Telegram Web Link
♻️ Farg'onada "Eco-case" musobaqasi boshlandi!

🌱O‘zbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi va Ekologiya vazirligi hamkorligida Farğona shahrida ekologik masalalarga bag‘ishlangan “Eco-case” tanlovi o‘tkazilmoqda.

📍 Musobaqada Farg'ona viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bosh boshqarmasidan malakali hakamlar ishtirok etmoqda.

🎌Tadbir tashkilotchilari EcoWise jamoasi!

Bu tanlov yoshlarda ekologik ongni rivojlantirish, muammolarga yechim topish va innovatsion g‘oyalarni ilgari surish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi. 🌍

🔜 Bizni kuzatishda davom eting! Musobaqa tafsilotlari va g‘oliblar haqida batafsil ma’lumotlar tez orada e’lon qilinadi!

Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
👍1
♻️ Farg‘onada “Eco-chase” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

🌱 Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda Respublika “EcoWise” jamoasi hamkorligida "Ekologik muammolar va ularni bartaraf etishda yoshlarning o‘rni" loyihasi doirasida Farg‘ona shahrida “Amudaryo va Sirdaryo suv havzalarida plastik ifloslanishning oldini olish” mavzusida “Eco-chase” tanlovi tashkil etildi.

🔍 Ushbu dinamik eko-keys tadbirida kelajakda o‘zgarish yaratadigan, innovatsion fikrlaydigan eko faollar va ko‘ngilli yoshlar ishtirok etishdi.

📍 Musobaqani baholashda Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bosh boshqarmasining tajribali mutaxassislaridan iborat hakamlar hayʼati ishtirok etdi.

🎌 Tadbirning asosiy tashkilotchilari — Respublika “EcoWise” jamoasi.

🎯 Tanlovning maqsadi — yoshlarda ekologik ongni shakllantirish, mavjud muammolarga yechim topish hamda innovatsion g‘oyalarni ilgari surish uchun samarali platforma yaratishdir. 🌍

🔜 Musobaqada eko faollar va yoshlardan iborat 5 ta jamoa ishtirok etdi.

💡 Jamoalar o‘z start-tap g‘oyalarini mavzuga doir slaydlar va ko‘rgazmalar orqali taqdim etdilar. Qizg‘in bahs-munozaralar va yangi yechimlarga boy muhit yaratildi.

🏆 Tadbirning “Katta g‘oyalar — katta mukofotlarga loyiq” qismidan 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan jamoalar pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

🎁 Shuningdek, “Eng ijodiy ishtirokchi” nominatsiyasi g‘oliblari ham tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alarga sazovor bo‘ldilar.

📜 Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga rasmiy sertifikatlar topshirildi.

🖊 Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati
#rasmiy_munosabat

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Nega aynan yakshanba kuni daraxtlar qirqilmoqda? Noqonuniy qurilishga tayyorgarlik ketmoqdami?” mavzusidagi xabarlar tarqaldi.

Ushbu xabar yuzasidan Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Qo‘qon shahar bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan murojaatda ko‘rsatilgan manzilga chiqilgan holda o‘rganish va nazorat ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida "Yalang‘och Ota" mahallasi, Uchqo‘rg‘on ko‘chasi, Pedagogika kolleji oldida joylashgan 2 tup mevali daraxt hamda 1 tup tol daraxtlarining yuqori qismlarida betartib o‘sgan shoxlari fuqaro M.A. tomonidan sanitar maqsadda butab, shakl berilgani aniqlandi.

☝️Maʼlumot uchun:

Shu asosda, mazkur holatda qonun buzilishi holati mavjud emasligi maʼlum qilinadi.

🟢 Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
2025/07/14 11:24:52
Back to Top
HTML Embed Code: