Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqimizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabriklab, sun’iy intellekt texnologiyalari uchun O‘zbek tili korpusini yaratishga topshiriq berdi.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
15👍9🔥2🤩1
#qonunchilik_yangiliklari

Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyati tashkil etildi

“Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-309-son, 20.10.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔹 seysmik xavfsizlikni ta’minlash va barqaror qurilish sohasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va natijalarini amaliyotga joriy etishni ta’minlash;

🔹 tegishli litsenziya talablari va shartlarini bajargan holda shaharsozlik sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlarining barchasini amalga oshirish.

🔹 boshqa ilmiy tashkilotlar, jamg‘armalar, ta’lim muassasalari, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish orqali birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.

🔗 Institut faoliyati o‘zini o‘zi moliyalashtirish tamoyili asosida tashkil etiladi va Kengashlar nazorati ostida yuritiladi.

✔️ Institutga ilmiy unvonlar va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish va o‘z faoliyatiga mos ixtisosliklar bo‘yicha doktorant va mustaqil izlanuvchilarni tayyorlash huquqi beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
8🎉2👍1
#Tayinlov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparatining bir qator rahbar lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyruqlari bilan:

Daminov Asqarali Davlatovich – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

Isoqov Abdusaid Jalilovich – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Energiya samaradorligi va ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
19👏12🔥4👍3🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣

O‘zbekistonda ilk bor “QS Yevroosiyo forumi – 2025” o‘tkaziladi

2025-yil 25–26-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magi bilan Toshkent shahrida xalqaro nufuzli reyting agentligi Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan ilk bor “QS Yevroosiyo forumi – 2025” o‘tkaziladi. Tadbirga Central Asian University mezbonlik qiladi.

Forum “Imkoniyatlarni kengaytirish: oliy ta’limda global ko‘priklarni qurish” mavzusida o‘tkazilib, u xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda Yevroosiyo bo‘ylab O‘zbekiston universitetlarining xalqaro nufuzini oshirish masalalariga bag‘ishlanadi.

Tadbirda Markaziy Osiyo, Yevropa va boshqa mintaqalardan 300 dan ortiq akademik rahbarlar, siyosatchilar va innovatsion g‘oya mualliflari ishtirok etishi kutilmoqda. Ular ikki kun davomida ma’ruza, strategik munozara va mahorat darslari orqali oliy ta’lim tizimining kelajagi hamda global hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qiladilar.

👉 Batafsil: https://portal.qshesummits.com/event/eurasiaforum2025/home

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📞 71 200 05 22, 71 208 12 34

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍5👏1
#Kasbiy_taʼlim

Yunusobod tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari Yaponiyada amaliyot o‘taydilar

Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamda kasbiy ta’lim tashkilotlari masʼullaridan iborat delegatsiya hozirda Yaponiya davlatining Kobe shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Kobe universiteti hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari bilan uchrashuvlar davomida Yunusobod tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining “Hamshiralik ishi” yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilarning Yaponiyada amaliyot o‘tashi bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/94813

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
310👍5👏4🔥1
#Dual_ta’lim

Urganch davlat universitetida — ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi


😁 Urganch davlat universitetida zamonaviy dual ta’lim tizimi asosida dars jarayonlari tashkil etilmoqda. Endilikda talabalarga nafaqat nazariy bilim, balki real ishlab chiqarish muhiti orqali amaliy tajriba ham berilmoqda.

2025/2026-o‘quv yilidan boshlab “Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari” kafedrasi filiali O‘zbekiston to‘qimachilik va yengil sanoatining yetakchi korxonalaridan biri — “Urganch Bahmal” MChJ bazasida faoliyatini boshlagan edi.

Batafsil: https://urdu.uz/uz/news/5253

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍5🥰2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_soati

TILSIZ MILLAT — ILDIZSIZ DARAXT!


O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi hamda O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Kelajak soati” darsi tashkil etildi.

Mazkur darsni universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja olib bordi. Ochiq dars davomida u talabalarga o‘zbek tilining milliy davlatchilik, ma’naviyat va tafakkur tizimidagi o‘rni, uning jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos ahamiyati haqida so‘zlab berdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
3🔥2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍116🔥2🤔2😱1
2025/10/23 21:39:45
Back to Top
HTML Embed Code: