Telegram Web Link
#jamoatchilik_muhokamasi #loyiha

2 ta qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish bo‘yicha loyiha
regulation.adliya.uz platformasiga muhokama uchun joylandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF–76-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ning 17-bandiga muvofiq, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqqan holda tashqi sifat nazoratini tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vazifasi belgilangan.


Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi.

Yangi qonun loyihasi orqali 2 ta – “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklifi berilmoqda.

Mazkur Qonun loyihasining qabul qilinishi tegishli qonunlarni amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilishiga erishiladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/93475

Fuqarolar Qonun loyihasi muhokamasida 2025-yil 30-oktabrga qadar (shu kuni ham) ishtirok etishlari mumkin.

Loyiha matni bu yerda

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
15👍1
#dayjest #Besh_tashabbus

Oliy ta’lim muassasalarida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida turli sport musobaqalari o‘tkazilmoqda

Buxoro davlat universiteti;

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

Namangan davlat universiteti;

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

Turon universiteti;

Qarshi davlat universiteti;

Navoiy innovatsiyalar universiteti;

Osiyo texnologiyalar universiteti;

Jizzax politexnika instituti;

Samarqand davlat universiteti;

Toshkent kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali;

Toshkent davlat texnika universiteti;

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

Buxoro davlat texnika universiteti;

Qarshi xalqaro universiteti;

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

TATU Samarqand filiali;

Samarqand davlat tibbiyot universiteti;

Farg‘ona davlat universiteti;

Namangan davlat chet tillari instituti;

Andijon davlat universiteti;

Olmaliq davlat texnika instituti;

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti;

Qo‘qon davlat universiteti;

Termiz davlat universiteti;

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali;

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

Guliston davlat universiteti;

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti;

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti;

O‘zbekiston Milliy universiteti;

Buxoro davlat tibbiyot instituti;

TDIU Samarqand filiali;

Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

Toshkent davlat agrar universiteti;

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;

Termiz davlat pedagogika instituti;

Jizzax davlat pedagogika universiteti.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍6
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

“Talaba Expo – 2025” doirasida talabalarga startap g‘oyalarini moliyalashtirish uchun 500 milliondan 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan vaucherlar topshirildi

Bugun Urganch shahrida tashkil etilgan “Talaba Expo – 2025” kasb ko‘rgazmasi doirasida bitiruvchi yoshlar uchun “Kelajakka qadam” seminar-treningi o‘tkazildi. Tadbirda mehnat bozoridagi talablar, startap g‘oyalarni ilgari surish, biznes-reja tuzish va tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, “O‘zmilliybank” AJ tomonidan bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar taqdim etildi.

Yakunda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida talabalarning 6 ta istiqbolli startap g‘oyalari moliyalashtirishga tavsiya etilib, ularga 500 milliondan 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan vaucherlar topshirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/93671

#TalabaExpo2025 #KelajakkaQadam #OliyTaʼlim #YoshlarStartapi #Xorazm

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent kimyo-texnologiya institutida dual ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yildi

2025/2026-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston kimyo sanoatining yetakchi korxonalaridan biri — “Maxam Chirchiq” AJda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi kafedrasi filiali tashkil etildi.

Bu yerda dual ta’lim tizimi asosida o‘quv jarayonlari olib borilib, talabalarga nazariy bilimlarni institutda, amaliy ko‘nikmalarni esa bevosita ishlab chiqarish korxonasida olish imkoniyati yaratildi.

Dual ta’lim dasturi doirasida:

— 2 tomonlama va 3 tomonlama shartnomalar imzolangan;
— o‘quv rejalari va dars jadvallari ishlab chiqilgan;
— ishlab chiqarish muhitida o‘qitish tizimi amaliyotga joriy etilgan.

Eslatma: Prezidentning muhandislik sohalarida ilm va ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishida oliy ta’lim muassasalariga ishlab chiqarish korxonalarida kafedralar filiallarini ochish va dual ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi.

#Muhandislik #DualTaʼlim #TKTI #TopshiriqIjrosi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍1710
Yangi avlod pedagoglarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi

2025-yil 16-oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Yangi avlod tarbiyachi va pedagoglarini tayyorlashning zamonaviy tendensiyalari” mavzusiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov boshchiligida vazirlik mas’ullari ham ishtirok etdilar.

Tadbirda pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish va dual ta’lim tizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/93697

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
15👍2😁1
2025/10/22 07:39:57
Back to Top
HTML Embed Code: