Telegram Web Link
Toshkentda ta’lim sifatini baholashga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi

14-oktabr kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan “Bilim va malakalarni baholashda nazariy va amaliy yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Tadbir “Azimut Grand Hotel Tashkent” mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirok etdi. Vazir o‘z nutqida ta’lim sifatini oshirish, baholash jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash hamda xalqaro tajribalarni joriy etish zarurligini ta’kidladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/93143

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍2217👏1😁1
Andijon shahar 4-son politexnikumi va Malayziyaning UPSI universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Andijon shahar 4-son politexnikumiga Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Universiti Pendidikan Sultan Idris (UPSI) yetakchi olimasi, Professor Dr. Che Zalina Zulkifli tashrif buyurdi.

Tashrifdan asosiy maqsad — politexnikum o‘quvchilari uchun 1+1 qo‘shma ta’lim dasturi asosida Malayziyada tahsil olish imkoniyatlarini yaratishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yish maqsadida memorandum imzolandi.

Endilikda ingliz tilini yetarli darajada o‘zlashtirgan iqtidorli o‘quvchilar UPSI universitetida 1 yil davomida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ma’lumot uchun, UPSI universiteti dunyoning eng yaxshi top 1 000 talik oliy o‘quv yurti qatoriga kiradi va xalqaro miqyosda ta’lim, yashil texnologiyalar hamda raqamli innovatsiyalar bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
20👍5🔥4🎉2
2025/10/21 07:58:46
Back to Top
HTML Embed Code: