Telegram Web Link
#Mirziyoyev #tashrif #Mugʻiliston

Mo‘g‘ulistonlik yoshlarining O‘zbekiston oliygohlarida ta’lim olishi kengaytiriladi

Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifini amalga oshirdi. Ulan-Bator shahrida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.

Shuningdek, Prezidentlar huzurida o‘simliklar karantini va himoyasi, oliy ta’lim, tog‘-kon sanoati, atrof-muhitni muhofaza qilish, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish, sog‘liqni saqlash va tibbiyot fani, jismoniy tarbiya va sport sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar ham imzolandi.

Mo‘g‘uliston Davlat saroyida ikki davlat rahbarining tor doiradagi muzokaralari chog‘ida ham oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev ajratilayotgan kvotalar doirasida mo‘g‘ulistonlik yoshlarning O‘zbekistondagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishini qayta yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.

Erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun ikki mamlakat hukumatlari tomonidan keng qamrovli “yo‘l xaritasi” qabul qilinishi ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
18👍7🔥1
Bugun ro‘yxatdan o‘tishning oxrigi kuni!

📆 2025-yil 25-iyun — oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

📱 Abituriyentlar bugun, soat 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari yoki (to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa ham) ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritishlari mumkin. 26-iyundan boshlab ma’lumotlarni tahrirlash imkoniyati yopiladi.

🔔 Shu munosabat bilan abituriyentlarga quyidagilar tavsiya etiladi:

▪️ Ro‘yxatdan o‘tishni kechiktirmasdan, imkon qadar erta yakunlash;
▪️ Fanlar majmuasi (ketma-ketligi), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik;
▪️ Xalqaro sertifikatlarini tizimga imkon qadar ertaroq yuklash;
▪️ Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish (imtiyozga ega bo‘lganlar bundan mustasno);
▪️ Barcha kiritilgan ma’lumotlar va to‘lov holatini shaxsiy kabinet (qayd varaqasi) orqali tekshirib chiqish.


🌐 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: my.uzbmb.uz

ℹ️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun rasmiy sahifalar kuzatib borilishi tavsiya etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23👍2🔥1🎉1
#kibersport2025 #final #dolzarb_90_kun

🗣“Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” final bosqichi yakunlandi

🎮 Farg‘ona davlat texnika universiteti mezbonligida o‘tgan kibersport musobaqasining respublika bosqichi talaba-yoshlarning jo‘shqin ishtiroki, qizg‘in bahslarga boy muhitda bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizning 41 ta oliy ta’lim tashkilotlaridan 64 ta jamoalar safida 300 dan ortiq talabalar “Dota2”, “CS2”, “FC25” o‘yinlari va “Just dance” fidjital raqs bo‘yicha ishtirok etdi.

🔹Ushbu respublika musobaqa orqali umumiy hisobda 42 mingdan ortiq ishtirokchilarni, ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibot orqali 300 mingdan ortiq talaba-yoshlarni qamrab olishga erishildi. Musobaqa yakunida quyidagi jamoalar g‘oliblikka erishdi:

“CS2” bo‘yicha musobaqa g‘oliblari:

➡️1-o‘rin: Qoraqalpoq davlat universiteti (Qoraqalpog‘iston);
➡️2-o‘rin: Jizzax Sambhram universiteti (Jizzax) ;
➡️3-o‘rin: Webster University (Toshkent shahar 2)

“Dota2” bo‘yicha musobaqa g‘oliblari:

➡️1-o‘rin: Webster university (Toshkent shahar 1);
➡️2-o‘rin: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (Toshkent shahar 3) ;
➡️3-o‘rin: Qoraqalpoq davlat universiteti (Qoraqalpog‘iston)

↪️“FC25” bo‘yicha 3-o‘rinni Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabasi Shaxzodbek Ortiqov egalladi.
↪️“Just Dance” bo‘yicha esa Andijon davlat texnika universiteti jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

“FC25” va “Just Dance” bo‘yicha yakuniy final bosqichi hamda musobaqa g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bugun soat 20:00 da Farg‘ona viloyatidagi Ekoshahar amfiteatrida o‘tkaziladi!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18👏4🤩4👍3🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Koʻrgazma

BuxDTU Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmada o‘zining ekologik yo‘nalishga ixtisoslashgan innovatsion ishlanmalari bilan qatnashdi

2025-yil iyun oyida Toshkent shahridagi CAEx ko‘rgazmalar majmuasida ekologik texnologiyalarga bag‘ishlangan “Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Ko‘rgazmada Buxoro davlat texnika universiteti ham ishtirok etib, o‘zining ekologik yo‘nalishga ixtisoslashgan innovatsion ishlanmalari – “Fandomat” chiqindi saralash mashinasi, quyosh panellarini tozalash qurilmasi, qozonxonalardan chiqadigan zaharli gazlarni tozalash qurilmasi kabi loyihalarni taqdim etdi. Mazkur ishlanmalar atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va yashil texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishida ilg‘or tashabbuslar sifatida e’tirof etildi.

Ko‘rgazma yakunida ushbu ishtirok uchun Buxoro davlat texnika universitetining professor-o‘qituvchilari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan Tashakkurnoma va pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
18👍4🔥2
#Evrika_tanlovi

EVRIKA” TANLOVIDA ISHTIROK ETING!

🏆 Ilm, fan va innovatsiyalar yo‘lida siz ham o‘z o‘rningizni egallang!

O‘zR FA Ilm-fan targ‘ibot markazi va “Science and Innovation” tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan “EVRIKA” tanlovi – bu 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan ilm-fan ixlosmandlari uchun noyob imkoniyat!

Tanlovning maqsadi: davlat va jamiyat oldidagi fidokorlik, fan va innovatsiyadagi yutuqlarni munosib rag‘batlantirish.

🏅 5 YO‘NALISH – 15 G‘OLIB! Har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 nafardan g‘olib aniqlanadi:
Raqamlar dunyoni boshqaradi
Tabiat va inson
Texnika va IT texnologiyalar olam
Jamiyat, tarix, madaniyat
Faol yosh olima ayollar uchun

Tanlov bosqichlari:
🔹 1-bosqich: 1-may – 15-iyul
Arizalarni qabul qilish va nomzodlarni birinchi bosqichda saralash
🔸 2-bosqich: 15-iyul – 1-sentabr
Saralash va 10 nafar finalistni aniqlash
🔹 3-bosqich: 1-sentabr – 1-oktabr
Final: taqdimotlar, baholash va g‘oliblarni aniqlash

💰 MUKOFOT FONDI:
🥇 1-o‘rin — BHMning 30 baravari
🥈 2-o‘rin — BHMning 20 baravari
🥉 3-o‘rin — BHMning 10 baravari
Har bir g‘olibga — statuetka va faxriy sertifikat

📥Hujjat topshirish va batafsil ma’lumot olish uchun:
🌐 evrika-academy.uz
☎️+998975127001

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23👍8🔥7🎉2🤔1
🟦🟦
#Kibersport #taqdirlash_marosimi

Ayni damda Farg‘ona viloyati “Eko city” amfiteatrida “Talabalar kibersport o’yinlari – 2025” final bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi va konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda.

Quyidagi javola orqali jonli efirni tomosha qilishingiz mumkin:

➡️ https://youtube.com/live/mIkwv6_9TC4?feature=share
Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍1
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va YUNESKO: oliy taʼlim sohasidagi global hamkorlikning yangi bosqichi


2025-yil 25-iyun kuni Parij shahridagi YUNESKO shtab-kvartirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev YUNESKO bosh direktorining taʼlim boʻyicha oʻrinbosari Stefaniya Janini bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida Oʻzbekiston va YUNESKO oʻrtasidagi strategik hamkorlik, jumladan, oliy va kasbiy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi ustuvor yoʻnalishlar yuzasidan fikr almashildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/63830

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
13👍9😁3🔥1👏1
❗️ 2025-2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 2️⃣ soat qoldi

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 25-iyun (bugun) soat 23:59

📆
To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 26-iyun (ertaga) soat 23:59


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2822🔥5👏4
#Qabul2025 #Statistika

📌Qabul yakunlandi. Bugun to‘lov qilishning so‘ngi kuni.

2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

📊 Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 732 411 nafarni tashkil etdi.

🔹Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🇺🇿 O‘zbek tili  — 644 027 nafar;
🇷🇺 Rus tili  — 71 476 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili  — 14 959 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 949 nafar.

🔸Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
👦🏻 erkaklar — 346 299 nafar;
👧🏻 ayollar — 386 112 nafar.

❗️Eslatma: ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar test sinovi uchun to‘lovni bugun, 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar amalga oshirishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2520🔥2😁2
#xalqaro_kun

26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni


Har yili 26-iyun sanasida butun dunyoda Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni keng nishonlanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan 1987-yildan boshlab joriy etilgan ushbu sana global miqyosda giyohvandlikka qarshi kurashish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamiyatni bu illatdan asrashga qaratilgan dolzarb kun sifatida e’tirof etiladi.

O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi kurash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Bu borada qabul qilingan qonunlar, milliy dasturlar, profilaktik tadbirlar va ta’lim-tarbiyaviy loyihalar orqali keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Ayni kunlarda mazkur sana munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab yoshlar ishtirokida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, sport musobaqalari, davra suhbatlari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Ularning barchasi yosh avlodni giyohvandlikning og‘ir oqibatlaridan ogoh etish, sog‘lom va baxtli hayot sari yo‘naltirishga xizmat qiladi.

Unutmaylik, sog‘lom hayot – bizning tanlovimiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍1311🔥1😱1
2025/07/14 05:33:34
Back to Top
HTML Embed Code: