Telegram Web Link
🎥 🟦🟦 🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Xorazmda “Talaba Expo 2025” kasb ko‘rgazmasi boshlandi


Bugun Urganch davlat universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi talabalari uchun “Xorazm – Talaba Expo 2025” kasb ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Mazkur tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zmilliybank” AJ, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Xorazm viloyati hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan yirik korxona va tashkilotlar, bank-moliya muassasalari, innovatsion markazlar hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘z ish o‘rinlari, loyihalari va amaliy dasturlarini taqdim etmoqda.

Ko‘rgazma doirasida yoshlar uchun:
ish o‘rinlari yarmarkasi;
amaliyot va stajirovka dasturlari haqida ma’lumotlar;
startap loyihalarni taqdim etish imkoniyatlari;
“O‘zmilliybank” tomonidan taklif etilayotgan imtiyozli kreditlar va moliyaviy savodxonlikka oid seminarlar o‘tkazilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/93561

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍5🎉1
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

📹 “Xorazm – Talaba Expo 2025” kasb ko‘rgazmasining ochilish marosimidan videolavha

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👍4👏1
Turkiy davlatlar tashkiloti bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Alp Er To‘nga avlodlari – Qoraxoniylar: Turkiy dunyo va Islom olami Qoraxoniylar davrida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Anjuman ochilishida Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, TURKSOY bosh kotibi Sulton Rayev, Turkiy akademiya prezidenti Shahin Mustafayev, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva hamda O‘zbekiston milliy media birlashmasi rahbari Sherzodxon Qudratxo‘ja so‘zga chiqishdi.

Konferensiya o‘z ishini besh yo‘nalish — tarix va davlat boshqaruvi, ilm-fan va madaniyat, turkiy islom madaniyati, til va adabiyot, hamda Yusuf Xos Hojib ijodini o‘rganish yo‘nalishlari bo‘yicha sessiyalarda davom ettirmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/93593

#XalqaroAnjuman #TÜRKÜNİB #Toshkent

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
19👍6
2025/10/22 18:07:52
Back to Top
HTML Embed Code: