Telegram Web Link
#yashil_makon

🌱 Bag‘dod tumanida “Yashil makon” loyihasi doirasida monitoring o‘tkazildi 🌳

Bag‘dod tuman prokuraturasi rahbarligida tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi bilan hamkorlikda “Yashil makon” milliy loyihasi doirasida barpo etilgan yashil hududlar holati o‘rganildi.

🔍 Monitoring jarayonida:

ko‘chatlar parvarishi;

sug‘orish tizimi;

zararkunandalardan himoya;

umumiy ekologik holat tahlil qilindi.

Shu bilan birga, bog‘larning doimiy nazoratda bo‘lishi, har bir ko‘chatga eʼtibor qaratilishi va tirik qolish darajasini oshirish muhimligi alohida taʼkidlandi.

🎯 Tadbir maqsadi — aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, havo tozaligini taʼminlash va yashil hududlarni ko‘paytirishga hissa qo‘shish.

📌 Monitoring natijalariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

📢 Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
🌱 Atmosfera havosini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida 🌱

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24 sentyabridagi "Chang boʻronlariga qarshi kurashish va atmosfera havosi sifatini yaxshilash boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi 338-sonli qarorining 2-ilovasi 7-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

2025-yilda viloyatda atmosfera havosini ifloslanishini oldini olish maqsadida 10 ta korxonada CHGTU (chang-gaz tozalash uskunalari) oʻrnatish va modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.

🔧 Hozirgi kunga qadar:
🔹 5 ta sanoat korxonasida 8 ta CHGTU oʻrnatildi yoki modernizatsiya qilindi.
🔹 Shundan 4 ta korxonada 7 ta CHGTU yangi oʻrnatildi.
🔹 1 ta korxonada 1 ta CHGTU modernizatsiya qilindi.

📌 Jumladan:

1️⃣ “Tursunzoda” fermer xoʻjaligi (Uchkoʻprik tumani) — 2 ta CHGTU oʻrnatildi.
2️⃣ “Gʻulomov Ilyos” MCHJ (Uchkoʻprik tumani) — 1 ta CHGTU oʻrnatildi.
3️⃣ “Farovon Oliy Maqsad” MCHJ (Uchkoʻprik tumani) — 2 ta CHGTU oʻrnatildi.
4️⃣ “Qaqir Sanoat” MCHJ (Uchkoʻprik tumani) — 1 ta CHGTU oʻrnatildi.
5️⃣ “Posko International Textile” MCHJ (Yozyovon tumani) — 3 ta CHGTU oʻrnatildi.

📅 Yil yakuniga qadar:
🔹 10 ta gʻisht ishlab chiqarish korxonalarida CHGTU oʻrnatish,
🔹 5 ta sanoat korxonalarida mavjud CHGTUlarni modernizatsiya qilish belgilangan.

♻️ Bu ishlar orqali viloyatda atmosfera havosining sofligini taʼminlash, aholi salomatligini muhofaza qilishga hissa qoʻshiladi.

Fargʻona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmat
#yashil_makon

🌏 Buvayda tumanida ekologik holat o‘rganildi

Buvayda tuman prokuraturasi tomonidan sanitar tozalov ishlari, “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ko‘chatlar parvarishi hamda boshqa sohalardagi amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

♻️ Ekologik barqarorlikni taʼminlash va aholi salomatligi uchun qulay muhit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar baholandi. Aniqlangan muammolar yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

🔹 Bu yo‘nalishdagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilib, yashil hududlar ko‘lamini oshirish va fuqarolarning ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan choralar ko‘riladi.

Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#Nazorat_tadbirlari

🌿💧Suv — bebaho boylik, uni asrash hammamizga birdek masʼuliyat!

O‘zbekistonda tabiiy resurslar, jumladan, toza ichimlik suvi davlat muhofazasida. Qonunlarimizga ko‘ra, suvni ifloslash — javobgarlikka sabab bo‘ladi.


🔍 2021-yil 3-iyunidagi Vazirlar Mahkamasining 343-son qarori asosida Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi mutaxassislari Shoximardon soyidagi ochiq suv havzalari manbalaridan namunalar olib, tahlil ishlarini olib bormoqda.

🎯 Bunday nazorat tadbirlarining asosiy maqsadi —

Aholi salomatligini taʼminlash
Atrof-muhitni muhofaza qilish

📌 Tabiatni avaylash — kelajak avlod uchun masʼuliyatimizdir!

🟢 Farg'ona viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram    •Instagram 
Facebook
2025/07/14 07:30:54
Back to Top
HTML Embed Code: