Telegram Web Link
#kibersport_taqdirlash

Fargʻonada talabalar kibersport oʻyinlari chempionati gʻoliblari tantanali taqdirlandi


Fargʻona shahridagi Ekoshahar amfiteatrida “Talabalar kibersport oʻyinlari – 2025” respublika chempionati final bosqichi gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, oliy ta’lim muassasalari jamoalari, shuningdek, Qirgʻizistonning Oʻsh davlat universiteti jamoasi hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

“CS2” yo‘nalishi g‘oliblari:
🥇 1-o‘rin – Qoraqalpoq davlat universiteti (Qoraqalpog‘iston)
🥈 2-o‘rin – Jizzax Sambhram universiteti (Jizzax)
🥉 3-o‘rin – Webster University (Toshkent shahar 2)

“Dota2” yo‘nalishi g‘oliblari:
🥇 1-o‘rin – Webster University (Toshkent shahar 1)
🥈 2-o‘rin – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (Toshkent shahar 3)
🥉 3-o‘rin – Qoraqalpoq davlat universiteti (Qoraqalpog‘iston)

“FC25” bo‘yicha:
🥇 1-o‘rin – Yangi Oʻzbekiston universiteti (Toshkent)
🥈 2-o‘rin – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (Toshkent)
🥉 3-o‘rin – Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti (Farg‘ona)

“Just Dance” raqs yo‘nalishi bo‘yicha:
🥇 1-o‘rin – Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (Toshkent)
🥈 2-o‘rin – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (Toshkent)
🥉 3-o‘rin – Andijon davlat texnika universiteti (Andijon)


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/64176

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
23👍8🔥4👏1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#foydali

ScienceID nima?


ScienceID – bu ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar uchun yagona elektron identifikatsiya tizimi. Ushbu platforma olimlar, tadqiqotchilar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va innovatorlar uchun o‘z ilmiy faoliyatlarini raqamli formatda yuritish, natijalarini umumiy bazaga kiritish va ilmiy hamjamiyat bilan bog‘lanish imkonini beradi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍113🔥1
#xalqaro_reyting

TDYUning xalqaro reytingda 100 pog‘ona yuqorilagani e’tirof etildi

Toshkent davlat yuridik universitetining nufuzli xalqaro reyting – “Times Higher Education World Impact Ranking – 2025” natijalarida yuqori o‘rin egallagani munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, vazir o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev, universitet rektori Islombek Rustambekov, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/64148

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
120👍10🔥3😁2
2025/07/14 14:24:45
Back to Top
HTML Embed Code: