunining 11-moddasiga muvofiq, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 13 banddan iborat majburiy koʻrsatmalar belgilangan holda korxonaga topshirildi. Ular uchun bajarish muddatlari aniq belgilab berildi.

Fargʻona viloyati Ekologiya boshqarmasi fuqarolarning murojaatlarini har doim eʼtiborga oladi va ekologik nazoratni kuchaytirish, atrof-muhit muhofazasini taʼminlash boʻyicha tizimli ishlarini davom ettiradi.

Fargʻona viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Elon #Объявление

☄️ Chiqindi xizmatlaridan qarzdor abonentlarning avgust oyidan boshlab elektr energiyasi toʻloviga cheklov o‘rnatiladi

Mazkur cheklov qarzdorlik bartaraf etilishi bilan avtomatik tarzda yechiladi. Eslatib o‘tamiz, mazkur tartib 2025-yilning 1-iyulidan chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar uchun joriy yilning 1-avgustidan boshlab qo‘llaniladi.

Hurmatli abonentlar, sizda chiqindilarni boshqarish sohasi va xizmat sifatiga doir taklif va shikoyatlar yuzaga kelganda: Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining “1205” qisqa raqamiga 24/7 rejimda murojaat qilishingiz mumkin.
➡️ Batafsil
💬

С августа будет введено ограничение на оплату электроэнергии для абонентов, имеющих задолженность за услуги по вывозу отходов

Ограничение будет автоматически снято после полного погашения задолженности. Напоминаем, что новый порядок начнёт применяться с 1 августа 2025 года в отношении задолженностей за услуги по вывозу отходов, сформировавшихся с 1 июля 2025 года.

Уважаемые абоненты! При наличии предложений или жалоб, связанных с системой управления отходами и качеством предоставляемых услуг, вы можете круглосуточно обращаться в Агентство по управлению отходами и развитию циркулярной экономики по короткому номеру «1205».
➡️Подробно

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/14 15:22:22
Back to Top
HTML Embed Code: